O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə6/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Marketing 08972

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Ishlab
3. Marketingni boshqarish kontseptsiyalari

Marketingni boshqarishni turli xil bozorlarda korxona uchun ma’qul bo’lgan darajada mahsulot sotilishiga erishish masalalarini hal etish sifatida xarakterlanadi. Ammo bu erda turli savollar kelib chiqadi. Qanday kontseptsiya marketing harakatlarini yo’naltirishi kerak? Qanday qilib korxona, mijoz va jamoa qarashlarini solishtirishi kerak? Ko’pincha, bu qarashlar bir- biriga zid keladi. Marketing faoliyati qandaydir yagona kontseptsiya asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.


Marketing faoliyatini tijorat korxonalari 5 ta asosiy kontseptsiya asosida amalga oshiradilar. Ular quyidagilar:

  1. Ishlab chiqarishni mukammallashtirish kontseptsiyasi.

  2. Tovarni mukammallashtirish kontseptsiyasi.

  3. Tijorat harakatlarini intensifikatsiyalash kontseptsiyasi.

  4. Marketing kontseptsiyasi.

  5. Ijtimoiy-etnik marketing kontseptsiyasi.

Ishlab chiqarishni mukammallashtirish kontseptsiyasi. Bu sotuvchilar tomonidan qo’llanadigan eng qadimgi usullardan biridir. Ishlab chiqarishni mukammallashtirish kontseptsiyasi shunday talqin etiladi: iste’molchilarning xohishi bu keng tarqalgan va narxi arzon mahsulotlarning mavjud bo’lishidir. Bu esa boshqaruvchilarga yangi vazifalarni yuklaydi, ya’ni endi ular ishlab chiqarishni mukammallashtirish, zamonaviylashtirish va taqsimot tizimini natijalarini olishga harakat qilishlari zarur bo’lib qoladi.
Ishlab chiqarishni mukammallashtirish kontseptsiyasi ikki xil holatda ishlatiladi. Birinchisi, agar tovarga bo’lgan talab taklifni oshirgan holatda. Bunday paytda rahbariyat ishlab chiqarishni kengaytirish yo’llarini izlashga etiborini qaratishi zarur. Ikkinchisi, agar tovar tannarxi judayam yuqori bo’lsa va uni kamaytirish zarur bo’lib qolgan holatda. Buning uchun esa ishlab chiqarish samaradorligini oshirish kerak. Genri Fordning kontseptsiyasi shundan iborat ediki, u «T» modelni ishlab chiqarishni cho’zib, mashina tannarxini pasaytirib, narxni hamma iste’molchilar olishi uchun to’g’ri keladigan qilib qo’ydi. Bugungi kunda bu usuldan «Teksas instruments» korporatsiyasi foydalanmoqda. Bu korporatsiya ishlab chiqarish hajmini kengaytirib, xarajatlarni kamaytirib, o’z tovarlarining narxini tushirishga erishdi. Bu kontseptsiyani tatbiq etgan firma Amerika bozorida qo’l kalkulyatorlari ishlab chiqarish bo’yicha 1-o’ringa chiqib oldi. Shundan keyin bu firma xuddi shu strategiyani qo’l soatlariga qo’lladi, ammo u omadsizlikka uchradi. «Teksas instruments» soatlari arzon bo’lsa ham ular iste’molchilarga yoqmadi.
Ishlab chiqarishni mukammallashtirish kontseptsiyasini ayrim xizmat ko’rsatish korxonalari ham qo’llashadi. Ko’pgina tibbiy va stomotalogik tashkilotlar konveyer usulida tashkil etilgan. Bu usulda yana ayrim davlat tashkilotlari, shu jumladan, mehnat birjasi va haydovchilik guvohnomasi beruvchi idoralar ishlatadi. Bu tashkilotlar har soatda juda ko’p mijozlarga xizmat ko’rsatsa ham bu xizmatlardan qoniqmay shikoyat qiluvchilar ham bor.

Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə