O‘zbekiston respublikasining davlat standarti sarguzasht turizmi. Xavfsizlikni boshqarish tizimlari. Talablar



Yüklə 249,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/18
tarix23.12.2023
ölçüsü249,61 Kb.
#157142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
rr8dp8ncbko99wpenf2fc58cndxhpa6g (1)

3.11 layoqatlilik -
ko‘zlangan natijalarga erishish uchun bilim va ko‘nikmalarni 
qo‘llash qobiliyati. 
3.12 hujjatlashtirilgan ma’lumotlar -
tashkilot (3.1) tomonidan nazorat qilinishi va 
saqlanishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar va u saqlanadigan tashuvchi. 
Izohlar. 
1. Hujjatlashtirilgan ma’lumotlar har qanday formatda va har qanday tashuvchida va har 
qanday manbadan bo‘lishi mumkin. 
2. Hujjatlashtirilgan ma’lumotlar quyidagilarga tegishli bo‘lishi mumkin: 


Oʻz DSt ISO 21101:2022 (ISO 21101:2014, IDT)

- menejment tizimi (3.4), shu jumladan tegishli jarayonlar (3.13); 
- tashkilotning ishlashi uchun yaratilgan ma’lumotlar (hujjatlar); 
- erishilgan natijalarning dalillari (yozuvlar). 
3.13 jarayon -
kirish ma’lumotlarini chiqish ma’lumotlariga o‘zgartiradigan, o‘zaro 
bog‘liq yoki o‘zaro ta’sir qiluvchi harakatlar to‘plami. 
3.14 samaradorlik -
o‘lchanadigan natija.
Izohlar. 
1. Samaradorlik miqdoriy yoki sifat ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
2. Samaradorlik faoliyatni, jarayonlarni (3.13), mahsulotlarni (shu jumladan xizmatlarni), 
tizimlarni yoki tashkilotlarni (3.1) boshqarish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
3.15 autsorsing (fe’l) -
tashkilotning (3.1) funksiyasi yoki jarayonining (3.13) bir 
qismini tashqi tashkilot amalga oshiradigan kelishuvni tuzish. 
Izoh – Autsorsingga berilgan funksiyalar yoki jarayonlar garchi faoliyat doirasiga kirsa ham 
tashqi tashkilot menejment tizimi (3.4) doirasidan tashqarida bo‘ladi. 
3.16 monitoring -
tizim, jarayon (3.13) yoki faoliyat holatini aniqlash. 
Izoh - Vaziyatni aniqlash uchun tekshirish, nazorat qilish yoki tanqidiy kuzatish kerak 
bo‘lishi mumkin. 
3.17 o‘lchash -
qiymatni aniqlash jarayoni (3.13). 
3.18 audit -
audit mezonlari qay darajada bajarilganligini aniqlash uchun auditorlik 
dalillarini olish va ularni xolisona baholash uchun tizimli, mustaqil va hujjatlashtirilgan 
jarayon (3.13). 
Izohlar. 
1. Audit ichki audit (birinchi shaxs) yoki tashqi audit (ikkinchi yoki uchinchi shaxs) bo‘lishi 
mumkin va u birlashtirilgan audit (ikki yoki undan ortiq sohalarni birlashtirgan) bo‘lishi mumkin. 
2. “Audit dalillari” va “audit mezonlari” ISO 19011 standartida belgilangan. 

Yüklə 249,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə