O`zbekiston Res’ublikasi Oliy va O`rta mahsus ta`lim vazirligi



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix21.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#130661
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
kapitallar maqsadli tushumlar hisobi va auditi



O`zbekiston Res’ublikasi Oliy va O`rta mahsus
ta`lim vazirligi 
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti 
 
 
 
“Buhalteriya hisobi va аudit” fakulteti 
 
“Iqtisodiy tahlil va аudit” kafedrasi 
 
 
 
К U R S I S H I
 
 
Мавзу: 
Kapitallar, maqsadli tushumlar hisobi va auditi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent -–2012 



“Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi 
“______” “__________” 2012 y
 
Mavzu: Kapitallar, maqsadli tushumlar hisobi va auditi 
 
 
 
 
Toshkent - 2012 



R E J A 
KIRISH 
Asosiy qism: 
. Ustav, qo‘shilgan va rezerv kapitalining hisobi 
2. Maqsadli tushumlarning hisobi. 
3. Kutilayotgan harajatlar va to‘lovlar uchun 
rezervlarning hisobi. 
Texnologik qism: 
4. Kapital va maqsadli tushumlar auditi. 
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Kirish. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xar bir ho`jalik yurituvchi subhekt o`zining 
moliyaviy resurs (mablag`)larini tashkil qilishi va undan foydalanishi mumkin. Bu 
mablag`larning manbai esa foyda, amortizatsiya ajratmasi, qimmatbaho 
qog`ozlarni sotishdan tushgan mablag`lar, aktsiya egalarining badali va 
tahsischilarning ulushlari, kreditlar, qarzlar, ajratilgan grantlar, maqsadli 
moliyalashtirish mablag`lari va shunga o`xshash yo`nalishdagi mablag`lardir. 
Bu bo`limda asosan subhektning ustav kapitali, mahsus yo`nalishdagi 
jamg`armalar, zahiralar, foyda va boshqa mablag`lari o`rganiladi.
Subhektning xususiy kapitali qonunga muvofiq yoki tahsis xujjatlari asosida 
yaratilgan jamg`armalar va zahiralar qo`shilgan holda, ularning xarakati va holati 
o`rganiladi va nazorat qilinadi. 
Xususiy kapital ho`jalik yurituvchi subhektning aktivi va majburiyatlari 
o`rtasidagi farqni o`zida mujassamlashtiradi. O`z navbatida xususiy kapital 2 
guruxga (kategoriyaga) bo`linadi – qo`yilgan (investitsiya) kapital va 
taqsimlanmagan foyda.
Xususiy kapital, ishlab chiqarish va mulk egasiga to`lash, qo`shimcha 
investitsiya va boshqa faoliyatlarning natijalariga bog`liq holda ko`payishi yoki 
kamayishi mumkin.
Ushbu mulk, jamg`armalar, foyda va zahiralarning hisobi quyidagi: 
8300-«Ustav kapitali (fondi)»ni hisobga oluvchi schyotlar 
8400-«Qo`shilgan kapital»ni hisobga oluvchi schyotlar
8500-«Zahira kapitali»ni hisobga oluvchi schyotlar
8600-«Sotib olingan o`z aktsiyalari»ni hisobga oluvchi schyotlar 
8700-«Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»larni hisobga oluvchi 
schyotlar 
8800-«Grantlar va subsidiyalar (kapital)»ni hisobga oluvchi schyotlar
8900-«Kelgusi xarajatlar va to`lovlarning zahirasi»ni hisobga oluvchi 
schyotlarda yuritiladi. 



Subhektning ustav kapitali uning mablag`larining tashkil bo`lishida asosiy 
manba hisoblanadi. Bu kapitalni tashkil qilish qonun va tahsis xujjatlariga asosan 
tartibga solinadi. 
Davlat korxonalarining ustav kapitali davlatning byudjeti tomonidan 
korxonaning foydalanilishiga topshirilgan vaqtda ajratilgan mablag`larning 
yigindisidir. 
Nodavlat, kommertsiya subhektlarining kapitali esa aktsiyadorlar tomonidan 
kuyilgan mablag`larning yigindisiga teng bo`ladi. 
Aktsiyadorlar jamiyati (AJ) yuridik shaxs bo`lib uning kapitali aktsiya 
egalarining qo`ygann ulushidan tashkil topgan. AJ faoliyati ustavi bilan tartibga 
solinadi va aktsiyadorlar faqat ustav kapitaliga qo`yadigan ulushi bo`yicha 
majburiyat oladilar.
AJ-ochiq va yopiq turda bo`ladi. Ochiq AJ aktsiyalari ochiq usulda sotiladi, 
bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o`tadi, yahni qimmatbaho qog`ozlar birjasida 
sotilishi mumkin. Yopiq AJ aktsiyalar bozorga chiqarilmaydi, bundan tashkari uz 
ulushlarini boshqa aktsiyadorlarning roziligisiz sotishi mumkin emas. AJ ustav 
kapitalining xajmi uning ustavida ko`rsatilgan bo`ladi. Ustav kapitalining 
ko`payishi yoki kamayishi aktsiyaning nominal qiymatining bozordagi talab va 
taklifning tahsirida oshishi yoki kamayishiga bog`liq. AJ tomonidan chiqarilgan 
aktsiyalar naqd pulga, pul utkazish yuli bilan, mulkka, yahni uzok va kiska 
muddatli aktivlar hisobiga xam sotilishi mumkin.
Ustav kapitali (fondi)ning holati va xarakati to`g`risidagi mahlumotlarni 
umumlashtirish quyidagi: 
8310-«Oddiy aktsiyalar» 
8320-«Imtiyozli aktsiyalar» 
8330-«Ulushlar va omonatlar» schyotlarida amalga oshiriladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə