O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazi


Mashg’ulotda foydalaniladigan vositalarga tegishli omillar



Yüklə 109,66 Kb.
səhifə8/17
tarix31.03.2023
ölçüsü109,66 Kb.
#103870
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Abidova Moxidil Adiljonovna

Mashg’ulotda foydalaniladigan vositalarga tegishli omillar:
-ta’lim vositalarining etishmasligi, ta’mirtalab yoki yaroqsiz holda bo’lishi, sifatli va zamonaviy vositalarning kamligi;
-mashg’ulot mavzusini o’zlashtirish uchun maqsadga muvofiq vositalar turlarini va sonini to’g’ri tanlamaslik;
-vositalarni mashg’ulot boshlanmasidan oldin ishga tayyorlab qo’ymaslik;
-vositalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik va boshqalar.
Xulosa qilib aytganda, interfaol mashg’ulotlarni yuqorida qisqacha bayon qilingan omillarni hisobga olgan holda tashkil qilish va olib borish bu mashg’ulotlarning sifati va samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi.


1.2. Muammoli izlanish metodlari
Bugungi kunda metodlarni samarali qo'llashning muhim me- zonlaridan biri muammoli vaziyatni vujudga keltirish, muammoni kun tartibiga qo'ya bilishdir. Pedagoglarning fikricha, muammoli o'qitish talabaning mustaqilligini, fikrlash doirasini kengaytirishga olib keladi. Muammoli o'qitish talabalarni faol bilish jarayoniga undab, tafakkurni ilmiy tadqiqotga yo'naltiradi.
Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o'ziga xos o'qitish sharoitida yuzaga keladi. Muammoli vaziyatning mohiyati shuki, u talaba tanish bo'lgan ma’lumotlar, bilganlari bilan yangi faktlar, hodisalar o'rtasida hamda muqobil tanlov zaruriyati vujudga kelishi nati­jasida qaror qabul qilishning qiyinchiligi oqibatida kelib chiqadi- gan vaziyatdir.
Muammoli vaziyatning vujudga kelishi talabalarning aqlini peshlaydi. Muammoning kelib chiqish sabablarini, yechimini topishga undaydi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda muammolar qo'yilishi jihati­dan quyidagi darajalarga bo'linadi:

  1. Muammoni o'qituvchining o'zi qo'yadi, uni shakllantiradi, talabalarni uni mustaqil ravishda yechimini topishga, yechish yo'lini qidirishga yo'naltiradi.

  2. O'qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, tala­balar muammoni mustaqil shakllantiradilar va yechimini izlaydilar.

  3. O'qituvchi ma’lum bir muammoni ko'rsatmaydi, balki unga talabalarni ro'baro' qiladi, ularni mustaqil faoliyatga yo'naltiradi. Talabalarning o'zi mustaqil ravishda muammoni anglaydilar, uni shakllantiradilar va yechimini topishga harakat qiladilar.

O'qituvchi o'tilayotgan darsning shakli, o'tilayotgan fan, mavzu va uning xususiyatlariga ko'ra qanday muammo qo'yishni, muammoli vaziyat vujudga keltirishni o'zi hal qiladi. Mazkur me­todning o'ziga xos jihati talabalar oldiga muammo qo'yilishidir.
Muammoli ma’ruza muammo qo‘yish orqal boshlanadi. Bu muammo esa o‘quv materialini bayon etish jarayonida ma’ruzachi tomonidan izchil va mantiqiy holda yechib beriladi yoki uni hal et­ish yo'llari ko'rsatiladi.
Muammo o'quv materialining aniq mazmuni bilan bog'liq bo'Iadi. Ta’lim jarayonida maqsadga erishish uchun muammoli o'qitishga qator talablar qo'yiladi:

  • muammoli o'qitish ta’lim oluvchilar ehtiyojlarini qondirish va faolligini oshirishga yo'naltirilishi;

  • taqdim etilgan muammoning ta’lim oluvchilar uchun aniq va tushunarli bo'lishi. Bular:

  • qo'yilgan muammoning muhimligi;

  • muammo iloji boricha real hayotdan olinishi;

  • ta’lim oluvchilar uchun muammo ma’lum ahamiyatga ega bo'lishi;

  • ta’lim oluvchilarning hamkorlikda faol ishlashi;

  • muammoga aloqador axborotlar bazasini yaratish;

  • muammoning boshqalar uchun ham ahamiyatli ekanini ko'rsatishi lozim.


Yüklə 109,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə