O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/18
tarix12.06.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#116785
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
4-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan


 
Insoniyat tarixi turli davrlarda, har xil shakllarda uyg„onish hodisasini boshidan 
kechirgan. Bir necha asrlik mustamlakachilikdan so`ng yoxud milliy tanazzul iztiroblaridan 
keyin shunday hodisalar yuz beradiki, odamlar o`zlarini anglay boshlaydilar. Fikriy 
mudroqlikka chek qo`yadilar. Hayotni, olam rang-barangligini o`zlashtiradilar. Tafakkur 
qudrati bilan yashashga ehtiyoj sezadilar. Va oqibat-natijasi - Mustaqillikdir. 
Ollohning inoyati, xalqimiz orzusi - mustaqillikka erishdik. Bu sana - 1991 yil 31 avgust. 
Bu oddiy gap emas?! Chunki bu kunga kelgunga qadar mohir siyosatchi, uzoqni ko`zlagan 
bashoratchi, albatta aniq reja va keng ko`lamli dastur - islohotchi sifatida namoyon bo`lgan, eng 
muhimi mustabid davrda O`zbekiston SSRning yaxlit boshqaruvi - Prezidentlik institutini tashkil 
qilgan Islom Karimovning buyuk say-harakatlari ila Istiqlol amalga oshirildi! Agar 1990 yil 24 
martda birinchi Prezident Islom Karimov O`zbekiston SSR Oliy Kengashida saylangan bo`lsa, 
1991 yil 29 dekabrda mustaqil davlat ahli tomonidan muxolifat saylovlari asosida juda ko`p ovoz 


43 
olib (89,2%) xalq Prezidenti - Birinchi Prezident lavozimini egalladi, milliy davlatchilikka asos 
soldi. 
O`zbek davlatchiligi qachon paydo bo`lgan? degan savolga Yo`lboshchimiz shunday javob 
beradi: ―Nima emish, O`zbekiston XX asrning 20-yillarida, aniqrog`i, 1924 yili davlat maqomini 
olgan emish. Biz shu gapga ishonishimiz kerakmi? Maqtanish emas, yangidan shakllanayotgan 
o`zbek davlatchiligi boshida turgan inson sifatida aytishga haqqim bor, kerak bo`lsa, bu ish 
uchun jonimni, borlig`imni berishga tayyorman( 
Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. 
- T.: Sharq. 1998. 11-b.
). 
Har bir jamiyat o`zining yuksak taraqqiyotiga erishishi uchun mustaqil bo`lishi hamda 
milliy davlatchilikning haqiqiy demokratik jarayonlarini vujudga keltirishi zarur! Bu jarayonlar 
mamlakatimizda istiqlol yillari amalga oshirilib, umume‘tirof etilgan demokratik normalar va 
milliy manfaatlarimizga mos keluvchi demokratik huquqiy milliy davlat barpo etildi. 
Shuni ta‘kidlash kerakki, davlatning demokratik tamoyillari universal holat bo`lib, 
Amerika, Rossiya, Xitoy yoki Germaniyada qanday bo`lsa, bizda ham shunday bo`lishi kerak, 
deb anglashimiz noto`g`ri?! Ya‘ni, uni vujudga keltiradigan, shakllantiradigan o`ziga xos 
xususiyatlariga ega bo`lgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-siyosiy, tarixiy-huquqiy, geografik, 
geostrategik shart-sharoitlar turli xalqlar va davlatlarda har xil darajada rivojlanish jarayonlarini 
boshidan kechirdi. Demak, rivojlanish jarayonlari millat ruhiyatidan kelib chiqadi. 
Mamlakatning, aholining rivojlanish negizi milliy davlatning demokratik jarayonlarini 
belgilaydi. 
Milliy davlatchiligimizning demokratik prinsiplari O`zbekistonning Birinchi Prezidenti 
Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va amalga oshirildi. I.Karimovning ta‘kidlashicha, 
«Istiqlol biz uchun taraqqiyotning butunlay yangi, keng ufqlarini ochdi. O`z kelajagimizni o`z 
qo`limiz bilan yaratadigan bo`ldik. Hayotimiz va umumiy xonadonimizni milliy manfaat va 
qadriyatlarimizni umume‘tirof etilgan demokratik mezonlarga monand qilib qurishdek noyob 
tarixiy imkoniyatga ega bo`ldik», degan purma‘no fikrlari milliy davlatchilikning rivojlanish 
muammolarini belgilaydi. Chunonchi: 
a)
 
siyosiy-ijtimoiy, huquqiy-ma‟naviy rivojlanishning demokratik obyektiv jihatlari davlat 
bosh islohotchi sifatidagi jarayonning o`ziga xos va o`ziga mos xususiyatlari bilan 
uyg„unlashgan holda sodir bo`lmoqda. G„arb mamlakatlarida esa rivojlanishda inqilobiy 
o`zgarishlar ko`p uchraydi. Bizning xalqimiz esa mulohazakor, yetti o`lchab bir kes, qabilida ish 
tutadi. YA‟ni, bu xalqimiz mentalitetidan kelib chiqadi; 
b)
 
xalqimiz ruhiyati va ijtimoiy ong taraqqiyotiga ko`ra yangilik va xo`jalik yuritishga 
ishtiyoqi baland. Natijada madaniyat rivoji va xo`jalik yuritishi, ayniqsa, savdoning hozirgi 
jahon andozalari talablari darajasida tiklanishi - Ipak yo`li gullab-yashnashining o`zagi bo`ldi. 
Bu esa davlatimiz taraqqiyotida o`ziga xoslikni vujudga keltirmoqda; 
v) milliy davlatning demokratik jarayonlari inson ravnaqi uchun xizmat qilar ekan, bu, 
albatta, insonning ehtiyoji, manfaati, qobiliyatidan kelib chiqishi kerak. YA‟ni, uzoq yillar 
davomida to`plangan tajriba, shuningdek, jahon tajribalari xalqimizning milliy intellektini 
hisobga olgan holda amalga oshirilishi zarur; 
g) mamlakatimizda jamoatchilik fikri jamoaviy nuqtai nazar asosida rivojlanmoqda. G„arb 
davlatlaridagi demokratiyadan farqli o`laroq, bizda jamoa o`z o`zini boshqaradi. Oila yoki 
jamoada kim aqlli, tajribali va yoshi ulug„ bo`lsa, o`shaning fikri boshqalarga ko`proq ta‟sir 
qiladi. Mahalla va qishloqlarda oqsoqollar, bir tomondan. hurmatli kishilar bo`lib, biror 
to`xtamga kelishda ularning fikrlari bilan hisoblashiladi. Ikkinchi tomondan esa shunga mos 
ravishda davlat hokimiyati vakillariga ham alohida hurmat bilan qaraladi. Bu qo`rquv yoki 
qaramlik emas, balki rahbarlarga hamda tajribali, obro`li kishilarga bo`lgan ishonch va 
hurmatdir. 
Darvoqe, muqaddas kitobimiz Qur‘oni Karimda ham raiyat
1
uchun rahbarlar fikri farzdir, 
ya‘ni bajarishi ijobiy holda amalga oshirilishi qayd qilingan. Bu yerda an‘anaviylik va 
1
Раият—халқ. 


44 
zamonaviylikning shunday manbai mavjudki, davlat va uning rahbari xalqini chin dildan 
e‘zozlasa, adolat tamoyillari asosida boshqarsa, demak taraqqiyotning eng zarur tayanch nuqtasi 
vujudga keladi. Shu jihatdan Prezident Islom Karimov ta‘limotining noyobligini ko`ramiz. 
I.Karimov mahallalarga davlat tomonidan yordam berish, ularga buyuk davlat qurish yo`lidagi 
imkoniyatlardan foydalanishning taktik va strategik yo`llarini belgilab berdi. YA‘ni: 
1.
 
O`zbekiston jamiyatidagi jamoaviy ustuvorlikning tabiati falsafiy-tarixiy jihatdan 
chuqur ildizga ega va jamoatchilik hayoti tizimida alohida ijtimoiy muvozanat yaratish 
zarurligiga asoslanadi. Mahalla instituti ravnaq topib, jamoaviylik qadriyatlari davom etmoqda. 
Uning ijtimoiy hayotga tasiri juda katta. 
2.
 
Milliy davlatchilik jarayonlarini chuqurlashtirish sharoitida fuqarolarning demokratik 
taraqqiyotning faol ishtirokchisi hamda uning faol himoyachisi sifatida tayyorlash murakkab 
hamda muddat talab etadigan hodisa. Chunki, mustamlakachilik davri illatlaridan qutulish 
«azobi»ni fikrlab yashash, aql-idrok yo`rig„i bilan kun ko`rish «mashaqqati»ni yengish uchun 
insonga ichki iroda, yangilanish g„oyasi, qat‟iyatli ong va tafakkur, ma‟naviy-huquqiy qudrat 
kerak. Ana shu Iroda va Qudratni uyg„otish, shakllantirish, unga quvvat baxsh etish bugunning 
asosiy vazifasidir. 
Hozirgi paytga kelib, milliy davlatchilikning rivojlanish jarayonlari butunlay ijobiy 
tomonga o`zgardi. Shubhasiz, huquqiy davlatning eng asosiy tamoyili qonun ustuvorligi 
ta‘minlanmoqda. Shu bilan birga, inson huquqlari umummajburiy bo`lishini ta‘minlashda 
huquqiy davlat asosi - hokimiyatlar bo`linishining Konstitutsiyaviy prinsipi muhim ahamiyatga 
ega. Chunki, davlat hokimiyati turli organlarning vakolatlari bo`linishiga nisbatan inson 
huquqlarining institusional kafolatlarini yaratadi. Prezident Islom Karimov qaydiga ko`ra: 


Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə