O’zbekiston Respublikasi suverenligining huquqiy asosi



Yüklə 247 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix20.10.2023
ölçüsü247 Kb.
#128597
  1   2   3
o-zbekiston-respublikasi-suverenligining-huquqiy-asosi



O’zbekiston Respublikasi suverenligining huquqiy asosi
 
 
Mehrangiz Najmutdinova 
Ilmiy rahbar: Indira Rustam qizi Narkulova 
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi suverenligi, uning 
suvereniteti milliy va xalqaro hujjatlarda himoya qilinganligi hamda suverenitetning 
o‘ziga xos belgilari yoritildi. 
Kalit so‘zlar:
O‘zbekiston Respublikasi, konstitutsiya, BMT, suverenitet, norma, 
nizom, prinsip, deklaratsiya, demokratiya, qonun, huquq, ratifikatsiya, denonsatsiya, 
implemintatsiya, xalqaro tashkilot, tinchlik, Bosh Assambleya 
The legal basis of the sovereignty of the Republic of 
Uzbekistan 
Mehrangiz Najmutdinova 
Scientific supervisor: Indira Rustam kizi Narkulova 
Public Security University of Republic of Uzbekistan 
Abstract:
In this article, the sovereignty of the Republic of Uzbekistan, its 
sovereignty is protected in national and international documents, and the distinctive 
features of sovereignty were highlighted. 
Keywords:
Republic of Uzbekistan, constitution, UN, sovereignty, norm, 
regulation, principle, declaration, democracy, law, law, ratification, denunciation, 
implementation, international organization, peace, General Assembly 
 
Bilamizki suverenitet so‘zi fransuzchadan tarjima qilinganda 
“Oliy hokimiyat”
degan ma’noni anglatadi, ya’ni hokimiyatning ustunligi va mustaqilligi hisoblanadi. 
Suverenitetni hurmatlash xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy prinsipi 
sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavida hamda boshqa xalqaro hujjatlarda 
mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsuyaviy huquq fanida suverenitet tushunchasi 3 ta 
asosiy turga bo‘linadi: davlat suvereniteti, millat suvereniteti hamda xalq suvereniteti. 
Davlat suvereniteti-hokimiyatning mamlakat ichida oliyligi va tashqi munosabatlarda 
to‘la mustaqilligi hisoblanadi. Davlat suvereniteti haqidagi g‘oya Jan Bodenga 
tegishlidir. Uning fikricha, suverenitet davlatning eng muhim belgisidir. Bunda abadiy, 
mutlaq va bo‘linmas oliy hokimiyat nazarda tutiladi. Millat suvereniteti-millatning 
to‘la hokimiyatini, uning to‘la siyosiy erkinligini, o‘z milliy hayotini belgilash real 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
895


imkoniyatiga egaligini hamda mustaqil davlatni tashkil qila olishgacha bo‘lgan 
huquqqa egaligini bildiradi. Xalq suvereniteti-xalqning to‘la hokimiyatini anglatadi, 
ya’ni xalq jamiyat va davlatni boshqarishda real ishtirok etish uchun ijtimoiy, iqtisodiy 
va siyosiy vositalarga ega bo‘ladi. Xalq suvereniteti-barcha demokratik davlatlarda 
konstitutsiyaviy tuzum prinsiplardan biri hisoblanadi. Jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasi konstitutsiyasida belgilanishicha, 
“Xalq davlat hokimiyatining birdan-
bir manbaidir. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini 
ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul 
qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi”
(7-
modda).
Suverenitet-bu mustaqillik va ozodlikdir. Shu o‘rinda mashxur fransuz adibi, 
huquqshunosi va faylasufi Sharl-Lui de Monteskiyoning 
“Ozodlik”
borasidagi ushbu 
fikrlari mavjud: 
“Ozodlik, bu qonun izn bergan har qanday narsani qilish mumkin
deganidir”
.
O‘zbekiston suveren demokratik respublika. Aynan mana shu jumlalar orqali biz 
O‘zbekiston Respublikasini suveren davlat ekanligini anglaymiz. Bu jumlalarning 
huquqiy asosi sifatida esa O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasini 
keltirib o‘tamiz. Bilamizki, Konstitutsiyamizning 1-bo‘limi 

Yüklə 247 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə