Akt sohasidagi qonun hujjatlari



Yüklə 21,91 Kb.
səhifə1/3
tarix10.11.2023
ölçüsü21,91 Kb.
#132698
  1   2   3
New Документ Microsoft Word (2)


AKT sohasidagi qonun hujjatlari
Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimiz mustaqilligining yigirma to‘rt yilligiga
bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishdagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek, bizning asosiy vazifamiz
– amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyot va uning
tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
keng joriy etish va buning hisobidan mamlakatimiz raqobatbardoshligini yanada oshirib,
jahon bozorida munosib o‘rin egallashdir va bu jarayon albatta Axborot Komunikatsiya
Texnologiyalarini rivojlantirishsiz amalga oshmaydi. Shu sababbli mustaqillik yillarida bu
sohani rivojlantirish uchun qator qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. Bundab tashqari shu
mavzu yuzasidan konferinsiyalar uyushtirildi.
O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
fraksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etgan «O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya
tizimini rivojlantirish istiqbollari» mavzusidagi konferensiyada shu xususda so‘z bordi.
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi S.Otamurodov, Oliy Majlis
Qonunchilik palatasi Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi
I.Abdullayev va boshqalar milliy axborot-kommunikatsiya tizimini izchil, bosqichma-bosqich
rivojlantirish uchun sharoit yaratilgani davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish imkonini berayotgani, natijada milliy axborot
makonini rivojlantirish istiqbollari yuksalayotganini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbarining axborot sohasini yanada isloh qilish, so‘z va axborot erkinligini
ta’minlashga qaratilgan g‘oyalari O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining dasturiy
hujjatlarida o‘z ifodasini topgan. Partiya har doim milliy axborot-kommunikatsiya makonini
shakllantirish va faol rivojlantirish, axborot sohasida milliy manfaatlarni himoya qilish va ilgari
surishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Partiya va uning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi o‘z faoliyatida milliy axborot makonini
rivojlantirish jarayonlarini qonunchilik asosida mustahkamlash, aholining axborotdan foydalanish
imkoniyatini yuqori darajada ta’minlash, milliy axborot tizimlari va axborot resurslari, ayniqsa,
internet tarmog‘i milliy segmentini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratganda.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini bosqichma-
bosqich rivojlantirish, davlat va jamiyat boshqaruvi yo‘nalishida zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llashga qaratilgan faoliyatni tashkil etish uchun yanada
qulay sharoit yaratish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.
Yuqoridagi konfrensiya O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov davrida
Tashkil etilganlaridan biri va biz bunda korishimiz mumkinki, davlatimizda har doim ushbu
Sohaga bo’lgan e’tibor yuqori bo’lgan. Shu o’rinda birinchi prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan
qabul qilingan 2002- yil 30 mayda qabul qilingan PF-3080 sonli Farmoni quyidagilarni oz ichiga
oladi

Yüklə 21,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə