O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 3,28 Mb.
səhifə1/58
tarix06.05.2018
ölçüsü3,28 Mb.
#42512
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58

Inson – jonli mavjudotning alohida tipi. Insonning o’zini-o’zi hamda tashqi dunyoni bilishi zarurligi va imkoniyatlari
Reja



  1. Insonning tabiati.

  2. Hozirgi bilimda inson sifatlarining umumlashtirilishi

  3. Bilish – insonning ehtiyoji

  4. Bilish darajalari

Insoniyat tarixida kishilar eng ko‘p o‘ylagan va o‘rganishga extiyoj sezgan muammolardan biri — insonning tabiati masalasidir. U aqlini tanibdiki, o‘zining kelib chiqishi, mohiyati va tutgan o‘rnini hamda aqli doirasida bajaradigan vazifalarini har doim diqqat markaziga qo‘yib keladi. Qadimda Sharqda ham, G‘arbda ham insonga Koinotning buyuk mo‘jizasi, noyob hodisasi sifatida qaralgan. Bundan 2,5 ming yilcha avval muqaddam Yunonistonda dramaturg Sofoklning sahnaga qo‘yilgan «Antigona» fojiasida «Mo‘jizalar ichida eng ajoyibi — insondir» degan fikr yangragan. O‘sha davr mutafakkiri Empedokl «Inson har doim inson uchun qiziq hodisadir», desa, boshqa yunon donishmandining fikricha: «Inson o‘zini o‘zi yaratgan. Shunga ko‘ra u barcha narsalarning o‘lchovidir». Shuningdek, insonni barcha mavjudotlarning eng baxtsizi, uning kelajagi yo‘q, deb hisoblovchilar ham bo‘lgan.

Inson va uning tabiati necha ming yillardan beri maxsus o‘rganilishiga, tadqiqotlar turli tomonlardan olib borilgani, ularning har biri o‘zining tahliliga va xulosasiga egaligi, juda ko‘plab nazariyalar ilgari surilgani holda hozirgacha aniq va

tushunarli javob yo‘q. Qiyinchilik shundaki, kishilar g‘oyat darajada turlicha va takrorlanmasdir. Ichki dunyosi to‘g‘risida gapirmaganda ham ular nafaqat tashqi ko‘rinishlari, balki xatti-harakatlari bilan ham bir-biriga o‘xshamagan va ayni paytda juda murakkabdir.

Yer yuzida yashayotgan olti milliarddan ortiq odamdan ikkita bir-biriga aynan o‘xshashi topilmaydi. Agar tadqiqotchi inson tabiatini u mansub bo‘lgan madaniy olam bilan taqozo etilganini hisobga olib ish ko‘rsa, murakkablik ko‘lami qanchalar katta bo‘lishi oydinlashadi. Shunga qaramay insoniyat oldida o‘z-o‘zini bilish vazifasi o‘tkir muammo bo‘lib turibdi. Zero, u insonning xattiharakati, nazoratsiz faoliyati natijasida paydo bo‘lgan muammo-Inson — murakkab



mavjudotlar — Yer yuzida yalpi tinchlikni saqlash, ekologik muammolarni bartaraf etish, yadro sanoati chiqindilarini xavfsizlantirish, sayyoradagi yalpi isib ketishning oldini olish, terrorchilikka, narkomaniya va narkobiznesga qarshi samarali kurashish, irqiy kamsitishlarga barham berish, demografik muammolar va qashshoqlikni bartaraf etish kabi bir qator masalalarni hal etishni talab etmoqda. Bundan tashqari insonning murakkab tabiati Sayyora miqyosida noyobligi bilan ham alohida ajralib turadi1.

Hozirgi bilimda inson sifatlarining umumlashtirilishi. Hozirga qadar inson haqida ruhshunoslik, etnografiya, fiziologiya, tibbiyotshunoslik va h.k. to‘plangan bilimlarni eng umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin:

Birinchidan, inson tabiiy-biologik cho‘qqisida turganligi bilan hayvonlardan farqli o‘laroq tana tuzilishiga ko‘ra, jumladan, odatdan tashqari qayishqoqligi bilan ajralib turadi va barcha asosiy darajalariga ko‘ra o‘ziga xosligiga ega; anatomik tuzilishiga ko‘ra tik yurishga moslashgan, bosh suyagi qobig‘ining, miya yarimsharlarining o‘lchami, qo‘llari va oyoqlarining o‘ziga xos tuzilishi bilan farqlanadi. Biologik mavjudot sifatida baquvvat hayvonlarga qiyoslaganda kuchsiz va nozikligiga qaramay Yer yuzida eng katta qudratga ega bo‘lgan mavjudotdir. Unda to’rt oyoqli mavjudotlarda bo’lmagan sifat – tana barcha a’zolari ijodiy murakkab mehnat jarayonlarini bajarishga moslashgan. Bular quyidagilarda ko’rinadi: qo’llar va ulardagi barmoqlarning turli yumushlarni bajara olishi; ko’z a’zolarining uch o’lchovda ko’ra olishi bilan makonda mo’ljalni to’g’ri olishi va hokazo.

Ikkinchidan, inson ijtimoiy tabiatiga ko‘ra mehnat qurollari yasaydi, olovdan foydalanadi. Tilga ega bo‘lib, o‘z fikr-o‘ylari va g‘oyalarini ifodalay oladi; o‘ziga ma’lum bo‘lgan va bo‘lmagan narsalarni yarata oladi, ishlab chiqara oladi, unga hech narsa yot emas: nozik did egasi, saxiy va xudbin, yumshoq va qat’iyatli, mehrli va g‘azabli.

Uchinchidan,inson o‘zining ruhiy-ma’naviy mavjudot maqomiga binoan yuksak intellekt, xotiraga, tengsiz hissiyotga egaligi, o‘ylash, rad qilish, hisob-kitob qilish, rejalashtirish, xayol surish va hokazo imkoniyatlari bilan mo‘jizalidir. Faqat u o‘zining o‘limini oldindan ko‘ra oladi. Voqelikka eng yuksak darajada mehr qo‘ya bilishi, aldashi, va’da berishi, hayratlanishi, qayg‘urishi, nafratlanishi, kinoya qilishi, rollarni bajarishi mumkin va h.k. Bularni mulohaza qilish o‘z navbatida inson bilishining falsafa, fan va din kabi sohalaridagi jiddiy muammolardandir.
Bilish – insonning ehtiyoji. Inson o’zini o’rab turgan voqelik bilan munosabatga kirishishga, uni bilishga majbur. Bilish inson bilan dunyo o’tasidagi asosiy munosdabatdir. Birinchidan, inson tabiatan har narsaga qiziquvchan mavjudot. U o’zi atrofida yuz berayotgan voqealardan hayratlanadi, ularning tag ildizlarini bilishga harakat qiladi. Ikkinchidan, insonning muayyan ehtiyojlari uni atrof-muhitga moslashishini taqozo qiladiki, bu ham bilishga undaydi. Uchinchidan, insonda oqilona tushuntirish qiyin bo’lgan ichki bir jihat ham borki, u insonning bilishga doir hatti-harakatini stixiyali bo’lsa-da, belgilaydi.

Bu yerda yana shuni aytish kerakki, biluvchi mavjudot bo’lgan inson o’zini-o’zi bilishga ham harakat qiladi. Odatda, insonning qaysi ijtimoiy-madaniy muhitda shakllanganligiga ko’ra, uning bilishi belgilanadi. Sharqona an’analarda insonning o’zini-o’zi bilishiga katta ahamiyat berilgan.

O’zini-o’zi bilish tashqi dunyoning bilishi zaruriyati bilan bog’liqlikda kechadi. Lekin inson har doim ham o’zi to’g’risida ob’ektiv va mukammal bilimga ega bo’lavermaydi. Uning o’zini-o’zi bilishi boshqalarning u to’g’risidagi bilimlari va tashqi dunyoni bilishi natijalari bilan muqoyasa etilmog’, to’ldirilmog’I lozim. Bunda nazarda tutish kerakki, G’arb-Yevropa madaniyatida insonning tashqi dunyoni o’zlashtirishi, egallashi muhim hisoblanadi.

Insonning bilishida har doim tevarak-atrof hodisalarini (dunyo qanday tuzilgan? Uning siru sinoati nimada? va h.k.), o’zining imkoniyatlarini (dunyoni bilishi muammolari) va yashashi shartlarini (yashashning ma’nosi, maqsadi va h.k.) mulohaza qilishi lozim. Bular ayni vaqtda falsafiy bilishning tegishli tarzda, uchta katta qismi – ontologiya (qadimgi yunoncha ontos – voqelik, borliq, logos – ta’limot), gnoseologiya (gnosus - bilish) va antropologiya (antropos - inson) muammolari jumlasiga kiradi.



Bilish darajalari . Bilish insonning ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish va tuyish sezgilari orqali voqelikdan olgan ta’sirlaridan boshlanib, shu sezgilarning oddiy tarzi – tuyg’ular, so’ngra idrok yoki hissiy qabullash va tasavvurdan tashkil topadi.Bu uning hissiy bilish deb atalgan birinchi darajasini bildiradi.

Hissiy bilishdan boshlangan jarayon aqliy (ratsional) bilish darajasi bilan yakunlanadi. Uning shakllari bo’lib tushuncha (muayyan turdagi narsa, hodisa yoki voqea to’risida umumlashma filr), hukm (tasdiq yoki inkorni bildirgan fikr) va xulosa (olingan yangi fikr) hisoblanadi. Umuman olganda, bilish hissiylik va ratsionalliik birligidan iboratdir.

Bilishning bu o’zaro taqozolangan ikki darajasi inson hayot-faoliyatining barcha sohalarida va u aloqada bo’lgan voqelikni o’rganishda ham amal qiladi.

Bilishning natijasi bilim bo’lib, xilma-xil tarzlarda mavjuddir.

Voqelik haqida bilimlarga ega bo’lishda bilish jarayoni doirasida xotira, xayol, intuitsiya va ijod hodisalari ham kuzatiladi. Agar xotira yordamida inson hissiy va aqliy shakllarda olingan bilimlarni saqlab qolsa va tiklasa, xayol yordamida esa ilgari ma’lum bo’lgan yoki yangi his-tuyg’ular va fikrlar gavdalantiriladi. Odatda, xayolda har doim yangilik unsurlari bo’ladi.

Intuitsiya (e’tiborlik qarash) yordamida inson dalillar va mulohazalarsiz muayyan bilimga ega bo’ladi. Qator mutafakkirlar intuitsiyani inson va uni o’rab turgan Olam o’rtasidagi har doim mavjud bo’lgan muvofiqlik deb qaraydilar.

Bilish insonning ajralmas salohiyati ekanligidan uning tabiatan ijodkorligi kelib chiqadi. Ijod – bu ilgari bo’lmagan bilimni yoki uning asosida u yoki bu moddiy ob’ektni yaratishdir. Ijodkorlik darajalari farqlanadi. Geniallik tufayli eng ko’p natijaga erishish mumkin. Talantlilik ham insonning yuksak salohiyati ifodasidir.

Haqiqat muammosi. Bilimning voqelikka qanchalik mos kelishligi masalasi – haqiqat masalasi qadimgi mutafakkirlarni hozirgacha o’ylantirib keladi. Bunda, ayniqsa, hozirgi davrda bu xusuda xilma-xil fikrlar o’rtaga tashlanmoqda. Ulardan biriga, muvofiqlik konsepsiyasi deb atalganiga ko’ra, fikrning u ifodalagan ob’ektga aynan mos kelishi haqiqat bo’lib, uni har qanday sharoitda tekshirish mumkin.

Haqiqatning boshqa bir konsepsiyasiga ko’ra, ob’ekt haqidagi bilimlar o’zaro olinganda ziddiyatli bo’lmasligi kerak. Bu jihatdan olganda, ushbu konsepsiya muayyan jihatlardan o’zidan oldingisini to’ldiradi.

Haqiqatning foydaliligiga asoslangan pragmatik konsepsiyaga ko’ra, bilimlarning tekshirilishi amalda ish-harakat jarayonida bajarilishi lozim. Muvofiqlik konsepsiyasida olinadigan haqiqat tabiatshunoslikdagi bilimlar tabiatini ifodalasa, haqiqatning pragmatikligi texnologik va iqtisodiy sohalardagi bilimlarni ifodalaydi. Abstrakt bilimlar haqiqiyligini ifodalaydigan konsepsiya, ayniqsa, matematika va mantiqda, shuningdek, filologik fanlarda qo’l keladi.

Bilimlarning haqiqatliligi tabiati undagi mutlaqlik va nisbiylik hamda konkret vaziyatlarda qaralishi mumkin. Ulardan birinchisi bilimlar tarkibidagi davom etib kelayotgan, o’zgarmas jihatlarni anglatsa, ikkinchisida bilimlarning tobora chuqurlashib, boyib borishligi tushuntiriladi.

Haqiqatning konkretligi shundaki, bilimlar qaysi konkret joy va vaqtda olingan bo’lsa, o’sha sharoitlarda to’g’ridir.

Fan - ilmiy bilim. Haqiqatlilik masalasi, dastavval, ilmiy bilimlar bilan bog’liq. Chunki fan mohiyat-e’tibori bilan voqelikni tadqiq etib haqiqiy bilimni berishi lozim. Bunda fanning turli sohalar bilimlarini ifodalaganiga ko’ra tasnif etish zarur bo’ladi. Eng umumiq tarzda uni umumgumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy, aniq fanlar va tabiatshunoslik fanlari ko’rinishida olish mumkin.

Tabiatshunoslik fanlaridan hosila sifatida tibbiyot, qishloq xo’jaligi va texnik fanlar farqlanadi.

Falsafiy bilimlar haqiqat bilan ish ko’radigan ilmiy bilimlardan farqli o’laroq erishilgan donolik asosida dunyoqarashni ifodalaydi.

Falsafiy bilish.Kishilar hayotining falsafiy dunyoqarashsiz tasavvur qilib bo’lmasligini quyidagilarda ko’ramiz:

Birinchidan, falsafiy dunyoqarash hamma vaqt ilg’or, zamonaviy bilim bilan o’zaro bog’langan va unga hamisha ehtiyoj sezadi. Tarixan fan falsafa tarkibida qaror topgan, amaliyoitda dalil-isbotlari sinalgan, qo’yilgan aniq savollarga uzil-kesil javob berishi, umuahamiyatli natijalar, umum tan olingan bilmlarning tobora ko’payib borishi bilan undan ajralgan.

Ikkinchidan, falsafiy dunyoqarashda muammolar hech qachon bir ma’noli, qat’iy yechimga ega bo’lmaydi. U har doim yangicha yondoshishga, masalani yangicha qo’yishga o’rin qoldiradi. Binobarin, falsafada yakdillik hech qachon bo’lmagan.

Uchinchidan, falsafiy dunyoqarash mavjudligi – zaruriyati. Bu fan va undan tashqarida olingan bilimlar (masalan, din, mistika) nisbatidagi nomatlub muqobilliklarni bartaraf etish ehtiyoji bilan bog’liq.

G’arb dinshunosligi ilmi vakillari diniy dunyoqarashga bo’lgan zaruriyatni quyidagicha izohlaydilar:

1.Hozirgi dunyo o’zining ko’pgina adolatsizliklari bilan boshqa adolatli dunyo to’g’risida o’ylashga majbur qiladi.

2.Turmush qiyinchiliklari ma’lum kishilarda qator axloqiy masalalarni kun tartibiga qo’yadiki, ularni mulohaza etish ko’p hollarda diniy masalalar tusini oladi.

3.Sivilizatsiya ilgarilama harakati tufayli din ta’siridan qutulishga bo’lgan mayl (sekulyarizatsiya) qanchalik kengaymasin – bu ateizm (dahriylik) mafkurasini shunchalik kuchayisini bildirmaydi. Diniy va dunyoviy tafakkurning bir butun kengayishiga xizmat qiladi.

4.Har bir insonda bo’ladigan so’nggi orzu-umid, uning borlig’i bilan bog’liq bo’lgan munosabatning ijtimoiy ifodasi hisoblanadi.

5.Inson borlig’ining ayni jihati xudoga bog’liq deb idrok qilinadi.

6.Insonning tabiati shundayki, ma’lum kishilar borliqning ma’nosini millatda (millatchilik), xalqda (national sotsializm, fashizm), irqda (irqchilik), sinfda (markscha-lenincha ta’limot), partiyada (partiyaviy totalitarizm), buyuk shaxsda (xarizmatizm), fanda (stsiyentizm – inglizchada fan degani) va hokazolarda ko’radiki, bu ham oxir-oqibatda dindan boshqa hech narsa emasdir.

Hozirgi zamon bilimlari postnomumtozlik davri belgilari bilan tavsiflanadi. Bu belgilar ichida asosiysi bo’lib intersubyektivlik hisoblanadi. Subyekt o’rnining oshib ketganligi falsafa va fandagina emas, balki ma’naviyatning boshqa shakllariga tegishli bilimlar sohasiga ham oiddir.


Asosiy tushunchalar


  1. Bilish – insonning tashqi dunyo hodisalari va o’z to’g’risida zarur bilimlarga ega bo’lish salohiyati.

  2. Bilim – bilish jarayonining yakuniy ifodasi.

  3. Haqiqat – bilimlarning voqelikka mos kelishidir.

  4. Fan – tartiblangan va turmushda qo’llanilayotgan bilimlarning keng maqomda, ijtimoit institut sifatida olinishi. Inson – Sayyoradagi jonli tabiatning eng yuksak bosqichini ifodalab, jamoaviy va anglangan hayot tarziga ega mavjudot.

  5. Inson tabiati – odamzot mavjutligining biologik, ruhiy, ijtimoiy va hozirgi vaqtda koinotiy jihatlar yig’indisi sifatida qaralishi.

  6. Donishmand – inson va uning olamga munosabatini mulohaza qilish hamda boshqalarga tushuntirish salohiyatiga ega mutafakkir.

  7. Falsafa – alohida taxlitdagi bilimlar tizimi bo’lib har qanday dunyoqarashning umummag’zini tashkil etadi.

Savollar va topshiriqlar


  1. Inson bilishi o’z-o’zidan kechadimi yoki maxsus amalga oshiriladimi?

  2. Inson bilishi o’zini o’zi bilishdan boshlanadimi yoki tashqi dunyoni bilishdan?

  3. Bilish jarayoni qanday tarzda kechadi?

  4. Haqiqat muammolarini mulohaza qilib ko’ring.

  5. Falsafiy donolik bilan fan haqidagi umumiylikka egami?

  6. Hozirgi zamon bilimlarining postnomumtoz tabiatini tushuntirib bering.

Tavsiya etilayotgan adabiyotlar


  1. Қуръони Карим. Тошкент, 2001.

  2. Инжил. Швеция-Стокгольм. 1993.

  3. Мифы народов мира. М., 1991.

  4. Бехтерева Н.Т. Механизм управления памятью человека. Л. , 1989.

  5. Алексеев В.П. Становления человечества. М., 1984.

  6. Кликс Ф. Пробуждающееся мышление. У истоков человеческого интеллекта. М. 1983.

  7. Окладников А.П., Окладникова Е.А. Заселение Земли человеком. М. 1984.

8. Sh.Azizov. Shaxs va jamiyat darsligi.Sharq n-ti.2010


2-§. Antropogenezning asosiy nazariyalari
Reja
1. Asotirlar va dinlarda insonning yaratilganligi to’g’risida.

2. Koinotiy nazariya va Darvinizm

3. Mehnat nazariyasi va Bextereva nazariyalari

4. Anomal hodisalar nazariyasi
Dastlabki asotiriy tushunchalarga ko’ra inson yaratilgan mavjudot hisoblanadi. Shumerliklarning saqlanib qolgan miflaridan birida tasvirlanishicha, erkak va ayol xudolar suv xudosi bo’lgan eng dono Enkiga oziq-ovqat va ichiml;ik miqdorini ko’paytirish usulini topishini so’rab murojaat qiladilar. U Yer boyliklari xudosi bo’lgan xotini Ninmax bilan birgalikda mastlik holatida loydan birinchi odamni nuqsonli qilib yasaydi. Loydan ikkinchi yasalgan odamlar erkak va ayol bo’lgan.

Birinchi insonning paydo bo’lishi xususida qadimgi yunon miflarida hikoya qilinishicha, Olimp cho’qqisida yashagan xudolardan odamlar tug’ilganlar.

Nasroniylikning muqaddas kitobi “Injil”da aytilishicha “…Yana Xudo: “O’z suratimizga ko’ra, O’zimizga o’xshash odamni yarataylik. U dengizdagi baliqlar, ko’k yuzidagi parrandalar, chorvalar, ha, butun yer yuzi va yerda harakat qiluvchi barcha maxluqot ustidan hokimlik qilsin”, dedi … Xudovandi Karim yerning tuprog’idan odamni yasab, uning dimog’iga hayot nafasini pufladi. Shu yo’sinda odam tirik jon bo’ldi”2.

Qur’oni Karimda bu jarayon quyidagicha ifodalangan: “…Biz insonni (Odamni) loyning sarasidan yaratdik. So’ngra uni (inson naslini, avvalo) mustahkam qarorgoh (bachadon) da maniy qildik. So’ngra (bu) maniyni laxta qon qilib yaratdik, bas, laxta qonni parcha go’sht qilib yaratdik, bas, parcha go’shtni suyaklar qilib qilib yaratib, (bu) suyaklarga go’sht qopladik, so’ngra (unga jon kirgizib, oldingi holidan butunlay) boshqacha bir vujudni paydo qildik”3.



Buddaviy dinida ta’kidlanishicha, voqelik nomoddiy zarracha hisoblangan dxarma harakatidan iborat. Bunda har bir alohida mavjudotga doim harakatda bo’lgan kuchlarning o’tkinchi yig’indisi sifatida qaraladi. Jumladan, hayot ham abadiy qonunlarga ko’ra va ularga bog’liqlikda paydo bo’lib, yana yo’qolib turadi.

Ko’rinib turibdiki, diniy nuqtai nazarlarda ham javoblar xilma-xil. Shuning uchun qadimdanoq kishilar muqobil javoblarni topishga harakat qilishgan. Albatta, bunda tayanch nuqta bo’lib asta-sekin to’planib brogan ilmiy dalillar xizmat qilgan.

Diniy ta’limotlarga muqobil ilgari surilgan nazariyalar o’tmishda, ayniqsa, yangi zamonning boshlaridan Yevropada to]plangan ma]lumotlar insonning paydo bo’lishiga doir avvalgi diniy nazariyalarga qarama-qarshi kelib qolgan edi. Masalan, yoki maxsus izlanishlar tufayli topilgan turli xil suyaklarning, garchi ular boshqa biologic tur – hayvonlarga tegishli bo’lsa-da, kishilar suyaklariga ham o’xshashligi ma’lum bo’ldi. Bundan tashqari, hayvonlarning ayrim yuqori turlaridagi ba’zi sifatlar maymunlarning morfologik tuzilishi va qushlarning ikki oyoqda yurishi, ko’pgina jonzotlarning eng soda qurollar yordamida “uy-joy” qurish, o’ziga xos tarzda tildan, raqsdan foydalanishi, jamoa bo’lib yashashi va hokazolar ham e’tibordan tashqarida qolmagan. O’z navbatida bular odamning yaratilishi to’g’risidagi diniy qarashlarga bog’liq bo’lmagan holda tushuntirilishi lozim edi. Yoki topilgan tosh qurollarning kimga tegishliligi ko’p bahslarga sabab bo’ldi. Bu qurollarni hayvonlar yasamaganliklari uchun ularniki bo’lolmasligi aniq edi.

Tabiatshunoslik dalillariga tayangan holda aytish mumkinki, insonning kelib chiqishi to’g’risida turli-tuman qarashlar mavjud. Jumladan, ulardan biriga ko’ra, o’tmishi 100 million yillarga borib taqaladigan xordalilar (Chordata) tipiga mansub bo’lib, qandaydir koinotiy falokat tufayli qirilib ketgan umurtqalilarning kichik avlodi — dinozavrlardan 60 million yil avval sut emizuvchilar (Matalia) sinfidan kelib chiqqan so‘nggi primat (Primates)ning gominid (Hominid) oilasi insonning qadimiy ajdodlaridir. 2-3 million yil avval tadrijiy shakllana boshlagan inson (Homo) zoti dastlabki mohir odam (Homo hobilis)ning turli avlodlari nutq kurtaklariga, rivojlangan panjalariga ega, qo‘l cho‘qmorlari tayyorlashga qodir maymun-odam (Pitekos antropos), keyin esa qadimgi odam (Arhantropos) va 150 ming yil avval kelib chiqqan, miyasi rivojlangan, nutqi ravon va xilma-xil mehnat qurollarini yasay oladigan va tik yuruvchi odam (Homo erectus) bosqichlarini bosib o‘tgan. Hozirgi odam — aqlli odam (Homo sapiens) turi Yer sharida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, 90-100 ming yildan beri yashab keladi.



Koinotiy nazariya. Bu nazariyaga ko‘ra moddiy obyektlar harakati maqsadga yo‘naltirilgan tarzda kechadiki, inson bu jarayonga nafaqat tortilgan, balki o‘zida uni ifodalaydi. Bunday yondoshish asosida hayotning kelib chiqishi va rivojlanishi doirasida insonning paydo bo‘lishi to‘g‘risida muayyan nuqtayi nazarni ilgari surish mumkin bo‘ladi. Masalan, rus olimi va mutafakkiri V.I.Vernadskiy hayotni koinotiy hodisa hisoblab, unga tadrijiylikning qonuniy mahsuli sifatida qaragan.

V.I.Vernadskiy Yerda hayotning kelib chiqishi va u bilan bog‘liq holda biosferaning paydo bo‘lishi insonning kelib chiqishidan boshlangan antropokoinotiy tizim fan rivojlanishining insoniy yo‘nalishi bilan qo‘shilib noosfera qaror topishini bashorat qilgan edi.



Darvinizm. Tadrijiylik doirasidagi Darvin ta’limotiga ko‘ra insonning kelib chiqishi va mavjudligi tirik dunyodagi tabiiy tanlanish, irsiyat va o‘zgaruvchanlik omillari bilan belgilanadi.

Charlz Robert Darvin (Angliya, 1809-1892) “Tabiiy tanlanish yo’li bilan turlarning kelib chiqishi yoki yashash yoki yashash uchun kurashda maqbul zotlarning saqlanishi” (1859), “Madaniy o’simliklarning va uy hayvonlarining o’zgarishi” (1859), “Madaniy o’simliklar va uy hayvonlarining o’zgarishi” (2 jildlik, 1871), “Inson va hayvonlarda emosiyaning ifodalanishi” (1878) va boshqa asarlarida tirik tabiatning tadrijiy qiyofasini ishlab chiqdi. Biologiyaviy tushuntirish me’yorlari va ideallarini qayta qurdi. Lamarkning chiziqli determinizmi bartaraf etilgan edi.

Darvinizm ta’limoti maydonga kelganda genetika fani to’la shakllanib bo’lmagan edi. Shuning uchun ham unda insonning biologiyaviy, ruhiy va ijtimoiy jihatlari o’z aksini topmagan. K.Marks va boshqalarning ijtimoiy omillar to’g’risidagi qarashlari bu ta’limot muallifiga noma’lum edi. Shu va boshqa sabablarga ko’ra, darvinizmning tadrijiylik nazariyasida ijtimoiy masalalar nazarga olinmagan.

Darvinning tadrijiylik nazariyasi nuqsonlarini dastlab tadrijiylikning mehnat nazariyasi to‘ldirishga qodirday ko‘ringan edi.

Mehnat nazariyasi. Mehnat nazariyasi tarafdorlari insonga tirik mavjudotlar

ichida alohida maqom berib, uning kelib chiqishini sakrashlar, inqilobiy jarayonlar tarzida talqin etadilar. Bu jarayonlarda mehnatning tutgan o‘rni belgilovchi deb olinadi. Bu nazariyaga ko‘ra insonning qaysi hayvondan va qanday tarzda kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi masalaga javob berish lozim edi. Charlz Darvin va uning maslakdoshi Alferd Uollesning tadrijiylik nazariyasi tarafdori bo‘lgan ingliz tabiatshunosi Tomas Gekslining 1863-yilda bosilib chiqqan «Tabiatda insonning o‘rni» asarida birinchi marta maymunlar, xususan, shimpanze va gorillo bilan insonning o‘xshash tomonlari to‘g‘risidagi g‘oyani asoslashga jiddiy urinilgan.Oradan o‘n yilcha o‘tgandan so‘ng Ch. Darvinning kishilar ajdodlarining kelib chiqqanligi haqida yangi dalillar keltirilgan navbatdagi tadqiqoti — «Insonning kelib chiqishi va jinsiy tanlov» asari yaratildi. Unda inson allaqachonlar qirilib ketgan qandaydir neytral mavjudotlardan kelib chiqqan degan g‘oya ilgari surilgan. Lekin bu fikrlarga qaramay F.Engelsning «Maymunning odamga aylanishi jarayonida mehnatning roli» asari ta’sirida inson va maymun yaqinligi to‘g‘risidagi faraz keng tarqaldi.

Mehnat nazariyasiga ko‘ra insonning maymundan qanday kelib chiqqanligini asoslash esa muammoligicha qolmoqda. Bunda ayniqsa insonning maymundan uchta asosiy farqi — tik yurishi, qo‘llarining rivojlanganligi hamda katta hajm va vaznga ega bo‘lgan miyaga egaligi o‘z izohini talab qilmoqda.

Bextereva nazariyasi.Antropogenezning mehnat nazariyasi bilan tushuntirib bo‘lmaydigan jihatlari XX asrning ikkinchi yarmida koinotni o‘zlashtirishda erishilgan muvaffaqiyatlar bilan bog‘lab izohlanmoqda. Buning qator sabablari bor, albatta. Masalan, uchuvchi boshqaradigan fazo kemalarining Yer orbitasiga chiqarilishi, Quyosh tizimidagi yaqin va uzoq sayyoralarga ilmiy-amaliy maqsadlarda kemalar uchirilishi, shuningdek, Yerdan tashqari sivilizatsiyalar to‘g‘risidagi masalalarning fanda keng muhokama qilinishi shular jumlasiga kiradi.

Rus fiziolog olimi, inson miyasi bo‘yicha katta mutaxassis hisoblangan akademik N.T.Bexterova nuqtayi nazariga ko‘ra inson koinotdan Yerga kelib ko‘payib ketgan. Haqiqatan ham hozirgi zamon fani inson miyasini o‘rganishda juda ilgarilab ketganligi tufayli, uning beqiyos imkoniyatlari to‘g‘risida ko‘pgina ma’lumotlar to‘plangan. Masalan, inson miyasida 1014 miqdordagi neyronlar va ularning birikmalari bo‘lib, bular yordamida butun insoniyat to‘plagan ma’lumotlarni unga singdirish mumkin. Lekin Yerda inson miyasiga qo‘yiladigan talablar uning imkoniyatlari darajasidan ancha past. Binobarin, uning miyasidagi beqiyos imkoniyatlar o‘z vaqtida koinotdagi sayyora shart-sharoitlari va talablari bilan bog‘liq bo‘lib, hozirgacha saqlanib qolgan.

Hozirgi vaqtda Koinotning insoniyat ixtiyoridagi barcha vositalar yordamida tekshirilgan qismida qandaydir sivilizatsiyalar bo‘lish ehtimoli tasdiqlanmadi. Bunga astronomlarning Yerda hayotning noyobligi, uning boshqa biron joyda bo‘la olmasligi to‘g‘risidagi qarashlari ham qo‘shilsa, koinotiy nazariyaning asosli emasligi

ko‘zga tashlanadi.



Anomal hodisalar nazariyasi. Insonning kelib chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan nuqtayi nazarlarning yuqorida qayd qilingan kamchiliklarini bartaraf qilish maqsadida keyingi yillarda antropogenezning ilk tabiiy zaminlariga e’tibor kuchaymoqda. Jumladan, bunda vulqonlarning tevarak-atrofga ko‘rsatadigan ta’siri, Yerda iqlimning o‘zgarishi, Quyosh va boshqa koinot obyektlaridan keladigan ta’sirlar, radiatsiyaviy fon va hokazolar to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda.

Inson kelib chiqishining anomal nazariyasida boshqa nuqtayi nazarlardan anchagina ustunlik mavjud. Bu nazariya ba’zi primatlarning insonga aylanishini, boshqalarining aylanmaslik sabablarini, dastlabki odamning ilk tosh qurollardan qadimiyroq ekanini va hokazolarni mantiqan izchil tushuntirib bera oladi. Faqat unda tadrijiylik tamoyillari va ushbu nazariyani tasdiqlovchi misollar hozircha yetarli emas. Shunday qilib, antropogenez muammolari bugunga qadar o‘z yechimlarini kutmoqda.

Antropogenez bo’yicha keying yillarda qator yangi, noan’anaviy nazariyalar ham ilgari surildi. Bularga quvvat-axborot (K.Pribram, D.Bom), oqsil (Foxt va boshqalar), madaniyat (L.Memford), o’zaro munosabatlar (L.Maklyuen), sinergetika (I.Prigojin) nazariyalari kiradi.
Asosiy tushunchalar


  1. Antropogenez (yunoncha, insonning kelib chiqishi) – inson zoti kelib chiqishi jarayoni, shart-sharoitlari va mexanizmini anglatadigan tushuncha.

  2. Din — insonning xudoga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan dunyoqarashi, dunyosezishi va xatti-harakatlari tizimi bo‘lib, o‘z ichiga ijtimoiy me’yorlar, rollar, odatlar, e’tiqodlar, standartlar, tashkiliy shakllarni oladi. Hozirgi vaqtda monistik nasroniy, islom va budda jahoniy dinlar hisoblanadi. Bundan tashqari, uning ilk ko‘rinishlari saqlanib qolgan shakllari ham uchraydi.

  3. Injil (yunoncha: xushxabar, ezgu xabar) — iudaviy va nasroniy dinlarning muqaddas kitobi.

  4. Mehnat – insonning maqsadga muvofiq faoliyati.

  5. Mif (yunoncha: hikoya qilish, arabchada: asotir - ertak) — kishilar qadimgi davr dunyoqarashining o‘ziga xos namoyon bo‘lish shakli bo‘lib, o‘zida uning unsurlarini (masalan g‘ayritabiiylikni) jam etgan.

  6. Muhit — inson o‘zaro munosabatda bo‘ladigan jamiki shartsharoitlar yig‘indisi.

7. Tadrijiylik — keng ma’noda Olam va uning turli sohalaridagi o‘zgarishlar kechishi to‘g‘risidagi falsafiy va ilmiy nazariya, tor ma’noda esa sekin-asta bo‘ladigan o‘zgarishlar tavsifi.

8. Qur’on (arabcha, o‘qish) — Islom dinining muqaddas kitobi.




Savollar va topshiriqlar
1. Antropogenezning mohiyati nima?

2. Inson kelib chiqishi qanday afsonalarda qanday tushuntiriladi?

3 . Antropogenezning diniy talqini qanday asoslarga tayanadi?

4. Jahoniy dinlarda inson kelib chiqishi talqinining umumiy

va xususiy jihatlarini tushuntirib bering.

5. Antropogenezning tadrijiylik nazariyasiga olimlardan kimlar

hissa qo‘shganlar?

6. Darvin ta’limotining nuqsonlari nimada?

7. Mehnat, Koinot haqidagi nazariya haqidagi fikringiz?

8. Anomallik antropogenezda mustaqil hodisami yoki qo‘shimcha

omil?


Tavsiya etilayotgan adabiyotlar


  1. Қуръони Карим. Тошкент, 2001.

  2. Инжил. Швеция-Стокгольм. 1993.

  3. Мифы народов мира. М., 1991.

  4. Бехтерева Н.Т. Механизм управления памятью человека. Л. , 1989.

  5. Алексеев В.П. Становления человечества. М., 1984.

  6. Кликс Ф. Пробуждающееся мышление. У истоков человеческого интеллекта. М. 1983.

  7. Окладников А.П., Окладникова Е.А. Заселение Земли человеком. М. 1984.

8. Sh.Azizov. Shaxs va jamiyat darsligi.Sharq n-ti.2010

3-§. Sotsiogenezning boshlanishi. Ruhiyat
Reja

1.Sotsiogenezning umumiy tavsifi.

2.Ishchi farazlar

3.Ruhiyat.

4.Tafakkur,tanlov va til

Antropogenez nazariyalaridan ko’rinadiki, ularda insonning kelib chiqishida aniqlanmagan va tushuntirilmagan jihatlar anchagina. Insondek murakkab mavjudot tadrijini izohlashda, balki bu tabiiy holdir. Shunga ko’ra, bu nazariyalar bir-birini to’ldiradi, deb hisoblash mumkin. Ulardan mantiqan o’zini oqlaganlaridan (masalan, qurolsozlik, mehnat nazariyalaridan) ishchi nazariya sifatida foydalanish tavsiya etiladi. Insonning kelib chiqishida tabiiy jarayonlarning o’rni alohida bo’lsa-da, boshqa jihatlarni ham inkor etib bo’maydi.

Antropogenez jarayoni sotsiogenez (lotinchada socialis umumiy-ijtimoiy va genesis — kelib chiqish) jarayoni bilan to‘ldirilganda xiyla oqilona tushuntirilishi mumkin.

Insonning sotsiogenezi haqidagi farazlar antropogenezni izohlaydigan ta’limotlardan anchagina ortiqligi bilan ajralib turadi. Antropogenez tabiatshunoslik, birinchi navbatda, biologiyaviy fanlar bilan izohlansa, sotsiogenez kishilik hay5-§.



oti turlicha tashkil etilganligini o‘rganadigan ijtimoiy-gumanitar bilimlar orqali tushuntiriladi. Bu bilimlar tabiatidagi o‘ziga xosliklardan kelib chiqilsa, sotsiogenezning bayoni qanchalik murakkabligi ravshanlashadi. Shunga ko‘ra, sotsiogenez nazariyalarida ko‘p jihatlardan formal mantiq kuchiga tayanishga to‘g‘ri keladi.

Oldingi bobda aytilganidek, antropogenez tarixi bir necha million yil avval boshlangan bo‘lib, bu davrda yashagan primatlar qurollar bilan ishlash faoliyatiga ega bo‘lmagan. Bular tayoqlar va toshlardan faqat himoya va hujum vositasi sifatida foydalanganlar.

Inson tadrijining sotsiogenezi (bu jarayon 2 million yildan beri davom etadi) kishilarning sotsiumga mansub zotlar bo‘lib shakllanishini anglatadi. Bunday shakllanish kishilarning muayyan vaqtda muayyan hududdagi turli-tuman munosabatlaridan tashkil topgan turmush faoliyatini ifodalashi aniq.

Insonning kelib chiqishi sotsiogenez jihatdan quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

—birinchidan, qaysi ijtimoiy omillar kishilarning kelib chiqishiga ko‘mak beradi?

— ikkinchidan, inson qaysi tadrijiy bosqichlarni bosib o‘tdi?

— uchinchidan, insonning ijtimoiy shakllanishi mexanizmi qanday kechdi?

— to‘rtinchidan, Yer yuzi mintaqalarida kishilar tarqalishining shart-sharoitlari nimalardan iborat va uning mexanizmi qanday bo‘lgan?

Ayni vaqtda bu savollar sotsium kelib chiqishining asosiy masalalarini ham o‘z ichiga oladi.

ta’limotlarning ko‘pchiligida Homo sapiens (Mohir odam) bosqichidan boshlab sodda tosh qurollar yarata boshlandi, deb ta’kidlanadi. Garchi yuqorida ko‘p o‘rinlarda ta’kidlanganidek, antropogenezning ham, sotsiogenezning ham qurol yaratish, undan foydalanish omillari bilan bog‘liqligi yagona asos bo‘lmasada, har holda dastlabki faraz sifatida ancha-muncha masalalarni oydinlashtirishga yordam beradi. Shuning uchun sotsiogenezda qurolsozlik faoliyati nazariyasiga ko‘proq tayaniladi.

Mohir odamlarning paleontologik qoldiqlari tasdiqlashicha, ular miyasining tegishli qismlarida qurollar yasash ko‘nikmalari qayd etila boshlangan. Lekin insonning bevosita qurol yasash faolligi anglaganligi, maqsadga yo‘naltirilganligi keyinroq yuz bergan.

Shakllanayotgan inson davri pitekantroplardan boshlangan. Ularda nisbatan yuksakroq birdamlik, marhumlarni ko‘mish va hokazolar mavjud bo‘lgan. O‘z navbatida bular hayvonlar hamjamoalaridan tubdan farq qilgan yangi holatga o‘tishni bildirar edi. Bu holat esa ajdodlarimiz turmushini ta’minlovchi turmush ehtiyojlarini o‘zaro muvofiqlashtirib qondirishni anglatgan.

Antropogenezni tushuntiradigan ta’limotlarning ko‘pchiligida inson avlodlari hayot faoliyatining muhim jihati qurollar yasash ekanligi aytilgan edi. Antropogenezning markscha tushuntiradigan ta’limotining bunday shaklida hayvondan insonga o‘tishning bosh bo‘g‘ini tarzida qarash mavjud. Bu, albatta — o‘zining mavhumligi bilan ba’zi chalkashliklarga olib kelishi mumkin. Chunki insonning hayvon ajdodlaridagi sodda qurollarni yasash va ulardan foydalanishi to‘laligicha antrobiologik instinktivlikdan iborat bo‘lgan. Bunda birinchi navbatda bu ajdodlarning hayot faoliyati uchun yordamchi vosita bo‘lib hisoblangan va, nihoyat, faoliyat orqali hayvonlar tashqi muhitga instinktiv moslashgan. Hayvonlarda instinktiv qurollar yasash faoliyati shakllarining kelib chiqishi gominidlardan insonga o‘tishni amalga oshirishning asosi bo‘lib xizmat qilgan.

Gominidlar rivojlanishida insoniylikning boshlang‘ich davri bo‘lib qurolsozlik faoliyati va undan instinktiv yordamchi vosita sifatida foydalanishning asta-sekin inson hayot faoliyatining o‘ziga xos usuliga o‘tishi hisoblanadi. O‘ziga xoslik esa mehnat qurollarini yasash, ishlab chiqarish alohida ehtiyojga aylanishidan iboratki, busiz inson hayotining o‘zi ham amalda bo‘lmas edi.

Qurolsozlik faoliyati tufayli ishlab chiqarishda mehnat taqsimoti kabi zaruriy munosabatlarning kurtaklari qaror topadi. Ya’ni ibtidoiy jamoaning har bir a’zosi hayot kechirishni ta’minlash vositasining o‘ziga tegishli qismini bajargan. Qurollar murakkablashib brogan sari jamoa a’zolarining o‘zaro bir-birlariga bog‘liqligi ham shunga muvofiq ortib borgan. Ayni vaqtda bu holat individual qobiliyatlarni namoyon etish shart-sharoitlarini yaratib, birgalikda kechadigan faoliyatning unumdorligini oshirgan.

Insondagi bu mehnat taqsimoti eng tipik ko‘rinishda bamisoli asalarilar oilasidagi tabiat tomonidan instinktiv belgilangan dasturlarni eslatadi.


Miya va asab tizimi ruhiyatning moddiy tashuvchisi. Ruhiyatda faqat ichki, fiziologik jarayonlar emas, balki tashqi obyektlar ham ifodalanadi. Bu jihatlar bilan ruhiyat yuksak rivojlangan hayvon va insonda umumiylikka ega. Lekin insondagi ruhiyat boshlang‘ich ko‘rinishlaridayoq dastavval anglaganlik tabiatiga ega. Ikkinchidan, qurolsozlik faoliyati bilan jamoaviy taqozolangan, deb hisoblanadi. Uchinchidan, insondagi ruhiyat birgalikdagi faoliyatda erishiladigan tajribaga tayanadi. To‘rtinchidan, inson ruhiyati rivojlangan histuyg‘ ularni o‘z ichiga oladi.

Sotsiogenez omili sifatida ruhiyatning ilk o‘rni inson ajdodlaridan boshlangan mizoj va fe’l-atvor qay tarzda ularning birgalikdagi yashashiga olib kelganligi bilan belgilanadi.

Neyrofiziologiya ma’lumotlariga ko‘ra ruhiyat inson miyasining ham yaxlit va ham konkret bo‘lgan turlari faoliyatining natijasidir. Masalan, miyaning chap yarim shari so‘zlar, belgilar bilan, o‘ng yarim shari esa obrazlar, turli ko‘rinishlar bilan bog‘liq vazifalarni bajaradi. Ayni vaqtda neyrofiziologik va ruhiy jarayonlarning o‘zaro muvofiq kelishi kuzatilmaydi. Shuning uchun ham neyrofiziologiya jarayonlari bo‘yicha hatto yetuk mutaxassislar ham o‘zining ruhiyati jarayonlarini tanlashga qodir emas. Gap shundaki, ruhiyat ideal tabiatga ega bo‘lib, unda voqelik belgilardagi ma’no tarzida o‘z ifodasini topadi.

Ruhiyatning tarkibiy tuzilishini, yuqorida aytilganidek, eng oddiy ko‘rinishda hislar, iroda va idrok holida olish mumkin. Bu ularning har biri o‘z tashuvchisi faoliyatining tegishli shaklini, masalan, hislar kishilarning ilk uyushmalari ichida hamkorlikni, iroda — dushmanlar bilan kurashishda qat’iyatni, idrok esa u yoki bu tarzda bularni boshqarishni ta’minlagan.

Hozirgi zamon fani ruhiy jarayonlar kechishini qator jihatlarga ko‘ra irsiyat bilan ham bog‘liqligini isbotladi. Ya’ni, inson eng qadimgi avlodlari populyatsiyalari o‘rtasida genlar almashuvi — irsiy xususiyatlar ham ruhiyatning sotsiogenez omili bo‘lishiga ko‘mak bergan.

Tafakkur va til.Sotsiogenez tizimida inson shakllanishining uning ruhiyatida qaror topayotgan tafakkuri bilan aloqadorligi ham muhim hisoblanadi. Bu yerda butun va bo‘lak aloqadorlikni eslash o‘rinli. Negaki, shakllanayotgan tafakkur inson sotsiogenezi omillaridan sanalgani holda, o‘z tashuvchisi bo‘lgan insonga to‘laligicha tegishli.

Inson tafakkuri markazida uning yashashga bo‘lgan intilishini, erishilgan tajribani mulohaza qilib undagi zarur jihatlarni ajratib olish orqali vaziyatga ta’sir etish yotadi. Ilk insonda dastlab tashqi dunyo jarayonlari o‘rtasidagi aloqani anglash, yuzaki qiyoslash va muvofiqligini bilish tasodifiy yuz bergan deb hisoblanadi. Bunda

inson ajdodlari tafakkuri doirasi butun va bo‘lak munosabatni tushunish, makon va vaqt bog‘liqligini anglash hamda obyektlarni o‘zaro solishtirishda ularning tafakkur mantiqi hali ratsionallikdan xiyla uzoq bo‘lgan. Ya’ni, tabiiy, hissiy bo‘lib, obyektni qamrashga harakat qilingan.

Ibtidoiy kishilar tafakkuri moddiy ifodasini tilda topgan. Lekin tafakkur va til tarkibiy tuzilishi jihatidan farq qiladi. Ilk davrdanoq tafakkur shakllari va qonunlari uning tashuvchisiga nisbatan bir xil bo‘lgan. Tafakkur har doim muayyan tildagi aqliy faoliyatdir. Til bundan farqli holda tashuvchisi guruhi doirasi bilan cheklangan. Uning moddiy ko‘rinishi bo‘lgan nutqning kelib chiqishi gominidlar kichik oilasi (pitekantrop, neandertal) davriga to‘g‘ri keladi. Har bir til o‘ziga xos tarkib va ma’nodan iborat bo‘ladi. Bu davrda til og‘zaki nutq — vokalizatsiya shaklida, mimika, gavdaning holati va ishora yordamida olib borilgan aloqa ko‘rinishida mavjud bo‘lgan.

Sotsiogenez omili sifatida til ibtidoiy kishilarni birlashtirib, axborotlarni berish va olish imkoniyatini ta’minlagan. Hayot faoliyatining murakkablashuvi bilan axborotlarga bo‘lgan ehtiyoj tilning rivojlanishini taqozo etgan. Til tabiiy tovushlardan hosil bo‘lgan. Har bir sado o‘ziga xos tildir. O‘zaro aloqa ehtiyoji bu primitiv, ammo, muhim vositani takomillashtirishni taqozo qiladi. Natijada sado va tovushlar ko‘rinishida keltirilib, ulardan so‘zlar yasash mumkin bo‘ladi.

Tilda, uning keyingi rivojlanishi davomida ifodalanish orqali ta’sir etish va mansublikni aniqlash vazifalari farqlanadi.

Inson ajdodlaridagi til asta-sekin narsalar va jarayonlar mohiyatiga kirib borish vositasiga aylandi. Unda muhim bog‘lanishlar va munosabatlar qayd etila borgan. Inson tashqi muhitga hayvonlarga qaraganda yaxshiroq moslashishi imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ayni vaqtda olingan bilimlar tufayli inson tashqi voqelikni o‘ziga moslashtirishga muayyan darajada erishib boradi.

Tanlov. Barcha hayvonlar hayotida bo‘lganidek, gominidlar faoliyatida ham tadrijiylikning umumiy turi sifatida ruhiyat bilan bog‘liq bo‘lgan tanlov mavjuddir. Biroq, sotsiogenezda uning o‘rni ibtidoiy jamoa kishilari to‘dasida boshqa hayvonlardagi eng kuchlisining yashab qolishi bo‘lmay, balki birgalikdagi faoliyatini lozim darajada tashkil etgan individ tanlanadi. Chunki, gominidlar jamoasi qanday tashkil etilganiga bog‘liq holdagina ularning keyingi hayoti davom etadi. Aks holda ichki yoki tashqi ta’sirlar ostida ular qirilib ketgan bo‘lur edi.

Tanlov ba’zan shunday yuz berishi mumkinki, bunda individlar o‘zlari uchun bo‘lmay, balki mansub bo‘lgan guruhi uchun zarur xatti-harakati orqali tanlanadi va shuning natijasida yashab ham qoladi. Bunda gominidlar jamoasining aniq tashkillashganligi yashash uchun kurashda hal qiluvchi vosita hisoblanadi.

Kishilar ajdodlarining areali kengayib borishi bilan ularning xilma-xil sharoitlarga, birinchi navbatda har doim ham qulay bo‘lmagan tabiiy sharoitlarga duch kelishi o‘z-o‘zidan ravshan. Primatlarning sharoitlarga ko‘nikishi natijasida ular turlarining ayrimlari ichida farqlanish yuz bergan. Bu jarayonda ham tanlov namoyon bo‘lib, ularning yangi xususiyatlari mustahkamlanib borgan.

Asosiy tushunchalar
1. Mizoj (arabcha: moslik, mos kelish) — inson ruhiy faoliyati o‘zgaruvchanligini ifodalaydigan alohida xususiyatlarning yig‘indisi.

2. Fe’l-atvor — kishilar ruhiy holati barqaror xususiyatlarining yig‘indisi bo‘lib, hayot sharoitlari ta’sirida shakllanadi.

3. Tafakkur (arabcha: «fikr» so‘zidan yasalgan) — inson miyasi tomonidan voqelikni g‘oyalar, qarashlar, maqsadlar shakllarida o‘zlashtirish faoliyati.

4. Mehnat taqsimoti — insoniyat rivojlanishi jarayonida faoliyat turlarining farqlanishi.

5. Antrobiologiyaviy instinkt — biologik jihatdan insonga o‘tmishdoshlaridan o‘tgan irsiy mayl.

6. Faoliyat — insonning tevarak-atrofga va o‘ziga bo‘lgan spetsifik munosabati jarayonidirki, o‘z ichiga maqsad, vosita va natijani oladi.




Savollar va topshiriqlar
1. Sotsiogenez antropogenezsiz kechadimi?

2. Insonning kelib chiqishida sotsiogenez belgilovchi bo’la oladimi?

3. Inson kelib chiqishini tushuntiradigan yana qaysi ta’limotlarda qurollardan foydalanish, ularni yasash jarayonlari markaziy o‘ringa qo‘yiladi?

4. Hozirgi inson ajdodlari miyasining tegishli qismlarida qurol yasash ko‘nikmalari bo‘lganligini qaysi fan tarmog‘i tushuntiradi?

5. Mehnat qurollarining murakkablashib borishi qanday natijalarga olib keldi?

6. Sotsiogenez omili sifatida ruhiyat qanday tavsiflanadi?

7. Tafakkur va til bog‘liqligi nimada ko‘rinadi?

8. Tanlovning sotsiogenetik ahamiyati qanday?

9. Ruhiyatni tafakkur bilan bog‘liqlik jarayonini ko‘rsating.

Tavsiya etilayotgan adabiyotlar


  1. Қуръони Карим. Тошкент, 2001.

  2. Инжил. Швеция-Стокгольм. 1993.

  3. Мифы народов мира. М., 1991.

  4. Бехтерева Н.Т. Механизм управления памятью человека. Л. , 1989.

  5. Алексеев В.П. Становления человечества. М., 1984.

  6. Кликс Ф. Пробуждающееся мышление. У истоков человеческого интеллекта. М. 1983.

  7. Окладников А.П., Окладникова Е.А. Заселение Земли человеком. М. 1984.

8. Sh.Azizov. Shaxs va jamiyat darsligi.Sharq n-ti.2010

4-§. Inson tadriji turli bosqichlarida sotsiogenez omillarining o’rni

Reja

1.Sotsiogenez davomiyligi.

2. Morgan va Alekseyev nazariyalari

3. Porshnev va Kliks nazariyalari

4.Sotsiogez bosqichlari,inson areallari va irqlari masalasi
Inson rivojlanishida sotsiogenez omillarining qanchalik muhimligi ularning tutgan o‘rinlari va bajargan aniq rollarida yaqqol ko‘rinadi. Bunda sotsiogenez davomiyligini aniqlash zarur.

Olimlarning nuqtayi nazari muhim dalillarga tayanadi. Chunonchi, 1965-yilda Afrikaning Rudolf ko‘li yonida topilgan yelka suyagi mohir odamning shunday suyaklaridan farq qilmaydi. Bu suyakning yoshi 4,5 million yilga boradi. Ikki yildan so‘ng o‘sha joyda 5,5 million yil avval yashagan tik yuruvchi avstralopitek qoldiqlari topildi.

Shu yili topilgan keniapitekning (Keniya) yoshi 9 million yilga boradi. 1980-yilda Misrda topilgan odamsimon mavjudot — yegiptopitek qoldiqlari 30 million yil avval yashagan.

Ko‘rinib turibdiki, inson ajdodlarining nomlanishidan tortib hamda yashagan joylari va vaqtlarigacha oid ma’lumotlar turlichadir. Bir tomondan bu tayanish mumkin bo‘lgan faktlarning ko‘pligini bildirsa, ikkinchi tomondan inson ajdodlari tarixi tobora uzoqqa borganligi mavjud nazariyalarni tez-tez qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Shuningdek, bu materiallar ashyoviy xarakterdaki, ularda ma’noviylikni aniqlash imkoniyati juda oz.



Morgan va Alekseyev nazariyalari. Erishilgan natijalar muayyan xulosalar

chiqarish uchun yetarli. Tadrijiylik nazariyasi vakillaridan biri amerikalik

L.G.Morgan asosiy kasbi advokatlik bo‘lishiga qaramay 40 yil davomida ntropologiya bilan ham shug‘ullangan. U o‘zining «Qadimgi jamiyat» asarida insoniyat madaniyati va jamiyati tadriji masalalarini yoritdi. Olim insoniyat rivojlanishini yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya bosqichlariga bo‘ldi.

Morgan ilgari surgan g‘oyalardan foydalanib, uning tarafdorlaridan biri insoniyat ibtidoiy jamoa davri tarixini davrlashtirgan edi. Chunonchi, yovvoyilik davri uch bosqichga bo‘lingan:

1. Insoniyat zoti yoshligini bildirgan quyi darajasida kishilar ilk makonlari bo‘lgan tropik va subtropik o‘rmonlarda daraxt va ildiz mevalari iste’mol qilib yashaganlar va aniq nutq ular yetukligining bosh belgisi bo‘lgan.

2. O‘rta bosqichda kishilar baliq mahsulotlaridan, olovdan foydalanib oziq-ovqatlar tayyorlagan hamda daryo va ko‘llar atrofida joylasha boshlagan.

3. Oliy bosqichda o‘q-yoy ixtiro etilgani tufayli ovchilik bilan doimiy shug‘ullanish mumkin bo‘lgan.

Sotsiogenez bosqichini Morgan nazariyasi yo‘nalishida rus etnografi V.P.Alekseyev insoniyat tarixining boshlanishini insonning kelib chiqishidan, insonning o‘zini esa gominidlar oilasi shakllanishi va mehnat faoliyati boshlashidan olishni taklif qildi.

V.P.Alekseyev ibtidoiy to‘da davrini quyidagicha izohlaydi:

Birinchi bosqich — bir necha million yil avval yashagan avstralopiteklar kichik oilasida hayvonot dunyosidan ajralib chiqishining ilk kurtagi ko‘rina boshlagan.

Ikkinchi bosqich — pitekantrop turi davri. Ularda sodda nutq va til paydo bo‘lgan, ov qilish qurollari va usullari murakkablashgan bo‘lib, ovchilik jamoalari o‘zaro munosabatlari murakkablashganidan darak bergan. Bu davrdagi inson ajdodlarida jinsiy masalada ba’zi taqiqlar — tabu yo‘lga qo‘yilishi mumkin edi.

Uchinchi bosqich — neandertalni ifodalab hozirgi inson ko‘rinishini maydonga keltirgan davrni o‘z ichiga oladi.

Bu bosqichlarning biridan ikkinchisiga o‘tish davrida yuz bergan jarayonlarni zarur darajada tasavvur qilmasdan sotsiogenez to‘g‘risida gapirish yetarli bo‘lmasdi. Shunga ko‘ra kishilik dunyosi kelib chiqishining umumiy jihatini aniqlab olish kerak.

Porshnev va Kliks nazariyalari. Rus olimi V.F.Porshnev insoniy tarix anglangan mehnat faoliyatidan emas, balki mehnat qurollarini instinktiv yaratishdan, tayyorlashdan boshlanadi, deb hisoblaydi. Ya’ni, inson ajdodi o‘zidagi biologik instinkt talabiga ko‘ra sof tasodifiy tarzda dastlabki tosh qurollarni yasagan.

Bunday tarzda kelib chiqqan inson, ya’ni sotsium a’zosi yagona tip emas, balki bir necha xil ko‘rinishda bo‘lgan. Ular ichida o‘z turi vakillarini yeydiganlaridan tortib, qurbon bo‘lishidan qo‘rqib stixiyali tarzda, aniqrog‘i biologik instinkt talabiga ko‘ra miyasining tegishli qismini kutilmaganda ishlatib yuborib boshqalardan ruhiyati

rivojlangani bilan oldinga o‘tib ketganlari ham bor. Ana shu nuqtayi nazarni tasdiqlashga qaratilgan anchagina qiziqarli faktlar to‘plangan. Lekin boshqa barcha, shu turdagi nazariyalarda bo‘lganidek Porshnev qarashlarida ham munozarali xulosalar anchagina topiladi.

Kishilik dunyosi kelib chiqishi mexanizmini tushuntirishda nemis olimi F.Kliks ta’limotiga ko‘ra inson kelib chiqishida mehnat qurollari yasash turli individlarda turlicha — birovda tez va soz, boshqalarida esa aksincha bajarilgan. Birinchilarining bu sohada ixtisoslashuvi mehnat taqsimotini keltirib chiqarishi, mutaxassis bo‘lish uchun zaruriyat hosil etgan. Bular, albatta, tabiiy holat bo‘lmay, balki sotsiumga tegishlilik, ijtimoiylikdir. Shu tarzda boshlangan jarayon oqibatda murakkab tizimga olib kelishi, tizim esa o‘z-o‘zidan rivojlanishi mumkin bo‘lgan.



Sotsiogenez bosqichlari. V.P.Alekseyev sotsiogenez bosqichlari haqida gapirar ekan, jarayonning boshi (avstrolopiteklar hayoti) va nihoyasi (neandertallar jamoasi) to‘g‘risida fikr yuritadi. Bu jarayonlarga oid ashyoviy ma’lumotlardan foydalanib, mantiqiy xulosa yasash mumkin. Oraliq davr esa eng umumiy jihatlari bilangina ma’lum bo‘lgani uchun uning to‘g‘risida aniq xulosa chiqarish mushkul. Shunga qaramay, sotsiogenez kechishi tarzi haqida aytish mumkinki, uning qaysidir bosqichida jinsiy munosabatlar tartibga solina boshlandi. Chunonchi, insestga tabu qo‘yildi. Asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, bevosita biologik aloqalarning qon-qardoshlikka olib kelish hollari anglandi.

Bular va boshqa ko‘pgina jarayonlar natijasi o‘laroq turli ijtimoiy me’yorlar qaror topishiga sharoit tug‘ildi, til va tafakkur rivojlana boshladi. Sotsiumning shakllanishi bilan inson areali, ya’ni odamning Yer yuzining turli qismlariga tarqalishi yuz berdi. Boshqa o‘rinlarda bo‘lganidek, bu borada ham javoblarni afsonaviy-diniy va ilmiy ko‘rinishlarda olish lozim bo‘ladi.



Inson areallari. Ilmiy nuqtai nazarlarning biriga ko’ra, inson Yet sharining faqat bir qismida (Ch. Darvin, V.P.Alekseyev va boshqalarning qarashlari) – Afrikada, L.Valua – Mesopotamiyada kelib chiqib, keyinroq dunyoning boahqa qismlarini o’ziga arael tutgan. Bu nazariya insonning Avstraliya qit’asiga qanday kelib qolganligini va irqlar masalasini tushuntirib berolmaydi.

1938 yili V.Vaydenrayx insonning to’rt joyda – Afrikada, Osiyoning janubi sharqida, Osiyoning sharqida va Yevropada kelib chiqqanligi to’g’risida o’zining qarashlarini bayon qilgan edi. I.G.Podoplichgo inson uch joyda – Afrikaning markazi va shimoli, Yevropaning markazi va janubi, Osiyoning markazi va janubida, M.F.Nestrux – ikki joyda – Afrikaning shimoli, Osiyoning janubi sharqida kelib chiqqanligi to’grisidagi nazariyani ilgari suradi.

Insonning ilk vatani to‘g‘risidagi masala garchi bir qator jihatlari bilan hal etilgan bo‘lsa-da, hali-hamon fanda aniq xulosalar chiqarilmagan.

Inson qadimgi ilk ajdodining Yer yuzining faqat bir qismida yoki bir necha joyida kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyalarga qo‘shimcha ravishda uning o‘ziga oykumen — yashash joyi tanlashi, boshqacha aytganda, Sayyora quruqlik qismida joylashishi va tarqalganligi masalalarini ham aniqlash lozim bo‘ladi.

Kishilar sonining ko‘payishi bilan manzilgohlar yaqinidagi ovlanadigan mavjudotlarning kamayishi obyektiv ravishda yangi hududlarni o‘zlashtirishga olib keldi. Ovchilar asta-sekin Shimoliy Yevropa va Osiyoning sahro yerlariga, muzliklardan bo‘shagan quruqlikka borib joylasha boshlaganlar. So‘nggi paleolit davrida Sibir va Markaziy Germaniya o‘zlashtirildi. Osiyo qit’asidan Bering bo‘g‘ozi orqali bundan 20 ming yil avval odamlar Shimoliy Amerikaga o‘tganlar. Keyinroq Avstraliyaga ham kelib joylashgan.

Insoniyat taraqqiyoti boshqa qator sohalarda bo‘lganidek, quruqlikni tobora egallab, o‘zlashtirib borishda ham ko‘rinadi.



Irqlar masalasi. Sotsiogenez bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagani holda antropologiyada inson mavjudligi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq masala — irq to‘g‘risida ham biroz to‘xtalish lozim. Keng ma’noda irq shunday shaklki, unda inson o‘zining tashqi umumiy irsiy belgilarida, masalan, boshi, burni va yuz shakllarida, teri rangida, soch shakli va rangida, tana o‘lchamlarida ifodasini topadi.

Ko‘pchilik olimlar irqlarda kishilarning sotsiumga mansubligi aks etmaydi, deb hisoblaydilar. Shu bilan birga ba’zi irqlarda u yoki bu sohaga aloqador jihatlar ko‘zga tashlanadi. Masalan, AQSHning negr aholisi biologik jihatdan jismoniy madaniyat va sportga mos keladi. Ma’lumki, bu sohalar ijtimoiy hodisa. Yoki boshqa misol: avstroloidlar kino tomosha qilayotganida lentaning odatdagi aylanishida kadrlar orasidagi bo‘shliqni to‘la ko‘rgani tufayli zarur estetik zavq ola olmaydi. Shuning uchun ularga kinolentani ikki marta tez ko‘rsatish zarur bo‘lar ekan. Binobarin, irqiylik shubhasiz qandaydir jihatlarni ifodalamasligi mumkin emas.



Asosiy tushunchalar
1.Davrlashtirish — bilishni osonlashtirish uchun o‘rganilayotgan obyekt davrini ketma-ket bo‘laklarga bo‘lish.

2.Insoniyat areali — Yer yuzi quruqlik qismida kishilartarqalgan, ular doimiy yashaydigan joy.

3.Insest — bevosita yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikohning

taqiqlanishi.



4.Tabu — u yoki bu xatti-harakatning man qilinishi.
Savollar va topshiriqlar.
1. Sotsiogenez bosqichlari tavsifini bering?

2. V.F.Porshnev nuqtayi nazarida sotsiogenez qanday tushuntiriladi?

3. Inson areali nima?

4. Kishilarning Yer yuzining quruqlik qismiga tarqalishi sabablari nimada?



  1. Irqni faqat biologik hodisa deyish mumkinmi?


Amaliy ish


  1. Inson kelib chiqishi (yaratilishi) to’grisida yana qanday afsonalarni bilasiz? Ularni darslikda keltirilganlari bilan solishtiring.

  2. Antropogenezning diniy tushuntirilishi nega yagona nuqtayi nazar bo’la olmaydi? Buni o’zingizga fan amaliyotidan ma’lum bo’lgan dalillarga tayanib mulohaza qiling.

  3. Nega antropogenezning fan variantlari xilma-xil? Bu yerda plyuralizmning ahamiyati nimadaligini tushuntiring.

  4. Inson ajdodlariga maymunlardan tashqari quruqlikda va suvda yashovchi yana qanday mavjudotlar yaqin hisoblanadi? Uning to’g’risida turli o’quv darslaridan olgan bilimlaringizga tayanib mulohaza yuriting.

  5. Inson tanasi a’zolaridan qaysilari eng rivojlangan hisoblanadi? O’z nuqtai nazaringizni yozma bayon qiling.

  6. Inson tomonidan Koinotning o’zlashtirilishi antropogenez nazariyasiga ta’sir ko’rsatadimi? Noma’lum uchuvchi jismlar (NUJ) koinotdan Yerga kelgani haqida “Pallovizitologiya” jurnali chiqib turishi haqida nimalarni bilasiz? Bilganlaringizni yozma bayon qiling.

  7. Hozirgi vaqtda kishilik hayoti barcha sohalarida ma’naviy omillarning o’rni va ahamiyati oshib borayotgani qonuniymi? Antropogenezni izohlashda bu omillarning roli to’g’risida fikringizni yozma bayon qiling.

  8. Nega antropogenezning fan variantlari xilma-xil? Bu yerda plyuralizmning ahamiyati nimadaligini tushuntiring.

  9. Inson ajdodlariga maymunlardan tashqari quruqlikda va suvda yashovchi yana qanday mavjudotlar yaqin hisoblanadi? Uning to’g’risida turli o’quv darslaridan olgan bilimlaringizga tayanib mulohaza yuriting.


Ma’ruza va referatlar uchun mavzular
1. Inson faoliyatining mohiyati.

2. Insonning antropogenetik tavsifi.

3. Tadrijiylik nazariyasining asosiy jihatlari tavsifi.

4. Koinotiy nazariyada diniy va ilmiy jihatlar nisbati.

5. Darvinizm: tarixi va hozirgi zamon.

6. Mehnat nazariyasi: yutuq va kamchiliklari.

7. Anomal hodisalarining antropogenezdagi o’rni to’g’risida.

8. Noan’anaviy nazariyalarning dalillanganligi to’g’risida.

9.Antropogenezning ma’naviy omillari tavsifi.

10. Sotsiogenezning mohiyati.

11. Antroposotsiogenezning tavsifi.

12. Qurolsozlik faoliyati.

13. Ruhiyat — sotsiogenez omili.

14. Til va tafakkur — sotsiogenez omili.

15. Tabiiy va ijtimoiy tanlov.

16. Inson kelib chiqishining sinergetik tavsifi.

17. Sotsiogenez bosqichlarining tavsifi.

18. Sotsiogenez va irqlar muammosi.


Tavsiya etilayotgan adabiyotlar


  1. Қуръони Карим. Тошкент, 2001.

  2. Инжил. Швеция-Стокгольм. 1993.

  3. Мифы народов мира. М., 1991.

  4. Бехтерева Н.Т. Механизм управления памятью человека. Л. , 1989.

  5. Алексеев В.П. Становления человечества. М., 1984.

  6. Кликс Ф. Пробуждающееся мышление. У истоков человеческого интеллекта. М. 1983.

  7. Окладников А.П., Окладникова Е.А. Заселение Земли человеком. М. 1984.

8. Sh.Azizov. Shaxs va jamiyat darsligi.Sharq n-ti.2010
II B O B. SHAXS
7-§. “Mohir inson” –individ

Reja
1. “Individ” tushunchasi va individuallik

Ko‘rib o‘tilganidek, inson tushunchasi bioijtimoiy-ruhiy mavjudlikni ifodalaydigan tushuncha. Unda insonning zohiriy va botiniy sifatlari o‘z aksini topadi. Insonning umumiy sifatlari uning aniq holat va murakkab hayot sharoitlarida namoyon bo‘ladigan xilma-xil kayfiyat, ruhiyat va munosabatlarning yig‘indisidir. Har bir alohida insondagi bu xususiyatlar betakror, o‘ziga xos holatlarda namoyon bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra alohida insonning o‘ziga xos tabiiy-biologik va ijtimoiy ehtiyojlari, manfaatlari, aqli, irodasi va hokazolar yig‘indisi ekanligini nazarda tutib «individ» tushunchasi qo‘llaniladi. Individ Mohir odam turiga mansub yaxlitlikni o‘zida gavdalantirgan alohida insondir. Ya’ni, u har doim ko‘plardan biri va har doim qiyofaga ega emasligi bilan xarakterlanadi.

«Individ» tushunchasi har xil talqin etiladi. Jumladan, uni ayrim olimlar konkret inson kelib chiqqanidan boshlab butun hayoti davomida betakror jihatlariga ko‘ra individ sifatida namoyon bo‘ladi, deb talqin qilishadi.



Ikkinchi xil tushunilishiga ko‘ra, individ sifatida inson o‘zining jismoniy mavjudligini ta’minlashni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Har bir individ o‘zining ichki dunyosi bilan, aniqrog‘i biologic mavjudligi bilan band bo‘ladi. Uning mavjudligi, mustaqilligi va davomiyligi esa, o‘zi mansub bo‘lgan urug‘ jamoasi bilan cheklangan bo‘ladi. Urug‘ a’zolari esa o‘zlarining maqsad va manfaatlarini ajratmagan.

Individ tadrijiy jarayonlarida farqlanish (differensatsiya) va yaxlitlanish (integratsiya) holatlari bilan tegishli tarzda yuqoridagi xususiyatlarning yo‘qola borishi yuz beradi. Bu jihat individlarning yashash qobiliyatini saqlab qolishda ayniqsa muhimdir.



Individuallik.Urug‘ jamoasining yemirilishi bilan asta-sekin ijtimoiy mehnat taqsimoti, xususiy mulkchilik va bir xotinlikka asoslangan oilaning qaror topishi inson rivojlanilishida individdan yuksak bo‘lgan yangi bosqich kelib chiqishini ta’minladi. Lekin bundan individga tegishli jihatlar yo‘qolib ketadi, degan ma’no kelib chiqmaydi, balki individuallik ko‘rinishlarida saqlanib qoladi. Bular hamma vaqt obyektiv ravishda inson sifatlari muhim xususiyatlarining ifodachisi bo‘lib qolaveradi. Navbatdagi bosqichlarda ham kishilar mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi mavjudot sifatida bir-biridan o‘ziga xosligi bilan farqlanadi. Umuman, individning turlicha talqini mavjud bo‘lganidek, uning natijasi bo‘lgan individuallikni izohlashda ham xilma-xil qarashlar bor. Masalan, uni yo individ bilan, yo inson majudligining yuksak shakli bo‘lgan shaxs bilan qiyoslashadilar. Holbuki, dastavval individuallik tushunchasida har bir inson hayoti, faoliyatining barcha sohalarida namoyon bo‘ladigan o‘ziga xosliklar — bir individni ikkinchisidan farqlaydigan xususiyatlar ifodalanadi. Darhaqiqat, moddiy ishlab chiqarishni amalga oshirish jarayoni, siyosiy vazifalarni hal etish yo‘llari, ma’lum obyektning san’at asarlaridagi turli-tuman talqini va hokazolar pirovard natijada ijrochilarning talanti, tashkilotchiligi, o‘z burchlariga fidoiyligi kabi ko‘plab xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Individuallikda ijobiylik o‘z aksini topadi. Masalan, o‘zi no‘noq yozuvchining individual xususiyatlari to‘g‘risida maxsus gapirilmaydi.

Individuallikda alohida olingan insonning aniq xatti-harakati malakasi, layoqati, odat va ko‘nikmalari ifodalanishi o‘rta arifmetik darajada olingan inson sifatlaridan hamma vaqt ortiqligi bilan Individuallik ajralib turadi. Buni ijtimoiy tarix misollari yetarlicha tasdiqlaydi. Masalan, O‘zbekistonda XI — XV asrlarda yashagan mutafakkirlar falsafa, fan, din va san’atda shunday yangiliklarni berdiki, bular nafaqat o‘z davri uchun yuksak ravnaqni bildiradi va yana undan keyingi davrlarda ham ko‘pgina xalqlar, xususan, yevropaliklar tafakkuri rivojlanishi uchun zarur turtki bo‘ldi. Har qanday inson individi o‘ziga xos salohiyati bilan dunyoga keladi. Hamma gap bu salohiyatni qay tarzda ro‘yobga chiqarishdan iboratdir.




Asosiy tushunchalar
1.Bioijtimoiy ruhiylik — insonning jonli tabiatga mansubligi, ijtimoiy mavjudot ekanligi va yuksak ruhiyat tashuvchisi sifatlarini ifodalaydigan tushuncha.

2.Individ (lotincha: yagona, bo‘linmas) — inson hayotining turli-tuman asoslarini tasvirlashda qo‘llaniladi.

3.Individuallik — «individ» atamasidan yasalgan bo‘lib, insonning noyob xususiyatlarini ifodalaydigan tushuncha.
Savollar va topshiriqlar
1. «Inson» va «individ» tushunchalari o‘zaro qanday nisbatda?

2. «Individuallik» tushunchasida insonning salbiy xususiyatlari ifodalanadimi?

3. Individualligi aniq ifodalangan inson bilan o‘rtacha inson sifatlari teng bo‘la oladimi?

8-


Yüklə 3,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə