Pedagogik axloqning tarixiy ildizlari



Yüklə 80,5 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü80,5 Kb.
#134212
  1   2   3   4   5
Milliy tarbiyaning tarixiy ildizlar


Milliy tarbiyaning tarixiy ildizlar


Reja:

1. Kasb axloqining vujudga kelishi


2. O’zbek xalq pedagogikasi - o’qituvchi odobnomasining manbaidir
3. Zardushtiylikda axloqiy g’oyalar
4. Yunon, Rim pedagoglari pedagogik odob haqida
5. Ilm o’rganish odobi haqida islom ta‘limoti
6. XI-XVI asrlarda Movarounnahrda o’qituvchi odobi muammosi
7. XVI-XX asr pedagogikasida o’qituvchi odobi muammosi
8. 1917-1990 yillarda o’qituvchi odobi masalalari
Pedagogik axloqning paydo bo’lishi insoniyat tarixining eng qadim zamonlariga borib taqaladi. U o’qituvchilik kasbi bilan birga tarbiyachilik faoliyatining tarkibiy qismi sifatida vujudga kelgan. Ma‘lumki, umumiy ta‘lim maktablarida , o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida yoshlarga ta‘lim-tarbiya beruvchi mutaxassisni-o’qituvchi, muallim, pedagog, ustoz, mudarris, domla deb yuritiladi. O’qituvchilik eng qadimiy va boqiy kasblardan hisoblanadi. O’qituvchilik kasbining, u bilan birga pedagogik axloqning vujudga kelishi ham kishilik jamiyati tarixida tarbiyaning paydo bo’lishi, ya‘ni insonlar to’plagan yurish-turish, xatti-harakatlar, mehnat sohasidagi dastlabki tajribalarni, urf-odatlarni, aqliy, axloqiy, ilohiy bilimlarni yoshlarga o’rgatish; yozuv ixtiro qilingach-o’qish, yozishni o’rganish uchun tashkil etilgan dastlabki maktablarning payodo bo’lishi bilan uzviy bog’liq.
Odamlar to’plagan turmush tajribasini yoshlarga o’rgatish, ularni hayotga, mehnat qaoliyatiga tayyorlash ehtiyoji natijasida qadim zamonlardayoq ta‘lim va tarbiya mustaqil ijtimoiy faoliyat sifatida paydo bo’ldi.
Materialistik ta‘limotga ko’ra ibtidoiy tuzum davrida tarbiya mehnat jarayonida vujudga kelgan, jamoada amalga oshirilgan; yoshlarga mehnat ko’nikmalari, jamoaning urf-odatlari, marosimlarini bajarish o’rgatilgan. Ibtidoiy jamoa tuzumining urug’chilik bosqichida tarbiya ijtimoiy vazifa sifatida ajrilib chiqqan, ya‘ni keksa yoshdagi kishilar yuolalarni tarbiyalash ishi bilan shug’ullangan. Bolalarning tanasini chiniqtirish, chidamlikka o’rgatish, harbiy jismoniy mashqlarni bajartarishga ko’proq e‘tibor berilgan. Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilish davrida bola tarbiyasi oilada amalga oshiriladi. Ayrim kishilar tajriba natijasida dehqonchilik, chorvachilik, tabibchilik, kasb-hunar sohalarida to’plangan aqliy, axloqiy bilimlarni o’z bolalariga, yaqin kishilar va hukmdorlarning bolalariga o’rgata boshlaydilar.
Ilohiy ta‘limotga ko’ra tarbiya bu, o’zligini anglash, o’z-o’zini boshqarish, tevarak-atrofdagi olamni bilib olish, yer yuzida va jannatda yashash uchun hozirlik ko’rish, tangri dargohiga intilishdan iborat. Dinlar paydo bo’lgach, diniy tarbiya muqaddas kitoblardagi g’oyalar asosida ota-onalar yoki maxsus tayyorlangan kishilar tomonidan amalga oshirilgan.
Mashxur chex pedagogi Yan Amos Komenskiy «Buyuk didaktika» asarida ko’rsatishicha, qadim zamonlarda ota-onalar, odatda, o’z bolalarini oilada o’zlari tarbiyalaganlar. Lekin ota-onalar har xil bo’ladi: bolaga ta‘lim-tarbiya berish bir xilining qo’lidan kelsa, bir xilining qo’lidan kelmaydi; bola tarbiyasi uchun ba‘zilarining vaqti bo’lsa, ba‘zilarining vaqti bo’lmaydi.
Og’ir tabiatli maxsus kishilarga berib shqitganlar. Yoshlarga ta‘lim-tarbiya beruvchi bunday kishilarni pedagog, professor deb, bolalarni to’plab o’qitiladigan joyni-maktab, gimnazim, akademiya, universitet det ataganlar. Uning fikricha eng qadimgi maktablar Sharq mamlakatlarida, jumladan, Xoldey, Vavilon, Misrda, Isroil shaharlarida ochilgan. Maktab ochishni misrliklardan greklar, greklardan rimliklar o’rganib olganlar (“Buyuk didaktika”. T., O’qituvchi, 1975 yil, 82-bet).
Bizning ota-bobolarimiz-turkiy xalqlar qadim zamonlardan beri Markaziy Osiyoda-Turon zaminda yashab keladilar. Boysun tog’idagi Teshiktosh g’oridan, Farg’ona vodiysidagi Selungur g’oridan topilgan yodgorliklar (odamning suyak qoldiqlari) bu yelarda eng qadimgi odamlar bundan yuz ming yil va bir million yillar avval yashaganidan dalolat beradi. Markaziy Osiyoda eramizdan avvalgi ming yillikda ham katta-katta qurg’onlar, shaharlar, davlatlar mavjud bo’lgan. Ularda madaniyat elementlari, din, yozuv, maktablar vujudga kelgan.
Turkiy xalqlar qadim zamonlardayoq o’z yozuviga ega bo’lgan. Ota-bobolarimiz o’tmishda uyg’ur, runik yozuvlaridan, shuningdek, sug’d, xorizmiy yozuvlaridan foydalanishgan. Arablar istilosidan so’ng arab alifbosi qabul qilingan. Arab yozuviga asoslangan o’zbek alifbosiga ming yildan ko’proq muddatda amal qilindi. O’zbekistonda 1929 yilda – lotin, 1939 yilda rus alifbosiga o’tildi. 1993 yilda O’zbekiston Respublikasi lotin yozuviga – yangi o’zbek alifbosiga o’tish xaqidagi qaror chiqardi.
Qadimgi Turon zaminida yashagan xalqlar sug’orma dehqonchilik bilan mashg’ul bo’lganlar. Odamlar tabiat hodisalarini ko’zatib borganlar, olam sirlari haqida ayrim kishilarga (payg’ambarlarga) vaqti-vaqti bilan g’ayb ilmi ham kelib turgan. Ayrim kishilar karomat ko’rsatib bo’lajak voqealarni oldindan ayta bilganlar. Dunyoviy ilmlardan astronomiya, geometriya, arifmetika, tibbiyot vujudga kelgan. Saroylar, ibodatxonalar huzurida ochilgan maktablarda yoshlarga diniy va dunyoviy ilmlar o’rgatilgan. Mirzalar, qozilar, hakimlar kabi davlat xizmatchilari tayyorlaydigan maktablar ham bo’lgan. Sharq mamlakatlaridagi maktablarda xat-savod o’rgatish murakkab, og’i ish hisoblangan. Ilm olish – nina (igna) bilan quduq qazish, deb bejiz aytilmagan. Mutafakkir olimla o’qitishning yengilroq usullarini topish ustida bosh qotirganlar. Sharq mamlakatlarida qadimda yaratilgan ayrim qo’lyozma asarlarda tarbiyaning maqsadi, o’qituvchi qanday bo’lishi haqida, shuningdek, ilm oluvchining ma‘naviyat qiyofasi, xislatlari to’g’risida fikr-mulohazalar bayon etilgan, maslahatlar berilgan.
Qadimgi sharq mamlakatlarida maktablarda qattiq intizom o’rnatilgan, jismoniy jazo berishga yo’l qo’yilgan. Ota o’g’lini maktabga berayotganida domlaga “bolamning eti sizniki, suyagi meniki”, degan naqilni bekorga aytmagan. Ko’pchilik hunarmand, kosib, dehqon, chorvadorlarning bolalari oilada turmush, mehnat jarayonida tarbiya olganlar, kasb-hunarni egallaganlar.
O’zbek xalq pedogogikasi – o’qituvchi odobning
dastlabki va bebaho manbai
Ahloqiy pand-nasihatlarning, ta‘lim-tarbiyaning ijodkori ham, asrlar davomida yoshlarni kamolot sari yetaklab, ularga hayot ilmini, turmush saboqlarini o’rgatib kelgan to’ng’ich ustoz ham-hayot, xalqdir. Yer yuzidagi barcha kishilar singari turkiy qabilalar ham qadim zamonlardayoq hayotiy ehtiyoj taqozosi bilan o’z bolalarini sog’lom, baquvvat, mehnatsevar, katta-kichiklarni izzat-hurmat qiladigan, xushaxloq, botir, jamoani, vatanni himoya qila oladigan kishilar bo’lib ulg’ayishlarini orzu qilganlar. Tarbiya sohasida to’plagan tajribalarini, orzu-istaklarini umumlashtirib maqol, topishmoq, ertak, rivoyat, hikoyat, doston kabilar shaklida ifodalab yoshlarga, oila a‘zolariga, boshqalarga o’rgatganlar. Shu tariqa o’zbek xalq pedogogikasi vujudga kelgan. Unda ijobiy axloqiy sifatlar, fazilatlar ulug’lanadi, salbiy illatlar esa qoralanadi. O’zbek xalq pedagogikasining shaxs va jamiyat uchun foydali, ilg’or, axloqiy g’oyalari og’izdan-og’izga, avloddan-avlodga o’tib, folklor asarlari, milliy oilaviy urf-odatlar, an‘analar sifatida bizgacha yetib kelgan.
O’zbek xalqi pedagogikasi asarlarida murabbiy, ustozning hurmati, mo’‘tabat inson sifatida ulug’lanadi. “Otang bolasi bo’lma, odam bolasi bo’l”, “Ustoz otangdan ulug’”, “Ota-ona bolani dunyoga keltiradi, ustoz esa uni yuksaklikka, osmonga ko’taradi” kabi hikmatlarda murabbiy, ustozlarning mehnati, qadr-qimmati ulug’langan.
O’zbek xalqining etnopedagogikasi umuminsoniy va milliy tarbiyaning qudratli omili, vositasidir. Turkiy xalqlar o’z bolalarini yoshlikdan uy-ro’zg’or mehnatiga o’rgatishga katta e‘tibor bergan. O’zbek xalq pedagogikasi bolalarga-kimki yaxshi mehnat qilsa, yaxshi buyum tayyorlasa, u yaxshi usta, degan g’oya singdirilgan. Bundan tarbiya jarayonida: “Avval bil, keyin qil”, “Avval o’rgan, keyin o’rgat”, “Aql ko’pga yetkazar, hunar ko’kka”, “Ustoz shogird-jonsiz kesak”, “Ustoz ko’rmagan shogird-har maqomda yurg’alar” kabi maqollarning ahamiyati katta bo’lgan.
Xalq doimo yosh avlodni aqlli, odobli, go’zal fazilatli inson bo’lib kamol topishini orzu qilgan va shunga intilgan. Bunday orzu-istaklar Abdulqosim Firdavsiyning Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi hayotini aks ettiruvchi “SHohnoma” asarida quyidagicha tasvirlanadi.
Aql yo’l ko’rsatib, dilni etar shod,
Har ikki olamda aqlli obod.
Hamisha aqlingni rahnamo etgil,
Noloyiq ishlardan olisroq ketgil.
(“SHohnoma” 1-kitob, Toshkent., 1975 yil. 35-36 betlar).
O’zbek xalq pedagogikasida ota-onaning namuna, ibrat ko’rsatishiga katta e‘tibor berilgan. “Bolalarga go’zal tarbiya berish uchun, ota-onalarning o’zlari go’zal axloqli, tarbiyali bo’lishlari shartdir ... Agar ota-onalar o’z umr-yo’ldoshlari bilan go’zal ravishda umr kechirsalar, ularni hurmatlasalar, bolalar ulardan oliyjanoblik va xushmuomalalik odobini o’rganadilar”. (Donolar tarbiya xususida. Toshkent, “O’qituvchi”, 1982 yil, 42-43 betlar).
O’zbek xalq pedagogikasida qo’llanib kelingan tarbiya usullari yoshlarga o’zaro izzat-hurmatda bo’lish, qadr-qimmatni anglash, samimiylik, iltifotlilik, haqiqatlilik, mardlik, jasurlik, mehribonlik kabi insoniy fazilatlarni singdirishga xizmat qilgan. Bolani elga manzur, odobli farzand qilib tarbiyalash ota-onaning burchi hisoblangan. O’zbek xalqi yaratgan maqol, naql, afsona, rivoyat, hikoyatlarda ma‘naviy axloqiy ideallar, ibratli, qiziqarli o’gitlar shaklida bayon etilgan. “Hurmat qilsang, hurmat ko’rasan”, “Har kim ekkanin o’radi”, “Bola aziz, odobi undanda aziz” kabi maqollar shular jumlasidandir.
Hikoyat. Naql qilishlaricha, podsho ayonlari bilan ovdan qaytayotganida yo’lda kelayotgan bir bolani ko’rib qoladi. Otidan tushib, bolaga salom beradi. Vazir bundan taajublanib, “SHohim nega bunday qildingiz?”, -deganda u: “Bu bola ustozimning nabirasi. Ustozga hurmatim tufayli unga salom berdim”,-degan ekan. Bu naqlda halqimizning ustozga, muallimga bo’lgan chuqur hurmati ifodalangan. “Har kimki hayotdan olmasa ta‘lim, unga o’rgata olmas hech bir muallim”, “Hayot ustoz, xalq muallim” kabi hikmatlar juda o’rinli aytilgan.
Bayon qilingan pedagogik fakt va mulohazalar o’qituvchining axloqiy fazilatlari tarbiyachilik ishining tarbiyashunoslik ilmining tarkibiy qismi sifatida xalq pedagogikasi zaminida vujudga kelib, asrlar davomida sayqallanib, takomillanib borganidan dalolat beradi. O’zbek xalq pedagogikasi asarlari, o’zbek oilasining bola tarbiyasi bobida to’plagan tarixiy tajribasi, milliy axloqiy qadriyatlarimiz o’qituvchi odobining bebaho manbai, bitmas tuganmas sarchashmasidir.

Yüklə 80,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə