О‘zbyekiston Ryespublikasi Oliy va О‘rta maxsus ta’lim Vazirligi



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə1/126
tarix27.04.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#107200
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Jahon iqt

О‘zbyekiston Ryespublikasi Oliy va О‘rta MAXSUS ta’lim Vazirligi


Toshkyent Davlat IQtisodiYOt Universityeti




JAHON IQTISODIYOTI VA XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR
TOSHKENT- 2010

Xо‘jalik jamiyatining barcha jabhalarida intyegraцiya va globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan bir davrda jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi asosiy rivojlanish tyendyenцiya va yо‘nalishlarini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi.


Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning umumiy rivojlanish xususiyati о‘zgarib borayotgan bir davrda О‘zbyekiston Ryespublikasi ham jahon hamjamiyatiga kirib bormoqda. Xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorliklar rivojlanmoqda. Xususan, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini о‘rganish, shuningdyek bozor iqtisodiyotining rivojlanishidagi yutuq – kamchiliklari, rivojlanish muammolarini hal etishdagi tо‘g‘ri yondashuvlar bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich о‘tib borayotgan Ryespublikamiz iqtisodiyotini rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqishda tajriba sifatidagi ahamiyati kattadir.
Darslik oliy ta’lim, kollyej va liцyey talabalari, aspirant, ilmiy xodim, magistrant, shuningdyek jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar bilan shug‘ullanuvchi kyeng kitobxonlar ommasiga mо‘ljallangan.
Taqrizchilar: О‘zbyekiston Ryespublikasida xizmat kо‘rsatgan
fan arbobi, i.f.d., prof. Abirqulov Q.
i.f.n., doц. Xanova I. M.

Tuzuvchilar: prof. G.G‘. Nazarova, katta о‘qituvchilar


Z.M.Iminov, B.R.Bobojonov


KIRISH
Ryespublikamiz Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining iqtisodchi mutaxassislarini tayyorlaydigan barcha fakulьtyetlarida fundamyental iqtisodiy fanlardan biri hisoblangan “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanini о‘qitishning ahamiyati kattadir.
Xо‘sh, fanning maqsadi va vazifalari, uning о‘quv jarayonida tutgan о‘rni nimadan iborat. Ma’lumki, jahonda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bо‘lgan 290 dan ortiq davlatlar mavjud bо‘lib, bu davlatlar о‘z iqtisodiyotini va xalqaro iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirishlari bilan uch guruhga (rivojlangan, rivojlanayotgan, past rivojlangan davlatlarga) bо‘linadi. Ular о‘zlarining bir nyecha asrlar davomidagi iqtisodiy rivojlanishida turli ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy bosqichlarni bosib о‘tganlar.
Kishilik jamiyatida sinfiy jamiyatning vujudga kyelishi (bu jarayon turli davlatlarda turli davrlarda rо‘y byergan) bilan bog‘liq holda, bozor munosabatlari ham turlicha shakllanib bordi. Bozor munosabatlari dastlab XVII- XIX asrlarda G‘arbiy YEvropaning bir qator davlatlarida (Gollandiya, Angliya, Franцiya, Gyermaniya, AQSH) tyez rivojlanib borgan bо‘lsa, ushbu mamlakatlar tomonidan mustamlaka qilingan Osiyo, Afrika va Lotin Amyerikasi davlatlari (Hindiston, Turkiya, arab davlatlari, Myeksika va boshqalar) iqtisodiyoti esa ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan nihoyatda tushkunlikka tushib qolgan edi. SHunday qilib, bozor munosabatlari bu davrda jahonning dyeyarli barcha davlatlarida hukmron bо‘lgani bilan uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy oqibatlari turlicha bо‘lgan edi.
Ma’lumki, iqtisodiy rivojlanish jahonning barcha davlatlari uchun umumiy tabiiy qonuniyatlari asosida boradi, ya’ni, aytmoqchimizki bozor munosabatlarining alohida ajratib olingan kо‘rinishi yoki milliy libosi yо‘q, ammo rivojlanishning о‘ziga xos xususiyatlari, yо‘llari mavjud bо‘lib, ular jahonning u yoki bu mamlakatlarini jug‘rofiy о‘rni, tabiiy sharoiti, iqlimi, tabiiy ryesurslari, aholisi, iqtisodiy rivojlanish darajasi va munosabatlarining kо‘pgina boshqa sabablariga kо‘ra turlicha bо‘ladi. SHuning uchun ham jahondagi ba’zi bir davlatlar yuqori darajada, ayrimlari о‘rtacha va past (qoloq) rivojlangan bо‘ladi. Bu davlatlarning (ayniqsa, AQSH, Angliya, Gyermaniya, Franцiya, YAponiya, Gollandiya) iqtisodiy yutuqlarini atroflicha tahlil etish, ularning iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va madaniy rivojlanish yо‘llaridan о‘rnak olish ham nazariy, ham amaliy ahamiyat kasb etadi. “О‘zbyekiston jahondagi yirik, xalqaro maydonda yetakchi о‘rin tutadigan davlatlar - AQSH, Rossiya, YAponiya, Xitoy, Gyermaniya, Franцiya va YEvropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari bilan hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamkamlashga alohida e’tibor byeradi”1 - dyegan edi О‘zbyekiston Ryespublikasi Pryezidyenti I.A.Karimov.
Xullas, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining Univyersityet va institutlarini iqtisodiy yо‘nalishidagi barcha fakulьtyetlarida “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanini о‘qitish muhim ahamiyatga molikdir. CHunki, О‘zbyekiston Ryespublikasi о‘z mustaqilligini qо‘lga kiritganidan sо‘ng jahonning kо‘plab (160 dan ortiq) mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy, siyosiy-diplomatik va madaniy hamkorlik qilmoqda. SHu sababli jahon mamlakatlari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tо‘g‘ri olib borishi uchun ham boshqa bir qator davlatlarning (ayniqsa, rivojlangan yetakchi davlatlar bilan bir qatorda rivojlanayotgan davlatlarni ham) iqtisodiy rivojlanish yо‘llarini (modyellarini) kyeng, har tomonlama о‘rganishi va xulosalar chiqarish zarur hisoblanadi. О‘zbyekiston Ryespublikasi Oliy Kyengashining XIII syessiyasida Ryespublika Pryezidyenti I.A. Karimov, - “Bizning о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘limiz ryespublikaning о‘ziga xos turmush tarzini, shart-sharoitlarini va xususiyatlarini, xalq an’analari va urf-odatlarini har tomonlama hisobga olishga asoslangan. Ayni paytda jahon mamlakatlari amaliyoti tо‘plagan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar qatoriga о‘tgan mamlakatlar orttirgan ijobiy tajribalarni ham hisobga oladi”, - dyeb kо‘rsatgan edi.
Darslik Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining profyessor-о‘qituvchilari, Oliy ta’limning biznyes sohasidagi barcha iqtisodiy yо‘nalishlar talabalari, ilmiy xodim va magistrantlari, shuningdyek jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar bilan shug‘ullanuvchi kyeng kitobxonlar ommasiga mо‘ljallangan.
“Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fanidan darslikni tayyorlashda mualliflar xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy asarlaridan, darslik va о‘quv qо‘llanmalaridan kyeng foydalanildi. Jumladan, YE.F. Avdokushin (2004g.), A.S. Bulatov (2003), I. Dyumulyen (2003), A. Kiryeyev (2004), P. Krugman (2004), N. Livyenцyev (2004), V.Lomakin (2004), G.G‘. Nazarova, X. Xalilov, A. Eshtayev va boshqalar (2003), R.X.SHodiyev (2004), G.G‘. Nazarova, X. Xalilov va boshqalar(2009), G.G‘. Nazarova, N.T.Haydarov(2007).
Darslikning kirish, 1, 2, 5, 7, 8, 11-boblari i.f.d., profyessor G.G‘. Nazarova, 3, 4, 6, 9, 10, 12-boblari esa katta о‘qituvchilar Z.M.Iminov, B.R.Bobojonovlar tomonidan tayyorlandi.

Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə