O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta


Marketingni boshqarishning



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə3/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Marketing 08972

Marketingni boshqarishning funktsional tizimlari va uni tashkil etishning shart-sharoitlari

Bozor (market) - tovar xo’jaligining iqtisodiy kategoriyasi bo’lib, tovar ishlab chiqarish va muomalasi qonunlari asosida tashkil etilgan ayirboshlashdir. Boshqacha qilib aytganda, bozor sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) va xaridor (iste’molchi)lar o’rtasida sodir bo’ladigan barcha iqtisodiy munosabatlar yig’indisini o’z ichiga oladi:


Bozor aloqalari va munosabatlari oldi-sotdi akti sifatida oddiy tovar ayirboshlashdan tubdan farq qiladi. Bu avvalambor tovar-pul munosabatlarining takror ishlab chiqarishning mumkinligi va zarurligi hamda tovar xo’jaligini yuritishning sharoitlarida ko’rinadi. Bozor mexanizmi xaridor talabini qondirishga, ishlab chiqarish harakatlarini qoplay olishga, barqaror ishlayotgan har bir korxonaning foydaliligini ta’minlashga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga, manfaatdorligini paydo qilishga va mahsulot sifatini oshirishga qodir xo’jalik yuritish qurolidir.
Vaqt o’tishi bilan ayirboshlash jarayonida qatnashuvchilar bu jarayonni zamonaviylashtirishga urinadilar. Jumladan, sotuvchilar o’z marketing boshqarishlari borasidagi katta malakaga erishadilar. Marketingni boshqarish quydagicha izohlanadi:
Marketingni boshqarish - bu tahlil, rejalashtirish, hayotga tadbiq etish va korxona uchun foyda keltiradigan sotish hajmini ko’paytirish, bozorda o’z mavqeini oshirish kabi korxona maqsadlarini amalga oshirish uchun xizmat qiladigan xaridor bilan bo’ladigan samarali ayirboshlashni tashkil qilish va mustahkamlashga qaratilgan harakatlarni nazorat qilishdir.
Marketing boshqaruvchisi ko’pincha mutaxassis sifatida yuzaga chiqib, o’z firmasi ishlab chiqargan tovarlarni olishga qancha mijoz kerak bo’lsa, shuncha mijozni topishga astoydil harakat qiladi. Ammo bu - uning vazifalari to’g’risida juda tor tushuncha. Marketing boshqaruvchisi faqatgina talabni yaratish va kengaytirish bilangina emas, balki talabni o’zgarishi muomalalari bilan, ba’zida esa qisqartirish vazifasi talabning darajasiga, vaqtiga va xarakteriga shunday ta’sir ko’rsatish kerakki, bunda korxona o’z oldida turgan maqsadlariga to’liq erishsin. Qisqacha qilib aytganda, marketingni boshqarish - bu talabni boshqarishdir.
Korxona o’z tovarlariga bo’lgan talab darajasini oldindan o’zi uchun qulay variantni ishlab chiqadi. Har qanday bir vaziyatni olsak, bu davrda talabning haqiqiy darajasi korxona uchun qulay variantidan past, unga teng yoki undan oshiq bo’lishi mumkin hamda shu holatlar bilan marketingni boshqarib ishlashga to’g’ri keladi.
Marketing boshqaruvchilari - bu firmaning mansabdor shaxslari bo’lib, marketing holatlarini tahlil qilish bilan rejalashtirish, faoliyatlarini hayotga tadbiq qilish yoki tekshiruv funktsiyasini amalga oshirish bilan shug’ullanadilar. Bu toifaga sotish buyicha boshqaruvchi, sotish xizmati rahbari, sotishni rivojlantirish bo’yicha mutaxassislar, marketing tadqiqotchilari, tovar bo’yicha boshqaruvchilar va baholarni o’rnatish muammosi bo’yicha mutaxassislar kiradi.
Marketingni boshqarishni asosiy mazmuni bu talabni boshqarish deb qaraladi. Shunday ekan talabni turlari va bu talabning turli holatlarida marketingning qanday yo’l tutishini ko’rib chiqish kerak. Talabning asosiy turlari 8 ta bo’lib, ular qo’ydagilardan iborat:


  1. Yüklə 210,77 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə