O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə4/8
tarix26.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#113240
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi namangan

Immunitet lotincha (immunitatis) so’zidan olingan bo’lib, biror narsadan xalos, ozod va farig’ bo’lish, qutilishni, muayyan kasallikni qo’zg’atuvchi virusga, dardga qarshilik ko’rsatish qobiliyatini (masalan, inson tanasi immuniteti) bildiradi. «Immunitet» so’zining ma’nosi organizmning doimiy ichki barqarorligini saqlash uning turli xususiyatlarga va ta’sirlaridan himoyalanishi, qarshilik ko’rsatishi, rezistentligini bildiradi. Shuningdek, u daxlsizlik ma’nosini ham anglatadi, (masalan, deputatlik immuniteti, diplomatik immuniteti).
Demak, mafkuraviy immunitet - davlat va millatning ma’naviy birligi, ma’naviy sog’lomligini himoya qiluvchi g’oyaviy qalqon vazifasini bajaradi. Aslida organizmni infektsion agentlar va boshqa yot moddalardan himoya qilish omillari tabiati bo’yicha uchga bo’linadi:
1. Filogenetik immunitet - anatomik va fiziologik belgisiga ko’ra nasldan naslga o’tadigan himoyaviy rezistentligi. Bunda organizm yuqumli kasalliklarga chidamli bo’ladi.
2. Tug’ma immunitet (turga xos, tabiiy), nasbatan chidamli, nasldan naslga o’tadigan xarakterga ega.
3. Orttirilgan immunitet - hayot davomida orttirilgan immunitet. U o’z-o’zidan namoyon bo’lmaydi. Uning namoyon bo’lishi uchun ichki yoki tashqi g’oyaviy ta’sir bo’lishi kerak4.
Milliy g’oya asosidagi mafkuraviy immunitet, avvalo, har bir vatandoshimizning mustahkam e’tiqod va yuksak dunyoqarashga ega bo’lishini taqozo etadi. Insonning ko’plab xususiyatlari tug’ma bo’lsa, mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish zarur. Ikkinchidan, har bir avlod uchun o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllan-sagina mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlaydi.
G`oya faqatgina inson qalbini egallaganda, inson ma’naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylangandagina harakatga da’vat etuvchi, rag’batlantiruvchi kuchga, harakat uchun qo’llanmaga aylanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda nafaqat inson ongini, balki qalbini ham egallash mafkuraviy kurashning bosh maqsadi bo’lib qolmoqda. Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi unsuri, bu bilimdir. Ammo bilimlar ko’p... Ikkinchi asosiy qismi ana shu bilimlar zamirida shakllanadigan qadriyatlar tizimidir. Uchinchi unsuri: ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi aniq mo’ljal va maqsadlar tizimi bilan bog’liq.
Talaba mafkuraviy immunitetining tarkibini: 1) mafkuraviy bilim; 2) his-tuyg’u; 3) iroda; 4) ko’nikma va 5) malakalar tashkil qiladi.
Mafkuraviy immunitet milliy mustaqillikning afzalligiga ishonch asosida quriladi. Ishonch esa ishontirish va tushuntirish natijasida hosil bo’ladi. Masalan, O’zbekiston - dunyoviy davlat diniy davlatni taqqoslash natijasida tushuncha hosil bo’ladi.
Demak, mafkuraviy immunitetni shakllantirish muayyan vaziyatda insonning o’zi, xalqi, Vatani manfaatlari birligidan kelib chiqib, yot g’oyalarga qarshi tura olish malakalaridir.



Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə