O’zbekiston Respublikasi suverenligining huquqiy asosi



Yüklə 247 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix20.10.2023
ölçüsü247 Kb.
#128597
1   2   3
o-zbekiston-respublikasi-suverenligining-huquqiy-asosi

“Asosiy prinsplar”
,-deya 
nom olgan. Mazkur bo‘limning 1-bobi aynan 
“Davlat suvereniteti”
ga bag‘ishlanadi. 
Ushbu bob 1-6-gacha bo‘lgan moddalarni o‘z ichiga oladi. Mana shu moddalarda 
O‘zbekistonning suvereniteti belgilari aks etgan. 
O‘zbekiston Respublikasi 1991-yil 31-avgustda 
“Mustaqil davlat”
, - deya e’lon 
qilindi. Aynan shu kuni 
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari 
to‘g‘risida”
gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun 17 ta moddadan iborat. Mazkue 
qonun O‘zbekiston Respublikasining suverenitetini belgilovchi muhim asos 
hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, O‘zbekistonni mustaqil davlat sifatida 140 dan ortiq 
davlatlar tan olgan. 
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari 
to‘g‘risida”
gi qonunning 1-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasi, o‘z tarkibidagi 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga mustaqil, demokratik davlatdir”, - deb 
belgilab qoֹ‘yilgan. O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida xalqaro munosabatlarning 
to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch 
ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni 
tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga 
va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi 
(O‘zb.Res.Kons 17-modda). Yuqoridagilardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, 
O‘zbekiston mustaqil davlar sifatida boshqa davlatlar bilan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, 
diplomatik va boshqa aloqalarni yo‘lga qo‘ya oladi. O‘zining tashqi siyosatini o‘zi 
mustaqil belgilaydi va Xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘la oladi. Buning isboti sifatida 
bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining bir qancha xalqaro tashkilotlar (BMT, 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
896


YUNESKO, YUNISEF, YXHT, SHXT, MDH va h.klar) ga a’zo ekanligini ko‘rsatib 
o‘tishimiz mumkin. Bundan tashqari O‘zbekiston xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya
denonsatsiya hamda implemintatsiya qilish huquqiga ham ega. O‘zbekiston 
Respublikasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari 
to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingunga qadar 1990-yil 20-iyunda qabul qilingan 
“Mustaqillik dekloratsiyasi”
amal qilar edi. Ushbu deklaratsiya 12 ta moddadan iborat. 
Unga ko’ra: 
“O‘zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z 
hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabarlardagi tanho 
hokimligidir”
, - deya belgilangan edi.
Muammoli vaziyatlar sifatida xalqaro tajribada shularni ko‘rishimiz mumkinki, 
yaqin tarixda mustaqilligiga tahdid solingan va hozirgi kunda ham suverenitetiga 
tahdid solinayotgan davlatlar mavjud. Birgina misol, Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining nizomida quyidagicha bayon qilingan:
“Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘zlagan maqsadlari-xalqaro tinchlik va 
xavfsizlikni saqlash vas hu maqsadda tinchlikka tahdidning oldini-olish va uni bartaraf 
etish va tajovuz harakatlari yoki tinchlikka raxna soluvchi boshqa harakatlarni 
bostirish uchun birgalikda samarali choralar ko‘rish hamda adolat va xalqaro huquq 
prinsiplariga asoslangan holda tinchlik vositalaridan foydalanib, tinchlikning 
buzilishiga olib keluvchi xalqaro nizo yoki vaziyatlarni tinchitish yoki hal etish…” 
(BMT nizomI 1-modda). BMT nizomida ko‘rsatilgan xalqaro huquqning umume’tirof 
etilgan prinsiplarida ham kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik hamda 
chegaralarning daxlsizligi kabi qoidalar mavjud. Ushbu qoidalarni O‘zbekiston 
Respublikasi o‘zining asosiy qomusi bo‘lgan konstitutsiyasining 17-moddasida, 
shuningdek muqaddimasida ham belgilab qo‘ygan. Aynan BMT ga a’zo bo‘lgan 193 
ta davlat ushbu qoidaga amal qilishi kerakligi barchamizga ma’lum. Negaki, BMT ga 
a’zo davlatlar u tomonidan qabul qilingan nizom va xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya 
qiladi. Ammo, bugungi kunda Ukraina suverenitetiga BMT ning doimiy a’zosi bo‘lgan 
Rossiya davlati ochiqdan-ochiq tahdid solmoqda. Bundan tashqari Afg‘oniston davlati 
mustaqilligiga ham tahdid solingan.
Statistika bo‘yicha dunyoda urush o‘choqlari talaygina. Afg‘oniston, Suriya, Iroq, 
Yaman kabi davlatlar shular jumlasidandir. Lekin yaqin vaqt ichida faol harbiy 
harakatlar boshlanishi ehtimoli yuqori bo‘lgan shunday hududlar borki (Venesuella, 
Yaqin Sharq, Isroil chegaralari, Liviya, Koreya yarimoroli, Eron va h.klar), arzimas 
sabab ham u yerda uzoq muddat qon to‘kilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday 
muammolar qachon yuzaga keladi bilasizmi? Qachonki qonunchilik yuqori darajada 
ta’minlanmaganida. Bizlar asosiy e’tiborimizni bugungi kunda huquqiy ong va 
huquqiy madaniyatga qaratishimiz lozim. Jamiyatda yashovchi har bir insonga 
vatanparvarlik ruhini singdirishimiz, mana shunday muammoli vaziyatlarni xalqaro 
darajada hal etish uchun belgilangan huquqiy normalar hamda xalqaro tan olingan 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
March 2023 / Volume 4 Issue 3
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
897


prinsiplarni hayotda ijro e’tilishini, shuningdek uning jahon hamjamiyatida 
ta’minlanishi ilgari surishimiz lozim. Bunday muammolar qachon yuzaga keladi 
bilasizmi? Qachonki qonunchilik yuqori darajada ta’minlanmaganida. Negaki bunday 
qoidalar nafaqat milliy, balki xalqaro darajada belgilab qo‘yilgan. Chunki tinchlik va 
osoyishtalik faqatgina bittagina davlatning qo‘lida emas. Bejizga ota bobolarimiz, 
“Qo‘shning tinch-sen tinch”
, deyishmagan. Birgina davlatda urush bo‘lsa uning ta’siri 
20-30 ta davlatga ham ziyon keltirishi mumkin. Umuman olganda, BMT tinchlik va 
xavfsizlikni himoya qilish maqsadida tuzilgan! 
Suveren demokratik O‘zbekistonda eng oliy maqsad-insonparvar huquqiy 
demokratik davlat barpo etish va yuksak taraqqiy etgan fuqarolik jamiyatini qurishdir. 
Bugungi kunga kelib O‘zbekiston suverenitetini butun jahon tan olishni boshlamoqda. 
Buning yaqqol isboti sifatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Miromonovich Mirziyoyevning suveren davlar rahbari sifatida BMT Bosh 
Assambleyasining 75-sessiyasida ilk bor o‘zbek tilida nutq so‘zlaganligini misol qilib 
keltirishimiz mumkin.
O‘zbekistonning mustaqilligi ramzi bo‘lmish humo qushi kabi bugun bizdek 
yoshlar qanot yozib parvoz qiladigan davrimiz. Qonunchiligimizdagi normalarning 
bari inson qadri uchun. Konstitutsiyamizda alohida bitta bo‘limning bizlar (inson va 
fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari) ga bag‘ishlanganligining o‘zi 
ham katta imkoniyat. Bugungi kunda yangi taraqqiy etayotgan mustaqil O‘zbekistonda 
kafolatlab qo‘yilgan huquqlarimizdan oqilona foydalanib, bor e’tiborimizni o‘qishga 
qaratishimiz lozim. Mustaqillik-bu bebaho ne’mat. Har kim ham mustaqil davlatda 
yashamaydi. Yangi O‘zbekistonda el aziz-inson aziz! 

Yüklə 247 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə