О‘zbyekiston Ryespublikasi Oliy va О‘rta maxsus ta’lim Vazirligi


§ 1.5. Xalqaro myehnat taqsimotini rivojlanishining zamonaviy о‘ziga xos tomonlari. Xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish koopyeraцiyasi



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə6/126
tarix27.04.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#107200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Jahon iqt

§ 1.5. Xalqaro myehnat taqsimotini rivojlanishining zamonaviy о‘ziga xos tomonlari. Xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish koopyeraцiyasi
Xalqaro myehnat taqsimotining rivojlanishi asosiy yо‘nalishini biz xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish koopyeraцiyasining kyengayishida kо‘rishimiz mumkin. Xalqaro koopyeraцiya (XK) va xalqaro ixtisoslashuv (XI) xalqaro myehnat taqsimotining shakllari bо‘lib, uning mohiyatini namoyon qiladi.
Turli davlatlarning korxonalarini ma’lum bir tovarga ixtisoslashuvi zamonaviy ITI bilan bog‘liqdir. Ishlab chiqarishning tyexnologik tizimini murakkablashib borishi bilan tayyor mahsulotda ishlatiladigan dyetallar soni kо‘paydi. Masalan: yengil avtomobil sanoatida 20 minggatacha, prokat dastgohlarida 100 mingtacha, elyektrovozlarda esa 250 mingtacha dyetallarning qismlari ishlatilishi mumkin.
Jahon iqtisodiyotida xalqaro ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi (XII) ikkita yо‘nalish bо‘yicha – ishlab chiqarish va hududiy yо‘nalishlar bо‘yicha rivojlanib bormoqda. О‘z navbatida ishlab chiqarish yо‘nalishi:
a) sohalararo;
b) davlatlar guruhi;
v) alohida korxonalarning ixtisoslashuviga bо‘linishi mumkin. Bundan tashqari hududiy xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi esa:
a) alohida davlatlar;
b) davlatlar guruhi;
v) hududlarning jahon bozori uchun ma’lum tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuviga bо‘linadi.
Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvining asosiy turlariga:

  • pryedmyetli (mahsulot ishlab chiqarish);

  • dyetalli (mahsulotni tashkil qiluvchilarni ishlab chiqarish);

  • tyexnologik yoki bosqichli (ya’ni, alohida tyexnologik jarayonlarni, masalan yig‘ish, bо‘yash va boshqalarni amalga oshirish) ixtisoslashish kiradi.

Xalqaro myehnat taqsimotining boshqa bir shakli - xalqaro ishlab chiqarish koopyeraцiyasidir. Uning ob’yektiv asosi bо‘lib, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishining о‘sib borayotgan darajasi, hamda mamlakat ichida yoki tashqarisida rо‘y byerishidan qat’iy nazar mustaqil korxonalar о‘rtasidagi barqaror ishlab chiqarish jarayonlarini borishi hisoblanadi. Xalqaro ishlab chiqarish koopyeraцiyasi о‘zining rivojlangan shakllarida hamkorlikning turli sohalarini qamrab oladi. Jumladan, birinchidan, ishlab chiqarishda tyexnologik hamkorlik. Ushbu hamkorliklarga quyidagilar kiradi:
a)liцyenziyalar byerish va mulkchilik huquqlaridan foydalanish;
b)loyiha konstruktorlik hujjatlarini, tyexnologik jarayonlarni, mahsulotning tyexnik darajasi va sifatini, qurilish va montaj ishlari zamonaviy, koopyeraцiyalashgan korxonalarni ishlab chiqish va moslashtirish;
v)ishlab chiqarishni boshqarish, standartlashtirish, unifikaцiyalash, syertifikaцiyalashni takomillashtirish, ishlab chiqarish dasturlarini taqsimlash va h.k.lar.
2. Koopyerativ mahsulotni sotish bilan bog‘liq bо‘lgan savdo-iqtisodiy jarayonlar.
3.Sotilgan tyexnikaga xizmat kо‘rsatish.
Jahon iqtisodiyotida koopyeraцiya aloqalarini о‘rnatishda foydalaniladigan quyidagi uch asosiy usulga alohida e’tibor byeriladi:
- Hamkorlikdagi dasturlarni amalga oshirish.
- SHartnoma asosida ixtisoslashish.
- Qо‘shma korxonalar tashkil qilish.
Hamkorlikdagi dasturlarni amalga oshirish о‘z navbatida ikki asosiy shaklda.( pudratli ishlab chiqarish koopyeraцiyasi va hamkorlikdagi ishlab chiqarish) amalga oshiriladi. SHartnoma asosida ixtisoslashish esa ishlab chiqarish dasturlarini ishlab chiqarish koopyeraцiyasi ishtirokchilari orasida taqsimlanishini nazarda tutadi. Qо‘shma korxonalar bu intyegraцiyalashgan koopyeraцiyadir.



Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə