O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 441,56 Kb.
səhifə3/4
tarix14.04.2018
ölçüsü441,56 Kb.
#38323
1   2   3   4

3.1.4-jadval

Buxoro chittagini polaponlarni tana massasini usish jadalligi.


Yoshi

(kun)


Tana

og’irligi



Tana uzunligi

Qanoti

Sevka uzunligi

Dumi

Tumshuq uzunligi

g

%

mm

%

mm

%

mm

%

mm

%

mm

%

1

1,6

-

35

-

5,0

-

5,0

-

-

-

4,0

-

3

4,6

96,7

42,3

18,8

7,3

37,3

7,6

41,2

-

-

5,0

22,2

5

6,1

28,0

55,6

27,1

11,0

42,7

11,0

47,3

1,6

-

7,3

37,3

7

9,8

46,5

64,6

14,9

18,0

48,2

16,6

40,5

5,5

10,9

8,5

15,1

9

13,2

29,5

72,3

11,2

33,6

60,0

19,5

15,6

7,7

42,5

10,0

16,2

11

15,5

16,0

82,6

13,2

42,6

23,6

20,8

6,4

11,6

40,8

10,6

5,8

13

17,3

11,2

94,0

13,9

50,0

18,1

22,5

7,8

19,0

23,9

10,7

0,6



3.1.2-grafik
Buxoro chittagini polaponlarni tana massasini usish jadalligi


3.1.6. Polaponlarining oziqlanishi.

Buxoro chittagi polaponlarini turli umurtqasiz hayvonlar bilan boqadi. Polaponlarni boqish jadalligi ularning o’zgarib yoshiga qarab shuningdek, kun davomida o’zgarib turadi. Masalan, soat 6 00 dan 20 00 gacha olib borilgan kuzatishlarimiz davomida katta yoshdagi qushlar 6 ta kunlik polaponlariga 90 marta oziq keltirib berdilar. Kuning ertalabki (6 oo – 7 00 gacha) va kechki (17 00 – 18 00 gacha) paytlari polaponlarni boqish jadalligi yuqori bo’ladi. Kunduzi kun isishi bilan qushlarning uyaga oziq bilan uchib kelish soni kamayadi va bir soat mobaynida 2 martadan 10 martagacha o’zgarib turadi. Saqqiz kunlik polaponlarini katta yoshdagi qushlar 102 marta boqdilar. Har bir polaponga o’rtacha 17 porsiyadan oziq to’g’ri keldi. Qushlar uyaga oziq bilan bir soatda o’rtacha 7 martadan uchib keldilar. Polaponlari tuxumdan chiqqandan keyingi dastlabki kunlarda moda chittak uyada o’tirib polaponlarini isitadi va gohi – gohida oziqlanish uchun uchib ketadi. Nar chittak bu vaqtda juda faol bo’lib, polaponlarini asosan u boqadi. So’ngra polaponlarini ikkala qush birgalashib boqadi. Chittaklar polaponlarini o’rgimchaklar, qo’ng’izlarning lichinkalari, qurtlari bilan boqadi. Bir oz katta bo’lib qolgan polaponlariga katta yoshdagi qushlar kapalaklar, qo’ng’izlarning g’umboklari va boshqa hasharotlarni keltirib beradilar. Uya davri 16 – 17 kun [13] yoki 18 kun [35] davom etadi. Masalan, birinchi polapon 17 mayda tuxumdan chiqqan uyadan polaponlar 2 – 3 iyunda uchib chiqib ketdi. (3.1.8-rasm)




3.1.8-rasm. Buxoro chittagini uyasi polaponlari bilan.
Buxoro chittagi bir yilda 2 marta ko’payadi. Birinchi ko’payish aprelning oxiri mayning boshiga, ikkinchi ko’payish iyunga to’g’ri keladi. Turkmaniston sharoitida ham buxoro chittash bir yilda 2 marta ko’payadi. [30]. Xuddi shunday ma’lumotlarni A. I. Abdusalyamov (1973) Tojikiston sharoitida ham keltiradi.

Katta yoshdagi chittaklar hasharotlar bilan oziqlanadi. A. K. Sagitov va S.B. Bakayevlarning ma’lumotlariga ko’ra (1980) yorib ko’rilgan 5 ta buxoro chittaklarining ozqozonlarida asalari, qandalalar, oltinko’zlar, sikadalar, chumolilar uzun tumshuqli qo’ng’izlar, o’rgimchaklar borligi aniqlandi. Ba’zan buxoro chittagining oshqozonida o’simlik qoldiqlari va urug’larini ham uchratish mumkin [30]. I. A. Abdusalomovning (1973) ma’lumotlariga ko’ra buxoro chittagining oziqlanish xarakteri masumga qarab o’zgarib turadi. Bahorda va yozda buxoro chittagi faqat hasharotlar bilan oziqlanadi.o’simlik ozuqalari juda kam miqdorda uchraydi.




3.1.3-grafik

Buxoro chittagi polaponlarini boqish jadalligi

Kuzgi-qishki davrda chittaklar hasharotlar bilan ham, urug’lar va o’simliklarning vegetativ qismlari bilan oziqlanadi. O’simlik urug’laridan chittaklarning oziq rasionida ham yovvoyi holda o’suvchi o’tchil o’simliklarning, ham madaniy o’simliklarning urug’lari uchraydi.



3.1.7.Uyalashning samaradorligi.

Buxoro chittagi uyasining himoyalangan bo’lishiga qaramasdan (daraxt kovaklari, sun’iy uyalar) uya davrining muvaffaqiyatliligi unchalik yuqori emas. Masalan, Qoraqumda 23 ta tuxumdan 8 tasi (34,8%) nobud bo’ldi. Janubi-g’arbiy Qizilqumda tuxumlarining nobud bo’lishi 41,1% ni tashkil etadi. Asosiy dushmanlari – ilonlar hisoblanadi. Zarafshon quriqxona sharoitida buxoro chittagining uyasini zag’izg’on va ilonlar buzib ketadi. Jami 18 ta qo’yilgan tuxumlarning 13 tasidan (72,2%) polaponlar ochib chiqib, shundan 10 tasi (76,9 %) uyadan uchib chiqdi. Uyalash muvaffaqiyati 55,5% ni tashkil etadi.



3.1.8. Buxoro chittagi ahamiyati.

Buxoro chittagi katta miqdorda hasharotlarni qirishi tufayli mutlaqo foydali qush sanaladi. Agar ularning bog’larda, istirohat bog’larida, skverlarda, urmonlarda yashashi hisobga olinsa uning shahar sharoitida bog’larada sanitar ahamiyati nihoyatda kattadir. Buxoro chitagi sun’iy uyalarda bajonidil uya quradi. Shu sababli kovakli daraxtlari bo’lmagan yosh bog’larda sun’iy uyalar qurib ularni shu yerlarga jalb qilish lozim.




4. Zarafshon vodiysi bioxilma-xilligi va uni asrash muammolari
O’zbekiston hududi fizik-geografik strukturasiga ko’ra tekislik va tog’li qismlarga ajratilada. Shu parametrlarga ko’ra bir – biridan ekologik sharoitlari va florasi xamda faunasi tarkibi bilan farqlanuvchi 5 ta biogeografik zonalarning mavjudligi aniqlanadi.

  1. Tekisliklarining o’sli ekotizimlari.

  2. Tog’ oldi chalacho’llar va dashtlar.

  3. Namlangan hududlar va deltalar ekotizimlari.

  4. Asosiy daryolarning daryo va soxil oldi ekotizmlari.

  5. Tog’ ekotizmlari.

Zarafshon davlat qo’rikxonasi ekotizimi daryo va sohil oldi ekotizimlariga kiradi. Bu ekotizimlar asosan Amudaryo va Sirdaryoning tekislik zonalarini; Zarafshon va Surxandaryoning quyi oqimlarini qamrab oladi. Daryo ekatizimlari tarkibida qayir o’rmonlari va to’qayzorlar alohida ajralib turadi. Faunasi tarkibi unchalik boy bo’lmasa ham, lekin o’ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi.

Daryo ekotizimlari sharoitlarining xilma – xiligi yashash muhitining uchta asosiy tiplarini ajratish imkonini beradi: qamishzorlar, daryo suvi yuvib ketgan yerlar va to’qayzorlar.

Cho’l to’qayzorlarining katta massivlari tor tilim yoki filchalar ko’rinishida Amudaryo vodiysida va uning deltasida ba’zi joylarda Sirdaryo, Surxondaryo, Zarafshon va Chiriq daryolari vodiylarida saqlanib qollingan. Ularning umumiy maydoni 1660 ming gektorda ortiqni tashkil etadi. Tuqayzor tipidagi landshaftlarning alohida fragmentlarini va Qashqadaryo daryolarining qo’yi qismlarida uchratish mumkin.

To’qayzor tipidagi o’simliklar floristik tarkibi 35 oila, 105 uruqqa mansub bo’lgan 285 tur o’simliklardan iborat. Tipik to’qayzor o’simliklari mulardan 40 turini tashkil etadi.

O’zbekistonda saqlanib qolingan to’qayzor maylonlarida 5 ta qo’riqxona tashkil etilgan.

Zarafshon qo’riqxonasi shulardan biri hisoblanib, u 1975 yilda tashkil etilgan va Samarqand viloyatida joylashgan. Uning hududi Cho’pon ota tepaligidan boshlanib, tor tilim shaklida Zarafshon daryosining o’ng qirg’og’i bo’ylab 47 km cha cho’zilgan. To’qayzorning kengligi 300 metrdan 1500 metrgachani tashkil etadi. Uning maydoni 2320 gektar. Shundan 680 gektari o’rmon bilan qoplangan. Qo’riqxonaning maqsadi to’qay majmuasi, xususan itshumurtsimon chakandani, to’qayzor o’simliklarini, zarafshon qirg’ovli keja turi populyasiyasili muhafaza qilish va qayta tiklashdan iborat.

Qo’riqxonaning nisbatan unchalik kata bo’lmagan hududida 300 ga yaqin o’simliklar, yulg’un, do’lona va boshalardir. Nam joylarda, daraxtlar orasida qizilmiya, qo’g’a, kandir, kamishlar o’sadi. Qo’riqxonaning faxri bu 14 gektarni tashkil etuvchi relikb tur ko’k bargli turang’il o’suvchi maydon hisoblanadi. Mintaqada bu turang’il o’sadigan yagona joy hisoblanadi. Qalik to’qayzorlar ozuqaga boy bo’lib, ko’plab yovvoyi hayvonlarni o’ziga jalb qiladi. Ularni bu yerlarda to’ng’izlarning yirik podalari uchratilib, ular o’tgan asr 20 yillarining o’rtalarigacha turon yo’lbarslarining asosiy ozig’i hisoblangan.

Turon yo’lbarslari to’ng’iz podalarining va asosiy yashash joylari bo’lmagan to’qayzorlarning qisqarishi oqibatida butunlay yo’qolib ketdi. Kalik chakolanzorlarda chiyabo’rilar, karagan tulkisi, dasht va to’qay mushuklari o’zlarining uyalarini quradilar. Bulardan tashqari qo’riqxonada qum tavushqani, bo’rsiq, quloqdor tipratikan, yulg’un qumsichqani, ko’sichqon, dala sichqonlarining bir necha turlari yashaydi. Sudralib yuruvchilardan qo’riqxona uchun suvilon, cho’ldor chipon ilon, o’qilon, cho’l toshbaqasi, sariqilon, cho’l ilonquyrug’i, suvda va quruqda yashovchilardan yashil qurbaqa va ko’l baqasi xarakterlidir.



Qo’riqxonada 160 tur qushlarni uchratish mumkin. Zarafshon qayirida bir necha ming yillar avvalgidek to’qayzorning eng maftunkor qushlaridan biri bo’lgan zarafshon qirg’ovullari tarqalgan. Qirg’ovullar o’zining chiroyti bilan to’qayzorni faatgina bezab qolmasdan, balki ko’k lenqdorda zararkunanda hasharotlarni yeb o’rmon va qishloq ho’jaligiga katta foyda keltiradi. Qirg’ovuldan tashqari qo’riqxonada ko’k torg’oq, oq qanotli qizilshton, kichik musicha, zag’izg’on, buxoro chittagi, mayna so’fito’rg’ay, dala chumchuqlari doimiy yashaydi. Jig’oltoy, tillarang kurkunak, oddiy sog’, to’qay bulbuli kabi qushlar faqat va yozda uchraydi. Martning oxiri – aprelning boshlarida qo’riqxona hududiga haqqush uchib keladi. Yaqin kunlargacha bu qush Zarafshon daryosining butun o’rta oqimi bo’ylab tarqalgan edi. Hazir ularning koloniyasi faqat qo’riqxonada saqlanib qolingan. Afsuski, to’qayzorlarining ayrim turlari butunlay yo’qolib ketgan va yo’qolib borishda davom etmoqda. Bular qatoriga O’rta Osiyo qunduzi, olaqo’zan, targ’il sirtlon, qaraquloq, buxoro bug’usi (xongul) kiradi. Bundan 100 yil avval buxoro bug’usini O’zbekistonning ko’pchina hududlarida uchratish mumkin edi. O’tgan asrning 60 yillari o’rtalariga kelib buxoro bo’g’usi faqat qo’riqxonalarda va hayvonot bog’larida saqlanib qolgan. U halqaro Qizil Kitobga va O’zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan. Buxoro bug’usini ovlash hamma joyda taqiqlangan va qonun bilan ta’qib qilinadi.

Zarafshon vodiysi biologik xilma-xilligi o’z tarkibiga 2588 tur o’simliklarni [12] olib shundan 10% i Qizil kitobga kiritilgan turlar hisoblanadi. Hayvonot dunyosidan 4 ming tur umurtqasiz hayvonlardan 50dan ortiq baliqlar, 2 tur suvda va quruqda yashovchilar, 57 tur sudralib yuruvchilar, 83 tur sut emizuvchilar kiradi. Qo’rikxona xududiga yashovchi sudralib yuruvchi hayvonlar turlari O’zbekiston sudralib yuruvchilari hilma-xiligining 98% ini ulardan uch turi Qizil kitobga kiritilgan turlar hisoblanadi. Ko’riq xonagining sut emizuvchilar faunasi esa respublika sut emizuvchi hayvonlari turlar tarkibining 77% ini tashkil etib, ularning 14% i Qizil kitobga kiritilgan turlar hisoblanadi. Biologik xilma-xillik muhofaza qilinadigan hududlarda ayniqsa samarali muhofaza qilinadi. Zarafshon vodiysi hududida Zarafshon ko’rikhonasi joylashgan bo’lib, u Zarafshon daryosi vodiysiga to’qayzorlarni saqlashga qaratilgan. Ko’rikxona xududi 2352 gektar bo’lib, u Zarafshon daryosining o’ng qirg’og’i bo’ylab eni 300 metrdan 1500 metrgacha bo’lgan tor polosa ko’rinishida cho’zilgan. Ko’rikxonada 868 gektar maydonni to’qayzorlar egallaydi. 759 gektar maydonni ochiq dalalar tashkil etadi. 725 gektar maydon o’rmon bilan qoplanmagan. Ko’rikxonani tashkil etishdan maqsad yo’qolib borayotgan Zarafshon qirg’ovuli endemik kenja turi, qimmatbaho dorivor o’simlik-chakanda solini tiklash va asrash, to’qayzorlarni muhofaza qilish va ilmiy-izlanishlar olib borishdan iborat. Zarafshon ko’rikhonasining xarakterli biotopi turli darajada o’zgartirilgan to’qayzorlardir. Lekin ko’rikxona xududini faqatgina 30% maydoni o’rmon bilan qoplangan. Ko’rikxonaning yuqori qismi daraxt-butachil o’simliklari bo’lmagan shag’alli maydonlar va chalacho’lli xududlar bilan qoplangan. Zarafshon ko’rikhonasining florasi 300ga yaqin tur o’simliklarni o’z ichiga eladi. Ular orasida 6ta oilaga mansub turlar keng uchraydi: g’alladoshlar – 48 tur, murakkabchuldoshlar 40 tur, dukkakdoshlar – 23 tur, krestchuldoshlar-20tur, ra’nochuldoshlar – 14 tur. Bu yerda itshumurtsimon chakanda, ingichna bargli jiyda, vavilon va jungar tollari, shoxlangan cholg’un va boshqalar keng tarqalgan. O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan O’rta Osiyoning endemigi bo’lgan Kesselring savrinjoni va Korolkov za’farogi uchraydi. Kesselring savrinjoni ko’p yilik tuganaktiyozli o’simlik bo’lib, urug’lari orqali ko’payadi. Vegetasiyasi yanvar oyidan boshlanadi. Zarafshon qayirlari bu nodir o’simlik o’sadigan asosiy hudud hisoblanadi. Shuningdek, Korolkov za’farogi xam o’z arealini qisqartirmoqda. Uning och sariq chullari ko’rikxona hududida onda-soda tog’ oldi hududlarida dengiz sayhidan 800-900 m balandlikda uchrab turadi. Ko’rikxona hududida 59 tur dorivor o’simliklar: dala qirqbo’g’ini, qirqbo’g’insimon efedra, jingalak otquloq, tomorqa samizo’ti, zirk va boshqalar, shuningdek 20 turga yaqin manzarali o’simliklar-kesselring savrinjoni, Korolkov za’farini o’tloq gerani, Olivyeri gazak o’ti, tatar iqsiomirnoni, yolg’on-siyrak guli orxis, vavilon toli va boshqalar o’sadi. Bundan tashqari qo’rikxona xududida 23 tur texnik o’simliklar. Qo’rikxonadan yo’qolib borayotgan relikt o’simlik turlariga har xil bargli va ko’k bargli teraklar, Turkiston do’lanasichi kiritish mumkin. Bu yerda ko’k bargli terak o’sadigan umumiy maydoni 14 gektarga teng bo’lgan ikkita maydon saqlanib qolingan. Ular orasida bir necha o’ylab har xil bargli terakni ham uchratish mumkin. Turkiston do’lonasi juda kam va yakka-yakka hamda unchalik katta bo’lmagan guruhlar xosil qilib uchraydi. Yovvoyi holda o’suvchi rezavor-mevali va mevali o’simliklar to’qayzorlarda yashovchi ko’pincha hayvonlar uchun muhim ozuqa ahamiyatiga ega. To’qayzorlarda baland daraxt turlaridan shumtol uchraydi. Jiydali formasiya qayirning o’zanga yaqin joylarida joylashgan bo’lib, ba’zan ular xilma-xil o’simlik turlari bilan birgalikda o’tib bo’lmaydigan chakalokzorlar hosil qiladilar. Jiydaning mevalari kattaligi, shakli va rangiga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Tolli formasiyalar daraxtzorlar orasida keng tarqalgan. Bu formasiyalar jungar toli Vilegeli tollaridan tashkil topadi. Zarafshon ko’rikxonasi O’zbekiston tekisliklari zonasida chakaldalar saqlanib qolingan yagona xudud hisoblanadi. Chakalda o’tadigan maydonlar nam shag’alli joylarni egallab, jiyda va tol daraxtlari bilan birga qalin chakalzorlarni hosil qiladi. Faqat chakanda o’sadigan maydonlar qo’rikxona hududida 64gektarni tashkipl etadi. Chokanda-qimmatbaho mevali va dorivor o’simliklar. Qo’riqxona xududida chakanda o’sadigan maydonlar katta hududlarni egallab, xilma-xil formalar hosil qiladi va ular har tomonlama o’rganilmoqda. Buta o’simliklaridan qo’riqxona xududida o’zining to’qay assosiasiyalaridan axamiyatiga ko’ra yulg’un birinchi o’rinda turadi. Qo’rikhona xududida yulg’un avlodining bir necha turi va gibrid formalari tarqalgan. To’qayzorlarda ko’pincha sarshoxi yulg’un, shoxlangan yulg’un va dag’ol o’sadi. To’qayzorlar uchun xos bo’lgan kichik butulardan chinchil xisoblanadi. To’kayzorlar assosiasiyasida ayrim keng tarqalgan o’tchil o’simliklar uchraydi. Bularga ravenskiy ernantusi, qilindrsimon imperata, alep jo’xorisi, tirsakli tulki quyruq, dala yo’ig’ichqasi, oddiy qolish, dalaerkako’ti, ajiriq va boshqalarni kiritish mumkin. Qo’riqxona hududiga 30 tur sutemizuvchilar, 200 turdan ortiq qushlar, 8 tur sudralib yuruvchilar, 2 tur suvda va quruqda yashovchilar, 8 tur baliqlar tarqalgan. Baliqlardan 5 turi dag’ora-baliqsimonlar, 2 turi eshvoy baliqlar, 1 turi laqqabaliqlar oilasiga mansub. Suvda va quruqda yashovchilardan ko’l baqasi keng tarqalgan, yashil qurbaqa esa ancha kamroq uchraydi. Sudralib yuruvchilar faunasi nisbatan kam sonlidir. Bu yerda Osiyo ilonqurug’i, tez kaltakesakcha, suvilon, naqshdor chiporilon, kum bug’ma ilonchasi, o’qilonni uchratish mumkin. Bahor boshlanishi bilan cho’l toshbaqalari o’z inlaridan o’rmalab chiqadi. Ko’rikxona hududiga qushlar faunasi ancha xilma-xildir. Bu yerda Osiyo ilonquyrug’i, tez kaltakesakcha, suvilon, naqshdor chiporilon, kum bug’ma ilonchasi, o’qilonni uchratish mumkin. Bahor boshlanishi bilan cho’l toshbaqalari o’z ishlaridan o’rmalab chiqadi. Ko’rikxona hududida qushlar faunasi ancha xilma-xildir. Bu yerda uchraydigan 200 turdan 10 turi o’troq, 30 turi uyalovchi, 36 turi qishlovchi 100 turga yaqini uchib o’tish vaqtida doimiy uchrab turadi. Uyalovchi turlar ichida Zarafshon qirg’ovuli, Buxoro chittagi, mayna, xakka va boshqalar xarakterlidir. Zarafshon daryosining o’rta oqimlarida ba’zi joylarda unchalik katta bo’lmagan jarliklar uchraydi. Ko’pchilik uchib o’tuvchi uyalovchi va o’troq qushlar (tillarang kurkunoq, ko’kqarg’a, ko’k kaptar, qora va kichik uzunqanotlar, dag’cha, mayna, mallabel qaldirg’och, va boshqalar) bu yerlarda o’z uyalarini quradilar. Qushlarning ko’zi uchib o’tishi sentyabr oyida boshlanib butun oktyabr va noyabr oylarigacha davom etadi. Qo’riqhona hududa go’ng qorg’a, zag’cha, qora va kulrang qarg’alar, chumchuqlar, ayrim shak-shaqlar va boshqalar qishlaydi. Ba’zan qalin qor yoqqandan so’ng to’qayzorlarga tog’lardan qizil qorinli va oq boshli qizilquyruqlar, sariq tomoqli chittak, sariq qorinli mezorevka, bigiztulimuqlar tushib keladi. Qo’riqxonada sut emizuvchilar faunasi kam sonliv va o’ziga xosdir. Bu yerdagi asosiy turlarni 16tur kemiruvchilar-qumsichqonlar, sichqonlar, shu jumladan eng yirik tur jayralar va boshqalar tashkil etadi. Bu yerda yulg’un qumsichqoni va oddiy ko’rsichqonlar, odatdagi, ayrim yilarda esa ko’p sonli turlar hisoblanadi. Dalasichqonlardan afg’on dalasichqoni, jamoatchi dalasichqon, oddiy dalasichqon va kaspiy orti dalasichqonlari ko’p uchraydi. Ko’pchilik suv havzalari sahillarida iqlimlashtirilgan va o’rta Osiyo bo’ylab keng tarqalgan ondatra uchraydi. Qo’riqxona hududida tovushqonsimonlar turkumida qum tovushqonisimonlar turkumidan qum tovushqoni yashaydi. Lekin ko’pchilik hayvonlar singari uning soni ham so’ngi yillarda keskin kamayib ketdi. Yirqich sut emizuvchilardan chiyabo’ri, karagan tulkisi, korsak, kamdan-kam hollarda olaqo’zan va latcha uchraydi. Qalin to’qayzorlarda bo’rsiq yashaydi. Qo’riqxonada ba’zan dasht mushugi va tuqay mushugini uchratish mumkin. Ko’riqxona tashkil etilguncha qadar bu yerning o’simlik va hayvonot dunyosi ancha ayanchli ahvolda edi. Hatto sobiq buyurtmaxona (zakazlik) hududida ham daraxt va butalar kesilib uning o’rniga bu yerlarda ilgari o’smagan o’rmon daraxtlari ekilgan, madaniy mevali daraxtlar yetishtiriladigan pitomniklar tashkil etilgan. To’qayzorlarning kesilishi va bu yerlarning qishloq xo’jalik ekin maydonlariga aylantirilishi mahalliy fauna turlar tarkibining qisqarib ketishiga olib keldi. Buxoro bug’usi, to’ng’iz, qunduzlar yo’qolib ketdi. Ilgari bu yerlarda uyalagan ko’pchilik yirtqich qushlar uyalamay qo’ydi va faqat uchib o’tish vaqtida uchraydigan bo’lib qoldi. Qarg’alar va oq maylaklar uya turmay ko’ydi. Zarafshonning o’rta oqimida qo’riqxona tashkil etilishi tufayli saqlanib qolindi. Qo’riqxona xodimlarining katta urinishlariga qaramasdan uning faunasi turlar soni qisqarishda davom etmoqda. Daryoning gidrologik rejimi buzilishi oqibatida suv va suv oldi majmualari hayvonot dunyosi kuchli aziyat chekdi. Yani kanallar va ariqlar tashkil etilib, ular ko’pchilik suv va suv oldi qushlari yashashi uchun yaroqli emas. Zarafshon daryosining suvi kamaygan vaqtda uning suvsiz, shag’alli o’zanida yashovchi hayvonlar bu yerlarni tark etadi. Bunday sharoitlarda ilgari ancha boy faunistik majmuaning turlar tarkibi ancha kamayib ketgan. Faqatgina bahorda va kuzda bu yerlarda uchib o’tuvchi suv qushlari to’planishadi. Odatda bu yerlarda bir necha tur qo’tonlar, baliqchiqlar, suv ilonlari, ko’l bakasi, yashil qurbaqa va baliqlar yashaydi. Qirg’ovullarning o’ziga xos populyasiyasi yuqolib ketish xavfi ostida turibdi. Haligacha qo’riqxonaning muhofaza qilinadigan hududlarida va qirg’ovullar kirib boradigan ko’rikxonaga chegaradosh qishloq xo’jalik ekinlari maydonlarida ularning uyalash va xo’jalarini boqish davrida mol boqish holatlari kuzatilmoqda. G’o’zani defomasiya qilish davrida kimyoviy preparatlardan foydalanish qushlarning ommoviy nobud bo’lishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari qo’riqxona hududida brakonyerlik hollari ham kuzatiladi. Qirg’ovullarning soniga ularning asosiy qishqi ozig’i hisoblangan chakanda va jiyda hosilining kam bo’lishi ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Co’ngi yilarda bunday bunday holatlar tez-tez uchrab turadi. Zarafshon suv havzasining buzilgan ekotizimlarida daraxtlarning zararkunanda hasharotlari (katta tol bargxo’ri va boshq), va chakanda daraxtining xavfli endomikoz kasalligi keltirib chiqaruvchi patogen mikroorganizmlar ko’payib ketmoqda. Qo’riqxonada vaqti-vaqti bilan bo’lib turadigan yong’inlarda ko’plab qirg’ovullar va to’qayzorlarda yashovchi boshqa hayvonlar nobud bo’ladi. Ko’riqxonada keng miqiyosda biotexnik tadbirlar majmuasi amalga oshiriladi. Lekin ko’pchilik tadbirlar vaqtinchalik o’tkazilib ular kam samaralidir. Qirg’ovullarning qishni kamtaloft o’tkazishlari uchun ularga qo’shimcha oziq berib turishga, yo’ng’ichga, makkajo’xori, bug’day, arna, sut ekishga, ba’zi yillarda ularning asosiy dushmani bo’lgan chiyabo’rilarni tutib turishga, yong’inlarning oldini olish chora-tadbirlarni amalga oshirishga to’g’ri keladi. Ilgari qo’riqxona hududida yashagan oq maylaklar va boshqa turlar populyasiyalarini qayta tiklash istiqbollari ancha ayanchlikdir. Birinchidan, ularning soni shu darajaga qisqarib ketdiki, har qanday tabiy tarqalish, oq maylaklar qo’riqxona hududiga jalb qilingan taqdirga ham bu yerda ularning yashashi qulay sharoitlar mavjud emas. Qo’riqxona hududidagi kichik oziqlanish joylari bunday yirik qushlarni qoniqtirmaydi. Qo’riqxona hududidan tashqarida esa ularni antropogen ta’sirlar – ozuqa yetishmasligi, zaharli kimyoviy moddalar, bezovtalanish olishi, insonning ta’qib qilishi va hokazorlar kutib turadi. Kalxatlar, haqqu va boshqa ko’pchilik qushlar ham xuddi shunday ahvolda turibdi. Hongul va to’ng’izlarga kelsak, qo’riqxona hududida ular uchun qulay bo’lgan yashash muhitlari juda kam. Buning ustiga qo’riqxonaning aholisi zich bo’lgan Zarafshon vohasining markazida joylashganligi bu yerda qo’rikxona rejimiga amal qilishni qiyinlashtiradi. Shunday qilib Zarafshon qo’riqxonasining hozirgi kundagi eng muhim vazifalaridan biri qo’riqxona hududini kengaytirish va uning atroflarida halokatli antropogen ta’sirlardan himoya qiluvchi himoya zonalarini tashkil etishdan iborat. Bu yerda to’qayzorlar ekotizimlari tabiiy qayir rejimini qisman saqlash va uni tiklash ham ekologik tanglik (inqiroz) bo’sag’asida turgan bu mintaqa holatini yaxshilashiga imkon yaratadi.

4.1. O’zbekistonda qo’riqxonalarni o’rganish holati.

Qo’riqxonalarni tashkil etilishdan maqsad qo’riqxona territoriyalarida ilmiy–tadqiqot ishlarini olib – borishdir. Shuning uchun quriqxona ilmiy tadqiqotchilarining ilmiy izlanishlari ornitofaunani o’rganish salmoqli hissa qo’shadi. Ammo qo’riqxonada o’tkazilgan tadqiqotlari respublikada shu paytgacha yoritilmagan.

Zomin qo’riqxonasi (Guralash) 1926 yilda tashkil etilgan bo’lib, shu paytgacha ornitofaunasi to’liq o’rganilmagan. Qo’riqxona territoriyasida birinchi materiallar S. K. Dal (1936) tomonidan to’plangan. U yezgi fauna turlarini ekologik ma’lumotlarsiz keltiradi.

Chotqol qo’riqxonasida ilmiy ishlar yaxshi yo’lga qo’yilgan, ammo qushlar bo’yicha ma’lumotlar kam. Chotqol tog’lari janubiy – g’arbiy bezmalaridagi kaklik va boshqa qushlarni ekologiyasiga doir ma’lumotlar M. M. Ostapenko , B. M. Petrov tomonidan to’plangan.

O’zbekistondagi qo’riqxonalar ichida Nurota qo’riqxonasining ornitofaunnasi ancha to’qliq o’rganilgan. Qo’riqxona tashkil etilguncha qadar bu hudud qushlari va sut emizuvchilari faunasiga doir ma’lumotlar R. N. Meklenbursev tomonidan e’lon qilingan. 1970 yilda qushlar bo’limiga ancha joy ajratilgan X.S. Salixbayev, D.Yu. Kashkarov, A. Sharipovlarning «Nurota tizmalari umurtqali hayvonlari ekologiyasi» nomli asari nashrdan chiqdi [17].

Nurota qo’riqxonasi yirtqich qushlari ko’payish ekologiyasiga doir qiziqarli ma’lumotlar Ye.N. Korshunova va Ye.N. Korshunovalar boshlanidan nashr qilingan. Gissar qo’riqxonasi territoriyasida maxsus ornitologik tadqiqotlar olib borilmagan. R. N. Meklenbursev ko’p yillar davomida Kashqadaryo basseyni qushlar ekologiyasini urgangan, sobiq Kizilqum qo’riqxonasi faunasi barcha B. Aromov kichik maqola qildirgan.

Payg’ambarorol qo’riqxonasi o’zining orol holatlari va flora, faunasining xususiyatlari bilan ko’p olimlarni o’ziga jalb qilgan. Bundan tashqari qo’riqxona ko’p yillar O’z SSR FA cha bo’ylab zoolog va botaniklar uchun tabiiy laboratorii bo’lib xizmat qilgan. A.G. Bannikov o’zining bir qancha asarlarining Payg’ambaroralning tabiiy xususiyatlari va faunasiga bag’ishlagan. G.N. Ishunin Payg’ambaroral quriqxonasi bo’yicha qisqacha spravochnik yozgan. G.N. Sapojnikov hayvonlar sonining holatini, L.S. Stepanyan orol qishki aviafaunasini urgangan [33].

Qizilqum quriqxonasida tashkil etilguniga qadar mashhur ornitong N.A. Gladkov ornitologik tadqiqotlar olib borgan. Qo’riqxona tashkil etilgach bu yerda A.K. Sagitov., X.V. Salimov quriqxona hududiga birlashgan Amudaryoning chap qirg’og’ida E. Annayevflar ishlagan .

Baday tuqay qo’riqxonasi Amudaryoning qo’yi qismida joylashgan. Uning tabiati va faunasi quriqxona tashkil etilguncha qadar to’liq urganilgan/ shuning uchun barcha faunistik ma’lumotlar 18 yuz yillik oxiriga to’g’ri keladi [17]. Zarafshon vodiysi qushlari to’g’risidagi ilk ma’lumotlar A.P. Fedchenkonnig hisobotlarida uchraydi. Vodiy ornitofaunasini o’rganish O’zbek davlat universiteti tashkil etilgach boshlandi. (Dal, Axmedov, Kalujina, Sagitov, Salimov, Laxanov) [35]. Qo’riqxona tashkil etilgach qushlar X.V. Salimov. A.K. Sagitov, S.E Fundukchiyev, V.A. Bagdasarova va SamGU umurtkali hayvonlari kafedrasining a,zolari tomonidan urganildi. 70 yillarda quriqxonaga qushlarning soni va hisobi va qishqi ornitofaunani urganuvchi Moskva Universiteti zoologlari tashrif bug’ordi.

Shundan xulosa qilish mumkinki, O’zbekiston quriqxonalari maxsus o’rganilmagan. Barcha ma’lumotlar kam miqdorni tashkil etadi. Faqat Chotqol quriqxonasida ornitofauna monitoringi o’tkazilgan.

Tabiatni muhofaza chora-chora tog’ birlarini yaxshilash uchun ornitologiya tadqiqotlarni keskin ravishda yaxshilash lozim.

4.2. Zarafshon quriqhona hududida qushlar turlari va ekologik guruhlari.

Zarafshon davlat kurikxona xududida 200 turdan ziyed kushlarni uchratish mumkin.



Zarafshon qirg’ovuli – O’rta Osiyodagi eng chiroyli va taniqli qushlardan biri. Zarafshon kayiriga bundan bir necha ming ilgari zarafshon kirgovuli kelgan. Erkaklari turli chiroyli rangda tovlanadi, urg’ochilari oddiy himoya rangida bo’ladi. Qirg’ovul daryo vodiylarida tarqalgan bo’lib, u yerdagi to’qayzor, qamishzorlarda va vohalar chekkasida yashaydi. Uyasini yerga quradi. Urg’ochisi 8-12 tagacha och yashil-jigar rang tuxum qo’yadi. Jo’jalari tuxumdan chiqqan birinchi kuniyoq uyasini tark etadi va onasining ketidan ergashib yuradi. Qirg’ovullar xilma-xil oziq bilan oziqlanadi, o’tlarning ko’k poyasini, urug’larini va hasharotoarni yeydi. Ular ozig’i ichida to’qayzorlarda o’sadigan jiydaning mevasi alohida o’rin tutadi. Kolgan kirgovuldan tashkari kurikxonada doim yashovchi kushlardan ok kanotli kizilishton, musicha, xakka, buxoro chittagi, karkunok , janub bulbuli va boshka kushlar uchraydi. Mart oxiri, aprel oyi boshlarida xakkush uchib keladi. Bu kush yakin yillargacha butun Zarafshonnning urta okimi buylab tarkalgan edi. Xozir esa uning katta bir koloniyasi fakat kurikxonada saklanib kolgan. Kamishli chakalakzorlarda kugazorlarda kamishkush in kuradi. Daryo suviga yakin yerlarda cho’l tentakkushi, suvtorgok, childok, balikchikushlar in yasadi. Dare urta okimining jarli kirgoklarida kukkarga, kukkaptar,kora va kichik uzun kanotlar va kirgok kaldirgochlari in kuyadilar. Kurikxonada ok va kuk kutonlar, karchigaylar,kargalar , va boshka kushlar kishlaydilar

Quloqdor yapalakkush o’rtacha kattalikda bo’lishi va boshidagi quloqqa o’xshash patlari bilan boshqa qushlardan farq qiladi. Kattaligi taxminan qarg’adek keladi. Ba’zan tug’aylarda yoki tog’li o’rmonlarda uya qurishi mumkin, lekin odatda, u qishda uchraydi. Bu vaqtda quloqdor yapaloq qushlar 20-30 tadan bo’lib galalashib, tukaylarda, eski bog’larda va parklarda to’planib, bitta daraxlarga kungan holda kun buyi harakatsiz o’tiradi. Kechqurun ular sichqon va boshqa kemiruvchilarni axtarib uchib ketadi. Bu qush foydali bo’lganligi uchun ehtiyet kilish kerak.

Kulrang pashshaxur – tog’lardagi bargli o’rmonlarning xarakterli vakili, chumchuqdan bir oz kichikroq bo’lgan oddiy tusdagi qush. U daraxtning cheka bir shoxchasiga soatlab kunib o’tiradi. Uchib ketayotgan kapalak yeki qo’ng’izni ko’rgach, keskin sakrab o’ljasini tutadi, keyin yana joyiga kelib kunadi. Hasharotlar bilan oziqlanadi.

Xakkush – qargadan bir oz katta bo’lgan kichik kuton. Buyi va oyoqlarining kalta – bulishi bilan boshqa kutonlardan farq qiladi. Daraxtlarga uya quradi, ko’pincha koloniya bo’lib yashaydi. 4-5 tadan havorang tuxum quyadi. Hakkush mayda baliqlar, chuvalchang, itbaliq va boshqa mayda jonivorlar bilan oziqlanadi. Zarafshon qurikhona hududida yashovchi qushlarni 5 ekologik guruhlariga bo’lish mumkin/ (4.2.1-jadval)
4.2.1-jadval
Zarafshon qurikhona hududida qushlar turlari va ekologik guruhlari.

(Belyalova L.E.,2011)



Qush turi

Uya quruvchi

Uchib o’tib ketuvchi

Qishlovchi

O’troq

Tasodifan o’chib kelgan

1

2

3

4

5

6

7

1

Oq laylak




+







+

2

Yovvoyi o’rdak




+

+







3

Churrak




+

+







4

Qora kalxat




+










5

Sor




+










6

O’tloq bo’ktarchisi







+







7

Dala bo’ktarchisi




+




+




8

Botqoq bo’ktarchisi










+




9

Miqqiy

+













10

Jig’altoy

+













11

Bedana

+

+










12

Zarafshon qirg’ovuli










+




13

Kulrang turna

+

+










14

Baliqchi qush

+













15

Qoraqanot baliqchisi




+










16

Loyxo’rak




+




+




17

Fifi




+










18

Ko’l baliqchisi




+

+







19

Daryo chigirtkasi




+










20

Ko’k kaptar

+







+




21

G’urrak

+







+




22

Musicha

+







+




23

Uy boyo’g’lisi

+







+




24

Cho’l sog’i

+













25

Ko’k targ’oq

+







+




26

Tilla kurkunak

+













27

Yashil kurkunak




+










28

Turkiston ko’k qarg’asi

+













29

Sassiqpopishak

+







+




30

Qora uzunqanot

+













31

Oq qorinli uzunqanot




+










32

Oq qanotli qizilishton

+







+




33

Dala to’rg’ayi

+







+




34

Kichik dala to’rg’ayi




+




+




35

So’fito’rg’ay

+







+




36

Dasht to’rg’ayi

+







+




37

Ikki dog’li to’rg’ay




+










38

Qishloq qaldirg’ochi

+













39

Sariq belbog’li qaldirg’och

+













40

Hind zarg’aldog’i

+













41

Zag’izg’on

+







+




42

Ola qarg’a




+

+







43

Qora qarg’a

+




+

+




44

Go’ng qarg’a

+




+

+




45

Zog’cha

+




+

+




46

Vahmaqush

+







+




47

Lazorevka

+







+




48

Buxoro chittagi

+







+




49

Oq jiblajibon

+







+




50

Sariq jiblajibon

+

+










51

Kulrang pashshaxo’r

+

+










52

Qorabosh chekan




+










53

Qora chekan




+










54

O’ynoqi toshsirchumchuq




+










55

Qizil yelkali qizilquyruq




+










56

Janub bulbuli

+













57

To’qay bulbuli

+













58

Qorato’sh shaqshaq

+

+










59

Qora shaqshaq

+

+




+




60

Ola shaqshaq




+










61

Bo’z shaqshaq




+










62

Varakushka




+










63

Yashil penochka




+










64

Burgalaklar




+










65

Shaqshaqsimon to’rg’ay chumchug’i




+










66

Hind to’qay chumchug’i




+










67

Bulbulnamo chirildoq




+




+




68

Qarchig’ay moyqut




+










69

Kulrang moyqut

+

+










70

Korolyok




+










71

Yo’rg’a to’rg’aylari

+













72

Uzun dumli karqunoq

+

+










73

Ola to’g’anoq




+










74

Qora peshonali karqunoq
















75

Oddiy chug’urchiq

+

+

+

+




76

Ola chug’urchiq




+

+

+




77

Mayna

+







+




78

Qamishzor dehqonchumchug’i

+













79

Oddiy dehqonchumchuq




+










80

Tariqxo’r dehqonchumchuq




+










81

Sariq dehqonchumchuq

+

+










82

Oq qalpoqli dehqonchumchuq







+







83

Uy chumchug’i

+













84

Hind chumchug’i

+

+










85

Ispan chumchug’i

+

+










86

Dala chumchug’i

+







+




87

qizilto’sh







+







88

Yurok







+







89

Bo’z vyurok







+







90

Oddiy qizilbosh







+







91

Sa’va







+







92

Ko’k tumshuq







+







93

Tariq chumchuq







+







94

Sviristel







+







95

Bigiztumshuq







+










Yüklə 441,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə