O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti filologiya fakulteti


Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy unsurlari



Yüklə 1,29 Mb.
səhifə6/8
tarix26.05.2023
ölçüsü1,29 Mb.
#113240
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi namangan

3.Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy unsurlari
Hozirgi davr - bunyodkor va buzg’unchi g’oyalarning o’zaro kurashi kuchayganligini alohida etirof etish lozim. Nima uchun kishilar ongi va qalbi uchun kurash turli mafkuralarning bosh maqsadiga aylanib qoldi? Gap shundaki, muayyan g’oya tom ma’noda g’oya bo’lishi uchun kishilar ongini egallashi, to’g’rirogi ularning qalbidan joy olishi shart. Aks holda u yoki bu g’oya faqat muayyan xabar yoki axborot sifatida saqlanib qoladi, xolos. Boshqacha aytganda, omborxonadagi keraksiz buyumlar kabi ongimizning bir chetidan joy egalab yotaverishi mumkin.
Bir so’z bilan aytganda, bunday holatda g’oya shaxs uchun hech qanday ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lmaydi. G’oya faqatgina inson qalbini egallaganda, inson ma’naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylangandagina harakatga da’vat etuvchi, rag’batlantiruvchi kuchga, harakat uchun qo’llanmaga aylanadi. SHuning uchun ham bugungi kunda nafaqat inson ongini, balki qalbini ham egallash mafkuraviy kurashning bosh maqsadi bo’lib qolmoqda.
Mafkuraviy ta’sir va tahdidlar haqida gap ketar ekan, ularni aniqlash, baholash, xususiyatlarini yaqqol ko’rsatish uchun O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilmiy muomalaga bir qator tushunchalar kiritilganligini qayd etish lozim. Ular qatorida «mafkuraviy immunitet», «mafkuraviy profilaktika» kabilar bor. Ana shu tushunchalarning mazmuni oydinlashtirilganda hozirgi dunyoda kechayotgan mafkuraviy jarayonlarning xarakterini yanada yakqolroq tasavvur qilish imkoni tug’iladi.
Yer yuzining turli mintaqalari xalqlarining ongi va qalbi turli g’oyalarni sinash maydoniga, boshqacha aytganda mafkuraviy poligonga aylantirilmoqda. Xo’sh, mafkuraviy poligon deganda nimani tushunamiz? Poligon (grek. serqirra degan ma’noni bildiradi) harbiy termin ekanligiga o’rganib qolganmiz. Odatda poligon deganda qurol-aslaha va texnikani sinash, qo’shinlarni harbiy tayyorgarlikdan o’tkazish yoki harbiy sohada mashk va tadqiqotlar olib borish uchun mo’ljallangan maxsus maydon tushuniladi.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, mafkuraviy poligonlarning xususiyatlari haqida nima deyish mumkin? Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, o’zga hududlarni zabt etish maqsadida ishlatiladigan urush qurollari uzluksiz takomillashib borganini ko’ramiz. U nayzalardan toki avtomatik qurollargacha, zambaraklardan to yer yuzining har qanday nuktasiga bexato yetib boradigan qit’alararo ballistik raketalargacha bo’lgan uzoq takomil yo’lini bosib utdi. Bu qurollar bosib olinishi kerak bo’lgan hududlar aholisini jismonan yo’q qilishga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, o’zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholisini yo’qotish shart emas. Zero, ongi va shuuri zabt etilgan, qarash va kayfiyatlari «ma’qul» yo’nalishga o’zgartirilgan aholi ko’magida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilish mumkin bo’lib qolmoqda.
Mamlakatimiz ichida o’zlarining g’ayriislomiy g’oyalarini tarqatishga harakat qilgan Rimsalar ana shunday g’arazli maqsadlarni, ya’ni odamlar, Ayniqsa yoshlarni chalg’itish, ular yordamida mamlakatni o’z taraqqiyot yo’lidan chetlatib yuborishni ko’zda tutgan edilar. Chet ellarda ana shunday «ta’lim» olgan vahhobiylar, shuningdek «xizbut taxrir»chilarning yoshlarimiz ongini zaharlash yo’lidagi harakatlarini ham aynan shunday baholash mumkin.
Mafkura poligonlarida sinovdan o’tayotgan, mohiyatan g’ayriinsoniy bo’lgan g’oyalarga qarshi tura olish uchun aholida mafkuraviy immunitet hosil qilish lozim Avvalo, insonning ko’plab xususiyatlari tug’ma bo’lsa, mafkuraviy immunitetni shakllantirish, shakllantirib borish zarur. Ikkinchidan, u har bir avlod uchun o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllangandagina mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlash mumkin (immunitetga ega bo’lmagan chaqaloqlarning uzoq yashay olmasligini eslaylik).
Xo’sh, mafkuraviy immunitet tizimi o’z ichiga nimalarni oladi? Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi unsuri, bu bilimdir. Ammo, bilimlar ko’p. Masalan, buyuk davlatchilik shovinizmi yoki agressiv millatchilik mafkurasi va amaliyoti tarafdorlari ham muayyan «bilim»larga tayanadilar va uni boshqalarga singdirishga harakat qiladilar. Shunday ekan, bir tomondan mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar obyektiv bo’lishi, voqelikni to’g’ri va to’liq aks ettirishi, inson ma’naviyatining boyishiga va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Ikkinchi tomondan, bu bilimlar o’z mohiyat e’tiboriga ko’ra, Vatan va xalq manfaatlari, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi bilan uzviy bog’liq bo’lmog’i kerak.
Mafkuraviy immunitet tizimining ikkinchi asosiy qismi ana shunday bilimlar zamirida shakllanadigan qadriyatlar tizimidir. Zero, bilimlar qanchalik obyektiv va chuqur bo’lsa, uning zamirida yuzaga kelgan qadriyatlar ham shunchalik mustahkam bo’ladi. Bir so’z bilan aytganda, shaxs, millat yoki davlatning qadriyatlar tizimi mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va mafkuraviy tajovuzlar qarshisida mustahkam kalqon bo’lib xizmat qiladi.
Ammo, bilimlar va qadriyatlar tizimi ham mafkuraviy immunitetning mohiyatini to’liq ifoda eta olmaydi. Zero, bu ikki unsur mafkuraviy immunitetning uchinchi muhim unsuri, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi aniq mo’ljal va maqsadlar tizimi bilan bog’liq. Ya’ni har bir kishi kabi, xalq, davlat va jamiyatning ham aniq maqsadi bo’lishi shart. Shu bilan birga bu maqsad anglangan, uni amalga oshirishda sobitqadamlik darkor. Ana shunday aniq tizim bo’lmas ekan, xoh alohida inson, xoh millat yoki jamiyat bo’lsin, goh oshkora, goh pinhona ko’rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga bardosh berish amrimaholdir.
Bunday mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda mafkuraviy profilaktikaning o’rni katta. Zero, u o’z mohiyatiga ko’ra, yot g’oyalarning kirib kelishining oldini olish va ularni yo’qotishga qaratilgan chora - tadbirlar majmuini o’z ichiga oladi. Demak, mafkuraviy profilaktika xilma-xil shakllarda ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan g’oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy ishlar majmuini, bir so’z bilan aytganda, bu sohada to’g’ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiya tizimini qamrab oladi.
«Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o’z ta’siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o’z manfaati yo’lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar domiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar», - deb yozadi Prezidentimiz. SHunday ekan, voyaga yetayotgan har bir farzandimizni ma’naviy barkamol, irodasi bakuvvat, iymoni butun, bir so’z bilan aytganda, kuchli mafkuraviy immunitetga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishning asosiy shartlaridan biri bo’lib qolaveradi.

Xulosa.
Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki, mustaqillikni mustahkamlashning muhim shartlaridan biri bu g’oyaviy tarbiyani kuchaytirishdan iborat. Bu borada kishilarimizda yot va zararli g’oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirish zarur. Albatta, mafkuraviy immunitetni shakllantirish kishilar ongida bir xil g’oyani zo’r berib tiqishtirish emas, balki odamlarda oq-qorani ajratish, zararli g’oyalarga qarshi hushyor va ogoh bo’lish xususiyatlarini tarbiyalash demakdir. 1999 yil 16 fevral, 2004 yil martidagi Buxoro va Toshkent, shahrida 2005 yil 13 mayda Andijon shaharlarida sodir etilgan terrorchilik voqealaridan to’g’ri xulosa chiqarish kerak. Har bir davlat, jamiyatning qudrati uning ichki xavfsizligi va barqarorligiga tayanadi. Ya’ni jamiyat, millat o’z g’oyasida mustahkam tursa, ikkilanmasa, har qanday dushman qo’llashi mumkin bo’lgan g’oyaviy tahdidlardan qo’rqmasa, bunday millatni yengish mumkin emas. Aksincha, jamiyat ichida g’oyaviy parokandalik, bo’linishlar bo’lsa dushmanlarga, ularning yot mafkuralariga yo’l ochib beradi. Bunday millatni yengish, mustamlaka qilish oson kechadi.
Demak, barqarorlik va xavfsizlik - jamiyatning ongligiga, anglangan to’g’ri tushuncha va bilimlarga faol amal qilishiga, fikriy, g’oyaviy birligiga, bular esa xavfsizlik ma’rifatiga tayanadi. Shu boisdan ham har bir o’zbekistonlik millatidan, dinidan, tug’ilgan joyidan, kasbu yoshidan qat’i nazar Vatan posboni bo’lishi lozim. Mamlakatimizning xavfsizligi uchun eng birinchi kafolat - o’zbekistonliklarning milliy istiqlol g’oyasi atrofida jipsligidir. Milliy g’oyaning asosiy bosh g’oyasi va maqsadi: ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir.
Milliy g’oya o’zining asosiy g’oyalari: 1) Vatan ravnaqi; 2) yurt tinchligi; 3) xalq farovonligi; 4) komil inson; 5) ijtimoiy hamkorlik; 6) millatlararo totuvlik; 7) diniy bag’rikenglikka tayanar ekan, ana shu g’oyalarga qarshi qaratilgan xatti-harakatlar tashqi va ichki tahdidlarning oldini oladi.
O’zbekiston sharoitida mafkuraviy tarbiyaning asosiy vazifasi – xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot barpo etish yo’lidagi asriy orzu-istaklari, maqsadlarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish va, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirishdan iboratdir.
Milliy g`oyani yoshlar ongida shakllantirish uchun faqat bilim emas, e`tiqod sifatida shakllanishi lozim. Milliy g`oyaning asoslari Prezident I.Karimov tomonidan mustaqillikning dastlabki bosqichlaridayoq shakllantirilgan edi. Lekin bu g`oyani yoshlar va aholi ongiga singdirish uchun muayyan poydevor kerak edi. Ya’ni, avvalo milliy qadriyatlarni, milliy ma`naviyatni tiklash, milliy g`ururni uyg`otish, bir so`z bilan aytganda Milliy g`oya tomir otishi va gurkirab rivojlanishi uchun zamin tayyorlash lozim. Mustaqillik qo`lga kiritilgandan buyon o`tgan davr ichida ma`naviyat sohasida ulkan nazariy, ma`rifiy va amaliy ishlar bajarildi. Ma`naviyat va ma`rifat kengashlari tuzildi, yuzlab maqola va risolalar nashr etildi, bir so`z bilan aytganda milliy g`oyani keng targ`ib qilish uchun zamin yaratildi.
Milliy g`oya jamiyatni jipslashtiruvchi, uni ijtimoiy taraqqiyot ko`ndalang qo`yayotgan masalalarni hal qilishga, chetdan bo`layotgan g`oyaviy, ma`naviy tahdidlardan himoyalashga qaratilgan kuchdir. Uning mohiyati shundaki, u odamlar ongidagi, xotirasidagi g`oyaligicha qolmay amaliyotga, hayotga aylangan taqdirdagina haqiqiy milliy va haqiqiy istiqlol g`oyasi bo`lishi mumkin. Shundagina u milliy ma`naviyatni va ma`naviy o`zlikni tashqi mafkuraviy tahdidlardan himoya qiladigan kuchga aylanadi.
Milliy g`oyaning hayotimiz jarayoniga singib ketishini ta`minlash uchun esa, g`oyalar amaliy harakatlarga aylanishi jarayonini sinchiklab o`rganishi kerak. Buning uchun dastavval, g`oya bevosita amaliyotga, amaliyot dasturiga aylanish g`oyasidan jamiyat a`zolarining ko`pchiligi xabardor bo`lishi, eski tuzum sarqitlarini supurib tashlash uchun kifoya qilmaydi. Milliy g`oya e`tiqodga aylangandagina eskilik sarqitlarini supurib tashlashi mumkin.
Hozirgi davr - bunyodkor va buzg’unchi g’oyalarning o’zaro kurashi kuchayganligini alohida etirof etish lozim. Nima uchun kishilar ongi va qalbi uchun kurash turli mafkuralarning bosh maqsadiga aylanib qoldi? Gap shundaki, muayyan g’oya tom ma’noda g’oya bo’lishi uchun kishilar ongini egallashi, to’g’rirogi ularning qalbidan joy olishi shart. Aks holda u yoki bu g’oya faqat muayyan xabar yoki axborot sifatida saqlanib qoladi, xolos. Boshqacha aytganda, omborxonadagi keraksiz buyumlar kabi ongimizning bir chetidan joy egalab yotaverishi mumkin.
Bir so’z bilan aytganda, bunday holatda g’oya shaxs uchun hech qanday ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lmaydi. G’oya faqatgina inson qalbini egallaganda, inson ma’naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylangandagina harakatga da’vat etuvchi, rag’batlantiruvchi kuchga, harakat uchun qo’llanmaga aylanadi. SHuning uchun ham bugungi kunda nafaqat inson ongini, balki qalbini ham egallash mafkuraviy kurashning bosh maqsadi bo’lib qolmoqda.
Mafkuraviy ta’sir va tahdidlar haqida gap ketar ekan, ularni aniqlash, baholash, xususiyatlarini yaqqol ko’rsatish uchun O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan ilmiy muomalaga bir qator tushunchalar kiritilganligini qayd etish lozim. Ular qatorida «mafkuraviy immunitet», «mafkuraviy profilaktika» kabilar bor. Ana shu tushunchalarning mazmuni oydinlashtirilganda hozirgi dunyoda kechayotgan mafkuraviy jarayonlarning xarakterini yanada yakqolroq tasavvur qilish imkoni tug’iladi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə