99
PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK FANLARNING BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING
AKMEOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI
Sharofutdinov Iqboljon Usmonjon o’g’li
Farg‘ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7839480
Annotasiya:
Mazkurmaqoladata’limni axborotlashtirish sharoitida bo‘lajak pedagoglarning
akmeologik kompetentligini rivojlantirishni mexanizmlarini takomillashtirishning pedagogik
tizimi rivojlantirish, shaxsiy va kasbiy
Kalit so’z va iboralar:
Insonparvarlik psixologiyasi, mustaqil ta’lim, zamonaviy dunyoqarash,
ijtimoiy zarurat,akmeologik kompetentlik, akmeologik pozitsiya, innovasion va raqamli, bozor
iqtisodiyoti, Ta’lim va tarbiya, ilmiy-metodik.
Kirish.Bo‘lajak pedagoglarning akmeologik kompetentlik sifatini, ularda erkin, faol, mustaqil
fikrlay olish, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni modellashtira olish, shuningdek ta’lim-tarbiyaning
yangi g‘oya va texnologiyalarini mustaqil yaratish hamda ularni tatbiq eta olish
kompetenligini shakllantirish orqali oshirish muammosi bugungi kunda mavjud bo‘lgan
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sharoitlarda dolzarb hisoblanadi. Shu o‘rinda
prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual
va ma’naviy saloxiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada
bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va
jamiyatimining bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”[1:14] degan fikrlari ishimizning
maqsadiga bevosita mos keladi.
Ta’lim va tarbiya jarayonida individual munosabatda bo‘lishning sharti o‘quvchining
psixologik xususiyatlarini har tomonlama va chuqur bilishdan iboratdir. Bu narsa
o‘quvchining ruhiy dunyosidan xabardor bo‘la bilishni, psixologik jihatdan to‘g‘ri kuzatish
tashkil qila bilishni va tabiiy eksperiment uyushtirishni bilishni taqozo qiladi. Mana shu
yuqorida ko‘rsatilgan qonuniyatlarni hammasini bilish o‘zo‘zicha hali ta’lim-tarbiya ishlarida
muvaffaqiyatning garovi bo‘la olmaydi. Lekin juda ko‘p xatolarning oldini olish imkonini
beradi, chunki bu qonuniyatlar o‘qituvchini ko‘r-ko‘rona harakat qilish zaruratidan qutqaradi.
Demak, pedagogik psixologiyaning mohiyatini bilish har bir pedagog uchun ta’lim-tarbiya
jarayonini samarali amalga oshirish uchun zarur. Psixologiya va pedagogika ham ta’lim
muassasalrining turiga qarab ijtimoiylik shartlaridan kelib chiqqan holda akemologik
komponentlikka to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Ular konservativ ta’lim muhiti shakllantirilgan ta’lim
muassasalari mavjudligini ko‘rsatdilar, bunda u yerda shunday muhit yashayotgani emas,
balki uni yaratayotganlari haqida gapiriladi. Shu bilan birga, kreativ fikrlashni
rag‘batlantiradigan ta’lim muhiti yaratilgan ta’lim muassasalari ham mavjud.
Pedagogika jamiyatning rivojlanish qonunqoidalariga tayangan holda taraqqiy etadi. Bugungi
kunda esa ana shu jarayon avj pallasiga chiqmoqsa. Xususan, huquqiy davlat barpo etish
yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, milliy ong kun sayin yuksalayotganidan dalolat beradi.
Inson ongi taraqqiy etmas ekan, ijtimoiy hayot jabhalarida hech bir o‘zgarish sezilmaydi.
Modomiki, zamon jadal sur’atlarda o‘zgarayotibdimi, demak, pedagogika ham shu
o‘zgarishlarga hamohang bo‘lmog‘i darkor.[2:5]
Zamonaviy sharoitda pedagogikaning asosiy vazifalari inson turmush tarzining Adabiyotlar
tahlili va metodologiya barcha yo‘nalishlari (ijtimoiy, shaxsiy, siyosiy va boshqalari)da
100
samarali pedagogik tizimlarni yaratishga yo‘naltirilgan. Bularga quyidagilarni kiritish
mumkin:
ta’lim-tarbiya, ta’limiy va tarbiyaviy tizimlarni boshqarish sohasiga doir qonuniyatlarni
aniqlash va o‘rganish;
pedagogik tajribani o‘rganish va joriy etish;
ta’lim tizimlarining istiqboldagi rivojlanishini tashxis etish;
ta’lim-tarbiyaning yangi shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish;
pedagogik tadqiqot natijalarini ta’lim amaliyotiga tatbiq etish;
xalqaro pedagogik loyihalarda ishtirok etish, axborotlar almashish, pedagogik yo‘nalishga
doir xalqaro tajribalarni o‘rganish;
pedagogik muasssalarning barqaror tizimini ishlab chiqish va ularning samaradorligini
oshirish.
Pedagogikaning rivojlanish manbalariga quyidagilarni olish mumkin:
turmush tarzi, an’nalar va marosimlar, xalq pedagogikasida aks etgan ko‘p asrlik amaliy
tajriba;
maxsus tashkil etilgan pedagogik tadqiqot natijalari;
novator-pedagoglarning tajribasi.
XXI asrda pedagogika fani rivojining asosiy tendensiyalari quyidagilardan iborat:
1. Pedagogikaning fan sifatida amaliy jihatining kuchayishi;
2. Pedagogikaning fan sifatida tabaqalashuvi, ya’ni aniq ob’yekt va predmetiga ega yangi
yo‘nalishlarining vujudga kelishi;
3. Pedagogikaning boshqa fan sohalari bilan integrasiyalashuvi.
Pedagogika fanining taraqqiyotiga ta’sir etuvchi ayrim jihatlarni sanab o‘tish mumkin. Ular
quyidagilardan iborat:
Matematik-statistik, biopsixologik va gnoseologik-semasiologik fanlari natijalaridan keng
foydalanish asosida pedagogikaning boshqa insonshunoslik fanlari bilan mustahkam
aloqalarini o‘rnatish va ilmiy bilimlarning integrasion jarayonini chuqurlashtirish.
Dunyoni pedagogik anglashning nazariy-fundamental doirasini kengaytirish, ya’ni fanning
ilmiy maqomi va ijtimoiy funksiyasini saqlab qolish uchun nazariyadan amaliyotga tomon
harakatlanish kerak.
Pedagogikfanlartaraqqiyotinita’minlashdamatematik-statistikvasemantik-
semasiologikaxborotmanbalaridantizimlifoydalanish.
Ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarini optimallashtirish, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish
mexanizmlarini boshqarishda pedagogik jarayonni axborotlashtirishga alohida e’tibor
qaratish.
Pedagogika o‘z rivojining individual trayektoriyasini saqlab qolishi amalga hamda boshqa
fanlarning tushuncha va kategoriyalaridan o‘rinsiz foydalanish hisobiga uning tushunarsiz va
murakkablashuviga olib kelmaslik.
Global planetar muammolarni hal etish uchun shaxslararo, millatlararo va davlatlararo
munosabatlarni insonparvarlashtirish va axloqiy me’yorlarning to‘liq ta’minlanishiga doir
ilmiy-tadqiqotlarni oshirish.[3:14]
Pedagogika fani ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida doimo o‘sish, o‘zgarish va
takomillashishda davom etmoqda. Har bir davrning o‘z o‘rganish muammolari, unga
101
yondashuv usullari, ilmiy tadqiqot metodologiyasi birbiridan farq qiladi. Ayni paytda har bir
davr uchun umumiy qonuniyatlar mavjudki, ular metodologiyaning tayanch tamoyillari va
konsepsiyasini tashkil qiladi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasida insonparvarlik g‘oyasi pedagogika va psixologiya
bilan birlashib, muayyan uyg‘unlikni namoyon qiladi. Mazkur texnologiyaning samarali
ishlashi uchun o‘quvchi iqtidori muhim ahamiyatga ega. An’anaviy pedagogik
texnologiyalardan farqli ravishda shaxs yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasining markazida
o‘zining maksimal imkoniyatlarini ishga solib bilim olishga intilish, yangi tajriba-sinovlarni
qabul qila olish, har xil vaziyatlarda mustaqil qaror qila olish, nostandart fiklash kabi
fazilatlarga ega o‘quvchi shaxsi turadi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta’lim
mazmunini egallagan bo‘lishlari kerak. O‘qituvchi xodimlar o‘zlarining kasbiy-ko‘nikmalari va
muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart. “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish, Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan
islohotlarning muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan
o‘qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy
mahoratlariga bog‘liqdir. Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib,
juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk namoyondalari jalb etilgan. Mazkur holat
yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat
taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
“Ta’lim jarayonini ixtiyoriy qurish va amalga oshirishdan, uning har bir qism va bosqichlarini
izchil asoslangan, yakuniy natijani haqqoniy tashxislashga yo‘naltirilgan”ga o‘tish uchun asos
zarur. Bu barcha davlat va jamoat tashkilotlarining vazifasi eng avvalo, uzluksiz ta’lim tizimi
muassasalari faoliyati mazmunini tubdan, qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etadigan
murakkab jarayondir. Ijtimoiy amaliyot, jamoatchilik tarbiyasi, ta’lim va tarbiyaning aniq
maqsadga qaratilganligi erkin shaxsni shakllantirishning asosini tashkil etadi. Ta’lim
jarayonini modernizasiyalash hamda moddiy texnika bazasini yaxshilash, jamiyatni ma’naviy
yangilash birinchi navbatda, yosh avlod an’analari insonparvarlik va demokratik qadriyatlarni
singdirish orqali ta’minlanadi.
Pedagogik dasturiy vositalar - kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini qisman
yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta’lim
jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy
texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga:
o‘quv fani bo‘yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulot
(dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta’minot, qo‘shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchisini kasbiy rivojlantirishda pedagogik dasturiy
vositalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Fan mazmunlarining nazariy va amaliy
mashg‘ulot jarayonlarini dasturiy ta’lim vositalridan foydalanib, ko‘rgazmali tashkil etish
bo‘lajak mutaxassislarning kompyuter savodxonligini rivojlantirish va ularda amaliy
ko‘nikmalar hosil qilish imkoniyatlarini uyg‘otadi. Dasturiy ta’lim vositalari asosida bo‘lajak
texnologiya fani o‘qituvchilarini kasbiy mahoratini rivojlantirish va ularni kasbiy faoliyatga
tayyorlash tizimidagi eng muhim metodik muammo bo‘lib, bu sohadagi vazifalarning samarali
yechimi, oliy ta’lim tizimidagi o‘qitish jarayonini innovasion talablar va kasbiy kompetentlikka
asoslangan ta’lim sharoitida amalga oshirish bilan belgilanadi.[5:446-448]
102
Psixologiyafaniinsonshaxsi,
uningichkidunyosihaqidagibilimlarningmurakkabsohasidir.Psixologiyaharkimgao‘ztajribasida
nma’lumbo‘lgansezgi, idrok, xotira, tafakkur. xayol, his-tuyg‘uvainsonningkobiliyati, iste’dodi,
temperamenti, xarakterigaxosruhiyxodisalarhaqidagibnlimlarnio‘zichigaolgansohadir.[6:5]
XX asrda erishilgan yutuqlardan eng muqimi shu bo‘ddiki, inson o‘z aql-idroki, tafakkuri va
ijobiy salohiyati bilan murakkab texnika, elektronika va boshqa shunga o‘xshash global
texnologiyalarni kashf etdi».[7:5]
XXI asrda barcha fanlar qatori milliy psixologiyamiz yangicha mazmun kashf etdi. Bu
islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko‘tarib, xalqimiz
psixologiyasining zamon va makondagi o‘rnini, nasl-nasabini, o‘zligini, kelib chiqishini,
insoniyat tarixida tutgan o‘rnini, uning rivojiga qo‘shgan hissasini, milliy iftixorinn, g‘ururini
mustaqil va xolisona anglab olishidir. Agar xalqimiz o‘zining milliy psixologiyasiga, boy
tarixiga ega bo‘lsa, u o‘zi kechirgan ijtimoiy-psixologik jarayonlarni chuqurroq tushunadi.
Psixologiya sohasidagi bu izlanishlar yetakchi psixolog olimlarimiz ilmiy faoliyatida
mujassamlangan va ular tomonidan jamiyat, inson psixologiyasi va ma’naviyati ilmiy-nazariy
tahlil qilinadi. Shuni hisobga olish kerakki, odamdagi barcha psixik jarayonlar va shaxsny
xususiyatlar o‘z-o‘zicha yuzaga kelmaydi. Psixik jarayonlar (ya’ni sezish, idrok, xotira,
tafakkur, hayol, nutq va shu kabilar) ham, shaxsning psixik xususiyatlari (ya’ni ehtiyojlari,
qiziqishlari, malaka va odatlari, xarakteri qobiliyatlari.) ham odamning mavjud faoliyati
jarayonida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun psixologiya fani insonni turli faoliyatlarda
o‘rganadi. Shu sababli inson shaxsinnng mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig‘indisidan
iboratdir.
Bo‘lajak mutaxassislarning psixologik kompetentligi masalasini tadqiq etishga keyingi
paytlarda qiziqish ancha kuchayib bormoqda. Bu boradagi qarashlar, fikr-mulohazalarning
turli-tumanligi mazkur muammo xususida hozircha tizimlashtirilgan, yagona konseptual
model yaratishga imkon bermayapti.
Albatta, psixologik kompetentlikni tushunish shaxs faoliyatining turli ko‘rinishlarini tahlil
etish barobarida aniqlashtiriladi, shuning uchun biz ushbu muammoga o‘qituvchi faoliyatini
o‘rganish misolida murojaat qilmoqchimiz. O‘qituvchining kasbiy pedagogik faoliyati
«o‘qituvchi-o‘quvchi» o‘zaro aloqasi negizida olib boriladi, aynan shu jarayonda ta’limiy,
tarbiyaviy, korreksion, rivojlantiruvchi va shakllantiruvchi maqsadlar amalga oshiriladi.
Shuning uchun o‘qituvchining kasbiy-psixologik kompetentligini o‘rganishda eng avvalo,
kommunikativ (muloqot) kompetentlikka e’tibor qaratilgani maqsadga muvofiqdir.
Zamonaviy psixologiyada kommunikativ kompetentlik va uning tarkib topishi shart-
sharoitlari, omillarini o‘rganishga nisbatan bir necha yondashuvlar mavjud. Masalan,
bixevioristik yo‘nalish vakillari kommunikativ kompetentlikni shaxsning muayyan
vaziyatlarda maqsadga muvofiq xulq-atvor shaklini namoyon qilish, vaziyatni oqilona
baholash va shunga mos tarzda faoliyat yuritish ko‘nikmalarini egallaganligi bilan
belgilaydilar.
Ushbu fanlarni o‘rganishda muammoli yondashuv muayyan nazariyaning mohiyatini
chuqurroq o‘rganish, ularni taqqoslash, o‘rganilayotgan jarayonlarning ichki mexanizmlariga
chuqurroq kirib borish imkonini beradi, chunki muammoli taqdimot uslubining mohiyati
o‘qituvchiga muammo tug‘dirishi va gipotezani shakllantirishdan iborat. Uni qanday
tekshirishni, paydo bo‘lgan qarama-qarshiliklarni ochib berishni ko‘rsatib beradi. Shunday
103
qilib, ilmiy bilimlarning namunalari, muammolarni ilmiy yechimlari ko‘rsatilgan. Shu bilan
birga, talabalar nafaqat tayyor ilmiy xulosalarni anglash, tushunish va eslab qolish, balki
dalillar mantig‘iga, o‘qituvchi fikrlarining harakatiga amal qilish imkoniyatiga ega.
T.V.Kudryavsev mashg‘ulotlarda muammoli vaziyatning uchta belgisini beradi:
1) Shunday bo‘lishi kerakki, uning qarorini talabalarning shaxsiy bilim faoliyati boshqarishi
mumkin.
2) Muammoli vaziyat tufayli kelib chiqadigan savollar o‘quvchilarga tegishli bo‘lishi
kerak.[7:18]
Muammoli vaziyat xususiyatini o‘z ichiga olishi kerak. Ushbu qoidani ochar ekan,
T.Kudryavsev “asosiy muammoning yechimi bir-biridan kelib chiqadigan bo‘ysunuvchi
muammolarni hal qilish fonida va hodisalar va jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatishi
kerak” deb ta’kidlaydi. A.Matyushkin dialogik tamoyilni muammoli o‘qitishning yana bir
muhim prinsipi sifatida ta’kidlaydi va ta’kidlashicha, muloqotda fikrlash jarayonlari "aloqa
kemalari" tamoyiliga muvofiq amalga oshirilmaydi va o‘quv jarayonining o‘zi bu holda
samarali generativ jarayondir deb kursatadi.[8]
6. Dialog, o‘quv usuli sifatida, o‘quv jarayoni sub’yektlari munosabatlarining eng maqbul
shakli sifatida juda qadimdan ma’lum bo‘lgan.
Natijalar (Результаты/Results).Dialog – bu odamga yangi tajribalarni qabul qilish, eski
ma’nolarni qayta ko‘rib chiqish va boshqalar uchun qulay sharoit yaratadigan o‘ziga xos
ijtimoiy-madaniy muhit. Har bir talaba muayyan hayotiy vaziyatga bo‘lgan munosabatini
asoslashi, uning ma’nosini aniqlashi kerak. Aynan shu holatda o‘qituvchi qidiruv jarayoniga
aralashish imkoniyatiga ega, bu faqat dialog orqali amalga oshirilishi mumkin. Muloqot
jarayonida u o‘quvchiga o‘zi duch kelgan nizoli vaziyatni ko‘rishga yordam beradi.
Muloqot talabalarning shaxsiy funksiyalarini yangilashga, ularning qiymat tanlovini, tanqidiy
hislarni amalga oshirishda tajriba to‘plashga qaratilgan vaziyatni yaratadi.
Bo‘lajak mahoratli texnologiya fani o‘qituvchisi o‘zini mahorat egasi sanasa u quyidagi bilim,
ko‘nikma, malakalarni egallagan bo‘lishi zarurdir. O‘qituvchi dunyoqarashi keng, hamma
voqea, hodisa ustida erkin fikr yurita olishi zarurdir.[10]
1.Yangi O‘zbekiston o‘qituvchisi birinchi galda o‘zi o‘qitadigan fanni chuqur egallagan
bo‘lgandagina o‘quvchilarda umumiy va kasbiy ta’lim sifatini oshira oladi va ularda fan-
texnika hamda amaliy faoliyaga qiziqish va istak hosil qila oladi.
2. O‘qituvchi hozirgi zamon fan-texnika talabiga muvofiq yaxshi dars berishi va uning har
minutdan unumli foydalanishi zarur.
3. O‘qituvchi yaxshi o‘qituvchi bo‘lishi uchun pedagogika, psixologiyaga qo‘shib, o‘z fanining
metodikasini yaxshi bilmog‘i lozim.
4. O‘qituvchining umumiy madaniyati yuqori bo‘lishi bilan birga bu kasb adabiyot va san’at
sohasidagi bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi.
O‘qituvchi pedagogik faoliyati jarayonida nafaqat o‘zini kompetentli his qilishi, balki
atrofdagilarga bu xususiyatini namoyish qilishi, isbotlashi ham zarur, deb hisoblaymiz. U
kompetentli mutaxassis sifatida tan olinishi kerak. Zamonaviy ta’lim konsepsiyasi xuddi shu
jihatga urg‘u bermoqda, e’tibor qaratmoqda.
Muhokama (Обсуждение/Discussion).Shunday qilib, real vaziyatlarda, pedagogik
jarayonlarda o‘qituvchi kompetentligi o‘quvchiga maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatib, unda
104
ijobiy motivasiyani hosil qilishi ham yoki aksincha, psixologik tormoz vazifasini bajarib, bola
kompetentligi rivojiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning tayyorgarlik darajalari:
1.Reproduktiv daraja talaba tushunchalar mohiyatini reproduktiv darajada ifodalaydi; ilmiy
bilish metodlarini yetarlicha egallamagan, ularni pedagogik amaliyotda faqat qisman qo‘llay
oladi, kasbiy yaxshi rivojlanmagan.
2.Produktiv daraja talaba ijodkorligining mohiyati haqidagi tasavvurlar mavjudligini nazarda
tutadi. Ammo bu tasavvurlar cheklangan va mustaqil pedagogik faoliyat olib borish uchun
yetarli emas, talaba o‘qituvchi rahbarligida mashg‘ulotni o‘tkazishda keyinchalik qo‘llash
mumkin bo‘lgan yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga motivasiyasi mavjud.
3.Qisman izlanishli darajada talabaning kasbiy faoliyat munosabati bilan xarakterlanadi. U
pedagogik metodlarni egallagan, ularni kasbiy faoliyatida amalda qo‘llaydi, yangi g‘oyalarni
tekshirish prosedurasini ishlab chiqishga qodir.
4. Akmeologik daraja talabaning yuksak qobiliyatlari hamda kasbiy bilim, ko‘nikma va
malakalarini mantiqiy va tizimli tarzda pedagogik faoliyatda qo‘llay bilishi, o‘z imkoniyatlarini
to‘g‘ri baholay olishi hamda nostandart pedagogik vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olishi
kabi ko‘nikmalarni nazarda tutadi.
Mazkur ko‘rsatkichlar bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini baholash ularning
kasbiy kompetentligini shakllantirishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Akmeologik yondashuvdan foydalanishning asosiy maqsadi – mavjud har qanday qiyinchilik
yoki muammolardan o‘quvchining o‘zi mustaqil ravishda chiqib keta olsin, unda ijodkorlik
shunday rivojlansinki, hatto o‘zi mustaqil ravishda yakka tadbirkor sifatida faoliyat yurita
olsin. Bunga erishish uchun ta’lim jarayonida akmeologik yondashuvdan foydalanish bilan
birgalikda, pedagogik jamoada ijodkorlik va muvaffaqiyatga erishish motivida akmeologik
muhitni shakllantirish ustida ish olib borilishi lozim. Buning uchun ijtimoiy tashkilotlar,
psixolog, guruh murabbiysi, ishlab chiqarish ustasi, maxsus fan o‘qituvchisi tomonidan ijodiy
ishlar olib borilishi, jumladan, natijalari har semestr yakunida umumiy o‘quvchilar va
o‘qituvchilar jamoasida ko‘rib chiqilib, faollar munosib taqdirlanishi ko‘zda tutilgan tadbirlar
(to‘garaklar, festivallar, konkurslar, musobaqalar, marafonlar, o‘yinlar, treninglar), maxsus
dastur natijalari doimiy ravishda ishlab turishi lozim. Bunda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini
boshqarish, liderlik, ijodiy faoliyat, loyihalar ustida ishlash kabi qobiliyatlari shakllantirib
borilishi maqsadga muvofiq.
Oliy ta’limda bo‘lajak o‘qituvchilarni akmeologik yondashuv asosida kasbiy tayyorlashning
asosi quyidagilarni tashkil etadi:
- bo‘lajak o‘qituvchilarning borliq va jamiyat o‘rtasidagi munosabat kommunikativ aloqalarini
o‘rganish;
- bo‘lajak o‘qituvchilarning hayotiy muvoffaqqiyatlarga erishishinimo‘ljallashda, shaxsiy
sifatlarni takomillashtirishga, madaniy rivojlantirish yetukligiga va ta’lim jarayonidagi axloqiy
sifatlarga erishishga intilishi;
- kreativ faoliyatni tashkil etishda, qiziqarli va mahsuldor, har bir talabaning qobiliyatini ochib
beruvchi va uning muvaffaqiyatlarini ta’minlovchi, ijtimoiy tan olinish, o‘z yetukligini his etish,
ijodiy guruhlarda shaxslararo munosabatni tashkil etish;
- bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratilarini takomillashtirish imkonini beruvchi
omillarni aniqlash;
105
Dostları ilə paylaş: |