Mundarija kirish I bob bakterialarning tabiati hamda turlari



Yüklə 124,88 Kb.
səhifə1/5
tarix24.12.2023
ölçüsü124,88 Kb.
#158101
  1   2   3   4   5
Bakterialarning tabiatda va xòjalik sohasidagi roli



MUNDARIJA


KIRISH ………………………………………………………………………3


I BOB BAKTERIALARNING TABIATI HAMDA TURLARI……………

    1. Bakterialarning tabiati………………………………………………………

    2. Bakteriyalar turlari………………………………………………………….



II BOB BAKTERIALARNING TABIATDA VA XO’JALIK SOHASIDAGI ROLI BAKTERIYA HUJAYRASI STRUKTURASI……….
2.1 Bakteriyalarning morfologik tiplari…………………………………………..
2.2 Bakterial hujayralar , ularning tasnifi asos bo'lgan turli shakllari bo'lishi……
2.3 Tashqi muhit omillarning mikroorganizmlarga ta’siri………………………..
Xulosa…………………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi Ushbu o`quv dastur umumiy mikrobiologiya fani predmeti, tarixi, maqsadi va vazifalari; fanning tadqiqot uslublari, obyektlari; umumiy mikrobiologiyaning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi; hozirgi zamon mikrobiologiyasining asosiy metodologik aspektlari; fanning sanoatdagi, qishloq xo’jaligi va ekologik muammolarni yechishdagi o’rni; fanning nazorat turlari va baholash mezonlari; umumiy mikrobiologiyaning biologiya sohasi bo`yicha mutaxassislar tayyorlashdagi o’rni kabi masalalarni qamraydi.
Fanning maqsadi va vazifalari Umumiy mikrobiologiyani o’qitishdan maqsad talabalarga hozirgi zamon biologiyasi va chegaradosh fanlar yutuqlariga asoslangan yangi fan yo’nalishlari yaratish va uning nazariy asoslaridan bilim berishdan iborat. Mikroskopik organizmlar olami juda keng va rang-barangdir. Ular ichida prokariot mikroorganizmlar ayrim o’rin tutadi va ayrim olamni tashkil qiladi. Biolog talabalar mikroorganizmlar olamining xilma-xilligi va asosiy prokariotlar vakillari bilan tanishishlari, ularni tabiiy jarayonlarida qatnashishlari va odam xayotidagi buyuk ahamiyatlari xakida tassavurga ega bo’lishlari kerak. «Umumiy mikrobiologiya»ni o`rganish quyidagi vazifalarni oldiga qo’yadi, ya’ni prokariotlar olamining morfologiyasi, hujayra tuzilishini, ko’payishi ularni tabiatda tarqalishi, odam hayotidagi ahamiyati, ularga har xil tashqi faktorlar ta’siri, tabiatda azot uglerod va boshqa moddalarni sirkulyasiyasidagi roli, mikroorganizmlarni o’zaro munosabatlari kabi jixatlarini o’rganishdir.
Nazariy bilim olish bilan birga talaba mikroskop bilan ishlash preparatlar tayyorlashni, sterilizasiya usullarini, boyitilgan kulturalar olish, mikroorganizmlarni azot va uglerod almashinuvida qatnashishini, viruslarni yuqtirish, diagnostika qilish o’rganishi kerak.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar Umumiy mikrobiologiya sohasidan quyidagilarni bilishi kerak:
- umumiy mikrobiologiyani o’rgangan talaba hozirgi zamon biologiyasi doirasida mikroorganizmlarning roli va ularni ahamiyatini chuqur bilishi;
- mikroorganizmlar tuzilishining xilma-xilligi va ularni xalq xo’jaligida, tibbiyotdagi, qishloq xo’jaligidagi rolini ;
- foydali prokariotlarni ajratish va ulardan antibiotiklar, biologik faol moddalar olish, biologik kurash choralarini ishlab chiqish metodlarini bilishi va hokazo. Fanning o’quv rejadagi va boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
Umumiy mikrobiologiya fanlari immunologiya, biokimyo, molekulyar biologiya, zoologiya, botanika sohasidagi maxsus fanlar bilan chambarchas bog’langan. Umumiy mikrobiologiya bakteriyalar va viruslarning tavsifi, morfologiyasi, klassifikasiyasi, oziqlanishi va ular asosida bo’ladigan jarayonlarni tasnifini o’rganish bilan shug’ullanadi xamda ulardagi tadqiq etish usullaridan keng foydalaniladi.

Yüklə 124,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə