Biroq, mamlakatda ana shunday holatni barqaror ta’minlashning
o‘ziga xos murakkab tomonlari bor. Bular:
— birinchidan, aholi dunyoqarashi, huquqiy, siyosiy va iqtisodiy
bilimlar darajasini doimiy va izchil yuksaltirish bilan bog‘liq
muammolar;
— ikkinchidan, ma’naviy va axloqiy barkamollikka intilishni
hayotiy zarurat darajasiga chiqarish, har bir fuqaroning o‘zinio‘
zi boshqarishi va o‘zini-o‘zi nazoratga olishi kabi murakkab,
vaqt talab etadigan ma’naviy-ruhiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq
muammolar;
— uchinchidan, ijtimoiy adolat tamoyillarini davlat va jamiyat
tizimida hal qiluvchi qoidalar darajasiga yuksaltirish bilan bog‘liq
muammolardir.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinganidan
keyingi tarixiy vaziyat shunday ediki, endi davlatimiz
mustaqil bo‘ldi, xalq esa o‘z taqdirini o‘zi belgilaydi, deb
e’lon qilishning o‘zigina kifoya emas edi. Mamlakatda Davlat
mustaqilligi bilan bog‘liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi.
Ayni paytda istiqlol g‘oyasini ham faqat bir tomonlama —
havoyi va yuzaki talqin qilib bo‘lmas edi. Binobarin, erishilgan
mustaqillikni sobitqadamlik bilan mustahkamlash yo‘lida izchil
kurashishga da’vat etadigan, millat sha’ni va oriyatini qo‘z-
Yangi davlatchilikning
yaratilishi
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
155
g‘atadigan kuchli milliy istiqlol g‘oyasini yaratish va xalq ongiga
singdirish lozim edi.
O‘zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kunning
o‘zidayoq davlatchilik atributlarini joriy qilish yuzasidan amaliy
choralar ko‘rila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat
bayrog‘i, gerbi va madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus
qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert
guruhiga Davlat bayrog‘ining variantlari ustida ishlashni davom
ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya
komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog‘i,
madhiyasini taqdim etish topshirildi.
Istiqlol yo‘limizni qonunlar bilan mustahkamlash, uning jahon
hamjamiyatida tan olinishi O‘zbekistonning xalqaro ijtimoiy-siyosiy
muhitda e’tirof etilishining muhim yo‘llaridan biri sifatida qaraldi.
Bir qator yosh mustaqil mamlakatlarda turli siyosiy kolliziyalar
avj olib, fikrlar chuvalashib, «kalavaning uchi topilmay qolgan»
bir paytda O‘zbekiston o‘zining har bir kuniga va olis istiqboliga
qat’iy ishonch bilan qaradi. Shuning uchun ham u, eng avvalo,
davlat ramzlarini, istiqlolimiz atributlarini qabul qilish, mamlakatning
huquqiy poydevorini tiklash yo‘lidan bordi.
O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga ega bo‘lganligi buyuk tarixiy
hodisa ekanligini quyidagi omillarda ko‘rish mumkin.
Birinchidan, o‘zbek xalqi uch ming yillik tarixi mobaynida ilk
bor o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘ldi, sermusibat
xalqimiz mustaqil davlat hokimiyatining birdan bir sohibiga aylandi.
Ikkinchidan, O‘zbekiston mustaqilligi mamlakatda adolatli,
demokratik, insonparvar jamiyat qurish uchun yo‘l ochib berdi,
o‘z milliy davlatchilik tizimini barpo qilishga imkoniyat yaratdi.
Uchinchidan, mustaqillik tufayli O‘zbekiston xalqaro miqyoslarda
o‘zini tanitish, ayni choqda xalqaro huquq me’yorlari asosida
jahondagi barcha davlatlar bilan teng hamkorlik qilish imkoniyatini
qo‘lga kiritdi. Jahon xaritasida O‘zbekiston to‘la huquqli mustaqil
davlat sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
To‘rtinchidan, iqtisodiyotda tub o‘zgarishlar qilish uchun
imkoniyat yaratildi. Ya’ni jahon amaliyoti isbotlagan bozor
iqtisodiyotiga o‘tish uchun sharoit barpo etdi. Mulkka munosabat
tubdan o‘zgarib, jamiyatda mulkdorlar sinfini shakllantirish uchun
imkon ochildi.
Beshinchidan, mustaqillik xalqning ma’naviy uyg‘onishi uchun
imkoniyat sifatida yuzaga kelib, boy madaniy merosga egalik, vorislik
an’analari amal qila boshladi. Yurt tarixi, qadimiy madaniyat tiklana
boshlandi. Xalqning azaliy urf-odatlari, ma’naviy qadriyatlari
qaytarildi. Dinga munosabat ijobiy tomonga o‘zgardi.
IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich
156
Asosiy tushunchalar
oe Davlatchilik an’analari — har bir xalqning siyosiy boshqaruvi
ilk davridan boshlanadi va tobora sayqallanib boradi.
oe O‘zbek milliy davlatchiligi — tarixi uch ming yilga boradigan
davlatchilik. Uning eng yangi davri 1991-yildan boshlanadi.
Hozirgi vaqtda o‘zbek davlatchiligi zamonaviy mezonlarda
takomillashmoqda.
Takrorlash uchun savollar
1. O‘zbekistonda ilk davlatchilik va uning ildizlari haqida
gapiring.
2. Yangi o‘zbek davlatchiligining xos jihatlari nimada?
3. Davlat atributlari ramziy ma’nolari qaysi tamoyillarga ko‘ra
sharhlanadi?
4. Gegel falsafasi va I.Karimov ta’limotining o‘ziga xos jihatlari
haqida gapiring.
5. O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishining tarixiy
hodisa ekanligini izohlang.
VI B O B. O‘ZBEKISTON MUSTAQILLIGI — YANGI
SIVILIZATSIYAVIY BOSQICH
30-§. Mustaqil O‘zbekiston va umumsayyoraviy jarayon
O‘zbekiston umumplanetar o‘zgarishlar
jarayonlari oqimida o‘zining
betakror ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy
yangilanishlari dasturiga ega bo‘lgan
mamlakat sifatida o‘ziga xos va o‘ziga mos mavqe egalladi. Yangi sivilizatsiya
va insoniyat taraqqiyotiga kuchli ta’sir o‘tkazishga qodir bo‘lgan
davlat sifatida o‘zining keng imkoniyatlarini namoyon eta boshladi.
O‘zbekistonda amalga oshirilgan favqulodda keng ko‘lamdagi
ishlar hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasi bilan mushtarak ekanligi
alohida qayd etilishi lozim. Davlat tuzumi, jamiyat qurilishi va
shaxs ma’naviy dunyosini tubdan isloh qilish yangilangan davlat,
o‘zgargan jamiyat va komil shaxsni yaratish imkonini berdi. Davlat,
jamiyat va shaxsni yangilash jarayonlari, bu jarayonlarni maqsadli
boshqarish nechog‘li aqliy shijoat, dono siyosat hamda matonatni
talab etganligiga bugungi kunda amin bo‘lib turibmiz. Zero, bu
boshqaruv sermashaqqat va murakkab kechuvchi ijtimoiy-siyosiy
voqealar, mafkuraviy ta’sir va tazyiqlar, maxsus yuzaga keltirilgan
moddiy-moliyaviy tangliklar holatlari sharoitida amalga oshirildi.
Bu bevosita mamlakat rahbarining o‘ziga xos noyob iste’dodidan,
faol siyosiy intellektual salohiyatidan, I.Karimov shaxsining favqulodda
fenomen ekanligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston yalpi yangilanishlar jarayonini ikki o‘zaro uzviy
bog‘langan yo‘nalishlarda amalga oshirishga kirishdi. Birinchisi,
mamlakatning ichki dunyosida, ya’ni iqtisodiyot, ma’naviyat,
siyosat, turmush tarzida, xalq xarakteri va mentalitetida rejaviy
asoslarda amalga oshirilayotgan yangilanishlardan iborat bo‘lsa,
ikkinchi yo‘nalish, xalqaro ijtimoiy muhit manzarasini takomillashtirish,
ya’ni qarama-qarshi kuchlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni
barqarorlashtirish, hamkorlik munosabatlari, tinchlik madaniyatiga
o‘tish, insoniyatga umumiy xavf tug‘diruvchi terrorizm,
narkobiznes, ekstremizmga qarshi xalqaro tashkilot tuzilmalariga
asos solish va boshqa faoliyatlar majmuidan tashkil topadi.
Bunday keng ko‘lamdagi o‘zgarishlar
va yangilanishlar jarayoni chuqur
asoslangan ilmiy-nazariy tahlilni,
nazariy umumlashmalar, xulosalar
O‘zbekistonning
umumsayyoraviy
jarayonlarga qo‘shilishi
Ong-shuurdagi tub
o‘zgarishlar
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
151
chiqarishni, amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni ijtimoiy-gumanitar
fanlar oldiga dolzarb muammo sifatida qo‘ymoqda.
Darhaqiqat, yalpi o‘zgarishlar jarayonlarining pirovard natijasida
ijtimoiy ong mazmunida o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Odamlar
tafakkurida, fe’l-atvorida, sa’y-harakatlarida yangi qadriyatlar qaror
topdi. Hayotga munosabatlar tizimi o‘zgardi. O‘zbek mentaliteti,
milliy xarakter mazmunida yangi jihatlar tarkib topa boshladi. Bu
bevosita siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy sohada tub yangilanishlarga,
o‘zgarishlarga ma’naviy asos bo‘lib xizmat qildi.
Mamlakatda huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik
jamiyatini shakllantirishning o‘zbekona tamoyillari vujudga keldi.
Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy barqarorlikka erishildi. Ma’naviy-ruhiy
poklanish, milliy qadriyatlarning tiklanishi orqali istiqlol davri
fuqarosi vujudga keldi.
Bu bevosita ijtimoiy ong, xalq tabiati, orzu-o‘ylari, intilishlari,
maslak va e’tiqodlaridagi o‘zgarishlar jarayonlari bilan uzviy
bog‘liqdir. Shu nuqtayi nazardan qaraganda fuqarolar ongi va
tafakkurini o‘zgartirmasdan turib islohotlar mohiyatini anglash va
samaradorligini oshirish mumkin emas. Shu boisdan ham Prezident
I.A.Karimov odamlar tafakkurida o‘zgarish yasamaguncha jamiyatni
yangilash mumkin emasligini aniq-ravshan ko‘rsatib berdi.
Jumladan, Prezident I.A.Karimov «Jamiyatni ma’naviy yangilashdan
ko‘zlangan bosh maqsad — yurt tinchligi, Vatan ravnaqi,
xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash,
ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik
kabi ko‘p-ko‘p muhim masalalardan iborat», degan edi. Bu bevosita
jamiyatni tubdan yangilashni, insonni «yangilash», inson tafakkuri,
ruhiyati, kayfiyati va ongini isloh qilish orqali amalga oshirishni
taqozo etadigan hodisadir.
Istiqlol evolyutsiyasi bevosita odamlar tafakkuri, ularning
siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy ongining takomillashish
jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan hodisadir. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.A.Karimovning kitoblari, risolalari, nutqlari va ma’ruzalarida
ijtimoiy voqelikni yalpi yangilash, ijtimoiy o‘zgarishlar
mantig‘ini shaxs manfaatlariga yo‘naltirish, komil insonni tarkib
toptirish, jamiyatning yuksak ma’naviy-axloqiy qiyofa kasb etishiga
doir konsepsiyalar majmui, ularning ijtimoiy muhitda amal qilish
jarayonlari chuqur asoslangan.
Shuningdek, insoniyatning ongli besh ming yillik tarixi mobaynida
amalga oshirilgan o‘zgarishlar jarayonlari, bu o‘zgarishlar
jarayonlariga asos solgan va boshqargan ulug‘ shaxslar, hukmdorlar,
prezidentlar, alloma va mutafakkirlarning nazariy mushohadalari
ham bizga tarixiy saboq vazifasini o‘taydi.
IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich
152
O‘zbekistonda ijtimoiy o‘zgarishlar va yangilanishlar konsepsiyasini
o‘rganish asnolarida Sharq va G‘arb mutafakkirlari, antik
davr olimlari, xususan, Platon, Aristotel, Zardusht, Imom Buxoriy,
Forobiy, Marg‘inoniy, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg‘ariy,
Beruniy, Amir Temur singari mutafakkirlar va davlat arboblarining
asarlari, Gegel, Freyd, Berdyayev, Toynbi, Popper, Yaspers,
Xomans, Neru kabi allomalarning ilmiy-nazariy qarashlari ham
jiddiy e’tiborga loyiqdir.
Ijtimoiy ong mazmunining tobora insoniy mohiyat kasb eta
borishi, shaxs haq-huquqlari barqarorlashayotganligi, xalqaro
makonda mehr-shafqat, bag‘rikenglik, odamiylikka doir umumplanetar
maylning kuchayishi jamiyat, jamoa va shaxs ma’naviyatida
yangilanish jarayonlarini amalga oshirish bilan bevosita bog‘liqdir.
XX asr so‘nggiga kelib insoniyat o‘z qazosi ham, o‘z davosi ham
o‘z qo‘lida, real sa’y-harakatlarida, tafakkur tarzida ekanligini
to‘la anglab yetdi. Dunyo o‘z-o‘zini asrash instinktini ishga solish
taraddudini ko‘rmoqda.
Ana shu jarayonlarda markaziy masalalardan biri hamma sa’yharakatlarni
insonga, uning real manfaatlariga, ruhiy intellektual
sog‘lomligiga, ma’naviy tarbiyasiga qaratish vazifasidir. Prezident
I.A.Karimov yalpi yangilanishlar va tub o‘zgarishlar
mohiyatini xuddi ana shu omillarda kashf etib, islohotlar barcha
jabhalarini ayni inson orqali amalga oshirish nazariyasini asoslab
berdi.
Yangilanish jarayonlarining pirovard natijalari ham inson
imkoniyatlarini to‘laroq yuzaga chiqishiga, shaxs potensiali,
salohiyat zahiralari namoyon bo‘lishiga keng yo‘l ochishdan
iboratdir. Zero, istiqlol yo‘li inson omiliga e’tibor beruvchi va
rivojlantiruvchi yo‘ldir.
Asosiy tushunchalar
oe Umumsayyoraviy jarayon — xalqlar va davlatlarning ilgarilama
harakatlari maromi. Unda mustaqil O‘zbekiston o‘zining ichki
va tashqi salohiyatlarini tobora keng yuzaga chiqarib ishtirok
etmoqda.
oe O‘zbek mentaliteti — millatning yalpi ruhini, asos bo‘ladigan
e’tiqodlari yig‘indisini ifodalaydigan tushuncha.
Takrorlash uchun savollar
1. O‘zbekistonning jahoniy jarayonlarga qo‘shilishi istiqlolsiz
yuz berishi mumkin bo‘larmidi?
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
153
2. Umumsayyoraviy o‘zgarishlarda O‘zbekistonning o‘rni haqida
gapiring.
3. O‘zbekistondagi yalpi yangilanishlar ikki yo‘nalishini izohlang.
4. Mustaqillik davri fuqarosi deganda nimani tushunasiz?
5. Istiqlol evolyutsiyasi va inson tafakkuri dinamikasi uyg‘unligini
izohlang.
33-§. Iqtisodiy sohada tarkibiy o‘zgarishlar
Istiqlol davrida iqtisodiy infratuzilmalar
tarkibi tubdan o‘zgartirilib,
mamlakatning ichki ehtiyojlari
hamda tashqi integratsiyalashuv maqsadlari asosidagi yaxlit ishlab
chiqarish kompleksi vujudga keltirildi. Tarqoq, uzuq-yuluq, sobiq
ittifoq manfaatlarini ifodalovchi ishlab chiqarish korxonalari
faoliyatlarini qayta qurish, yangilarini barpo etish asosida mustaqil
davlatning yagona ishlab chiqarish tizimi yuzaga keltirildi. Boshqacha
qilib aytganda, mamlakatda sobiq ittifoq manfaatlariga yo‘naltirilgan
tarmoqlariga barham berilib, ichki va teng huquqli, foydali
hamkorlik asosidagi xalqaro tarmoqlashuv jarayoni vujudga keltirildi.
Shunday qilib, O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, uning iqtisodini
chetdan turib boshqarishga chek qo‘yilib, ichki imkoniyatlardan
kelib-chiqib boshqariladigan yagona, mustahkam asoslarga ega tizim
vujudga keltirildi. Ayni paytda jahon iqtisodiy tizimining muhim
bo‘g‘iniga aylana borib, O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy koordinatsiyalashuv
jarayoniga faol kirishdi. Uning uzviy va ishonchli bo‘g‘ini,
keng imkoniyatli subyektiga aylandi.
Jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning hammabop tavsiyalari,
tayyor andozalari bo‘lmaydi. Ayniqsa, madaniy, ma’rifiy,
Dastlabki natijalar
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
157
tarixiy tajribalari asrlar mobaynida shakllangan, mustahkam va
barqaror an’analar mamlakati hisoblangan O‘zbekistonday qadimiy
makonda o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘l tanlanganligi istiqbolni
donishmandlarga xos bashorat qilishning yorqin namunasi edi.
Zero, shu nuqtayi nazardan Prezident I.A.Karimovning «mustaqil
O‘zbekiston tug‘ilgan kuniyoq oyoqqa turishga, o‘zi yurishga majbur
edi», — deyishida chuqur mantiqiy asos bor edi.
Binobarin, istiqlol yo‘li taraqqiyot tamoyillarini ishlab chiqish
jarayonlarida I.A.Karimov sobiq sovet tuzumidan meros qolgan
tajribalarni, mustaqil taraqqiyotning dastlabki yilida amalga
oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqur tahlil qilib, «soxta
inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy
larzalarsiz, evolyutsion yo‘l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga
o‘tish — tanlab olingan yo‘lning asosiy mazmun va mohiyatidir
» — degan xulosaga keladi.
Ayni chog‘da Prezident I.A.Karimov «O‘zbekiston o‘zi uchun
tanlab olgan yo‘l ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan, respublikaning
manfaatlariga, shart-sharoitlari va xususiyatlariga eng ko‘p
darajada mos keladigan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga
qaratilgandir. Ayni mana shunday yo‘l O‘zbekiston xalqining
munosib turmushini, uning huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi,
milliy an’analari va madaniyatining qayta tiklanishi, insonni shaxs
sifatida ma’naviy, axloqiy kamol topishini ta’minlashi mumkin
», — deb qat’iy ko‘rsatib bergan edi.
Prezident I.A.Karimov mamlakatning
dastlabki yillardagi rivojlanish
jarayonlarini chuqur tahlil qilib,
O‘zbekistonda milliy davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish
dasturining o‘zagi sifatida quyidagi beshta asosiy qoidani o‘rtaga
tashladi:
Birinchi qoida iqtisodiy islohotlarning siyosat ortida qolmasligi,
biror mafkuraga bo‘ysundirilmasligi qoidasi.
Ikkinchi qoida o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi,
islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgarishlar
siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi qoidasi.
Uchinchi qoida qonunlarga rioya etish ustuvor tamoyil bo‘lishi,
demokratik yo‘l bilan qabul qilingan istiqlol Konstitutsiyasi va
qonunlarni hech istisnosiz hamma tomondan hurmat qilinishi va
ularga og‘ishmay rioya etilishi qoidasi.
To‘rtinchi qoida aholining demografik tarkibini hisobga olgan
holda kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazilishi qoidasi.
Mamlakatimizda bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir
vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan
Asosiy tamoyillar
IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich
158
choralar ko‘rilib borildi va bu masala bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi
eng dolzarb vazifa bo‘lib qoldi va bundan keyin ham shunday
bo‘lib qoladi.
Beshinchi qoida bozor iqtisodiyotiga o‘tishda obyektiv iqtisodiy
qonunlar talablari hisobga olingan holda «inqilobiy sakrash»larsiz,
ya’ni evolyutsion yo‘l bilan puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga
oshirilishi qoidasidir.
Ana shu muhim qoida-tamoyillar O‘zbekistonning mustaqil
rivojlanish va taraqqiyot yo‘liga asos qilib olindi hamda yangi
ijtimoiy-siyosiy tizimga bosqichma-bosqich o‘tish jarayonlarining
negizini tashkil etdi. Istiqlol davrining o‘tgan o‘n yili shuni yaqqol
isbotlaydiki, rivojlanishning mashhur besh tamoyilining amalga
oshirilishi mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi,
bozor munosabatlarini joriy etish yo‘lidan izchil harakat qilishni
to‘la ta’minladi.
Prezident I.A.Karimov o‘zining
«O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish yo‘lida» nomli
kitobida iqtisodiyotni tubdan isloh
qilish konsepsiyasini yana ham chuqurroq ko‘rsatib beradi. Unda
nazariy, ilmiy va hayotiy jihatdan muhim xulosalar asoslanib,
bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tishning O‘zbekiston
uchun afzalliklari maxsus yoritib beriladi. Jumladan, «bir bosqichni
tamomlagandan keyingina, zarur shart-sharoitlarni yaratib, yangi
bosqichga o‘tish mumkin, — chunki — Har bir bosqichda
tafakkurimizni o‘stirib, erishilgan real natijalar bilan odamlarni
yangi tuzumning afzalligiga ishontiribgina islohotlarni oxirigacha
amalga oshira olamiz. Iqtisodiy strukturasi rivojlangan, samarali
ijtimoiy munosabatlarga ega bo‘lgan jamiyatni qura olamiz».
Ushbu kitobning ikkinchi qismida I.A.Karimov mamlakatni
iqtisodiy rivojlantirish borasidagi asosiy vazifalar — xususiylashtirish
va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini
chuqurlashtirish, makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, milliy
valyutani mustahkamlash, ijtimoiy kafolatlari kuchli bo‘lgan
demokratik davlatni shakllantirish kabilarni belgilab, muammolarning
nazariy, ilmiy va amaliy yechimini topib beradi. Shunday
ekan, mazkur masalalar rivojining ustuvor yo‘nalishlari quyidagicha
bo‘lishi hayot mantig‘ining tadrijiy o‘zgarishlariga ham ayni
muvofiq keladi:
Birinchidan, mulkchilikning barcha shakllariga erkinlik berilishi,
shaxsiy tashabbus va ishbilarmonlikka yo‘l ochish, tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlanishi;
ikkinchidan, iqtisodni jonlantirish uchun xususiylashtirish
Islohotlarni
chuqurlashtirish
Uchinchi bo‘lim. Sivilizatsiyalar — ijtimoiy-madaniy jarayon
159
jarayonining tezlashuvi, mulkchilik, mulkka egalik huquqining
kengaytirilishi;
uchinchidan, milliy valyutaning joriy qilinishi, jahon moliya
tizimi maydonlariga endigina kirib kelgan valyutamiz qadr-qimmati
barqarorlik darajasining ta’minlanishi;
to‘rtinchidan, iqtisodiy siyosatda dehqonchilikka, umuman
qishloq hayotiga an’anaviy muhim tarmoq sifatida qaralishi;
beshinchidan, o‘tmish madaniyati va qadriyatlarini tiklash
ishlarini yo‘lga qo‘yish, bu borada izchil tadbirlarni amalga
oshirishdan iborat konsepsiya va iqtisodiy islohot nazariyasining
yaratilishi — mustaqil O‘zbekistonda davlat mustaqilligini amalga
oshirish va jamiyat rivojini ta’minlashda ustuvor yo‘nalishlardir.
Prezident I.A.Karimov o‘zining «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘
asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari» nomli ilmiy-nazariy asarida islohotlarning «O‘zbek
modeli»ga xos yangi davr talablariga monand tamoyillarini o‘rtaga
tashladi va kechayotgan jarayonlar mohiyatini ochib berdi.
Keyingi yillarda ijtimoiy hayotimizning
barcha sohalarida, eng avvalo,
iqtisodiyotda ro‘y bergan o‘zgarishlar
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti asoslarini shakllantirishga qaratilgan
tub islohotlarni bosqichma-bosqich, izchil, har tomonlama
o‘ylangan yondoshuv, ilmiy-nazariy jihatdan puxta ishlab chiqilgan
konsepsiya asosida amalga oshirish ishonchli hodisa ekanligini
ko‘rsatdi.
Mamlakatda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanib,
taraqqiyot ehtiyojlariga to‘la javob beradigan islohotni amalga oshirish
quyidagi masalalarni hal etish imkonini berdi:
O‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning me’yoriy-huquqiy bazasi
yaratildi. Qabul qilingan yangi qonunlar hozirgi kunda bozor
iqtisodiyotining me’yor va tamoyillariga muvofiq keladigan shartsharoitlarni
shakllantirmoqda. Iqtisodiy erkinliklar va xususiy mulk
huquqining mustahkam yuridik himoyasini ta’minlamoqda.
Iqtisodiyotning turli sohalarida bozor mexanizmlarining samarali
ishlashi uchun keng huquqiy maydonni yaratmoqda.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi tartibotlari va tuzilmalariga barham
berish, bir tomondan, iqtisodiyotni tashkil etishning bozor
prinsiplariga xos bo‘lgan tuzilmalarini yaratish, tarmoq vazirliklarini
tugatish, davlat mulki hissasini davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish hisobiga keskin kamaytirish, ko‘p ukladli
iqtisodiyot va uni boshqarish tuzilmalarini yaratishdir. Boshqa
tomondan 80-yillar oxiridagi chuqur iqtisodiy tanazzulni yengib
o‘tish, sobiq sho‘rolar hududidagi birinchi mamlakatlar qatorida
Yangi vazifalar
IV bob. O‘zbekiston mustaqilligi — yangi sivilizatsiyaviy bosqich
160
makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, barqaror
iqtisodiy o‘sish uchun zamin yaratishdir. Aynan iqtisodiy islohotlar
«o‘zbek modeli»ning amalga oshirilishi tufayli islohotlarning dastlabki
Dostları ilə paylaş: |