Mustaqil ish. Lapasov Javlon Mavzu: Qadimgi dunyo iqtisodiy ta’limotlari Reja: 1



Yüklə 35,43 Kb.
səhifə1/7
tarix29.11.2023
ölçüsü35,43 Kb.
#142576
  1   2   3   4   5   6   7
Mustaqil ish. Lapasov Javlon Mavzu Qadimgi dunyo iqtisodiy ta l-fayllar.org


Mustaqil ish. Lapasov Javlon Mavzu: Qadimgi dunyo iqtisodiy ta’limotlari Reja: 1

MUSTAQIL ISH. Lapasov Javlon


Mavzu: Qadimgi dunyo iqtisodiy ta’limotlari
Reja:
1.Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy fikrlar
2. Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari.
3. Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy fikrlar
4. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar
1. Qadimgi Sharqdagi iqtisodiy fikrlar
Kishilik jamiyatining dastlabki davrlaridan boshlab xo’jalik yuritish to’g’risida u yoki bu ko’rinishdagi iqtisodiy fikrlar amal qilib kelgan. Lekin o’sha paytdagi iqtisodiy fikrlar to’g’risidagi ma’lumotlar bizning davrimizga etib kelmagan. Chunki ularni avlodlardan-avlodlarga, asrlardan-asrlarga olib o’tuvchi vosita – yozuv bo’lmagan. Yozuv qachon paydo bo’lgan? Yozuv bundan olti ming yil avval, miloddan to’rt ming yil oldin o’sha davrning madaniyat o’chog’i hisoblangan Mesopotamiyada ijod qilindi. Qadimgi grek tarixchilari hozirgi Iroqdagi Dajla va Frot daryolarning oralig’idagi joylarni «Mesopotamiya» deb atagan.

Bu grekcha so’z bo’lib, «ikki daryo oralig’i» ma’nosini bildiradi. Dajla va Frot daryolari hozirgi Turkiya chegarasidan boshlanib, sharq tomon oqib Fors ko’rfaziga quyiladi. Bu ikki daryo atrofidagi joylarning tuprog’i unumdor, suvi ko’p bo’lib, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga juda qo’l kelardi.


Ko’xna Bobil iqtisodiy fikrlari. Qadimgi Sharqda ancha rivojlangan davlatlardan biri Bobil bo’lgan. Unda xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlari nisbatan tez rivojlana boshladi. Jamiyatdagi kishilar borgan sari ko’proq tovar ayirboshlashga jalb qilinardi. Ularning ba’zilari sudxo’rlar to’riga ilinib, xonavayron bo’ldi va qullarga aylandi. To’la huquqli bo’lmagan (qaram) kishilar qatlamining ancha ko’chayib borishi vujudga kela boshladi. Harbiylar va soliq to’lovchilardan ajralib qolishga olib keluvchi bunday jarayon davlatni zaiflashtirgan. Jamiyatdagi erkin kishilarni sudxo’rlardan himoya qilish maqsadida (ularning mulkini himoya qilish, savdo, ijara va boshqa shartlarini qonuniy ravishda rasmiylashtirish) xususiy, huquqiy munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solinishi zaruriyati kuchaydi. Davlat bu vazifalarni qonunchilik yo’li bilan hal qilishga uringan. Bu borada iqtisodiy fikrlar nuqtai nazardan Eshnun Podshohi qonunlari (m.o. XX asr.) va Xammurapi qonunlari (m.o. XVIII asr.) ancha diqqatga sazovor.
Eshnunn qonunlari matni asosiy mahsulotlarga qat’iy baho o’rnatishdan boshlanadi: “1 gur (o’lchov birligi, ba’zi ma’lumotlarda 300, ba’zilarda esa – 252,6 l. teng) arpa (sotilishi kerak) 1 sikl (8,4g) kumushga 3 ka (1 ka 0,84 l. teng) birinchi sortli yog’ (sotilishi kerak) 1 sikl kumushga, 1 sut (5 l., ba’zi ma’lumotlarda – 8,4 l.) va 2 ka kunjut yog’i (sotilishi kerak) 1 sikl kumushga ” va boshqalar ko’rsatilgan. Birinchi paragrafda arpa, yog’, teri, tuz, mis va boshqalarning kumushdagi narxi o’rnatilgan (mahsulotlar shunday miqdorda olinishi kerakki, ularning qiymati 1 siklga teng bo’lsin); ikkinchi paragrafda har xil turdagi yog’ning arpadagi narxi ko’rsatilgan. Demak, asosiy umumekvivalent sifatida arpa bo’lgan. Buning ustiga, ushbu ekvivalentlar o’rtasida qat’iy muvofiqlik o’rnatilgan. Birinchi navbatda arpaning kumushda ifodalangan narxining ko’rsatilishi tasodifiy emas. Qat’iy narxning o’rnatilishi qonun tuzuvchilarga yollanma va ijara haqi darajasini, jarima miqdorini, foiz me’yorini tarbiya uchun to’lov va boshqalarni aniqlash imkonini beradi. Yillik foiz me’yori kumushda 20 % va donda 33 % ni tashkil etgan. Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, Qadimgi Misrda hatto keyingi davrlarda (X–VIII asr m.o.) sudxo’rlik foiz me’yori tez-tez 100 % gacha ko’tarilib turgan. Eski Bobildagi uncha ko’p bo’lmagan foiz me’yori davlatning nafaqat mamlakat xo’jaligi hayotiga aralashuvidan dalolat beradi, balki tovar-pul munosabatlarining ancha rivojlanganligini ham aks ettiradi. Qadimgi Misr iqtisodiyoti Yaqin Sharqdagiga nisbatan ancha natural bo’lgan. Demak, podsho qonunlari tovar-pul munosabatlarining rivojlanishida ijobiy rol o’ynagan.
Qonun matni kirish qismdan, hozirgi tasniflash bo’yicha 282 moddani o’z ichiga olgan asosiy qismdan va xulosadan iborat. Unda xo’jalik hayotiga oid iqtisodiy fikrlar ham aks ettirilgan. Shu narsa diqqatga sazovorki, bir guruh moddalarda Bobil fuqarolarining mulkini himoya qilish, ijara, sudxo’rlik va ishga yollash masalalari ko’rib chiqilgan.
Qonundagi asosiy narsa Bobil fuqarolarining mulkini himoya qilish yoki shunday sharoit yaratishdan iboratki, unda “kuchlilar kuchsizlarni surib chiqarmasinlar”. Bunda asosiy e’tibor saroy, ibodatxona mulkini hamda bobillik fuqarolar va davlat xizmatchilarining, birinchi navbatda, harbiylarning mulkini himoya qilishga qaratilgan. Xammurapi qonunlarida ularning ulushi (erlari) sotilishi man etiladi. “Sipoh yoki soliq to’lovchiga tegishli bo’lgan dala, uy, bog’, – deyiladi qonunda, – kumushga sotilishi mumkin emas”. Bundan tashqari, qonunda o’z mamlakati tashqarisida qul sifatida sotib olingan bobillik fuqarolar o’z vataniga qaytgach, erkinlikka erishishi zikr etilgan.
Qonunda sudxo’rlar zo’ravonligiga qarshi qaratilgan moddalar ham mavjud. Hosil kam bo’lgan paytlarda qarzlarni to’lash muddatini bir yilga cho’zishga ruxsat berilgan (qo’shimcha foiz to’lovisiz). Xammurapi qonunlarida sudxo’rlar o’z holicha, qarzdorlarning ruxsatisiz qarz evaziga ularning hosilini tortib olishi man etilgan. Ular qat’iy ravishda puldagi (20%) va natural shakldagi (33% ) foiz me’yorini aniq belgilab bergan.
Xammurapi kodeksida tutqunlarga nisbatan yomon munosabatda bo’lgani uchun sudxo’rlarni hatto jazolash (shu jumladan, qonuniy yo’l bilan ham) ko’zda tutilgan. Sudxo’rlikning keng rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi asosiy omillardan biri qarzdorlik uchun qullik muhlatining uch yil bilan cheklanishidir (to’rtinchi yili unga erkinlik berilishi lozim bo’lgan). Biroq sudxo’rlikka qarshi qonunchilikda izchillik bo’lmagan. Xususan, qarzdorni ozod etishda uni ishlab chiqarish yoki yashash vositalari bilan ta’minlash nazarda tutilmagan. Hech qanday vositasi bo’lmagach, ozod etilgan qarzdor yana qaytib sudxo’rga murojaat qilishga majbur bo’lgan.
Xammurapi qonunlarida yollanma munosabatlarni tartibga solishga katta e’tibor berilgan. Uning juda ko’p turdagi shakllari ko’rib chiqilgan bo’lib, hatto yollanma mehnat uchun to’lov miqdori ham aniq qilib ko’rsatib berilgan.
Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda, qishloq xo’jaligini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash, mehnatsiz daromad to’ishga qarshi kurashish bo’lgan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu jumladan, erga bo’lgan xususiy mulkchilik tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko’z olaytirgan, unga zarar etkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan.
Shunday qilib, eski Bobil podsholigi qonunlarida davlat tartiblashining va aholi iqtisodiy faoliyatini nazorat qilishning turli shakllari ko’zda tutilgan. Ular real iqtisodiy jarayonlarga, tovar-pul munosabatlarini rivojlanishiga, fuqarolar mulkini himoya qilishga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. Shu bilan birga bu qonunlar Osiyodagi boshqa mamlakatlarda iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida katta rol o’ynadi.

Yüklə 35,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə