O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan


Karimov I.A. Bizning yo`limiz – demokratik islohotlarni



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix12.06.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#116785
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
4-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

Karimov I.A. Bizning yo`limiz – demokratik islohotlarni 
chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish yo`lidir. 20-jild. - 
T.: O`zbekiston, 2012.- 63- 64 betlar.
). 


37 
Konstitutsiyamiz qabul qilingandan keyin yigirma yildan ortiqroq vaqt mobaynida siyosiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot sohalarida ulkan va jiddiy ijobiy o`zgarishlar yuz berdi. 
Konstitutsiyaga o`zgartirish kiritish uchun o`rnatilgan tartib boshqa oddiy qonunlarga 
o`zgartirish kiritishdan jiddiy farq qiladi. Bu jahon qonunchilik tajribasida ham o`rnatilgan 
tartibdir. Shunday ekan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o`zgartirish va 
qo`shimchalar kiritish Konstitutsiyaning 127-moddasining 1-qismiga muvofiq quyidagicha 
bayon qilingan: ―O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o`zgartirishlar tegishincha 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari 
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko`pchiligi tomonidan qabul qilingan 
qonun yoki O`zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi. 
Har qanday jamiyatda ijtimoiy munosabatlar rivojlanib borishi natijasida davlat va jamiyat 
hayotida muhim o`zgarishlar qilish zaruriyati vujudga keladi. 1993 yil 28 dekabrda birinchi bor 
Konstitutsiyaga o`zgartish va qo`shimcha kiritilgan bo`lib, ―O`zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi 
Qonunga asosan 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasi 1-qismi (O`zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi 150 nafar deputatdan iborat)dagi ―150 nafar deputatdan degan so`zlar 
―deputatlardan degan so`z bilan almashtirildi. 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga muvofiq, O`zbekiston 
Respublikasi Prezidenti 2000 yil 25 may kuni Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq, ikkinchi 
sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o`tish va 2004 yilda 
bo`ladigan saylovlarda parlamentni ikki palatali qilib tashkil etish haqida taklif kiritdi. Oliy 
Majlisning navbatdagi sakkizinchi sessiyasida bu masalani hal etishning dastlabki muhokamasi 
bo`lib, 2002 yil 4 aprelda ―Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining 
asosiy prinsiplari to`g`risidagi Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi. 
Mazkur Qonun asosida 2003 yil 24 apreldagi ―O`zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi Qonunga muvofiq 
Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi. 
Konstitutsiyaning O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deb nomlangan XVIII bobi ilgari 
bir palatali parlamentga bag`ishlangan bo`lsa, endilikda mazkur bobda ikki palatali parlament – 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senati (yuqori 
palata)ga bag`ishlangan. Kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalarga muvofiq Konstitutsiyaning 76- 
moddasida ―O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo`lib, qonun 
chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan - 
Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat. O`zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati – besh yil, degan qoida bilan 
mustahkamlandi. 
Konstitutsiyaning O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga bag`ishlangan XIX bobiga ham 
o`zgartish kiritildi. Kiritilgan o`zgartishga 
muvofiq Konstitutsiyaning 89-moddasidan 
―O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi degan 
qoida chiqarib tashlandi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim vakolatlari O`zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi yuqori palatasi Senatga o`tkazildi. Jumladan, 93-modda 6-bandiga ko`ra, O`zbekiston 
Respublikasi Prezidenti O`zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va boshqa 
vakillarini tayinlash uchun nomzodlarni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim 
etishi, shu moddaning 23-bandiga ko`ra esa, amnistiya to`g`risidagi hujjatlarni qabul qilish 
haqida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga taqdimnoma kiritishi belgilandi. 
Ilgari O`zbekiston Respublikasi chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash va 
amnistiya to`g`risida hujjatlarni qabul qilish bevosita Prezident vakolatiga kiritilgan edi. 
Konstitutsiyaning Vazirlar Mahkamasiga bag`ishlangan XX bobiga kiritilgan o`zgartish va 
qo`shimchalarga muvofiq, ilgari Konstitutsiyaning 98-moddasida ―Vazirlar Mahkamasi tarkibini 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi degan qoida 
mavjud bo`lgan bo`lsa, kiritilgan o`zgartishga ko`ra, 98-moddaning ikkinchi qismida 


38 
―Vazirlar Mahkamasi tarkibi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. 
O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 
taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko`rib 
chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a‘zolari O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri 
taqdimiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi, degan qoida 
belgilandi. 
Shuningdek, 
Konstitutsiyada O`zbekiston Respublikasi 
Bosh 
vaziri 
vakolatlari 
kengaytirilib, 98-modda, 5-qismiga ―O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi 
faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar 
bo`ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig`iga binoan xalqaro munosabatlarda 
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko`radi, O`zbekiston Respublikasi 
qonunlarida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida 
nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi, 6-qismiga esa ―O`zbekiston Respublikasining 
Prezidenti ushbu Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar 
Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar 
yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, 
O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli degan qoidalar 
kiritildi. 
Mazkur kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalarga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Bosh 
vaziriga ―O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga Vazirlar Mahkamasi a‘zolarini tasdiqlash uchun 
taqdim qilish vakolati berildi. 
Konstitutsiyaning saylov tizimi deb nomlanadigan XXIII bobiga ham o`zgartish va 
qo`shimchalar kiritildi. Ilgari 117-modda 2-qismidagi ―O`zbekiston Respublikasida Prezident 
saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi 
asosida yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkaziladi. O`zbekiston Respublikasining 18 yoshga 
to`lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar degan qoida o`rniga ―O`zbekiston Respublikasi 
Prezidenti saylovi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda 
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat 
hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning Konstitutsiyaviy vakolat muddati 
tugaydigan yilda – dekabr oyi uchinchi o`n kunligining birinchi yakshanbasida o`tkaziladi. 
Saylovlar umumiy, teng, to`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo`li bilan 
o`tkaziladi. O`zbekiston Respublikasining 18 yoshga to`lgan fuqarolari saylash huquqiga 
egadirlar, degan qoida kiritildi. 
Shu moddaning 3-qismi ―O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a‘zolari 
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat 
hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishincha qo`shma majlislarida mazkur deputatlar 
saylanganidan so`ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo`li bilan saylanadilar, 
degan qoida bilan to`ldirildi. 
Shuningdek, Konstitutsiyaning 6-bo`limiga ham o`zgartish kiritildi. O`zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining dastlabki 127-moddasi ―O`zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasiga o`zgartirishlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi jami deputatlarning 
uchdan ikki qismidan iborat ko`pchiligi tomonidan qabul qilingan qonunlar bilan kiritiladi, deb 
belgilangan edi. 
Kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalardan so`ng mazkur moddada ―O`zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga o`zgartirishlar tegishincha O`zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari umumiy sonining kamida uchdan 
ikki qismidan iborat ko`pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O`zbekiston 
Respublikasining referendumi bilan kiritiladi, degan iboralar o`z ifodasini topdi. 
Shuningdek, davlat boshqaruvini yanada demokratlashtirish, hokimiyatning qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi tarmoqlari, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlarining ular 
zimmasiga Konstitutsiya bilan yuklatilgan vakolatlarni amalga oshirishdagi roli va mas‘uliyatini 


39 
oshirish, mamlakat Prezidenti vakolatlarini aniq-ravshan belgilash hamda huquqiy meyorlar 
doirasida cheklash, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni yangilash va 
modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta‘sirini kuchaytirish maqsadida 2007 
yil 11 aprelda ―O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga, 
93-moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga) tuzatishlar kiritish to`g`risidagi 
Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun 2008 yil 1 yanvardan e‘tiboran kuchga kirdi. Kiritilgan 
tuzatishlarga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89-moddasi 
―O`zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig`idir va davlat hokimiyati organlarining 
kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta‘minlaydi degan tahrirda, 93- 
moddasining 15-bandi ―viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga 
muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi degan tahrirda, 102-moddasining 2-qismi 
―Viloyat va Toshkent shahar hokimi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga 
muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi degan tahrirda bayon etildi. 
2008 yil 25 dekabrdagi ―Saylov to`g`risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi 
munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o`zgartish va qo`shimchalar 
kiritish haqidagi Qonun bilan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 77-moddasining 
birinchi qismi (O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hududiy saylov 
okruglari bo`yicha ko`ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz yigirma deputatdan iborat)ga 
o`zgartish kiritildi. Ushbu Qonun 2009 yilning 1 iyulidan kuchga kirgan. Unga ko`ra, mazkur 
moddaning birinchi qismi ―O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat, degan tahrirda bayon etildi. 
O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010 yil 12 noyabrdagi 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi 
―Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish Konsepsiyasi nomli ma‘ruzasida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir 
qator moddalariga o`zgartishlar kiritish yuzasidan bildirilgan takliflar alohida o`rin olgan. 
I.Karimov tomonidan qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan mazkur takliflar 2011 yil 18 
apreldagi ―O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o`zgartish va 
qo`shimchalar kiritish to`g`risida (78, 80, 93, 96, va 98-moddalariga)gi Qonunda o`z ifodasini 
topgan. Qonunning asosiy maqsadi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik 
jamiyatini rivojlantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, davlat 
hokimiyatining uchta subyekti: davlat boshlig`i – Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi 
hokimiyatlar o`rtasidagi vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash, 
shuningdek, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda, mamlakatni 
yangilash va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning roli hamda ta‘sirini kuchaytirishdan 
iborat. 
Bu borada O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi birinchi qismining 
15-bandiga qo`shimcha kiritilgan bo`lib, unga ko`ra Oliy Majlis palatalariga mamlakat ijtimoiy- 
iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va 
muhokama qilish huquqi berilmoqda. Mazkur yangilik mamlakatimiz parlamentining roli va 
ta‘sirini kuchaytirish orqali davlat hokimiyati tizimida o`zaro bir-birini tiyish va muvozanat 
saqlash prinsipining yanada samarali amalga oshirilishini ta‘minlashda muhim o`rin tutadi. 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 6-bandiga kiritilgan normaga 
muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga O`zbekiston Respublikasi 
Prezidentining O`zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisini tayinlash to`g`risidagi farmonini 
tasdiqlash huquqi berilmoqda. Shunga muvofiq holda, Konstitutsiyamiz 93-moddasining 12- 
bandidagi ―O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va degan so`zlardan keyin ―uning 
o`rinbosarlari degan so`zlar chiqarilib, ularning o`rniga ―Hisob palatasi raisini degan so`zlar 
bilan to`ldirildi. 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlari mustahkamlangan Konstitutsiyamizning 
93-moddasi 8-bandidan ―ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi degan 
so`zlarni chiqarish yuzasidan kiritilgan o`zgartish ham muhim ahamiyatga ega. Bugungi kunda 


40 
Konstitutsiyamizning 89-moddasiga ko`ra, ―O`zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat 
boshlig`idir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda 
hamkorligini ta‘minlaydi. Shu nuqtai nazardan, Bosh vazirning Vazirlar Mahkamasi faoliyatini 
tashkil etishi, unga rahbarlik qilishi va uning ishi samaradorligi uchun shaxsan javob berishi, 
davlat boshlig`i bo`lgan Prezident, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o`rtasidagi 
vakolatlarning yanada mutanosib taqsimlanishini ta‘minlash uchun zarur shart-sharoitlarni 
yuzaga keltirish asnosida ham Asosiy Qonunimizdan ushbu norma chiqarildi. 
Kiritilgan yana bir muhim o`zgartish O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93- 
moddasining 15-bandini ―viloyatlar hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga 
muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi degan so`zlardan oldin ―O`zbekiston 
Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan degan so`zlar bilan to`ldirish borasida. Ushbu 
normaning kiritilishi, avvalo, davlat boshqaruvini yanada liberallashtirish bo`yicha amalga 
oshirilayotgan izchil islohotlar bilan bog`liq. 
Qonundan o`rin olgan normalardan biri O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 93- 
moddasining 16-bandini O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ―O`zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga haqli degan so`zlar bilan to`ldirishga oid. 
Kiritilgan mazkur norma davlat boshlig`i sifatida mamlakat Prezidentining davlat va jamiyat 
hayotining ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy ahamiyatga ega masalalar yuzasidan o`tkaziladigan 
Vazirlar Mahkamasi majlislarida ishtirok etish huquqini mustahkamlaydi. Zero, O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislari mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy 
hayotining eng muhim masalalari yuzasidan o`tkaziladi. Shuningdek, davlat boshqaruvining, 
xo`jalik va ijtimoiy-madaniy qurilishning eng muhim masalalari ham Vazirlar Mahkamasining 
majlislarida hal etiladi. 
Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96-moddasi yangi 
tahrirda bayon etildi. Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti o`z 
vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O`zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining zimmasiga yuklatiladi, bunda uch oy muddat ichida, 
―O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risidagi Qonunga to`liq muvofiq holda 
mamlakat Prezidenti saylovi o`tkaziladi. Ta‘kidlash joizki, mamlakat Prezidenti turli sabablarga 
ko`ra o`z vazifasini bajara olmaydigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda noaniqlikka, ushbu 
moddani turlicha talqin etishga yo`l qo`ymaslik maqsadida mazkur moddaning yangi tahriri 
berildi. 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga kiritilgan qo`shimchalarga 
muvofiq demokratik tartib-qoidalarga javob beradigan yangi Konstitutsiyaviy qoida joriy etildi. 
Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə