O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi. Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob. O'Zbekistonning mustaqillikka erishuvi va mamlakatda tashqi siyosat tamoyillarini shakllantirilishi



Yüklə 61,29 Kb.
səhifə3/7
tarix23.12.2023
ölçüsü61,29 Kb.
#156488
1   2   3   4   5   6   7
O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi siyosati va uning jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagi holatlar bilan izohlanadi:
- O'zbekiston Respublikasining tashqi siyoastida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlik tamoyillariga asoslanib davlatlar o'rtasidagi munosabatlar, ularning rivojlanish jarayonlari, muammolari tarixiy nuqtai nazardan o'rganilayotganligi;

  • O'zbekiston tarix fanida ilk bor zamonaviy sharoitda Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni taminlashda O'zbekistonning o'rni, globallashuv sharoitida qaror topgan xalqaro munosabatlar yangi modelining bir qismi sifatida ko'p tomonlama keng qamrovli yondashuv asosida ilmiy nuqtai nazardan o'rganib chiqildi;

Tadqiqotning ilmiy-amaliy ahamiyati. Kurs ishida bayon etilgan mulohazalar, nazariy xulosalar va amaliy takliflar jamiyat taraqqiyotida Yevroosiyo mintaqasida O'zbekistonning o'rnini aniqlash, uning ma'naviy-iqtisodiy, siyosiy hayotda tutgan mavqeini o'rganish uchun asos qilib olish mumkin. Jahondagi mamlakatlar bilan integratsiyalashuvga yo'l ochgan tashqi siyosat tamoyillarining hayotiyligini ochib berishga, respublikaning xalqaro maydondagi obro'-e'tiborini mustahkamlashga ko'maklashadi.
Tadqiqot natijalarini e'lon qilinganligi. Kurs ishining asosiy mazmuni va xulosalari muallif tomonidan e'lon qilingan ilmiy maqolada o'z aksini topgan.
Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Kurs ishiga kirish, ikki bob, to'rtta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatini o’z ichiga olgan.
I BOB. O'ZBEKISTONNING MUSTAQILLIKKA ERISHUVI VA MAMLAKATDA TASHQI SIYOSAT TAMOYILLARINI SHAKLLANTIRILISHI

    1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning asarlarida tashqi siyosatdagi tinchliksevar g’oyalari

O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo'lga kiritgan dastlabki kunlardanoq jahon hamjamiyatiga qo'shilish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish yo'lini tanladi va og’ishmay shu yo’ldan bormoqda. Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo'lib tuzilgan tinchlikparvar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta'minladi. O'zbekiston 120 ta davlat bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy- texnikaviy va madaniy aloqalar o'rnatdi. O'zbekiston o'z tashqi siyosatiga tinchlik, barqarorlik va hamkorlik yo'lini asos qilib olgan.
O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov dunyo muammolarini hal qilishining eng insonparvar, eng adolatparvar tamoyillarini o'rtaga tashlar ekan, u mintaqaviy mojarolarni va qo'shni mamlakatlarni o'zaro kelishmovchilik muammolardan tortib butun yer shari va insoniyat taqdiriga daxldor bo'lgan juda ulkan masalalarni o'rtaga tashlamoqda. Bu ayniqsa, xalqaro terrorizm va narkobiznes, diniy aqidaparastlik va ekstremizm bilan bog’liq bo'lgan muammolardir. Ayni ana shu muammolar bugun dunyo ahli hayotiga tahdid solayotgan eng og’ir fojia ekanligini, u bilan murosa qilib bo'lmasligini, bu illatlarni barbod qilishda juda katta qat'iyat, siyosiy iroda va ichki qudrat kerakligini O'zbekiston o'z timsolida ko'rsatdi2.
O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning “O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li” va boshqa asarlarida, shuningdek, O'zbekiston Konstitutsiyasida tashqi siyosat yuritish qoidalari nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berilgan. Davlat mustaqilligiga erishish, BMTga va boshqa xalqaro tashkilotlarga a'zo bo'lib kirish O'zbekistonga o'zining tashqi siyosatini mstaqil ravishda o'tkazish, jahon hamjamiyatiga kirishning o'z yo’llarini ishlab chiqish, davlatlararo munosabatlarning yo'nalishlari va ustuvorligini belgilash imkonini berdi. O'zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan ko'p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirish - davlatchiligimizning mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g’oyat muhim vositasidir3. O'zining xalqaro obro'-e'tiborini qozonish va mustahkamlash, xalqaro huquqning teng huquqli sub'yekti sifatida o'zini qaror toptirish uchun ko'p ishlarni qilish, ba'zida esa umuman boshidan boshlashga to'g’ri keladi.
O'zbekistonning tashqi siyosatiga, uni amalga oshirish yo'llarini belgilashga negiz qilib olingan:
Birinchisi, o'zining milliy-davlat manfaatlari ustun bo'lgani holda o'zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish. Bizning mustaqil davlatimiz biron-bir buyuk davlatning ta'sir doirasiga tushib qolish niyatida emas. O'zbekiston yana kimgadir bo'ysunish uchun mustaqil bo'lgani yo'q.
Ikkinchisi, Respublika odamlar va davlatlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda umumbashariy qadriyatlarni ustun qo'yib, xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash uchun, mojarolarni tinch yo'l bilan hal etish uchun kurashadi. O'zbekiston yadrosiz mintaqa bo'lib qoladi, tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirish niyati yo'q. Inson huquqlari to'g’isidagi, hujum qilmaslik haqidagi, nizoli masalalarni hal etishda kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan voz kechish to'g’risidagi Xalqaro hujjatlarni tan oladi va ularga og’ishmay rioya qiladi.
Uchinchisi, Respublikaning tashqi siyosati teng huquqlilik va o'zaro manfaatdorlik, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalari asosida quriladi. Musaqil Davlatlar Hamdo' stligida, butun tashqi siyosatda ham bizning shiorimiz - tenglar orasida teng bo'lish, “katta og’a”ning qosh-qovog’iga qarab ish tutishdan uzil kesil va abadul-abad xalos bo'lishdir.
To'rtinchisi, mafkuraviy qarashlardan qat'i nazar tashqi siyosatda ochiq-oydinlik printsipini ro'yobga chiqarishga va barcha tinchliksyevar davlatlar bilan keng tashqi aloqalarni o'rnatishga intiladi.
Beshinchisi, o'zining milliy-huquqiy tizimini vujudga keltirayotgan yosh mustaqil O'zbekiston ichki milliy qonunlaridan xalqaro huquq normalarining ustuvorligini tan oladi. Bizning mustaqil davlatimiz o'z qiyofasini yo'qotmay, jahon hamjamiyatiga kirar ekan, xalqaro talablarga rioya qilishga tayyordir.
Oltinchisi, O'zbekiston to'la ishonch printsiplari asosida ham ikki tomonlama, ham ko'p tomonlama tashqi aloqalarni o'rnatish va rivojlantirish uchun, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish uchun harakat qiladi4.
O'zbekiston o'zining tashqi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda yuqorida aytib o'tilgan printsiplariga qat'iy rioya qiladi, tashqi siyosatni asosiy yo'nalishlarini qat'iyat va izchillik bilan turmushga tatbiq etilishi O'zbekiston Respublikasi Prezident I.A.Karimov tomonidan amalga oshirilib bormoqda.
O'zbekiston tomonidan yadrosiz hudud barpo etish tashabbusi ham Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqa aholisining kelajagi uchun nihoyatda muhim. Ilk bor u Prezident Islom Karimov tomonidan 1993 yili BMT minbaridan e'lon qilingan edi. O'z fikr-muloxazalarini davom ettirib, 2000 yil sentyabr’ BMT Bosh Assambleyasida so'zlangan nutqida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti shunday dedi: «O'zbekiston yadro qurolini tarqatmaslik va qurolsizlanishga doir xalqaro tartibga barcha davlatlar qat'iy va so'zsiz rioya qilishi tarafdoridir. Busiz global miqyosda ham, mintaqaviy miqyosda ham strategik barqarorlikka erishib bo'lmaydi. Bularning barchasi O'zbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish to'g’risidagi tashabbusi ahamiyatini yanada oshiradi va uni tezda xalqaro-huquqiy jihatdan qonunlashtirish zaruratini ilgari suradi»5.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993 yilda bo'lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27 sentyabrda qilgan ma'ruzasi O'zbekistonni jahonga ko'hna va yosh navqiron davlat sifatida namoyon etdi. O'zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo'yicha BMTning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa masalalar bo'yicha bir qator takliflarni o'rtaga qo'ydi:
- O'rta Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo'yicha Toshkentda BMTning doimiy ishlovchi seminarini chaqirish;

  • BMT Xavfsizlik Kengashi huzurida yuzaga kelayotgan xalqaro mojarolarni tahlil qilish va istiqbolini belgilash bo'yicha maxsus guruh tashkil qilish;

  • O'rta Osiyo mintaqasini yadrosiz zona deb e'lon qilish;

  • O'rta Osiyo mintaqasida kimyoviy va bakteriologik qurolni tarqatmaslik ustidan xalqaro nazorat o'rnatish;

  • Narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish.

O'zbekiston Prezidenti I.A. Karimov YEXHT ning Xel’sinki (1992), Budapesht (1994), Lissabon (1996), Istambul (1999) sammitida qatnashdi va nutqlarda qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Bular jumlasiga, Markaziy Osiyoda barqarorlikni mustahkamlash, mojarolarni bartaraf etish, qurol-yaroq kontrabandasiga qarshi kurashda YEXHT ning ishtirokini kengaytirish, xalqaro terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish kabi masalalar kiradi.
Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik kengashiga a'zo mamlakatlar davlat boshliqlarining 1994 yil dekabrda Budepeshtda bo'lib o'tgan konferentsiyasida Prezident I.Karimov ishtrok etib, YEXHKning mintaqamizdagi ahamiyati va nufuzining yanada mustahkamlanishi, “Tinchlik yo'lidagi hamkorlik” dasturida faol ishtrok etish-hodisalar nomaqbul yo'nalishining oldini olish hamda tiklanish jarayonlarini demokratik islohotlarning amaliy o'zani sari yo'naltirish uchun zarur imkoniyat yaratishga aminmiz.
YEXHK faoliyatida mintaqaviy hamkorlikni muvofiqlashtirish va rivojlantirish masalalari tobora ko'proq egallamog’i lozim. Tarix taqozosi bilan yonma-yon yashashga mahkum bo'lgan davlatlar va millatlar o'rtasidagi hamkorlik ular o'rtasidagi o'zaro ishonchni mustahkamlashning, hozirgi zamonda tobora avj olib ketayotgan millatlararo va mintaqaviy kurashlar va urushlar xavfini bartaraf etishning eng muhim omil va vositasidir.
Biz YEXHKning bugungi kunda qon to'kilayotgan mintaqalarda tinchlik o'rnatishdagi yetakchi o'rnini yanada mustahkamlash tarafdorimiz. Gap YEXHKning tinchlikparvarlik vazifasini amalga oshirishdagi xalqaro me'yorlarga muvofiq tarzda mojarolarning oldini olish va ularni boshqarishdagi ahamiyatini kuchaytirish, shu maqsadlarda YEXHK doirasida zarur tuzilmalar barpo etish lozim. Bizningcha, mojarolar bo'layotgan joylardagi barcha tinchlikparvar ishlari faqatgina YEXHK mandati bo'yicha amalga oshirilmog’i kerakligini O'zbekiston Prezidenti I.Karimov ta'kidlaganlar6.
Bundan buyon ham O'zbekistonning Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tuzilmalaridagi ishtrokini kengaytirish zarur. Mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashda bu tashkilot imkoniyatlaridan, uning Shimoliy Atlantika hamkorlik kengashi, Yevropa Ittifoqi, Yevropa Kengashi, NATO va boshqa tashkilotlar bilan aloqalaridan keng foydalanish zarur.
O'zbekiston Qo'shilmaslik harakatiga a'zo bo'lgani sabali hech qaysi blokka qo'shilmaydi. Biz buni milliy xavfsizlikning muhim kafolati deb bilamiz. Shu bilan birgalikda, harbiy bloklar bilan hamkorligimiz tinchlik ishiga, mamlakatlar va xalqlarning xavfsizligi maqsadlariga, demakki, O'zbekistonning milliy xavfsizligi mustahkamlanishiga xizmat qilsa, biz hamisha muloqotga tayyormiz. Shu o'rinda O'zbekiston 1994 yilning iyulida NATOning kollektiv xavfsizlikni ta'minlashga qaratilagan “Tinchlik yo'lida hamkorlik” loyihasini imzolagani Prezidentimiz fikrlarining isbotidir.
Tashqi siyosatni mafkuradan to'la xoli etish xavfsizlikni ta'minlashning muhim kafolatidir. O'zbekiston shu paytgacha dunyoning barcha mamlakatlari, qit'alari va mintaqalari bilan o'z munosabatlarini, bu mamlakatlarning ustqurmasi qanday bo'lishidan qat'i nazar, faqat xalqaro huquqning barcha tan olgan qoida va mezonlari asosida qurilib keldi va bundan keyin ham shu yo'ldan boradi.
Prezident I.Karimov “O'zbekiston XXI asr bo'sag’asida-xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida XXI asr, shubhasiz, xalqaro munosabatlarda butun dunyo qamrab olinadigan asr bo'ldi. Bunday sharoitda integratsiya jarayonini, xalqaro institutlar va tashkilotlarda suveren davlatlarning ishtrok etishini kengaytirish jarayonini faqat tarix taqozosi deb emas, balki ayrim mintaqalar ko'lamida ham, shuningdek, umuman-butun sayyoramiz ko'lamida ham sobitqadamlik, barqarorlikning qudratli omili deb hisoblamoq zarur. O'zbekiston bir vaqtning o'zida turli darajalarda dunyo miqyosida va mintaqa ko'lamida integratsiya jarayonlarida qatnashsada, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir sub'yekt bilan sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarning zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu sababli O'zbekistonning jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi serqirra jarayondir.
Biz jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuv haqida gapirganimizda, eng avvalo, Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatida ishtrok etishimizni nazarda tutamiz. Biz o'zimizning bunday obro'li xalqaro tashkilot ishidagi ishtrokimizni Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik, tinchlik va totuvlikni ta'minlashning keskin muammolariga jahon jamoatchiligi e'tiborini qaratish mikoinyati deb bilamiz. Hozirgi paytda umumiy xavfsizlik muammosiga aloqodor bo'lgan halqaro tashkilotlar g’oyat xilma-xil bo'lishiga qaramay, faqat BMTgina xavfsizlikni saqlash va ta'minlashga xizmat qiladigan oldini olishga qaratilgan diplomatiyadan tortib to tinchlik o'rnatishga qaratilgan operatsiyalarda qatnashishgacha bo'lgan vositalarning hammasiga ega.
O'zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995 yili Toshkentda Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik muammolariga bag’ishlangan xalqaro seminar muvafaqiyatli o'tdi. Unda 20 ta xalqaro tashkilot va jahonning 30 ortiq mamlakati, shu jumladan AQSh, GFR, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, eron va boshqa davlatlarning diplomatiya hamda hukumat vakillari ishtrok etishdi7.
Bizning BMT bilan munosabatimiz xalqaro jamoatchilikdan yordam va madad olish istagimzdan ko'ra, ko'proq BMT sa'y-harakatlari muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga, uning faoliyati yangi mazmun bilan boyishiga ko'maklashishga intilishga asoslanadi. Jahondagi jo'g’rofiy-siyosiy vaziyatning o'zgarishi yangi ming yillikda BMT tarkibiy tuzilishi va BMT faoliyatini takomillashtirishni ham talab qilmoqda. Shu o'rinda BMTning integratsiya sohasidagi imkoniyatlari g’oyat ulkanligi va uning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari bu imkoniyatlarning tashkil etuvchilari hisoblanishini alohida ta'kidlash lozim. O'zbekiston mazkur tashkilotlar bilan bugungi kunning o'zidayoq samarali hamkorlikni rivojlantirmoqda. BMT doirasida jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvni BMTning ixtisoslashgan muassasalari YUNESKO, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, YUNKTAD, YUNISEF va boshqalar bilan keng hamkorlik qilish ma'nosida tushunamiz.
Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvning tarkibiy qismi davlatlarning turli mintaqaviy birlashmalari bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat. O'zbekiston mintaqaviy xalqaro tashkilatlar, chunonchi, Yevropa Ittifoqi, YEXHT, NATO, EKO, OIK, Qo'shilmaslik harakati va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda8.
O'zbekiston tashqi siyosatining Yevropa yo'nalishi ancha kengaydi - ushbu yo'nalish Yevropadagi ayrim mamlakatlar bilan hamkorlik qilishni ham, shuningdek, butun Yevropa qit'asini ham o'z ichiga oladi. Bu qit'aning o'z, mintaqaviy, Yevropaga xos integratsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Yevropa Ittifoqi bilan sherikchilik va hamkorlikni biz O'zbekistonning xavfsizligi va taraqqiyotini ta'minlashga qo'shilgan yana bir hissa deb hisoblaymiz.
Hozir bizning mamlakatimiz bilan NATO dek xalqaro tashkilot o'rtasida o'zaro tushinish va hamkorlik mavjud deb aytish mumkin. Bizningcha, o'z tarkibida demokratik davlatlarni birlashtirib turgan NATO faqat Yevropa qit'asidagina emas, balki o'zining siyosiy ustqurmasini mustahkamlash va “Tinchlik yo'lida hamkorlik” dasturi hisobiga juda katta Yevroosiyo mintaqasida tinchlik o'rnatuvchi omil bo'lishi mumkin. O'zbekiston “Tinchlik yo'lida hamkorlik” dasturiga 1995 yil iyul’ oyida qo'shilgan bo'lib, bu dasturdagi ishtrokimizga o'z mustaqilligimiz va suverenitetimizni mustahkamlash, hozirgi zamon harbiy-texnikaviy Yutuqlardan bahramand bo'lish, harbiy kadrlar tayyorlashda imkoniyatlarimizni kengaytirish nuqtai nazaridan qaraymiz deb, fikr bildirgan Prezident I.A.Karimov NATO harbiy bloki haqida9.
NATO Bosh kotibi X.Solana va Amerika Qo'shma Shtatining NATOdagi doimiy vakili R.Xanterning O'zbekistonga tashriflari butun dunyo miqyosidagi va mintaqadagi xavfsizlik muammolari borasidagi qarashlarimiz mos kelishini yana bir bor namoyish qildi. Bularning barchasi XXI asrga xavfsizligi ta'minlangan va barqaror rivojlanayotgan, Yuksak darajada taraqqiy etgan va zamonaviy demokratik davlat bo'lib kirish maqsadida yangilanish va taraqqiyotni o'zining strategik vazifasi qilib olgan yosh O'zbekiston davlati uchun hayotiy zarurdir.
Mintaqaviy barqarorlik, mintaqa ko'lamida integratsiya jarayonlarini rivojlantirish masalalarini hal qilishda ilgari Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan mamlakatlar o'rtasida vujudga kelayotgan munosabatlar alohida o'rin tutadi. Bu munosabat 1991 yil dekabrida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligini tashkil etilishi bilan o'rnatildi. MDH mamlakatlari ikki tomonlama va ko'p tomonlama shartnoma munosabatlari doirasida teng huquqli sherikchilik asosida o'zaro foydali hamkorlik qilishlari uchun keng imkoniyatlar mavjudligini tasdiqladi. Mamlakatlarimiz xalqlarining yaqinlashuvi tabiiy kechayotgan jarayon. Bu yaqinlik, Sovet Ittifoqi mavjud bo'lganidan qat'i nazar, hamma vaqt bo'lib kelgan. Bu xalq integratsiyasi bo'lib, sun'iy ravishda joriy etiladigan siyosiy integratsiyadan farqli o'laroq, haqiqiy integratsiyadir.
O'zbekiston Hamdo'stlik doirasida boshqa mustaqil mamlakatlar bilan faol hamkorlik qilayotganligi tufayli quyidagilar ta'minlamoqda deb ta'kidlaydi Prezident I.A.Karimov:
1.2 Mamlakat tashqi siyosatinining huquqiy asoslari va tamoyillari
Suverenitet har bir davlat uchun mustaqil tashqi siyosat olib borishining asosiy shartidir. Tashqi siyosat, diplomatiya - yuksak talab, mahorat, zo'r aql-zakovat, kuchli iroda, yuqori malaka talab qiladigan davlat faoliyat turidir. Jahon hamjamiyatida faol ishtrok etish va O'zbekistonning milliy manfaatlariga mos keladigan ko'p tomonlama tashqi siyosat yuritish - davlat suverenitetini mustahkamlashning muhim shartidir.
O'zbekistonning tashqi siyosiy hamkorligi yangilanish va taraqqiyot yo'nalishlarining bir butunligini aks ettiradi. Dunyoning har qanday mamlakati bilan davlatlararo munosabatlarning mezonlari orasida bizning mustaqilligimizni tan olish va amalda tasdiqlash birinchi o'rinda turadi. Bizning o'z taraqqiyot yo'limizning xususiyatlarini boshqa davlatlar tomonidan tushinilishi muhim ahamiyatga egadir.
XXI asr bo'sag’asida O'zbekiston davlat mustaqilligini qo'lga kiritib jahon hamjamiyatiga kirish, integratsiyalashish tomon yuz tutdi. Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo'lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta'minladi. O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyoda 165 davlat tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy- texnikaviy va madaniy aloqalar o'rnatildi. Toshkentda 35 mamlakatning elchixonasi ochildi. Bular jumlasiga AQSh, Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqalarni kiritish mumkin. Shuningdek, O'zbekiston 88 xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolotxonalari faoliyat ko'rsatmoqda10. Dunyodagi 20 dan davlatda - AQSh, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O'zbekistonning elchixonalari ishlab turibdi.
Bu ko'rsatkichlar esa O'zbekistonning jahon davlatlari bilan yaxshi munosabatda ekanligi va o'zining ahamiyatli o'rniga egaligini ko'rsatib turibdi.
Yangi tashkil topgan mustaqil davlat uchun, o'z milliy manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo'lni belgilash, jahon hamjamiyatiga qo'shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o'rnatish masalalari dolzarb vazifadir. Chunki, mustaqillikni mustahkamlash, mamlakat xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti ko'p jihatdan ana shu vazifalarning oqilona hal etishiga bog’liqdir. Albatta, bu amalga oshirish murakkab bo'lgan vazifa bo'lib, ko'p yillar davomida tashqi siyosat yuritish, tashqi dunyo bilan bog’lanish, davlatlar bilan tashqi savdoni tashkil etish kabi vazifalarni bajarilishini talab etadi.
Sho'ro tizimi davrida O'zbekistonga bevosita tegishli xalqaro munosabatlarga oid ishlar ham markaziy hokimiyat tomonidan amalga oshirilgan, o'zi esa tashqi olamdan ajratilgan edi. Buning natijasida esa O'zbekiston tashqi siyosat yuritish tajribasiga ham jahon diplomatiyasi va tashqi iqtisodiy faoliyatini biladigan kadrlariga ham ega emas edi. Kadrlarni tayyorlovchi o'quv yurti ham yo'q edi.
“Tashqi siyosat” tushunchasi davlatning xalqaro ishlarida tutgan umumiy yo'lini qamrab oladi. Tashqi siyosat davlatning boshqa davlatlar va xalqlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro munosabatlari sohasidagi faoliyatning maqsadlari va vazifalarini o'z ichiga oladi11.
Diplomatiya tashqi siyosatning muhim vositasi hisoblanadi. Aynan tashqi siyosat diplomatiyaning maqsad va vazifasini belgilab beradi. Diplomatiya amaliy tadbirlar,shuningdek, tashqi siyosatni amalga oshirishda foydalaniladigan shakl, vosita va usullar majmuini ifodalaydi. Diplomatiya bilan bir qatorda, davlatning iqtisodiy, madaniy va boshqa muhim aloqalari ham uning tashqi siyosiy vositalari hisoblanadi.
Xalqaro huquq normalarining ichki qonunlardan ustunligi respublika qonunchilik faoliyatida o'z ifodasini topmoqda. Birinchidan, respublika qonunlari xalqaro huquq normalariga doimo muvofiqlashtirilmoqda va yaqinlashtirilmoqda. Ikkinchidan, mamlakatimiz xalqaro normalarning bajarilishini kafolatlaydigan hamda majburiyatlarni o'z zimmasiga oldi. O'zbekiston tashqi siyosatida ochiq-oydinlik, teng huquqlilik va o'zaro manfaatdorlik tarafdori.
O'zbekiston tashqi siyosatining bosh maqsadi davlat suverenitetini himoya qilish, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurish uchun xalqaro zamin yaratish, tinchlikni va siyosiy barqarorlikni ta'minlash, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash maqsadida barcha davlatlar bilan teng huquqli hamkorlik qilishdan iborat.
Tashqi siyosiy faolnyatining me'yoriy-huquqiy bazasini shakllantirish, Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlik qilish ishlari suveren O'zbekistonda tashqi siyosiy faoliyatga doir Qonunlar qabul qilish yo'li bilan amalga oshiriladigan bo'ldi. Bunday aloqalarning o'rnatilishida davlat rahbarlarining rasmiy tashriflari chog’ida tuziladigan shartnomalar, bitimlar, memorandumlarning, shuningdek, vazirliklar, mahkamalar, hukumatlararo komissiyalar, komissiya bo'ganlarining tashqi siyosiy faoliyat tamoyillarini, shartnoma va bitimlarni amalga oshirishga yo'naltirilgan institutsion aloqalar jarayonlarida qabul qilinadigan qarorlarning ham ahamiyati katta12.
O'zbekiston Respublikasi o'z tashqi siyosatini yuritishda quyidagi asosiy omillardan kelib chiqadi:
Birinchidan, o'z milliy manfaatlari ustunligini inkor etmasdan, o'zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish;
Ikkinchidan, inson va davlat o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda umuminsoniy qadriyatlarga ustunlik berib, O'zbekiston xalqaro maydonda tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, mojarolarni tinchlik yo'li bilan hal qilishni yoqlaydi; O'zbekiston yadro qurolidan xoli hudud hisoblanadi, agressiv xarbiy bloklar, ittifoqlarga qo'shilmaydi, inson huquqlari to'g’risidagi, hujum qilmaslik to'g’risidagi, nizoli masalalarni hal qilishda kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik haqidagi halqaro hujjatlarni e'tirof etadi va ularga qat'iy rioya qiladi;
Uchinchidan, O'zbekistonning tashqi siyosati teng huquqlilik va o'zaro manfaatdorlik printsiplari, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, mustaqillik va suverenitetni cheklash mumkin bo'lgan imkoniyatlarni bartaraf qiladigan printsiplar, davlatlararo munosabatlarni mafkuradan xoli qilish printsiplari asosida quriladi;
To'rtinchidan, O'zbekiston tashqi siyosatida ochiq mafkuraviy qarashlardan xolilik printsiplarini amalga oshirish, barcha tinchliksyevar davlatlar bilan keng tashqi aloqalar o'rnatishga intiladi;
Beshinchidan, O'zbekiston davlatining ichki huquqi oldida xalqaro huquq normalarining ustunligini tan oladi, xalqaro-huquq standartlarga rioya qiladi;
Oltinchidan, O'zbekiston o'zaro ishonch printsipi bo'yicha ikki tomonlama va ko'p tomonlama tashqi aloqalarni o'rnatish va rivojlantirish, xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni rivojlantirishni yoqlaydi13.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi O'zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo'nalishlari hamda strategik dasturlarini belgilaydi va tasdiqlaydi. Oliy Majlis, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi nomidan tuzilgan xalqaro shartnomalar va bitimlarni ratifikatsiya yoki denonsatsiya qiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Konstitutsiyaga binoan, davlat suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligining kafolati hisoblanib, O'zbekiston Respublikasi nomidan gapiradi va qarorlar qabul qiladi.

  • Shu maqsadda Prezident muzokaralar olib boradi va shartnoma hamda bitimlarni imzolaydi;

  • Respublika tomonidan tuzilgan shartnomalar, bitimlar va ularning majburiyatlariga rioya etilishini ta'minlaydi;

  • Akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik va boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi;

  • O'zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlaydi hamda lavozimlaridan ozod qiladi;

  • Oliy Majlisga har yili xalqaro ahvol xususida ma'lumotnoma taqdim etadi.

O'zbekiston tashqi siyosatining hozirgi zamon talablari darajasida kamol topa borishida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yili 25 may kuni «O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to'g’risida» qarori va boshqa xujjatlar alohida ahamiyat kasb etdi. Ushbu hujjatda quyidagilarga alohida e'tibor berilgan edi: O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin uning rahbariyati oldida hal etish zarur bo'lgan o'ta murakkab vazifalar turgan edi. Uning Markaziy Osiyoning o'rtasida joylashganligi unga bir qator muammolarini keltirib chiqaradi. O'zbekiston o'zining geosiyosiy joylashishi bo'yicha dunyodagi dengizga chiqish imkoniyati bo'lmagan 30 ta davlatdan biri hisoblanadi14. Undagi davlat chegaralarining umumiy uzunligi 6221 kilometrni tashkil etadi, shundan: Qozog’iston bilan-2003 kilometr, Qirg’iziston bilan-1099 kilometr, Tojikiston bilan- 1161, Turkmaniston bilan-1621 kilometr va Afg’oniston bilan-137 kilometrni tashkil etadi15.
O'zbekiston Respublikasi o'z tashqi siyosatini Tashqi ishlar vazirligi va uning horijdagi vakolatxonalari orqali amalga oshiradi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, mamlakatdagi ayrim xalqaro tashkilotlar, kengashlar va jamiyatlar O'zbekiston tashqi siyosatini amalga oshirishga ko'maklashadi. O'zbekiton Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va o'z Nizomiga asoslanadi.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining asosiy vazifasi O'zbekiston Respublikasi suverenitetining mustahkamligini ta'minlash, mamlakat Prezidentining tashqi siyosat sohasidagi yo'lini hayotga tadbiq etish, horijiy davlatlar bilan munosabatda, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda O'zbekistonning manfaatlari va uning fuqarolari huquqlarini himoya qilishdan iborat. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga binoan tashqi siyosiy faoliyatga aloqador qonun loyihalarini tayyorlaydi. Respublikada diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish respublika jamg’armasi tashkil etilgan. Tashqi ishlar vazirligi huzurida “Jahon” axborot agentligi ta'sis etilgan, u tashqi siyosat va xalqaro munosabatlarga oid yangiliklarni tarqatadi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1996 yil 26 dekabrda “O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy printsiplari to'g’risida” gi Qonuni qabul qilindi (7 moddadan iborat).
Mazkur Qonunda O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining kuyidagi asosiy tamoyillari belgilab berilgan:

  • ittifoqlar tuzish, hamdo'stliklarga va boshqa davlatlararo tashkilotlarga kirish, shuningdek, davlatning oliy manfaatlari, xalq manfaatlaridan kelib chiqib, farovonlik va xavfsizlikni ko'zlab ulardan chiqish;

  • barcha davlatlar bilan ichki ishlarga aralashishga, mustaqillikka va suverenitetga rahna solishga va davlatlararo munosabatlarni yomonlashtirishga mutlaqo yo'l qo'ymaydigan teng huquqli va o'zaro foydali munosabatlar o'rnatish;

  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va ham-korlik tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning ishida faol ishtirok etish, xavfsizlikning Yevropa, Osiyo va Jaqon tuzilmalariga integratsiyalashuv;

  • xalqaro tashkilotlarga, jumladan, mamlakatning barqarorligini, izchil taraqqiyotini va milliy xavfsizligini ta'minlovchi iqtisodiy tashkilotlarga katta ahamiyat berish, O'zbekiston Respublikasining dunyoviy aloqalar xo'jaligiga informatsion, texnologik va kommunikatsiyalar jihatidan kirib borishiga ko'maklashish;

  • harbiy-siyosiy bloklarda qatnashmaslik;

  • mintaqadagi va undan tashqaridagi mojarolarning oldini olish va ularni hal etish maqsadlarida hukumatlararo va nohukumat tashkilotlarining faoliyatida faol ishtirok etish16.


Yüklə 61,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə