Pedagogik axloqning tarixiy ildizlari


Axloq va ilm egallash odobi haqida islom ta‘limoti



Yüklə 80,5 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü80,5 Kb.
#134212
1   2   3   4   5
Milliy tarbiyaning tarixiy ildizlar

Axloq va ilm egallash odobi haqida islom ta‘limoti
Islom ta‘limoti o’tmishda yaratilgan barcha ilohiy ilmlarni, insoniy tajriba va fazilatlarni umuminsoniy qadriyat sifatida o’zida mujassamlashtirdi. Qur‘on va Hadislarda bayon etilgan axloqiy g’oyalar insoniyat madaniyati xazinasiga qo’shilgan o’lkan hissa ekanligi jahon miqyosida allaqachon tan olingan. Qur‘on-falsafiy, huquqiy bilimlar majmuigina bo’lib qolmay, axloqiy tarbiyani qudratli manbai, vositasi, kishilarni halollik, pouklik, axloq-odob, insof-diyonatga da‘vat etuvchi muqaddas kitobdir. Qur‘on suralarida kishilar Alloh nomidan ezgulikka, halollikka, poklikka da‘vat etiladi. Bunga amal qilganlarga jannatda huzur-halovatda abadiy yashash va‘da qilinadi. Yovuzlik yo’lidan qaytmagan kishilar uchun do’zax azobi muqarrarligi eslatiladi. Bu, kishilarni yomon xulqlardan o’zini tiyishga, yaxshilikka undaydi.
Hadislar-Muhammad payg’ambarimiz aytgan o’git-nasihatlar, fe‘l-atvorlari (bajargan ishlari, xatti-harakatlari) taqrirlarini anglatadi. Rasulullohning turli sharoitlarda shariat ahkomlariga oid aytgan so’zlari Hadis bo’lib, fe‘l-atvorlari esa, ul zot bajargan va sahobalar naql qilgan amallardir. Sahobalarning Rasululloh ma‘qullagan so’zlari va xatti-harakatlari taqdir deyilib, ular shariat ahkomlariga mos keladi.
Islom ta‘limotida yoshlar barkamol inson bo’lib yetishishlari, ayol va yerkak turmushda, jamiyatda o’z mavqelarini, vazifalarini bilib, pokiza hayot kechirishlari lozimligi ta‘kidlanadi. Erkaklarda g’urur, ayollarda-sharm-hayo, qizlarda-iffat, bolalarda-mehr-oqibat, halol bilan haromning farqiga borish kabi fazilatlarni tarbiyalash islom ilmining mazmunini tashkil etadi.
Hadislarda kishilarning axloqqa qo’yiladigan shar‘iy talalar bayon etilgan. Ular insonning ma‘naviy va axloqiy kamolotiga asos bo’ladi. Hadislarda farz, vojib, harom, halol kabilar bilan bir qatorda insoniy fazilatlar, axloqiy yo’l-yo’riqlar talqin etiladi, insonlik sha‘niga dog’ tushiradigan illatlar qoralanadi. Insoniy fazilatlar-ilm egallash, halollik, to’g’riso’zlik, adolatlilik, mehr-oqibat, ota-onani hurmat qilish, yetimlarga, kambag’allarga g’amxo’rlik, saxiylik, poklik, omonatga xiyonat qilmaslik, diyonat kabi ijobiy axloqiy sifatlar ulug’lanadi. Masalan, yoshlarni ilm olishga, axloqli bo’lishga da‘vat etuvchi Hadislarda bunday deyilgan: “Ilm egallang! Ilm sahroda do’st, hayot yo’llarida-tayanch, yolg’izlik damlarida-yo’ldosh, bahtiyor daqiqalarda–rahbar, qayg’uli damlarda-madadkor, odamlar orasida zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir. Mo’minlarning afzali xulq-atvori yaxshilaridur.sadaqaning afzali-mo’min kishi ilm o’rganib so’ng boshqa mo’min birodarlarga o’rgatishdir. Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham yaxshilanglar” kabilar yoshlarni axloqiy tarbiyalashga yordam beradi. Shuningdek, Hadislarda yomon xulq, razolat, kibr-havo, adovat, hasad, xiyonat, yolg’onchilik, munofiqlik, poraxo’rlik, buzuqlik kabi illatlar qoralanadi.
Islom ta‘limotida yaxshilik qilish insonning tabiiy vojiboti bo’lishi kerakligi tushuntirilib, Alloh insonga o’z ne‘matlarini ehson qilganidek, inson ham boshqalarga yaxshilik qilishi, sahovatli bo’lishi kerakligi ta‘kidlanadi. “Alloh senga yaxshilik qilganidek, sen ham (o’zgalarga) yaxshilik qil” (Qasos surasi, 77-oyat). “Agar chiroyli amallarni qilsangizlar o’zingizga yaxshilik qilgan bo’lursizlar. Agar yomon gunoh amallarni qilsangiz ham o’zingiz uchundir” (Isro surasi 7-oyat). “Kim biron chiroyli amal qilsa, unga o’n barobar qilib qaytarilur” (An‘om surasi, 160-oyat). Qur‘onda ota-onaga ko’proq yaxshilik qilish vojibligi ko’rsatiladi. Shu bilan birga boshqa kishilarga ham qarindoshlarga, qo’shnilarga, musofirlarga, xizmatkorlarga, do’stu-birodarlarga va boshqalarga ham yaxshilik qilish zarurligi ta‘kidlanadi.
Islom ta‘limotida sabr-qanoatli bo’lish yuksak axloqiy fazilat sifatida ulug’lanadi. Sabr hamma fazilatlarning onasi, har bir fazilatning asosidir. Islomda targ’ib qilinayotgan sabr-qanoat, bu haqiqatni o’rgatish va botilni yo’qotish yo’lida uchraydigan har narsaga chidamlilik, insonlardan kelayotgan aziyatga toqat qilish va kambag’allik, kasallik, aziz kishini yo’qotish kabi qiyinchiliklarga bardoshli bo’lish fazilatidir.
Insonga xos olijanob axloqiy sifatlardan biri kechirimli bo’lishdir. Bu sifat keng qalbli, birovlarning adovati va aziyatiga chiday oladigan kishilarda bo’ladi. Insonlar ko’pincha xato qiladilar va xatolarining kechirilishiga muhtojlik sezadilar. Agar biz yomonlik qilgan kishini (xato qilgan kishini) kechirmaydigan bo’lsak, o’zimizga ham kelajakda kechirim bo’lmay qolishi mumkin. “Yomonlikni yaxshilik bilan qaytaringlar” deyiladi. Ra‘d surasining 22-oyatida. Ba‘zilar adovat qilishga o’rganib qoladilar. Bunday kishilarga nisbatan islom ta‘limotida-qilgan adovatiga munosib ravishda, oshirib yubormasdan, zulm qilmasdan javob qaytarish tavsiya etiladi.
Rostgo’ylik jamiyatning barqarorligi va kishilar o’rtasidagi ishonchni ta‘minlaydigan eng muhim sifatdir. Yoshlarda bu fazilatni tarbiyalashga oila ham, maktab ham, butun jamiyat ham katta e‘tibor berishi kerak. “Ey mo’minlar, Allohdan qo’rqingiz va iymonlarida rostgo’y bo’lgan zotlar bilan birga bo’lingiz” (Tavba surasi, 119-oyat), “... Haq so’zni so’zlangiz!” (Ahzob surasi, 79-oyat). Hadisda “Rostgo’y bo’ling! Rostgo’ylik ezgulikka boshlaydi... yolg’ondan ehtiyot bo’ling! Yolg’on buzuqlikka boshlaydi” deyilgan.
Kishilar o’rtasidagi munosabatlarda ko’pgina muammolar o’ylamasdan ehtiyotsizlik bilan aytilgan qo’pol so’zdan kelib chiqadi. Chiroyli so’z esa yaxshi muomala, mehr-oqibat kalitidir. Islom ta‘limoti kishilarni shirinso’zlikka chaqiradi. Shirinso’zlik va xushmuomalalikning shartlaridan biri ovozni baland ham, past ham qilmay, meyorida gapirishdir. Islom ta‘limotida baqirib gapirish qoralanadi.
Imom Buxoriyning “Al-jome‘ as-sahih” asarining “Ilm kitobi” bo’limi (Hadis. Birinchi kitob. Toshkent, 1991, 28-51-betlar) ilm egallash fazilati va xosiyatlari, ilm o’rganish odobi to’g’risida bahs etadi. Bu yerda ilm egallash odobining 54 qoidasi haqida hikoyat qilingan. Ularda Muhammad payg’ambarimizning ilm o’rgatish va o’rganishga doir pand-nasihatlari bayon etilgan. Islom dini qabul qilingan mamlakatlarda maktab va madarasalarda saboq bergan mullalar (muallimlar), mudarrislar va tolibi ilmlar bir necha asrlar davomida bu pand-nasihatlarga amal qilganlar. Ularning tahlili ilm o’rgatuvchi va o’rganuvchilarga nisbatan quyidagi didaktik talablar, pedagogik-axloqiy g’oyalarni ifodalashga imkon beradi:
-ilm beruvchining ovozi tinglovchilarning hammasiga eshitilarli me‘yorida bo’lishi;
-ilm mazmuni “Aytgan edilar, xabar beradilar, guvohlik beradilar” kabi samimiy yoqimli
so’zlar bilan ifodalash;
-biror ta‘limiy yoki tarbiyaviy masalani o’rtaga tashlab, muhokama, munozara yo’li bilan
o’rgatish;
-ilm o’rganish va o’rgatish uchun ma‘lum kunlarni qat‘iy belgilab qo’yish;
-ilmni fahmlab teran tushunib, anglab o’rganish, esda mustahkam saqlash;
-teran tushunilgan yaxshi anglab olingan ilmlarni yod olish;
-ilm o’rgatish jarayonida bolaga lozim hollarda tanbeh berish mumkinligi;
-kishi ilmni o’zi o’rganib, o’zgalarga ham o’rgatishi, ilmga o’zi amal qilishi zarurligi;
-ilmning susayishi, ilmga e‘tiborsizlik, jamiyatni muqarrar inqirozga yetaklashini
tushunish;
-ilmni oson, yengil qilib, odamlarni bezdirmay o’rgatish;
-ilmni so’rab bilib olish, ilm o’rganishda uyalmaslik, o’zi uyalsa boshqa birov orqali so’rab
bilib olish lozimligi;
-ilmga doir savol bergan odamga so’raganidan ko’ra ko’proq javob qaytarish;
-bilim tinglovchiga tushunarli bo’lishi uchun har bir gapni bir necha marta (uch bora)
qaytarishning afzalligi;
-ilmni ishtiyoq bilan o’rganishning afzalligi;
-ayollarga ham ilm o’rgatish lozimligi;
-eshitganni yaxshiroq bilib olish, mukammal tushunish uchun qayta so’rash joizligi;
-ilmni bilgan kishi bilmaganga, eshitganlar eshitmaganlarga yetkazish lozimligi;



Yüklə 80,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə