O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 3,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/111
tarix08.11.2018
ölçüsü3,37 Mb.
#79363
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111

 
245 
32.
 
Metod – bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisi. 
33.
 
Metodologiya  –  tadqiqot,  tekshirish  usuli  bo‘lib,  bilishning  nazariy  va  amaliy  o‘zlashtirish  usullari 
yig‘indisidir. 
34.
 
Motiv – ma‘lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq faoliyatga undovchi sabab. 
35.
 
Motivasiya – odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui. 
36.
 
Malaka – mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarilishining avtomatlashgan usullari. 
37.
 
Mehnat  psixologiyasi  -  kishi  mehnat  faoliyati  psixologik  xususiyatlarini,  mehnatni  ilmiy  asosda  tashkil 
etishning psixologik jihatlarini o‘rganadigan fan. 
38.
 
Mehnat  faoliyati  psixologiyasi  –  bu  psixologiyaning  bir  sohasi  bo‘lib,  inson  shaxsini  mehnat  subyekti 
sifatidagi  shakllanishi    xususiyatlarini,  mehnatning  shart-sharoitlari,  yo‘llari  va  usullarini  ilmiy  jihatdan 
o‘rganadi. 
39.
 
Mehnat – inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o‘zgartirishga  qaratilgan maqsadli faoliyat. 
40.
 
Mutaxassislik  –  faoliyatning  aniq  shakli  bo‘lib,  mehnat  egasining  kasbiy    tayyorligi,  mehnat  vositalari, 
mehnat jarayoni va maqsadining maxsus xususiyatlari bilan belgilanadi. 
41.
 
Mehnat subyekti (egasi) – bu faol harakat qiluvchi, anglash va o‘zgartirishga layoqatli, ong va iroda bilan 
ish olib boruvchi individ yoki ijtimoiy guruh. 
42.
 
Muloqot – ikki yoki undan ortiq odamlarning o‘zaro bir-biriga ta‘sir etishi. 
43.
 
Melanxolik  –  temperament  turlaridan  biri  bo‘lib,  psixik  faollikning  sust,  tez  ta‘sirlanuvchanlik,  xatto 
arzimagan narsalar uchun ham juda chuqur ta‘sirotga berilishi bilan xarakterlanadi.  
44.
 
Monologik nutq – bir odamning o‘z fikrlarini og‘zaki yoki yozma ravishda ifodalash nutqi. 
45.
 
Monolog – ma‘ruzachi tomonidan nutq so‘zlanishi, ma‘ruzachi aktiv, tinglovchi passiv bo‘lgan jarayon. 
46.
 
Mobil  shaxs  –  shaxsning  bir  faoliyat  turidan  boshqasiga  o‘tish  va  moslashish  imkoniyatining  yuqori 
darajada kuzatilishi. 
47.
 
Negativizm – individning  har  qanday sharoiitda ham  guruh  fikriga  qarshi turishi  va o‘zicha  mustaqil  fikr, 
mavqyeni namoyon qilishi. 
48.
 
Norasmiy  –  odamlarning  birgalikdagi  muloqot  va  faoliyatlarida  ular  orasidagi  munosabatlarning  o‘zaro 
ishonch, bir xil qarash va maqsadlarning ko‘zda tutilishi. 
49.
 
Noverbal – nutqsiz ifodalangan harakat, mimika, xolatlarning boshqa shaxsga yo‘naltirilishi. 
50.
 
Nizolar  –  o‘zaro  ta‘sir  ko‘rsatayotgan  kishilarning  qarama-qarshi  turishi,  bunda  fikrlar,  pozisiyalar, 
qarashlar teskariligi kuzatiladi. 
51.
 
Nizo turlari – nizolarning kimlar orasida yuzaga kelishiga ko‘ra farqlari: shaxslararo, guruhlararo, shaxsiy, 
etnik,  milliy;  namoyon  bo‘lish  xususiyatiga  ko‘ra:  ochiq,  yopiq,  uzoq  muddatli,  qisqa;  mavqye  yoki 
darajaga ko‘ra: vertikal va gorizontal; yo‘nalishiga ko‘ra: destruktiv va konstruktiv. 
52.
 
Nizo bosqichlari – uch bosqichda, ya‘ni nizo oldi, nizo va nizodan keyingi bosqichlar. 
53.
 
Nizo  hal  etish  yo‟llari  –  komromiss,  ya‘ni  kelishuv;  joyida  hal  etish;  nizodan  chekinish;  orqaga  surish; 
qochish. 
54.
 
Operativ  xotira  –  xotira  turlaridan  biri  bo‘lib,  faoliyat  bajarish  jarayonida  uzoq  xotiradan  vaqtincha 
foydalaniladi. 
55.
 
Oila – turmush qurish, qarindosh-urug‘chilik asosidagi kichik guruh. 
56.
 
Psixika –  yuksak darajada tashkil topgan  materiya,  miyaning  funksiyasi bo‘lib,  uning  mohiyati tuyg‘ular, 
idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar ko‘rinishida aks ettirishdan iborat. 
57.
 
Psixik jarayonlar – u yoki bu psixik maxsult va natijalarni (psixik obrazlar, xolatlar, tushunchalar, xissiyot 
va x.k.) xosil qiluvchi, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi jarayon. 
58.
 
Psixologiya – odamning obyektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg‘u-hissiyot va boshqa psixik xolatlar 
orqali aks ettirish jarayonini o‘rganadigan fan. 
59.
 
Psixik  holatlar  –  psixik  hayot  shakllari,  diqqat,  hissiyot,  iroda  jarayonlariga  aytiladi.  P.H. 
(xushchaqchaqlik,  ruhlanish,  siqilish,  ziyraklik,  qat‘iylik,  tirishoqlik  v.b.)  shaxslarda  ma‘lum  darajada 
barqaror bo‘lib, ularning muayyan xususiyatiga ham aylanib qoladi. 
60.
 
Pilotaj  tadqiqot  –  tadqiqotning  muammoli  izlovchi  turi,  asosiy  tadqiqotgacha  o‘tkaziladigan  va 
soddalashtirilgan shakli. 


 
246 
61.
 
Psixodiagnostika  –  shaxsning  individual-psixologik  xususiyatlarini  aniqlovchi  va  o‘lchashni  ishlab 
chiquvchi psixologiya usuli. 
62.
 
Psixologiya  metodlari  –  psixik  xodisalarni  va  ularning  qonuniyatlarini  ilmiy  tomondan  o‘rganishning 
asosiy yo‘l-yo‘riq va usullari. 
63.
 
Psixokorreksiya – shaxsning psixik rivojlanishidagi kamchiliklarni tuzatish usullarini qo‟llash jarayoni. 
64.
 
Psixologik xizmat  – psixologiyani  amaliyotda qo‘llash tizimi.  U turli  sohalarda diagnostika, konsultasiya, 
ekspertiza vazifalarini bajaradi. 
65.
 
Psixologik  maslahat  –  shaxsning  turli  darajadagi  o‘z  muammolarini  yakka  tartibda  psixolog  bilan  tahlil 
etishiga qaratilgan psixologik xizmat turi.   
66.
 
Polilog – guruh ichidagi munozara bo‘lib, barcha ishtirokchilar faoolashuvi kuzatiladi. 
67.
 
Perseptiv tomon – shaxslararo munosabatlarda tushunish, his etish, idrok etishga qaratilgan jarayon. 
68.
 
Professiografiya – mehnat subyektining faoliyat tarkiblari (uning mazmuni, vositalari, sharoitlari, tashkilot) 
bilan o‘zaro munosabati va bog‘liqligini o‘rganish va aniqlashga qaratilgan kompleks metod. 
69.
 
Professiogramma –  kasbning turli obyektiv xarakteristikalarining tasnifi. 
70.
 
Psixogramma –  faoliyatning psixologik xarakteristikalarining tasnifi. 
71.
 
Rigid shaxs – shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o‘tish va moslashish imkoniyatining past darajada 
kuzatilishi. 
72.
 
Rasmiy  –  odamlarning  birgalikdagi  faoliyatlarida,  ijtimoiy  rollar  taqsimotida  mavqye,  martabaning 
inobatga olinishi 
73.
 
Real – birgalikdagi faoliyat jarayonida bevosita muloqot amalga oshishi imkoniyati.  
74.
 
Referent guruh – shaxsning har tomonlama ishongan, o‘ziga yaqin tutgan guruhi. 
75.
 
Sangvinik  –  temperament  turlaridan  bo‘lib,  chaqqon,  harakatchan,  taassurotlari  tez  o‘zgaradigan, 
boshqalarga nisbatan dilkashlik, mehribonlik xislatlari bilan xarakterlanadi. 
76.
 
Sanoat  psixologiyasi  –  sanoat  va  ishlab  chiqarishda  turli  yuzaga  keladigan  muammo  va  xolatlarni 
psixologik va ijtimoiy omillarini tahlil qilib olishga qaratilgan xizmatlari turi. 
77.
 
Simpatiya – bir kishida boshqasiga nisbatan kuzatiladigan moyillik va yoqimlilik hislarining ichki namoyon 
bo‘lishi.  
78.
 
Sosiologiya  –  jamiyatda  yuz  beradigan  turli-voqyea-xodisalarni  va  o‘zaro  munosabatlarni  o‘rganishga 
qaratilgan fan. 
79.
 
So‟rov – asosiy metodlardan biri bo‘lib, nutq muloqoti yordamida bevosita yoki bavosita ma‘lumot olinadi. 
80.
 
Ta‟lim maskanlari psixodiagnostikasi – shaxsni ta‘lim tizimda qobiliyati, iqtidori, iste‘dodini aniqlab olish 
maqsadida olib boriladigan psixologik xizmat turi. 
81.
 
Test  –  sinaluvchini  tekshirish  jarayonida  maxus  qo‘llaniladigan  metodlardan  biri  bo‘lib,  bu  metod  orqali 
aniq bir psixologik xususiyat aniqlanadi. 
82.
 
Tushuncha  –  narsa  va  xodisalarning  muhim  belgi  va  xususiyatlarini  bitta  so‘z  yoki  so‘zlar  guruhi  bilan 
ifodalashdan iborat tafakkurning mantiqiy shakli. 
83.
 
Tushunish – biror narsaning ma‘nosi va ahamiyatini anglash qobiliyati, asosiy erishilgan natijasi. 
84.
 
Tahlil – tafakkur qilish usuli, bunda murakkab obyektlar qismlarga bo‘linib o‘rganiladi. 
85.
 
Taqqoslash  –  narsa  va  xodisalar  o‘rtasidagi  o‘xshashlik  va  tafovutlarni  aniqlashga  asoslangan  fikrlash 
operasiyasi. 
86.
 
Trening – mashq qilmoq, guruxlarda muloqotning samarali tashkil etish usuli bo‘lib, shaxsning muloqotga 
o‘rgatish va obro‘li bo‘lishini rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladi. 
87.
 
Temperament  –  shaxsning  individual-psixologik  xususiyatlari  majmui  bo‘lib,  u  kishida  faoliyat  va  xulq-
atvorning dinamik va emosional tomonlari bilan xarakterlanadi. 
88.
 
Tobe  shaxs  –  muloqot  va  boshqa  jarayonlarda  shaxsda  ko‘nikuvchanlik,  boshqa  kishilarga  bog‘liqlik, 
fikriga bo‘ysunish xususiyatlarining tarkib topishi.  
89.
 
Umumlashtirish  –  voqyelikdagi  narsa  va  xodislarni  umumiy  va  muhim  belgilariga  qarab  fikran 
birlashtirishdan iborat tafakkur jarayoni. 
90.
 
Uyushganlik  –  guruh  a‘zolarining  bir-birlarini  yaxshi  bilishlari,  bir-birlarining  dunyoqarashlari,  hayotiy 
prinsiplari, qadriyatlarini anglashlari. 


Yüklə 3,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə