Boshlang'ich ta'limda fanlarni o'qitishda axborot texnologiyalardan foydalanish reja



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix15.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#102581
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
BOSHLANG\'ICH TA\'LIMDA FANLARNI O\'QITISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH



BOSHLANG'ICH TA'LIMDA FANLARNI 
O'QITISHDA AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 
 
Reja: 
 
1.1.
Texnologiya tushunchasi.
1.2.
Axborot texnologiyalari va ularning turlari.
1.3.
Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari.
1.4.
Axborot texnologiyalarining ta'minoti.
1.5.
Zamonaviy axborot texnologiya vositalari.


 
1.1. Texnologiya tushunchasi 
Texnologiya (
yunoncha-techne) so’zidan olingan bo’lib, moxirlik, ustalik, 
san’at yoki bir ishni uddalay olish demakdir, bu esa jarayondan boshqa narsa emas. 
Bu aniq bir jarayonga nisbatan qo’llaniladi. Jarayonlar esa odamlar tomonidan 
tanlangan va belgilangan strategiya asosida va turli vositalarni, usullarni qo’llab 
amalga oshiriladi. 
Axborot texnologiyasi
- axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish 
va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va 
jarayonlar («Axborotlashtirish to’g’risida» gi qonun, 2-modda). 
Bundan tashqari axborot texnologiyalariga turli manbalarda turlicha ta’riflab 
keltirilgan: 
1)
Ma’lumotlarni to’plash, ularga ishlov berish, saqlash, uzatish, va ulardan 
foydalanish jarayonida hisoblash texnikasidan foydalanish yo’llari, usullari va 
uslublari. 
2)
Hujjatlashtirilgan axborot, jumladan dasturli vositalarga ishlov berishning jami 
uslublari, yo’llari, usullari va vositalari hamda ulardan foydalanishning belgilangan 
tartibi. 
3)
Inson faoliyatining turli sohalarida axborot mahsulotini ishlab chiqarishda 
axborot jarayonlarini amalga oshirishning jami usullari; 
Keng ma’noda axborot texnologiyasi misolida idora cho’tidan foydalanish va 
kitoblarni bosib chiqarishni ko’rsatish mumkin. Tor ma’noda «axborot 
texnologiyasi» atamasi axborotga ishlov berish uchun ushbu axborotdan 
foydalanuvchi 
jarayonlarning 
sermehnatligini 
kamaytirish 
va 
ularning 
ishonchliligini va tezkorligini oshirish maqsadida zamonaviy texnikalardan optimal 
foydalanish bilan bog’liqdir. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə