O’zbеkistоn rеspublikаsi sоg’liqni sаqlаsh vаzirligi tоshkеnt tibbiyot аkаdеmiyasi


Spondiloartropatiyalarning umumiy belgilari: (Wollheim. 1993 y)



Yüklə 1,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/28
tarix07.10.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#125962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Серонегатив ҚодироваШ УЗБ1

Spondiloartropatiyalarning umumiy belgilari: (Wollheim. 1993 y)
Ileosakral bitishmalarning patologik jarayonga qo‘shilishi;
Entezopatiyalar rivojlanishi;
Oyoqlarda asimmetrik periferik artrit;
Oila a’zolarida SNSA guruhiga kiruvchi kasalliklardan birining mavjudligi;
Teri, ko‘z, ichak, urogenital traktda bo‘g‘imdan tashqari belgilarning namoyon 
bo‘lishi; 
Revmatoid omilga nisbatan manfiy reaksiya aniqlanishi;
HLA-B27 bilan bog‘liqlik xosligi. 
Seronegativ spondiloartritlarning tashxis mezonlari:
(Armor et al., 1995) 
KLINIK YОKI ANAMNESTIK BELGILARI:

Bel sohasidagi tungi og‘riqlar va ertalabki karaxtlik – 1 ball. 

Asimmetrik oligoartrit – 2 ball. 

Yonbosh sohasidagi o‘tib ketuvchi og‘riqlar – 2 ball. 

Qo‘l va oyoq barmoqlarining sosiskasimon o‘zgarishi – 2 ball. 

Talalgiya va boshqa entezopatiyalar – 2 ball. 

Irit - 2 ball. 

Gonokokkli bo‘lmagan uretrit yoki servitsit artrit boshlanishdan 1oy 
oldin - 1 ball. 

Artrit boshlanishdan oldin diareya – 1 ball. 
Hozirda yoki anamnezda psoriaz yoki balanit, surunkali enterokolit – 2 ball 
RENTGENOLOGIK BELGILARI: 
 
Sakroileit/ ikki tomonlama II yoki III-IV bosqich – 3 ball. 
 
 



GENETIK XUSUSIYaTLARI: 
Qarindoshlarida HLA-B27 bo‘lishi, anamnezida pelviospondilit, Reyter 
sindromi, psoriaz, uveit, surunkali kolit – 2 ball 
DAVO MUOLAJALARIGA SEZGIRLIGI: 
 
Kasallik erta qaytalanganda YaQNV qabul qilgandan keyin 48 soat ichida 
og‘riq kamayishi yoki barqarorlashishi – 1 ball. 
12ta mezon bo‘yicha ballar yig‘indisi 6 ga teng va undan yuqori bo‘lsa, 
kasallik tasdiqlanadi.
Ankilozlanuvchi spondiloartrit (Bexterev-Shtryumpel-Mari) kasalligi
). 
Birinchi marta bu kasallikni 1901 yili rus nevropatologi Vladimir Bexterev 
aniqlagan. Bu spondiloartropatiyalarga kiruvchi, yallig‘lanish bilan kechuvchi
umurtqaning dumg‘aza- yonbosh chigalini zararlovchi surunkali kasallikdir. 
Asosan jarayonning umurtqa pog‘onasi bo‘g‘imlari, dumg‘aza-yonbosh bitishmasi 
va paravertebral yumshoq to‘qimalarni zararlashi xos. Birlamchi (idipatik) va 
ikkilamchi (reaktiv artrit bilan bog‘liq,psoriaz va ichak yallig‘lanish kasalliklari 
bilan bog‘liq) shakllari bor. Kasallik o‘smir va yoshlarda ko‘p uchrab, erkaklar 
3marta ko‘proq kasallanadi.
Umurtqa pog‘onasi va periferik bo‘g‘imlarning 
zararlanishi nogironlikga olib keladi. 

Yüklə 1,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə