O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Fuqarolik qonunchiligini o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llash



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

5-modda. Fuqarolik qonunchiligini o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llash
Ushbu Kodeks 2-moddasining birinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan
munosabatlar qonunchilik yoki taraflarning kelishuvi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan
hollarda fuqarolik qonunchiligining o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi normasi
qo‘llaniladi (qonun o‘xshashligi).
Ko‘rsatib o‘tilgan hollarda qonun o‘xshashligidan foydalanish mumkin bo‘lmasa,
taraflarning huquq va burchlari fuqarolik qonunchiligining umumiy negizlari va mazmuniga
(huquq o‘xshashligiga) hamda halollik, oqillik va adolat talablariga amal qilgan holda
belgilanadi.
Fuqarolik huquqlarini cheklaydigan va javobgarlik belgilaydigan normalarning o‘xshashlik
bo‘yicha qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
1 — 4

6 — 7-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 
7-
moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv
qarori haqida”gi qarorining 
2-3-bandlari
.
6-modda. Ish muomalasi odatlari. Mahalliy odat va an’analar
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyatining biron-bir sohasida vujudga kelgan va keng qo‘llaniladigan,
qonunchilikda nazarda tutilmagan xulq-atvor qoidasi, biron-bir hujjatda yozilganligi yoki
yozilmaganligidan qat’i nazar, ish muomalasi odati deb hisoblanadi.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolik qonunchiligida tegishli normalar bo‘lmagan taqdirda, bu munosabatlarni
tartibga solishda mahalliy odat va an’analar qo‘llaniladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tegishli munosabat ishtirokchilari uchun majburiy bo‘lgan qonunchilik normalariga yoki
shartnomaga zid bo‘lgan ish muomalasi odatlari, mahalliy odat va an’analar qo‘llanilmaydi.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
1 — 5

7-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 
2

3-bandlari
, O‘zbekiston
Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi 14-moddasi
 ikkinchi qismi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə