O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Fuqaroning huquq layoqati va muomala layoqatini cheklashga yo‘l



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

23-modda. Fuqaroning huquq layoqati va muomala layoqatini cheklashga yo‘l
qo‘yilmasligi
Qonunda belgilangan hollar va tartibdan tashqari, hech kimning huquq va muomala
layoqati cheklanishi mumkin emas.
Fuqarolarning muomala layoqatini cheklashning qonunda belgilab qo‘yilgan shartlari va
tartibiga rioya qilmaslik davlat organining tegishli cheklashni belgilaydigan hujjati haqiqiy


emasligiga sabab bo‘ladi.
Fuqaroning huquq layoqatidan yoki muomala layoqatidan to‘la yoki qisman voz kechishi
va huquq layoqati yoki muomala layoqatini cheklashga qaratilgan boshqa bitimlar o‘z-o‘zidan
haqiqiy emasdir, bunday bitimlarga qonun tomonidan yo‘l qo‘yiladigan hollar bundan
mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
17, 18

22

997

1169-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik
protsessual kodeksi 
42

310 — 316-moddalari
.
24-modda. Fuqaroning tadbirkorlik faoliyati
Fuqaro yakka tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolarning yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatiga
nisbatan, agar qonunchilikdan yoki huquqiy munosabat mohiyatidan boshqacha tartib
anglashilmasa, ushbu Kodeksning qoidalari qo‘llaniladi.
(24-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yuridik shaxs tashkil etmasdan ushbu moddaning 
birinchi qismi 
talablarini buzgan holda
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqaro tuzgan bitimlar xususida o‘zining tadbirkor
emasligini vaj qilib ko‘rsatishga haqli emas. Sud bunday bitimlarga ushbu Kodeksning
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq majburiyatlar to‘g‘risidagi qoidalarini
qo‘llashi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
26-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining 25.05.2000-yildagi
“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 
5, 6

22

26-moddalari
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə