P. S. Su L t o n o V ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari



Yüklə 5,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/186
tarix07.04.2023
ölçüsü5,7 Mb.
#104623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari. Sultonov P

Sog‘lomlashtirish 
ahamiyati deyilganda sof tabiiy unsurlar 
(musaffo havo, toza suv, unum dor tuproq, bahavo o ‘rmon)ning 
va shifo beruvchi tab iiy m o d d a va ja ra y o n la rn in g inson 
salomatligiga ijobiy ta ’siri tushuniladi. Bundan qariyb ming yil 
avval yashab o ‘tgan buyuk o'tmishdoshimiz Abu Ali ibn Sino 
« O d a m la r sa lo m a tlig i ta sh q i s h a ro it b ila n c h a m b a rc h a s 
bog iangan » deganda tabiatni aynan shu xususiyatini nazarda 
tutgan bo'lishiga shubha qilmasa ham bo ‘ladi.
Tarbiyaviy 
a h a m iy a ti d e y ilg a n d a s o f h a q iq iy ta b ia tn i 
kishilarda oliyjanoblik, xushfe’llik, bag'rikenglik, vatanparvarlik, 
ulug'vorlik, muloyimlik kabi axloqiy xislatlarni uyg'otish va 
shakllantirish xususiyatlari tushuniladi. Tabiat q o ‘ynida yoki tez- 
tez u bilan birga bo'lish insonlarning yoshidan q a t’i nazar ularda 
insoniy fazilatlarning kamol topishiga yordam beradi. Jamiyatda 
kuzatiladigan ruhiy qashshoqlik, loqaydlik, qo ‘pollik, jahldorlik, 
ra h m -sh a fq a tsiz lik , v a h sh iy lik k a b i illa tla rn in g avj olish 
sabablarid an biri ham kishilarni su n ’iy (texnogen) m uhitga 
tushib, tabiatdan ajralib qolganliklaridandir.
Tabiatning 
estetik 
aham iyati beqiyosdir. Insondagi barcha 
go‘zallik, mukammallik, musiqa, tasviriy san’at, kuy-navo hislari 
va u la rg a b o 'lg a n e h tiy o jla rin in g negizida ta b ia t y o tad i. 
T abiatdagi yam -yashil vodiylar, zilol suvli buloq va soylar
p u rv iq o r to g 'la r, bepoyon kenglik lar, ran g -b a ra n g gullar, 
x u sho voz va chiro y li q u s h la r inson uchu n fa q a t m oddiy 
n e ’m a tla r m a n b a ig in a em as, b alk i b itm as-tu g a n m a s ijod
g o ‘zallik, did va ruhiy quvvat m anbaidirlar.
K o'rinib turibdiki, inson ham jism onan, ham ruhan atrof- 
tabiiy m uhit bilan uzviy bog‘liq ekan. U tirik organizm sifatida


o ‘z mavjudligini t a ’m inlash uchun doim o tabiat bilan m odda, 
energiya va axborot alm ashib turishga majburdir. Bu degan so‘z, 
inson tabiatni tarkibiy qismi sifatida u bilan birgalikda, uni ichida 
m avjud b o 'la oladi dem akdir.
Insonning tabiatga ta ’siri boshqa faol bo'lm agan mavjudotlar 
(o'simlik va hayvonot) ta ’siriga nisbatan faol va xarakteri jihatdan 
tubdan farq qiladi. Y a’ni, inson ongi tufayli tabiatni o ‘z ehtiyoji 
va m aqsadiga m uvofiq tarzd a o 'z g a rtirish va m oslashtirish 
im koniyatiga ega. T a b ia t bilan b o ‘ladigan m u n o sab atlard a 
insonga faollik va boshqa tirik mavjudotlar orasida yetakchilik 
qilish huquqini beruvchi omil 
inson ongi 
ijtimoiy muhitda, ya’ni 
jam iyatda shakllanadi. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib insonni 
ikkita, y a’ni tabiiy va ijtimoiy m uhitlarning m ahsuli bo‘lgan 
b io ijtim o iy m a v ju d o t deb a ta s h m u m k in . In so n d a ham
moddiy(tana) va ruhiy (ong) mohiyat mujassamlashgandir. U tirik 
m av jud ot sifatid a ta b ia t m ahsuli, ongi tufayli esa ijtim oiy 
m u h it(ja m iy a t) m ahsuli h iso b la n a d i. 0 ‘zlarin in g biologik 
xususiyatlari, ijtimoiy mavqelari va boshqa sharoitlariga k o ‘ra 
turlicha ongga ega bo'lgan kishilar birgalikda kishilik jam iyatini 
tashkil etadilar. Bundan k o'rinib turibdiki, inson tabiat bilan 
jamiyat o'rtasidagi bog‘lovchi k o'prik vazifasini o ‘taydi. Bundan 
yana shunday xulosa ham kelib chiqadiki, inson tabiatni uzviy 
tarkibiy qismi bo'lganligi uchun ular tashkil etgan jam iyat ham 
tabiatsiz m avjud b o ‘la olm aydi. Boshqacha qilib aytganda, 

Yüklə 5,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə