shoir — yangi dinni zarur poetik tarzda bayon etuvchi, kohin— Alloh bilan aloqada bo‘luvchi mukammal va betimsol inson bo‘lgan.
Ta’kidlash joizki, islom dini tug‘ilayotganda yangi e’tiqodtashuvchilari, dastavval Muhammad va uning yaqin safdoshlari Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali ham o‘z harakatlaridan shaxsiy manfaat kutishmagan. Bu ehtiroslar musulmonlarda shunday kuch namoyon qildiki, ular 636-yilda Vizantiyaga zarba berdilar, Sosoniylar bilan urushda Xuroson zabt etilgan bo‘lsa, mamlakatning Sharqiy qismi ixtiyoriy musulmon bo‘ldilar, ya’ni fath etildi. Nisbatan qisqa vaqt ichida Shimoliy Afrika va Yevropaning Janubiy hududi — Pirineya egallanib islomlashtirildi. Shu vaqtdan boshlab katta hududda islomiy qarashlar
asosidagi umumiylik qaror topdi.Bu umumiylikning ma’naviy, siyosiy va iqtisodiy tarkibi o‘zaro mutanosiblikda tugal qaror topishini Yevropaning ko‘pgina sharqshunoslari IX—XIII asrlar bilan belgilaydi. Jumladan, avstriyalik olim Adam Mets «Musulmon renesansi» asarida islom dunyosi ko‘tarilishini shu davr bilan bog‘laydi.Musulmonlar o‘zlari yaratgan qadriyatlarni boshqalarga berish barobarida o‘zgaradigan falsafiy g‘oyalar ilmiy bilimlar va texnik vositalarni o‘zlashtirdilar. Alohida ta’kidlash joizki, islom dinimadaniyatni turli bo‘hronlardan himoyalaydigan o‘ziga xos «qalqon» vazifasini bajardi. Afrikadan Osiyoning markazigacha,
Hindistondan Gibraltargacha bo‘lgan ulkan makonda xalqlar dinva til birligi asosida birlashdilarki, bu o‘zaro madaniy ta’sirni ancha kuchaytirdi.Islom dunyosidagi madaniy aloqalar rivoji ikki muhim jihat bilan izohlanadi: Birinchidan, musulmon mamlakatlarining
Musulmonchilikning tarqalishi Islomiy sivilizatsiyaning boshlanishi Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon 99 geografik makonlari imkon bergan bo‘lsa, ikkinchidan, ayni shu islom dinidagi ichki salohiyat buni ta’minladi.1gullab-yashnashiga ko‘mak berdi. Nasroniy ozchilik Misr va O‘rta Yer dengizi sharqidagi mamlakatlarda sezilarli rol o‘ynaydi.
Hindistonda indus va musulmonlar yonma-yon yashab keldilar.Turli dindagilar bir-biridan o‘rgandilar. Islom mahalliy an’analarni oyoqosti qilmadi, aksincha, turli diniy guruhlar o‘z madaniyatlarinirivojlantirishi va qo‘shnilari bilan muvaffaqiyatlarni baham ko‘rishi uchun sharoit yaratdi. Makkaga haj qilish xalqlar va madaniyatlarni yaqinlashtirgan. Bunda musulmonlarning yo‘li turli mamlakatlar orqali o‘tgani tufayli madaniyatning ko‘pgina namunalari bilan tanishish mumkin bo‘lgan va o‘zaro muloqotda bo‘lganlar hamda qaytib borganlaridan so‘ng o‘z yurtlarida ko‘rgan-kechirganlarini boshqalarga ham yetkazishgan. Umuman, hojilar barcha joylarda alohida hurmatga sazovor kishilar bo‘lgan. Arab tilini o‘rganish «Qur’oni karim»ni o‘qish uchun musulmonlarga zarurligidan kundalik muomalada, ilmiy-texnikaviy bilimlar almashuvida qulaylik tug‘dirgan. Yevropaliklardan farqli o‘laroq musulmonlar barcha joylarda bir-birini tushungan. Islom madaniyati rivojlanishining muhim omillaridan biri—bu tijoratga asoslangan dinamik iqtisodiyot bo‘lgan. Shahar bozorlari tufayli kengayib ketgan dengiz portlari uch qit’aning tutashgan joyi bo‘lgan islom mamlakatlarida mollar ayirboshlashda belgilovchi rol o‘ynagan.
Hind okeani va O‘rta Yer dengizidagi savdo-sotiq musulmonlar qo‘lida bo‘lgan. Ular so‘nggi O‘rta asrlargacha, Yevropa savdosida
ham hukmronlik qilgan. Islom sivilizatsiyasi tarkibida falsafa sohasida Antik dunyoda (Suqrot,
Aflotun, Arastu) ishlab chiqilgan g‘oyalar omuxtaligida arab tilida ilgari surilgan ta’limotlarda ilohiy taqdir, iroda erkinligi kabi masalalar muhokama qilingan. Falsafa, adabiyotva san’at
Amerika Qo‘shma Shtatlarida 1991-yilda nashr etilgan va ko‘pgina ingliz tili mamlakatlarida muvaffaqiyatlar bilan foydalanilayotgan tarix darsligida islom sivilizatsiyasi bo‘yicha maxsus paragraf ajratilgan.
Jumladan, unda shunday yozilgan: «Islom dini aqidalaridan madaniyat rivojlanishi uchun, ayniqsa dunyoni idrok etish va turmush tarzining kamida to‘rtta xususiyati kelib chiqadi: musulmonlar boshqa dinlar va madaniyatlar bilan chiqishib keta oladi; ular Makkaga haj qilishlari lozim; Qur’onni o‘qish uchun ular arab tilini bilishlari lozim; bundan tashqari ular juda e’tiborli mashg‘ulot sifatida savdo-sotiqni yuksak qadrlaganlar».II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini 100 Musulmon adabiyotining yuksak rivojlanishi abbosiy xalifalar davrida sodir bo‘ldi. To‘g‘ri, islom diniga qadar ham arablarda ayniqsa, og‘zaki adabiyot, ommaviy she’riyat keng tarqalgan. Bular asosida arab adabiy tili qaror topdi. Qur’oni karim qiroatini egallaganlar tinglovchilarga ta’sir etib, ularni yig‘latish, qahrg‘azab uyg‘otish va hokazolarga qodir bo‘lishgan. Abbosiy xalifalarning ko‘pchiligi (masalan, Xorun ar-Rashid al-Ma’mun, Mutavvali) saroylarida shoirlar xizmat qilgan. Nasriyadabiyot na’munalaridan «Ming bir kecha» asari hisoblanadi.Arabcha shakldagi she’riyat islomiy hududda keng tarqalgan
edi. Keyinroq fors va turkiy tillarda yozilgan adabiyot ma’naviy hayotda katta o‘rin tutdi. Jumladan, fors shoirlari Firdavsiy, Umar Xayyom, Hofiz Sheroziy, Shayx Sa’diy va boshqalar
aruzda ijod qilib she’riyatning yuksak namunalarini yaratdilar. Qasida, doston, ruboiyot va hokazolar adabiy janr sifatida shakllandi. Turkiy adabiyot namunalari ham sivilizatsiyaviy maqomda bo‘lgan.
Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida turkiy tilshunoslik bilan birga og‘zaki she’riy namunalar, urf-odat qo‘shiqlari, xalq lirikasi, epik mazmundagi qismlar, maqollar va hokazolarning namunalari keltirilgan. Asar keyingi davr ijodkorlari
faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan. San’atning turlari islomiy muhitda dastlab uncha rivojlanmagan bo‘lsa-da, keyinchalik imoratsozlikda, bezakchilikda, cholg‘uchilik va qo‘shiqchilikda ham muayyan qat’iylik darajasi saqlangan holda jiddiy o‘sish kuzatildi. Sharq musiqaviy asboblari musulmon Ispaniyasida, Lotin Amerikasidagi mustamlakalarda tarqaldi va hatto Shimoliy Amerika musiqa madaniyati rivojiga ham o‘z hissasini qo‘shdi. Intellektual faoliyat musulmon dunyosida tijoratchilar mollaridan kam bo‘lmagan darajada baholangan
va aholi turmush tarzida har doim muhim o‘rin tutgan. «Olimning siyohi, — degan ekan Muhammad payg‘ambar — azob-uqubat tortgan inson qonidan muqaddasdir». Ko‘rinadiki, islom an’analarida aqliy mehnat yuqori baholangan va bu hol diniy farmoyishlar bilan mustahkamlangan.Musulmon olimlar va boshqa sivilizatsiyalarga mansub mamlakatlarda
yaratilgan bilimlarni ham o‘rganib saqlab qolganlar,tarjima qilganlar va sharhlaganlar. Mustaqil ravishda o‘z izlanishlarida katta-katta muvaffaqqiyatlarga ham erishganlar.Islomiy dunyoqarash va turmush tarzining yuqorida keltirilgan xos jihatlari ma’naviyatning ta’lim, kitobatchilik va kutubxonachilik, Islomiy va dunyoviy bilimlar Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
falsafa, adabiyot, san’at, ilm-fan, tibbiyot kabi sohalariga belgilovchi ta’sir ko‘rsatdi. Islom mamlakatlarida o‘quvchilar grammatika, arifmetika,payg‘ambarlar hayoti tavsirnomalarini ham o‘rganishgan.Hozirgi universitetlar maqomida bo‘lgan madrasalarning dastlabkilari X asrda ochilgan edi. XII asrda Yaqin Sharq va Ispaniyada o‘nlab mashhur islomiy universitetlar faoliyat ko‘rsatgan.
Ularda huquq, falsafa, tarix, geografiya, tabiiy fanlar, ilohiyotshunoslik va she’riyat o‘qitilgan.
Arablar 704-yilda Samarqandda qog‘oz tayyorlash bilan birinchi marta tanishgan edilar. Buning sivilizatsiyaviy tomoni shunda bo‘ldiki, yozilgan asarlarning narxi arzonlashib, keng tarqaldi, kutubxonalar vujudga keldi. Xalifalik poytaxti Bag‘dodda chingiziy Xulaguxon bosqini arafasida 36 ta jamoat kutubxonasi, ko‘plab masjidlarda ham boy kitob jamlamalari bo‘lgan. Turli xil kitoblar Buxoro, Urganch, Marv kabi shaharlardagi kutubxonalarda ham ko‘plab to‘plangan. Islomiy sivilizatsiya doirasida jiddiy ilmiy ravnaqqa erishildi. Bu tasodifiy emas edi. Qur’oni Karimda «ilm» tushunchasi 750 marta, «aql» atamasi 50 marta qayd qilingan ekan. Yevropaliklar keyinroq tabiatshunoslik, tibbiyot, dengizchilik va boshqa sohalarda bu sivilizatsiyada erishilgan natijalardan ko‘p foydalandilar. Musulmon mamlakatlarida ilm-fan IX—XII asrlarda ayniqsa tez rivojlandi, gullab-yashnadi. Arablarda falakiyotshunoslik bilimlariga zo‘r ehtiyoj bo‘lgan. Ptolomeyning «Almagest» asari tarjima qilingan, xoldeylardan qolgan Xarron shahridagi observatoriya ishi davom ettirilgan. Abu Rayhon Beruniy (973—1048)
Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi to‘g‘risidagi farazni aytib, uning kengligi va uzunligini aniq o‘lchadi.
Islomiy geograflardan Al Ma’sudiy (900—957) Markaziy Osiyo,davomida Afrika, Osiyo va Yevropa bo‘yicha ko‘rgan-kechirganlarini batafsil yozib qoldirganlar. Beruniyning «Hindiston» asari ham XVIII asrgacha yagona manba bo‘lgan. 883-yilda xalifa al-Ma’mun topshirig‘iga ko‘ra xaritalar tuzilgan. Abdurahmon ibn Xaldun (1332—1406) «Jahon tarixi», «Tarix falsafasiga kirish», ko‘p jildli «Arablar, forslar, berberlar hamda ularga zamondosh bo‘lgan boshqa qudratli xalqlar tarixiga oid ma’lumotlar va namunalar to‘g‘risidagi ibratli kitob» asarlarini yozgan. U kishilar va millatlarning xatti-harakatlarini tushuntiradigan qonuniyatlar, sivilizatsiyalarning ravnaqi va halokati, II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini insonga muhitning ta’siri, moddiy omillarning kishilar turmushidagi o‘rni va hokazolar to‘g‘risida chuqur fikrlarni ilgari surgan. Ibn Xaldunni hozirgi sotsiologiyaning asoschisi deb hisoblashadi. Musulmon dunyosida matematika sohasida katta kashfiyotlar qilindi, arifmetika poyoniga yetkazildi. «Baytul Xikma»dagi olimlarga boshchilik qilgan Muhammad ibn Muso Xorazmiy (783—850)
«Al-jabr va al-muqobala» asarida algebraning asosiy jihatlarini ifodalab bergan. Shu davrda trigonometriya ham vujudga keldi. «Sifr», «nol» kabi matematik tushunchalar arabcha bo‘lib, hozirgi fanda muhim o‘rin tutadi.
Musulmon olimlari asoslagan kimyo ham ma’lum mavqega ega bo‘lgan. Ko‘pgina moddalar va jarayonlar ustida tajribalar o‘tkazgan olimlar umumiy sohaning tamoyillarini ifodalaydigan keng qamrovli nazariyalar yaratdilar.Bular o‘z navbatida tibbiyot rivojlanishiga jiddiy turtki bo‘ldi.Og‘riq qoldiruvchi moddalar yordamida birinchi marta islomiy tabiblar jarrohlik operatsiyalari o‘tkazganlar. Zakariya ar-Roziy (865—925) hatto chechak va qizamiqni samarali davolagan. Islom Sharqida dorishunoslar tayyorlaydigan o‘z davrida yagona bo‘lgan o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatgan. Tabiblik qilish uchun tegishli sertifikat bo‘lishi tartibi o‘rnatilgan. Tabiblar iqlimning ta’siri, gigiyena va ovqatlanish muammolari bilan shug‘ullanishgan. Musulmon okulistlari ko‘z kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan davolaganlar. Ko‘z gavhari faoliyatini o‘rganish tibbiy optika rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. Abu Ali Ibn Sino (980—1037) nafaqat islomiy sivilizatsiya doirasida, balki insoniyat hayoti o‘rta asrlar davrida universal bilim sohibi bo‘lgan. Uning tibbiyotga oid 43 ta asar yozganligi ma’lum. «Tib qonunlari» asari Yevropada 600 yil davomida yagona yetuk qo‘llanma bo‘lgan. Bu asar ko‘p jihatlari bilan hozir ham o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Narsa, hodisa va jarayonlarning tizimiy tuzilganidan kelib chiqilsa,islomiy mintaqalar sivilizatsiyasida bir qancha xususiyliklar va, hatto,alohidaliklarni ko‘rish mumkin. Haqiqatan ham Markaziy Osiyodagi madaniyat bilan Shimoliy Afrika madaniyatida diniy umumiylikdan tashqari muhim farqlar ham bo‘lgan. Ayni vaqtda Markaziy Osiyoning dehqonchilik markazlari bilan chorva makonlari ham anchagina farq qilgan. Zero, tizimning har bir bo‘lagi boshqa bir bo‘lagi bilan o‘zaro taqiqlanganidan Islomiy sivilizatsiya inqirozi butunligini, o‘z-o‘zidan saqlanish tamoyiliga ko‘ra mavjudligini yo‘qotmaydi. Bu esa an’anaviylik davom etishining asosiy omillaridan hisoblanadi.
Ana’anaviylik tadrijiy rivojlanishni inkor qilmasa-da, ko‘pincha turg‘unlik omillaridan hisoblanadi. Masalan, Shimoliy Afrikaga o‘rta asrlarda bosqinchilar Shimoldan ham, Sharqdan ham kelmaganlar. Lekin bu yerda o‘z davrida cho‘qqiga ko‘tarilgan sivilizatsiya tushkunlikni chetlab o‘ta olmadi. Islomiy sivilizatsiya muayyan ichki sabablar (an’anaviylik) va tashqi — bosqinchilarning hujumlari ostida avvalgi holatini yo‘qotib bordi. Tabiiyki, bunday sharoitda inson zotiga hurmat, uning shaxsi bilan hisoblashish, huquqlari va sha’nini qonuniy himoyalash zarur darajada ta’minlanmas edi.
Asosiy tushunchalar
Islom sivilizatsiyasi — musulmon dini tarqalgan hududlardagi
sivilizatsiyaning ko‘pgina umumiyliklari nazarda tutilgan holda
nomlanishi.
Diniy bag‘rikenglik — islom dinida avval-boshdan g‘ayridinlarga
nisbatan toqatlilik mavjud. Shunga ko‘ra ham islomiy
mamlakatlarda aholining nasroniy, yahudiy va boshqa
ko‘rinishdagi diniy ozchilik qadimdan yashab keladi. Ular
dini, tili va ma’naviy madaniyatning boshqa jihatlarini saqlab
qolganlar.
Musulmon an’anaviyligi — Sharqda tabiiy va ijtimoiy-madaniy
sabablarga ko‘ra davom etib kelayotgan jihat islom dinining
ilk davri tartibotlarining bo‘rttirilishi tufayli ijtimoiy turg‘unlikni
ifodalaydigan bo‘lib qoldi.
Takrorlash uchun savollar
1. Payg‘ambarlik nima?
2. Islom sivilizatsiyasining o‘zidan oldingi sivilizatsiyalar bilan
bog‘liqligi bormi?
3. Islom sivilizatsiyasining asosiy jihatlari chet el (AQSH)
tarix fanida qanday ko‘rsatilgan?
4. Islom sivilizatsiyasi yutuqlarining hozirgi ahamiyati qanday?
5. Islom qadriyatlarini qanday tushunasiz?
6. Dunyoviy ilmlarga islomda munosabat?
7. Islom sivilizatsiyasining yemirilishi sabablarini gapiring.
II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini
104
24-§. Tasavvuf
Ulkan madaniy va tarixiy hodisa
sifatida Jahon miqyosida barcha xalqlar
ma’naviyatiga, dunyo rivojlanishi
jarayonlarining hamma tomonlariga ta’sir ko‘rsatib kelayotgan
jahoniy dinlardan bo‘lgan islomni o‘rganish uning ichida zohidlik
harakati ko‘rinishida VIII asrning o‘rtalarida kurtak yoygan so‘fiylik
yoki tasavvufni chuqur o‘rganmay turib amalga oshmaydi. Chunki
yirik va ta’sirli falsafiy-teosofik oqim bo‘lgan tasavvuf o‘z ichiga
diniy, adabiy fikr, tarix, mantiq, ruhshunoslik, kosmogoniya,
biologiya, mifologiya hamda ilmiy tafakkur va boshqa ijodiy sohalar
unsurini qamrab olgan edi. Movarounnahr — Turkiston Yaqin va
O‘rta Sharq mintaqalari kabi so‘fiylik markazlaridan bo‘lgan.
«So‘fiy» atamasining kelib chiqishi to‘g‘risida, jumladan, quyidagi
nuqtayi nazar mavjud: Arabcha «suf» so‘zidan yasalgan bo‘lib,
o‘zbek tilida jun, jundan to‘qilgan mato ma’nosini beradi. Yoinki,
A. R. Beruniy «Osorul boqiya» asarida «faylasuf» so‘zining oxirgi
bo‘g‘ini («suf»)dan olingan deydi va hokazo.
«Sufiy» so‘zidan uning turli islohlari — «tasavvuf», «mutasavvuf
» va hokazolar kelib chiqqan.
Ummaviy xalifaligi davrida diniy
amrlarni ado etishni har qanday
dunyoviy ishlardan ustun qo‘ygan
e’tiborli kishilarning bir qismi dinni
himoya qilib kurashga otlangan bo‘lsalar, ikkinchi qismi esa, qanoat
va zuhudni (undan «zohid» so‘zi kelib chiqqan) asosiy maqsad
qilib, saroy ahli, boylar axloqiga qarshi norozilik bilan shug‘ullanganlar.
Zohidlarning niyati Qur’onda va’da qilingan jannatga
yetishish edi. Lekin buni ta’maning bir ko‘rinishi deb hisoblagan
kishilar ham bor ediki, ular uchun yagona istak — bu Xudoning
diydoridir. Bulardan ba’zilarining g‘aybdan bashorat beruvchi
karomatlari, sirli mo‘jizalari atrofdagilarni hayratga solgan.
Zohidlar yoki zohid so‘fiylar davri o‘rniga oriflik va oshiqlik
davri kelgan. Tasavvufshunos mutaxassislar bu davrni IX asr
o‘rtalaridan boshlangani va qator bosqichlarni bosib o‘tganligini
ta’kidlaydilar.
XIII—XIV asrlarda tasavvuf ham nazariy-ilmiy nuqtayi nazardan,
ham amaliy harakatchilik nuqtayi nazaridan o‘zining yuksak
cho‘qqisiga ko‘tariladi.
Tasavvuf tarixi islom tarixi bilan birga rivojlanib, o‘ziga xos
harakat sifatida islom madaniyatiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi.
Abdurahmon Jomiyning «Nafaxatul une minal hazarotul quds»
«So‘fiy» atamasi to‘g‘risida
Tasavvufning kelib
chiqishi va tadriji
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
105
asarida 664 ta so‘fiyning nomi zikr etiladi. Alisher Navoiyning ham
«Nasoyimul muhabbat» asariga juda ko‘plab so‘fiylar kiritilgan.
Shulardan 100 dan ortig‘rog‘i Turkistonda yetishib chiqqan
buzurugvorlar hisoblanadi. Ko‘rinadiki, mohiyatan insonparvarlik
g‘oyalari, Soflik, Haqiqat, Go‘zallik, Kamolot aqidalarini
ifodalagan tasavvuf bir yo‘nalishdagi ta’limot bo‘lmagan, uning
shox va shoxchalari ko‘p.
So‘fiylarning mashhurlari ilohiy ma’rifatni
egallash uchun o‘zining ruhiyaxloqiy
kamolot yo‘lini — tariqatini
maydonga keltirganlar. Markaziy Osiyoda
Xo‘ja Ahmad Yassaviy (1166-yilda vafot etgan), Najmiddin Kubro
(1145—1220) va Xo‘ja Bahouddin Naqshbandning (1318—1389)
tariqatlari mintaqadan tashqarida ham keng tarqalgan edi.
Tariqat ijtimoiy hodisa sifatida insoniyat rivojlanishiga xizmat
qilgan. Tariqat asosida tasavvufning ideal tuzum haqidagi qarashlari
vujudga kelgan. Masalan, Abdurahmon Jomiyning «Xiradnomayi
Iskandariy» va Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonlarida solih
kishilarning podshosiz jamiyati haqida gap boradi. Tasavvuf har
bir insonni axloqiy tarbiyalash orqali bunday jamiyatga yetishish
mumkin deb hisoblagan.
Insonning haqiqat, adolat va poklikka erishish istaklari tasavvufda
o‘z ifodasini topdiki, bular kuchli zavq va ishtiyoqni, Ishqni
keltirib chiqaradi.
Tasavvuf bo‘yicha, Parvardigor avval jabarut (buyuklik) olamini,
keyin malaku (farishtalar) olamini, so‘ngra mulk (moddiy)
olamini, va nihoyat inson talash olamini yaratgan. Ko‘ngil
(ruh) shu olamlarni sayr etib insonga nuzul etadi va yana shu
olamlar bo‘ylab uruj etadi (ko‘tariladi). Oqibatda Ruhning
begonalashuvi va yana birlashuvidan bir doira yakun topadi.
Bu doira olami Kubroni olami Sug‘ro — inson bilan bog‘laydi.
Olami Sug‘ro — insonda olami Kubrodagi jami xususiyatlar
mavjud.
Tasavvufdagi o‘z-o‘zini takomillashtirish
g‘oyasi, axloqiy yuksalish, ezgulik,
xayr, himmat, mardlik haqidagi
qarashlar butun musulmon
olamiga keng tarqalib, katta ijtimoiy hodisaga aylangan edi.
Darveshlar, so‘fiylar, shayxlar, valiysifat ruhoniylarni xalq juda
hurmat qilgan. Ularga e’tiqod qo‘yish orqali Allohi taolo qudratini
chuqurroq his qilgan. Amaliy turmushda odamlar shu darveshlar
kabi qanoatli, halol bo‘lishga intilgan, nafsini tiygan. Shuning
uchun ham tasavvufga ta’rif berganda, juda ko‘p shayxlar uni
Ma’rifat yo‘lidagi
tariqatlar
O‘z-o‘zini
takomillashtirish
II боб. Jahon jarayonlarining sivilizatsiyaviy talqini
106
shaytoniy nafsni jilovlash, rahmoniy xislatlar kasb etishi lozim
deb ko‘rsatganlar.
Ko‘rinadiki, tasavvufning negizida chin insonparvarlik g‘oyasi,
xalqning adolat haqidagi orzulari yotmaganda, u bunchalik keng
tarqalmas, bunchalik ommalashib, ijod ahli qalbidan chuqur o‘rin
olmasdi. Bir qator qaynoq va jozibali bir she’riyat yaratilishiga
turtki bo‘lmas edi.
So‘fiylik Ibn Sino tomonidan ham iliq qarshi olingan edi. Ibn
Sino irfoniy bilish yo‘lini inkor etgan emas. Aksincha «Attayr»,
«Salamon va Absol» nomli asarlarida ramzlar orqali so‘fiyona
ma’rifatga erishishni tasvirlaydi. «Risol fil ishq» asarida esa
muhabbatni aynan irfoniy mazmunda talqin etgan.
Umar Xayyom ruboiylari ichida ham so‘fiyona g‘oyalar
ifodalangan. Shuning uchun aslida sof ratsionalizm tarafdori bo‘lgan
olimlar ham tasavvufning orifona yo‘nalishini qabul qilganlar.
Tasavvufda dunyoqarash bilan badiiy
tafakkur baqamti rivojlangani kabi
aqliy (ratsional) va vajdiy (irratsional)
bilimlarni egallash ham mushtarak
rivojlangan.
Shu bois so‘fiy shoiri yoki olimi, deb nom chiqargan kishilarning
asarlarida dunyoviy bilimlar, hikmat va donishmandlikning butun
bir tizimi shakllandi. Masalan, Jaloliddin Rumiyning asarlarida
qanchadan qancha donolik bor, qanchadan qancha insoniy
muammolar tilga olinib, hanuz tozaligini yo‘qotmagan fikrlarni
topish mumkin. Uning «Masnaviy ma’naviy» nomli olti daftardan
iborat asari butun bir donolik qomusidir. Unda Sharq ruhiyati
muammolari irfoniy ilmlar yutuqlari darajasida aks etgan. Keyinchalik
G‘arbiy Yevropada tarqalgan insonparvarlik va komillikka doir
qarashlar tizimining dastlabki tag-zaminini Rumiy falsafasida ko‘rsa
bo‘ladi. Chunonchi, Rumiy birinchi bo‘lib, o‘z asarlarida olamning
zarradan koinot qadar o‘zaro vobastaligi, bir-biri bilan tortilib
turishi, oddiydan murakkab sari rivojlanishi, ziddiyatli, qaramaqarshi
holatlari haqidagi fikrlarini bayon etgan edi.
J.Rumiy ruhning ichki intizomi, fikrning paydo bo‘lishi va
yo‘qolishi, tasavvur va tafakkur, xayol va borliqning o‘zaro ta’siri,
inson mavjudligini aniqlaydigan belgilar, insonning aldanishi,
yolg‘on tasavvurlar va chin bilim, tajriba va tahlil, juzv va qull,
konkretlilik va mavhumlik, Haq sifati va odam sifati kabi yuzlab
masalalar ustida mulohaza yuritgan.
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinadiki, tasavvuf Sharq tafakkurida
muhim o‘rin egallagan, ma’naviyatni umuminsoniy qadriyatlar
bilan yaxlit boyitishga benazir hissa bo‘lib qo‘shilgan.
Dunyoqarash
va badiiy ijod
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
107
Asosiy tushunchalar
oe Zohidlik (arabcha) — Olloh marhamatiga sazovor bo‘lish
uchun dunyoviy lazzatlardan cheklanish.
oe Vahdatul vujud (arabcha) — Ollohni yagona, abadiy deb
tan olish. Bunga ko‘ra olam, narsa va hodisalar Olloh nuridir.
Shunga ko‘ra unga muhabbat qo‘ymoq kerak.
oe Vahdatul shuhud (arabcha) — Xudoning dunyoda va shaxsda
namoyon bo‘lishi to‘g‘risida orifiy ta’limotning bosh
tushunchasi.
oe Olami Kubro (arabcha) — tasavvufda insonni o‘rab turgan
borliq.
oe Olami Sug‘ro (arabcha) — tasavvufda inson olamini
ifodalaydigan tushuncha.
Takrorlash uchun savollar
1. Tasavvuf qayerda, qachon va qaysi maqsadda kelib chiqqan?
2. Tasavvufning asosiy xususiyatlari qaysilar?
3. So‘fiylikda inson qanday tavsiflanadi?
4. So‘fiyona o‘z-o‘zini takomillashtirish nima?
5. Tasavvufda insonparvarlik g‘oyalari qanday ifodalangan?
-
Sivilizatsiya — insoniyat jamiyati ilgarilama harakatida
erishilgan darajani hamda moddiy va ma’naviy qadriyatlarni
o‘zlashtirish usulini ifodalaydigan tushuncha.
oe Mehnat taqsimoti — inson individual sifatlarining rivojlanishi
natijasida kishilar o‘rtasidagi faoliyat almashuvi va o‘zaro
bog‘liqlikni anglatadigan tushuncha.
oe Evrika – bilim.
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
83
21-§. Sivilizatsiya va madaniyat
Sivilizatsiyalarning insoniyat ilgarilama harakat bosqichlari
ekanligi doirasida madaniyat hodisasi alohida o‘rin tutadi. Fransuz
mutafakkiri J.J.Russo insonning tanasi va ruhi ehtiyojlari to‘g‘risida
fikr yuritib, birinchisi qonunchilik, davlat tuzilishi, xavfsizlik
tizimiga ehtiyoj sezganidek, ikkinchisi ham o‘zini takomillashtirish
uchun madaniyatga, birinchi navbatda san’at va fanga bo‘lgan
ehtiyojni qondirish kerak, deb ko‘rsatgan edi. Bu «madaniyat» va
«sivilizatsiya» tushunchalarini farqlashning birinchisi bo‘lgan. I.Kant
Dostları ilə paylaş: |