Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə9/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89
sitologiya majmua

Mashg'ulot jihozlari: bakteriya hujayrasi, o'simlik va hayvon hujayrasi tasvirlangan slaydlar va jadvallar.

        1. Hujayra - tirik organizmlarning tuzilish asoslari. Yashash jarayonlarini ta'minlovchi hamda irsiy belgilarni o'zida mujassamlashtirgan tuzilmadir. Binobarin, o'simlik yoki hayvonlar bir butun organizm holida hujayralar va hujayralararo tuzilmalar yig'indisidan tarkib topgan. Fiziologik holatiga ko'ra, hujayralar shakli va tarkibi har xilligi bilan bir - biridan farq qiladi, ya'ni hujayralarning vazifasi ularning shaklini belgilaydi. Tarixiy biologik rivojlanish nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak, hayot er yuzasidagi jonsiz materiyaning jonli materiyaga aylanishdan, aniqrog'i, hujayralar paydo bo'lishidan kelib chiqqan. Masalan, dastlab yumaloq shakldagi oqsilli eng sodda tanachalar paydo bo'lgan. So'ng ular tanasida moddalar almashinuvi jarayoni paydo bo'lgan. Yillar o'tishi bilan tarixiy biologik rivojlanish davom etib, atrof -muhit o'zgarishi va yashash sharoitining yana ham murakkablashishi oqibatida asta- sekin murakkab tuzilgan yangi organizmlar paydo bo'la boshlagan. Bu esa, albatta, ular tanasidagi oqsillar tuzilishiga ham tarkibiy o'zgarishlar kiritgan, natijada ular turli vazifalarni bajarishga ham moslashib borgan. Ma'lumki, hozirgi fan nuqtai nazaridan qaraganda, tirik organizmlarning rivojlanishida nuklein kislotalar- DNK va RNKlar asosiy vazifani bajaradi. Ular o'zida genetik ma'lumotlarni saqlab keladi va organizm uchun zarur bo'lgan oqsil moddalarni sintezlaydi .

        2. Tiriklikning hujayrasiz va hujayraviy shakllari.Qaysi hujayra va organizmda metabolizm (moddalar almashinuvi), ko'payish, harakatlanish kabi jarayonlar sodir bo'lib tursa u tirik hisoblanadi. Rang - barang organik olamda tiriklikning ikki xil: hujayrasiz va hujayraviy shakllari tafovut etiladi.

Hujayrasiz shaklga viruslar kiradi. Hujayraviy shaklga prokariotlar, eukariotlar mansubdir. Virusning mavjudligi 1892 yilda ilk bor botanik olim D.I. Ivanovskiy tomonidan, tamaki bargining kasalini o'rganish natijasida topilgan. Bu mavjudotlar mayda bo'lib, bakterial filtrdan ham o'tib ketadi. Viruslar o'z tuzilishiga ko'ra o'ta sodda bo'ladi. Ularda oqsil g'ilof (kapsid) ga o'ralgan bir molekula nuklein kislotasi mavjud. Ko'pgina viruslar ustidan oqsil va lipiddan iborat yana bir parda - adperkapsid bilan o'ralgan. Viruslarning tuzilishi faqatgina elektron mikroskop orqali o'rganiladi.
Hujayralardan tashkil topgan tirik tabiat olamining barcha organizmlari ikki yirik guruhga bo'linadi.

          1. Prokariotlar (pro- avvalgi, karion - yadro) bakteriyalar, ko'k yashil suv o'tlari, yadrosiz hujayralar. Ularning oziqlanishi geterotrof, ba'zilarida avtotrof yoki fotoavtotrof jarayonlari bilan boradi, ko'payishi - jinssiz.

          2. Eukariotlar - bir hujayralilar, zamburug'lar, o'simlik va hayvon hujayralari.

Bakteriyalar juda xilma - xil bo'lib, ular murein moddasidan iborat zich qobiq bilan o'ralgan bo'ladi. Ko'pgina bakteriya hujayralari shilliq kapsula- qo'shimcha himoyaviy pardaga ega. Bakteriyalarda ribosomadan boshqa hujayra ichki organoidlari bo'lmaydi. Uning genetik materiali halqa hosil qilgan DNKdan - genofor yoki nukleoiddan iborat. Bu DNK eukariot hujayralardan farq qilib, nukleogistonlardan holidir. DNK tarkibidagi genlar soni odamning DNKsidagi genlardan 500 marta kam. Hujayrada genetik apparatni sitoplazmadan ajratib turuvchi membranali tuzilma - shakllangan yadro bo'lmaydi. Sitoplazmasida plazmidalar ( DNK ning halqadan tashqari fragmentlari) bo'lib ular bakteriya hujayrasining bir qator irsiy belgilarni nazorat qiluvchi genlardan tuzilgan. Plazmidalar mustaqil replikasiyalanadi va nasldan -naslga irsiylanadi. Gen muxandisligida keng qo'llaniladi. Ba'zi bakteriyalarning plazmatik membranasi hujayra ichiga botib kirib mezosomalarni hosil qiladi. Mezosomalar hujayra burmalari bo'lib yuzasida nafas olish jarayonida ishtirok etuvchi ya'ni organoidlar vazifasini bajaradigan fermentlar joylashadi(4rasm). Fotosintezlovchi bakteriyalarda mezosoma burmalari orasida fotosintez pigmenti joylashadi. Bakteriyalar oddiy - har 20 minutda bo'linib turadi. Bu holat kasallik chaqiruvchi bakteriyadan ozginasi organizmga kirib qolsa, tezda ko'payib kasallik alomatlarini yuzaga keltirishini ko'rsatadi. Ba'zi hollarda bakteriyalar bir biriga o'ta yaqin kelib, o'zaro genetik materialini almashtiradi (kon'yugasiya). Bunday genetik rekombinasiya natijasida yangi irsiy materialga ega bolgan bakteriya hosil bo'ladi.


Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə