O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

15-modda. Davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
tomonidan yetkazilgan zararni to‘lash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan qonunchilikka
muvofiq bo‘lmagan hujjat qabul qilinishi, shuningdek ular mansabdor shaxslarining
g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan
zararning o‘rni davlat tomonidan yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan
qoplanishi lozim. Bunday zararning o‘rni davlat organining budjetdan tashqari mablag‘lari yoki
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
(15-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining 02.05.2012-yildagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to‘g‘risida”gi Qonunining 38-moddasi 
ikkinchi qismi
.
Davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bekor qilingan, ularning
mablag‘lari yetishmagan yoxud davlat organining budjetdan tashqari mablag‘lari yoki fuqarolar
o‘zini o‘zi boshqarish organining mablag‘lari bo‘lmagan taqdirda fuqaroga yoki yuridik shaxsga
yetkazilgan zararning o‘rni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan
qoplanadi.
Zarar qaysi davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mansabdor
shaxslarining aybi bilan yetkazilgan bo‘lsa, sudning qarori bilan zararning o‘rnini qoplash ushbu
organlar mansabdor shaxslarining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
(15-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son)


 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
9, 10, 11, 12

78-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy sud
ishlarini yuritish to‘g‘risidagi Kodeksining 
27

184 — 189-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasi 24.09.2012-
yildagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 
14-
moddasi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə