O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 3,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/111
tarix08.11.2018
ölçüsü3,37 Mb.
#79363
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111

 
240 
 
 
“O`ZINI TANISHTIRISH” o`yini 
2  minutda  har  bir  ishtirokchi  o`zi  haqida  xohlagan  narsalarni  aytib  byerishi  va  so`ngra  aytilganlar  vidyeo  yoki 
audiokassyetalar vositasida 
II qism 
 
Psixologik topshiriqlar 
Topshiriq # 1 
Yigirma daqiqa ichida “Myen kimman?” usuli yordamida o`zingiz haqida hisobot yozing. 
 
Topshiriq # 2 
Siz  majlis  o`tkazmoqdasiz.  Siz  taxminan  taklif  etmoqchi  bo`lgan  fikringiz  bor  va  uning  qabul  qilinishidan 
manfaatdorsiz.  “Sizning  fikringiz?”  qabilida  murojaatni  yuqorida  qayd  etilgan  qaysi  toifadan  boshlagan 
ma'qul? 
 
Topshiriq #3 
O`zingiz  mustaqil  ravishda  xohlagan  5  ta  shaxsni  kuzating  va  uning  xatti-harakatlari  va  o`zini  tutishiga  qarab, 
ijtimoiy mavqyei va o`z holatidan qoniqqanlik darajasini aniqlang. 
 
Topshiriq # 4 
Lyushyerning ranglar tyestidan foydalanib, yon-atrofingizdagilarning hissiy holatlarini tahlil qiling. 
 
Topshiriq # 5 
O`z hayotingizda ro`y byergan hodisa va vaziyatlardan ikkitasini eslangki, unda siz o`zingizni juda ishonchli,  dadil 
tutgansiz.  Yana  ikkitasini  eslang;  unda  siz  ishonchsizlikni  namoyon  qilgansiz.  Shu  vaziyatlardagi  o`z 
xulqingiz sabablarini tavsiflab byering. 
 
Topshiriq # 6 
Fikrlash uchun 10 daqiqa. 
 
 
 
 
 
 
 
 
1 raqamini doiraning shunday joyiga qo`yingki, u to`rtburchakda va uchburchakda bo`lmasin. 
2 raqamini esa uchburchakning to`rtburchak joylashgan doiraga taalluqli joyida joylashtiring. 
 
 
 
                   PSIXOLOGIK  O`YIN 
 
Mavzu: 
Shaxs obro`-e'tibori va uni jamoada (maktab, akadyemik litsyey, profyessional kollyej, bilim yurti, institut, 
univyersityet, umuman yoshlar orasida) qanday qilib egallash mumkin? 
 
Nazariy ma'lumot: 
Obro`, nufuz so`zi asli lotincha «avtorityet» so`zidan olingan bo`lib, tarjimada «o`z qadrini bilish, kuch hokimiyat» 
kabi ma'nolarga ega. 
 


 
241 
Obro`li va nufuzli bo`lish: 

 
Jamiyat  tan  olgan  xususiyatni  anglatadi.  Bir  odamning  o`z  bilimi,  ahloqi  va  tajribasi  bilan  boshqa  bir 
odamga ta'siri; 

 
Guruhning  ko`pchiligi  tomonidan  tan  olingan  shaxs,  obro`li  va  nufuzli  guruh  a'zosi  jamoada  chinakamiga 
hurmatda  bo`ladi,  yyetakchi  sifatida  tan  olinadi.  U  yo`lboshchi  hamdir.  Shuning  uchun  u  ishonchli 
hisoblanadi. Ba'zi insonlar guruhda yyetarli obro` va nufuzga ega bo`lish uchun jismoniy kuch kyerak, dyeb 
o`ylaydilar.  O`zicha  mustaqil  bo`lib  chyekadi,  ichadi,  so`kinadi,  atrofdagilarni  o`z  domiga  tortadi.  Lyekin 
hayot  shuni  ko`rsatayaptiki,  bundaylar  o`qishni  bitirgandan  so`ng,  tayinli  biror  ish  boshini  tutolmaydilar. 
Ularning  ishga  joylashishlari  ham  oson  emas.  Korxona,  tashkilot  va  turli  firmalar  bundaylarni  ishga 
olmaslikka  harakat  qiladi.  O`z-o`zidan  ko`rinib  turibdiki,  bunday  shaxslar  o`z  ish  joylarida  yaxshi 
martabalarga ega bo`lolmaydi. 
 
 
O`yinning maqsadi: 
Yoshlarda  obro`-e'tibor  va  omillar  haqida  to`g`ri  tushunchani  shakllantirish,  o`z  tyengqurlari  orasida  chinakam 
(soxta  emas)  obro`ga  ega  bo`lishga  intilish,  o`zlarini  shaxs  sifatida  yanada  chuqurroq  anglab  olishlariga 
ko`maklashish. 
 
 
Tashkillashtirish: 
O`yin o`tkazayotgan  shaxs  guruh tuzadi. Bu guruhda har bir ishtirokchi o`z  nomidan qatnashadi. Guruhni istalgan 
o`quv muassasasida tuzish mumkin. Guruh 3 tadan ortiq odamdan tuziladi. 
 
 
O`yinning sharti: 
O`yinda  har  bir  ishtirokchi  avval  savollarga  javob  byeradi.  Kyeyin  munozarada  qizg`in  qatnashishi  va  ankyeta 
(so`rovnoma) to`ldirishi kyerak. So`rovnomaga to`g`ri, haqqoniy javob byerilishi kyerak. 
 
O`yin jarayoni: 
Ishtirokchilar bilan jamoa ishida javobgarlikni anglagan holda qatnashish masalasi muhokama qilinadi. Boshlovchi 
quyidagi  savolni  byeradi:  «Sizning  nazaringizda,  birinchi  navbatda  ko`pincha  kimlar  jamoada  u  yoki  bu 
muammolarni hal etish mas'uliyatini o`z zimmasiga oladi? Qanday yoshlar? Ular qanday xususiyatlarga ega 
bo`lishi kyerak?» 
Bildirilgan  fikrlardan  kyelib  chiqib,  boshlovchi  ishtirokchilarning  e'tiborini  guruhda  ma'lum  ma'noda  obro`ga  ega 
bo`lgan  yoshlar  birinchi  navbatda  o`z  zimmalariga  javobgarlikni  olishiga  qaratadi.  Bu  fikrni  boshlovchi 
ishtirokchilar tomonidan bildirilmasa ham qayd etib o`tadi. 
Yana  quyidagi  savollarni  byerib,  ularga  javob  oladi:  Obro`  nimani  anglatadi?  Har  biringiz  o`z  guruhingizda 
obro`yingizdan foydalanishga harakat qilasizmi? Unga qanday erishish mumkin? Boshlovchi ishtirokchilarni 
yangi munozaraga yo`llaydi va ishtirokchilar bilan bo`layotgan qizg`in suhbatga yanada jonlashtirish kiritadi. 
Boshlovchi shu kunlarda ko`plab korxonalar va firmalarda ishga qabul qilish to`ldirilgan shaxsiy varaqalar va 
o`zaro  suhbatlar  orqali  tanlov  yo`li  bilan  bo`layotganligini  ta'kidlab  o`tadi.  Boshlovchi  ishtirokchilarga 
quyidagicha dyeb aytadi: 
Agar  tanlov  paytida,  kishi  yaxshi  kiyinmagan  bo`lsa,  chyeksa  (yuz,  tish  rangi  o`zgarishi,  badanidan  tamaki  hidi 
kyelishi),  suhbatga  kyechikib  qolsa,  madaniyatsizlik  qilsa,  bilim  saviyasi  sayoz  bo`lsa,  bunday  shaxslar 
xizmatidan foydalanish maqsadga muvofiq emas, dyeb topiladi. 


Yüklə 3,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə