O‘zbekiston respublikasining fuqarolik kodeksi birinchi qism I bo‘lim umumiy qoidalar 1-Kichik bo‘lim asosiy qoidalar


-modda. Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish haqidagi qarorning bekor qilinishi



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/212
tarix11.12.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#145819
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   212
21.12.1995. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (birinchi qism) (1)

35-modda. Fuqaroni bedarak yo‘qolgan deb topish haqidagi qarorning bekor qilinishi
Bedarak yo‘qolgan deb topilgan fuqaro qaytib kelgan yoki uning turar joyi aniqlangan
taqdirda, sud uni bedarak yo‘qolgan deb topish haqidagi qarorni bekor qiladi. Sudning qarori
asosida fuqaroning mol-mulkini boshqarish bekor qilinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
33

34-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual
kodeksi 
309-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 
48-moddasi
, O‘zbekiston
Respublikasining 02.01.2014-yildagi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Qonunining 
35-moddasi
.
36-modda. Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish
Agar fuqaroning qayerda turganligi haqida uning yashash joyida uch yil mobaynida
ma’lumot bo‘lmasa, basharti u o‘lim xavf solib turgan yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok
bo‘lgan deb taxmin qilish uchun asos bo‘ladigan vaziyatlarda bedarak yo‘qolgan bo‘lib, uning
qayerdaligi haqida olti oy mobaynida ma’lumotlar bo‘lmasa, manfaatdor shaxslarning arizasiga
muvofiq sud uni vafot etgan deb e’lon qilishi mumkin.
Harbiy harakatlar munosabati bilan bedarak yo‘qolgan harbiy xizmatchi yoki boshqa
fuqaro harbiy harakatlar tamom bo‘lgan kundan e’tiboran kamida ikki yil o‘tgandan keyin sud
tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinishi mumkin.
Sudning fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirgan kun
vafot etgan deb e’lon qilingan fuqaroning o‘lgan kuni deb hisoblanadi. O‘lim xavf solib turgan
yoki muayyan baxtsiz hodisadan halok bo‘lgan deb taxmin qilish uchun asos bo‘ladigan
vaziyatlarda bedarak yo‘qolgan fuqaro vafot etgan deb e’lon qilingan taqdirda, sud uning
taxmin qilingan halokat kunini ushbu fuqaroning o‘lgan kuni deb topishi mumkin.
Fuqaroni vafot etgan deb e’lon qilish bunday fuqaroning huquq va burchlari borasida
uning o‘limi olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni vujudga keltiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
37

848

1170-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik
protsessual kodeksi 66-moddasi 
uchinchi qismi

305 — 308-moddalari
, O‘zbekiston Respublikasining Oila
kodeksi 223-moddasi 
ikkinchi qismi
.

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə