О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Interfaol ta’limning asosiy belgilari



Yüklə 231 Kb.
səhifə3/6
tarix11.12.2023
ölçüsü231 Kb.
#146678
1   2   3   4   5   6
2-INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI FANINING UMUMIY VA XUSUSIY USLUBLARI.

1.2 Interfaol ta’limning asosiy belgilari.

Interfaol ta’limning asosiy belgilari quyidagilardir:


(Izoh:Refleksiya (lotincha “reflexio” – ortga qaytish, aks etish): kishining o’z xatti-harakatlari, ularning asoslarini tushunib yetishi, fahmlashiga qaratilgan nazariy faoliyati; shaxsiy kechinmalari, his-tuyg’ulari va o’y-hayollari mohiyatini fikrlash orqali anglash).

Interfaol ta’lim quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  1. Mashg’ulot – ma’ruza emas, balki jamoaning umumiy ishi.

  2. Guruhning tajribasi o’qituvchi (pedagog)ning tajribasidan ko’p.

  3. O’quvchilar yosh, ijtimoiy mavqe va tajribaga ko’ra o’zaro teng.

  4. Har bir o’rganilayotgan muammo yuzasidan o’z fikrini aytish huquqiga ega.

  5. Mashg’ulotda o’quvchi shaxsi tanqid qilinmaydi (fikr tanqid qlinishi mumkin).

  6. Bildirilgan goyalar o’quvchilarning faoliyatini boshqarmaydi, balki fikrlash uchun axborot (ma’lumot) bo’lib xizmat qiladi

Ta’limni tashkil etishga interfaol yondashuvni qaror toptirish uchun o’qituvchi (pedagog)lar bir qator shartlarga rioya etishlari zarur. Ular:
- Ta’lim jarayoniga jamoadagi barcha o’quvchilarning to’la qamrab olinishi;
- O’quvchilar soning ko’p bo’lmasligi (25-30 nafar o’quvchi bilan kichik guruhlarda ishlashsamaralidir);
- Topshiriqni bajarish, materiallarni taqdim etish, guruhlarning ishlanmalarini muhokama qilish uchun vaqtning aniq belgilanishi;
- O’quvchi (talaba)larning mashg’ulotlarga ruhan tayyorgarliklarini inobatga olish;
- O’quv xonasining jihozlanishi (stullar doira, archa, “Jonli liniya” kabi shakllarda
joylashtiriladi);
- O’quvchilarning kichik guruhlarga mohirona biriktirilishi (har bir guruhda faol
Nofaol o’quvchilarning teng miqdorda bo’lishi);
Izoh: Stullar kichik va katta doira shaklida joylshtirilganda kichik doirada o’quvchilar, katta doirada esa ekspert guruhi joylashadi.
Interfaol ta’lim asosini interfaol metodlar tashkil etadi. “Ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasida hamkorlikni qaror toptirish, faollikni oshirish ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni samarali o’zlshtirish, ularda shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan metodlar sanaladi”.
Interfaol o‘qitishning moxiyati o‘quv jarayonini shunday tashkil etadiki unda barcha o‘quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.
Bilish jarayonida o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati deganda, ularni har birining o‘ziga xos aloqada individual hissa qo‘shishi, o‘zaro bilimlar, g‘oyalar va faoliyat usullari bilan almashinishlari tushiniladi. Shu bilan birga, bularning hammasi o‘zaro xayri xohlik va qo‘llab – quvvatlash muhitida amalga oshiriladi.
Bu esa o‘z navbatida yangi bilimlarni olishgagina imkoniyat bermasdan, balki bilish faoliyatining o‘zini ham rivojlantiradi, uni yanada yuqoriroq koopersiya va hamkorlik pog‘onalariga olib chiqadi.
Bugungi kunda jahon ta’lim tizimida interfaol o’qitishning quyidagi shakllarda amalga oshirilayotganligi barchaga ma’lum:
















Yüklə 231 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə