O‘zbekiston respublikasining davlat standarti sarguzasht turizmi. Xavfsizlikni boshqarish tizimlari. Talablar



Yüklə 249,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/18
tarix23.12.2023
ölçüsü249,61 Kb.
#157142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
rr8dp8ncbko99wpenf2fc58cndxhpa6g (1)

3.4 menejment tizimi -
ushbu maqsadlarga erishish uchun tashkilotning (3.1) 
siyosati (3.7) maqsadlari (3.9) va jarayonlarni (3.13) o‘rnatish uchun o‘zaro bog’liq yoki 
o‘zaro ta’sir qiluvchi elementlar to‘plami. 
Izohlar. 
1. Menejment tizimi bitta soha yoki bir nechta sohalarni qamrab olishi mumkin. 


Oʻz DSt ISO 21101:2022 (ISO 21101:2014, IDT)

2. Tizim elementlari tashkilotning tuzilmasini, rollari va mas’uliyatini, rejalashtirishni, 
ishlashini va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
3. Menejment tizimining doirasi butun tashkilotni, tashkilotning o‘ziga xos va aniqlangan 
funksiyalarini, tashkilotning o‘ziga xos va aniqlangan bo‘limlarini yoki bir yoxud bir nechta 
tashkilotlar guruhidagi bir yoki bir nechta funksiyalarni o‘z ichiga olishi mumkin. 
3.5 yuqori menejment -
tashkilotni (3.1) eng yuqori darajada boshqaradigan va 
nazorat qiladigan shaxs yoki odamlar guruhi. 
Izohlar. 
1. Yuqori menejment vakolatlarni topshirish va tashkilot ichidagi resurslarni taqdim etish 
huquqiga ega. 
2. Agar menejment tizimining (3.4) ko‘lami tashkilotning faqat bir qismini qamrab olsa, u 
holda yuqori menejment tashkilotning ushbu qismini boshqaruvchi va nazorat qiluvchilarni 
anglatadi.
3.6 samaradorlik -
rejalashtirilgan tadbirlar 
amalga oshiriladigan 
va 
rejalashtirilgan natijalar erishiladigan daraja. 
3.7 siyosat -
tashkilotning (3.1) yuqori menejmenti (3.5) tomonidan rasmiy 
ravishda ifodalangan uning intilishlari va yo‘nalishi. 
3.8 xavfsizlik siyosati -
tashkilotning (3.1) xavfsizlik ko‘rsatkichlariga nisbatan 
siyosati. 
Izoh - Xavfsizlik siyosati harakatlar uchun tuzilmani va uning xavfsizlik maqsadlarini 
aniqlashni ta’minlaydi.
3.9 maqsad -
erishiladigan natija. 
Izohlar. 
1. Maqsad strategik, taktik yoki operatsion bo‘lishi mumkin. 
2. Maqsadlar turli sohalarga (moliyaviy, sog‘liq va xavfsizlik hamda atrof-muhit 
maqsadlari kabi) tegishli bo‘lishi mumkin va turli darajalarda qo‘llanilishi mumkin (masalan, 
strategik, tashkilot miqyosida, loyiha, mahsulot va jarayon (3.13)). 
3. Maqsad boshqa yo‘llar bilan, masalan, mo‘ljallangan natija, maqsad, operatsion mezon 
sifatida, sarguzasht turizmi xavfsizligi maqsadi sifatida yoki shunga o‘xshash ma’noga ega 
bo‘lgan boshqa so‘zlarni (masalan, maqsad, vazifa yoki topshiriq) ishlatish bilan ifodalanishi 
mumkin. 
4. Sarguzasht turizmi xavfsizligini boshqarish tizimlari kontekstida sarguzasht turizmi 
xavfsizligi maqsadlari tashkilot tomonidan ma’lum natijalarga erishish uchun sarguzasht turizmi 
xavfsizligi siyosatiga muvofiq belgilanadi. 
3.10 xavf -
noaniqlik ta’siri. 
Izohlar. 
1. Ta’sir bu kutilganidan chetga chiqishdir, u ijobiy yoki salbiy bo‘ladi. 
2. Noaniqlik - bu hodisa, uning oqibatlari yoki ehtimoli bilan bog‘liq ma’lumotlarning 
qisman bo‘lsa ham yetishmasligi, uni tushunish yoki bilish holati. 
3. Xavf ko‘pincha potensial voqealar (3.38) va oqibatlar (3.39) yoki ularning birikmasi bilan 
tavsiflanadi. 
4. Xavf ko‘pincha hodisaning oqibatlari (shu jumladan, vaziyatning o‘zgarishi) va yuzaga 
kelishi ehtimoli (3.41) birikmasi nuqtai nazaridan ifodalanadi. 

Yüklə 249,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə