O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan


Уразаев Ш.З. Как готовился проект Конститусии Республики



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/18
tarix12.06.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#116785
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
4-mavzu. O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

Уразаев Ш.З. Как готовился проект Конститусии Республики 
Узбекистан // Народное слово, 1992, 26 декабрь.
). 
1991 yilning noyabr oyigacha Konstitutsiya loyihasining 158-moddadan iborat birinchi 
varianti tayyor bo`ldi. I.A.Karimov loyihaning bu varianti bilan tanishib chiqib, unga mazmuni, 
shakli va tahriri jihatdan jiddiy o`zgartishlar kiritdi. Loyihaning ikkinchi varianti 149-moddadan 
tashkil topdi. I.A.Karimovning ko`rsatmasi va shaxsan u kishining tahriri bilan loyihaning 
uchinchi varianti 137-moddadan tashkil topdi. Matbuotda e‘lon qilish oldidan loyiha yana bir bor 
diqqat bilan o`rganib chiqilib, 127 moddaga keltirildi. 
Loyiha matbuotda e‘lon qilinishidan oldin I.A.Karimov uni sinchiklab o`qib chiqdi, ba‘zi 
moddalarga o`zgartish kiritishi natijasida ular to`laroq mazmun, aniq ravshanlik kasb etib
yanada tushunarliroq bo`ldi. Konstitutsiyaviy komissiyaning qarori bilan loyiha 1992 yil 26 
sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e‘lon qilindi. Muhokama davomida uning 


36 
asosiy bo`limlari, boblari va moddalari yuzasidan tegishli takliflar Konstitutsiyaviy komissiyaga 
kelib tushdi. Respublika matbuotining o`zida Konstitutsiya loyihasiga bag`ishlangan yuzdan 
ortiq materiallar e‘lon qilindi. Kelib tushgan takliflarning soni 6 mingtadan oshib ketdi. 
Konstitutsiya loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik 
Kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi demokratik 
davlatlar mutaxassislarining sinchkov ekspertizasidan o`tdi. 
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi 1992 yil 21 noyabrda yana bir bor 
matbuotda e‘lon qilindi. Bundan maqsad fuqarolarni Konstitutsiya loyihasiga kiritilgan 
o`zgartishlar va to`ldirishlar bilan tanishtirish va ularni hisobga olgan holda muhokamani davom 
ettirishdan iborat edi. Loyihaning yangi nusxasi e‘lon qilinishi bilan yana yangi takliflar kela 
boshladi. Qoraqalpog`iston Respublikasida xalq noiblari ishtirokida bo`lib o`tgan yig`ilishda 
loyiha bo`yicha ayrim istaklar bildirildi. Konstitutsiyaviy komissiyaga kelib tushgan ko`p sonli 
takliflar, mulohazalar, fikrlar har tomonlama o`rganilib, Konstitutsiya loyihasiga deyarli 80 
yaqin o`zgartish, qo`shimcha va aniqliklar kiritildi. 
Mustaqil O`zbekiston davlatining Konstitutsiyasi O`zbekiston Respublikasi XII chaqiriq 
Oliy Kengashining XI sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilindi. U oliy maqomli Qonun 
sifatida biz qurayotgan jamiyatning ravnaqi uchun, uning har bir a‘zosining kundalik turmushiga, 
faoliyatiga madad, muqaddas orzu - umidlarini ro`yobga chiqishi uchun ishonch bag`ishlaydi. 
Islom Karimov ushbu sessiyada Konstitutsiyani ―xalqchil qomus deb atab, uning loyihasi 
ustida taxminan ikki yil davomida ishlangani, ikki yarim oy mobaynida umumxalq 
muhokamasidan o`tganligi va shu vaqt mobaynida u xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan 
boyitilganligini, sayqal topganligini ta‘kidladi (

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə