O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə6/13
tarix05.06.2018
ölçüsü0,66 Mb.
#47458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

Addiktiv axloq.

Autodestruktiv axloqda aralashuvning xususiyatlari addiktsiyaning turi va tobelik darajasiga bog’liq.

Turli davlatlar tajribasini baholab, tobe axloqli shaxsga ta’sirning uchta global ijtimoiy ta’sir strategiyasini ajratish mumkin:

- repressiv siyosat (jamiyatni uning alohida a’zolari bilan kurashi);

- xatarni minimallashtirish siyosati (zararni pasaytirish) — pragmatik yondoshuv;

- resotsializatsiya siyosati (ijtimoiy-psixologik rea-bilitatsiyada).

1. Repressiv siyosatning mohiyati qat’iy yondoshuvdan iborat. Masalan, giyohvand moddalar davlat tomonidan man etiladi, unga bog’liq barcha harakatlar qonun bo’yicha jazolanadi. AQSH da geroin yoki kokainni saqlagani uchun 5 yildan 40 yilgacha qamoq jazosi mavjud. Xitoy yoki Singapurda bunday harakat uchun o’lim jazosi belgilanadi. Giyohvand moddalarga nisbatan shunga o’xshash qattiq ijtimoiy siyosat ko’plab davlatlarda amal qiladi. Ba’zi davlatlarda ichkilik

"quruq qonun"ni kirit1-ppga qadar tariqiqlanadi. Davlat jazolash choralani kiritib, psixofaol moddalarni iste’mol etishni nazorat qilishni ko’zda tutadi. Biroq piyonistalik va giyohvandlik saqlanadi, iste’molchilar bitta muammo - kimyoviy tobelikdan tashqari - avtomatik tarzda ikkinchisini -delinkventlikni egallaydi, demak iste’mol qilish jinoyatni bildiradi. Bundan tashqari, mafiya uchun giyoxvand moddalariga har qanday taqiq foydalidir, chunki u giyohvand moddalarga nisbatan qiziqishning ortishi va noqonuniy giyohvand mahsulotlarga narx oshishini rag’batlantiradi.

2. Zararni pasaytirishning liberal siyosati kamroq tarqalgan. Zararni pasaytirish kontseptsiyasi iste’mol qilingan, iste’mol qilinmokda va iste’mol qilinadi, iste’molchilar esa jamiyatning bir qismi, hatto agar jamiyat bu haqda bilishni istamasa-da. Bu kontseptsiya dunyoda yanada ommaviy bo’lib bormoqda, Niderlandiya va Avstraliyada esa rasman amalga oshiriladi. Asosida shunday ishonch yotadi, muayyan vaqt muddatidan keyin ko’pincha 10 yilga yaqin iste’mol kilgach, odamda yoxud iste’molni to’xtatish, yoxud turg’unlashish va uni nazorat qilish istagi tug’iladi. Boshqa tomondan, ma’lum bir qism odamlar gihyovand moddalar iste’mol qilishni hech qachon tashlamasliklari faktini qayd qiladi.

Zararni pasaytirish harakatining tarixi bizning vaqtdagi 80-yillar o’rtalarida o’z boshlanishini oldi va in’ektsion giyohlarni iste’mol qiluvchilar orasida OITS emidepiyasi davrining boshlanishi bilan chambarchas bog’liqdir. Tibbiy professionallarga agar qandaydir tezkor profilaktik choralar qabul qilinmasa, in’ektsion giyohlarni iste’mol qiluvchilar (IGIQ) orasida epidemiyaning shiddatli rivojlanishini to’xtatish mumkin emasligi aniq bo’ldi. SHu tarzda jamoatchilik sog’liqni saqlash sohasida ta’sir dasturining yangi modeli — shpritslarni almashtirish dasturi tug’ildi. Keyin u giyohvand moddalarni iste’mol qilishning xavfsiz usullari, iste’mol bilan birga boruvchi kasalliklar haqida xabardor qilish, prezervativlar va xavfsiz jinsiy aloqa usullarini o’rgatishning tarqalishi kabi yo’nalishlar bilan to’ldirildi.

SHunday qilib, o’z-o’zidan faoliyat yurituvchi tashkilotlarning bosh siyosiy maqsadi — bu dekriminallashtirish va giyohlarni iste’mol tsilishni me’yorlashtirish. Bu giyohlarni iste’mol qilish bilan kurash bo’yicha o’xshash va ochiq dasturni ishlab chiqish strategiyasiga qo’shimcha ravishda giyohlarga tobelarni kriminallashtirishning avvalgi siyosatiga qarshi yo’naltirilgan strategiyalar ishlab chiqilishi zarur. Giyohvand moddalarni iste’mol qilishga re-pressiv siyosat "giyohvandlik muammosi" deb nomlanuvchi ko’rinishning tug’ilishi uchun mas’ul hisoblanadi.

90-yillar boshida temir parda parchalanganidan keyin OIV-infektsiya va giyohvandlik epidemiyasi muammosi SHarqiy Evropa va Rossiya davlatlari uchun ham dolzarb bo’lib qoldi. OIV-infektsiyasining birdan avj olishi Ukraina hududida, Rossiyaning bir necha shaharlarida shiddat bilan boshlandi. Hozir bu shaharlarda zararni kamaytirish bo’yicha profilaktik dasturlarning ishi boshlandi, biroq moliyaning etishmasligidan bu dasturlar zaruriy qamrovga ega bo’lmadi, umummilliy emas, yagonaviy xarakterga ega va xalqaro tashkilotlar hamda jamg’armalar ko’magida milliy budjetdan to’lanadi.

Bugungi kunda Rossiyada shpritslarni almashtirish va aut-rich-ishni o’tkazishni o’z ichiga olgan zararni pasaytirish bo’yicha 20 ga yaqin dastur moliyalangan. Autrich-ish ("tashqaridan") -profilaktik axborotlarni ular uchun odatiy bo’lgan joylardagi yopiq ijtimoiy guruhlar (giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar, gomoseksuallar, fohishalar) gacha etkazish.

Autrich-ishning maqsadlari:

- OIV, virusli gepatitlar, IGIQ (in’ektsiyali giyohlarni iste’mol qiluvchilar) orasida teri-tanosil kasalliklarining tarqalish xavfi haqida xabardor qilish;

- in’ektsiyali asboblardan takror foydalanshp darajasini pasaytirish;

- giyohvand moddalarni iste’mol qilish bilan (qonun, xavfli hollarda birinchi yordam ko’rsatish) bog’liq bo’lgan xavf to’g’risidagi axborot;

- giyohlarni qabul qilish va jinsiy aloqa bilan bog’liq xatarli axloqni o’zgartirishga ta’sir (giyohlarni iste’mol qilishning hiyla xavfsiz usulini o’rgatish);

- IGIQ ni tibbiy va ijtimoiy xizmatlar bilan aloqaga jalb etish;

- ijtimoiy moslashuv va ishga joylashishga ko’maklashish;

- faol iste’molchilarni volontyorlar sifatida zararni pasaytirish bo’yicha ishga jalb etish;

- psixologik ko’mak berish;

- qaytadigan aloqa (IGIQ muammolari haqidagi axborotni tabbiy xodimlar, shuningdek, davlat qarorlari bog’liq bo’lgan mutaxassislargacha etkazshp).

Giyohlarni iste’mol qiluvchilarga jamiyatdagi mavjud munosabatda axloq o’zgarishi jarayoni ular uchun juda murakkab bo’lib qoladi. Jamiyat hali kimyoviy tobelik hukmi ostiga tushgan odamlarga kam yordam bermokda. Giyoxvandlikka real tobe shaxslarga mutaxassislar yordamlashadilar. Mutaxassislar ularning ijobiy o’zgarishga bo’lgan intilishlarida odamlarni tushunib, qo’llab-quvvatlab, yordam ko’rsatadilar. Ular, odatda, ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya doirasida yordam ko’rsatadilar.

3. Resotsializatsiya siyosati (ijtimoiy-psjologik reabi-litatsiya) tobe axloq oqibatida moslashmagan individning hayotiy vazifalari tiklanishi bo’yicha majmuaviy dasturni ko’zda tutadi. Reabilitatsion dastur bir necha darajadagi tadbirdan iborat: hutsutssh hgshoya va ijtimosh ko’mak (ijtimoiy guruxga kirish, yuridik himoya, ishga joylashish, turar-joy muammosini hal qilish); psshologik reabshitatsiya (remissiyani psixologik quvvatlash, shaxsiy imkoniyatlarni kengaytirish); tibbiy yordam (abstinent sindromini olib tashlash, retsidivga qarshi terapiya, birga boruvchi somatik va asabiy-psixik buzilishlarni davolash).

Psixologik yordam barcha hollarda majburiy hisoblanadi. Nisbatan kamroq xavfli shakllarda (chekish, qimor o’yinlari, ovqatga tobelik) yoki tobelikning boshlang’ich bosqichlarida maslaxat berish va psixoterapiya keng qo’llaniladi. Ayniqsa, kognitiv-axloqiy indieidual (tsistsa muddatli) ea shaxsiy-rekonstruktiv guruxli psixoterapiya o’zini yaxshi tavsiya eta oldi. Mohiyati bo’yicha oxirgi mashg’ulot jamoatchilik guruhlari va tashkilotlariga yaqinlashtiriladi (anonim piyonistalar,anonim giyohvandlar, diniy tashkilotlar).

Tizimli kasallik (jismoniy tobelik) darajasiga ershpgan kimyoviy tobelik holatida yordam birmuncha murakkab va davomli bo’ladi. Ushbu holatda boshlang’ich bosqichlardagi tibbiy aralashuvning etakchi rolida majmuaviy reabilitatsiyaga aynan o’xshash bo’ladi.

Birmuncha umumiy ko’rinshpda piyonistalik va giyohvandlikni majmuaviy reabilitatsiya qilishning quyidagi sxemasi haqida gapirish mumkin.

Dastlab maslaxat berish yoki davolash to’grisida tsaror tsabul tsilish matssadidagi pstoterapiya (kasallikni anglash, bundan keyin bunaqa yashash imkonsizligini his qilish, davolanishga tayyorlikning oshishi), davolashning birmuncha babbarobar shaklini tanlash o’tkaziladi. Bu bosqich uzoq davom etishi mumkin. Ko’pincha tobe odamlar fojia vaziyatidagina davolanishga rozi bo’ladilar: tuzalmaydigan kasallik haqidagi xabar, sudlanish xavfi, delinkvent muhit tomonidan hayotiga real xavf, klinik o’lim holati kechinmasi.

Davolash haqidagi qaror qabul qilinganidan keyin detoksikatssh - organizmni zaharli moddalardan ozod qilishni o’tkazish maqsadga muvofiqdir.

Majmuaviy reabijtatsiyaning keyingi bosqichida remissiyani kuzatish dasturi - hushyorlikni ko’llab-tsuvvatlashni kuzatish dasturi amalga oshiriladi. Jahon tajribasi ushbu ishni 12-14 oy davomida olib borish maqsadga muvofiq ekani to’g’risida guvohlik beradi. Remissiyani ta’minlash quyidagilarni o’z ichiga oladi:

- tibbiy-psixiatrik yordam, masalan, antidepressantlarni belgilash;

- tibbiy-narkologik, masalan, retsidiv qarshi terapiya yoki ichkilikka qarshi reaktsiya beruvchi yoki giyohvandlik kayfi holatini blokirovkalovchi preparatlarni kiritish shaklidagi "kimyoviy himoya".

Remissiyani quvvatlashdagi psixologik yordam turli yo’nalish va shakllarda amalga oshirilishi ham mumkin:

- tobe shaxs va uning oila a’zolariga psixologik maslahat berish;

- ijobiy shaxsiy o’zgarishlar va dastavval hushyorlikka ko’rsatmani shakllantirishga mo’ljallangan individual va guruhli psixoterapiya;

- ishonch telefonlarining maxsus liniyasi.

Amaliyot ko’rsatadiki, yordamning nafi ixtisoslantirilgan markazlardagi sharoitlarda ahamiyatli tarzda o’sadi. Mutaxassislar tobelikni muvaffaqiyatli davolashning to’rtta asosiy shartini aytadilar:

- kimyoviy tobelikni boshqasiga almashtirish (AP guruhidaga odamdan diniy tashkilotga);

- tegishli psixotrop preparatlari yoki psixoterapiyani kiritgan holda boshqa psixiatrik buzilishlarni aynan o’xshash davolash;

- psixologik ulg’ayish jarayonida nafsini tiyipshi qo’llab-quvvatlash (masalan, nazorat testlari, giyohlarning o’rnini bosuvchilar, o’z-o’ziga yordam guruxlari);

- psixoterapiya yordami bilan shaxsiy o’sish va tuzilmaviy o’zgarishlar.

Jismoniy tobelikning kamayishi darajasi bo’yicha ijtimoiy yordam roli o’sadi.

Hozirgi vaqtda ijtimoiy-psixologak reabilitatsiya tobe o’smirlarga yordam ko’rsatishning anchagina o’xshash shakli deb tan olinadi. Oila o’smirni ijtimoiy yordam olish zarurligiga ishontirishi zarur. Usmir yoki maslahatchi-psixolog bilan birga oila u va o’smir uchun birmuncha o’xshash ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya shaklini tanlashi mumkin.

Oila nafaqat reabilitatsiya shaklini tanlashi, balki reabilitatsiya maqsadlari va foydalaniladigan usullar haqidagi mukammal axborotni joyida olishi darkor. O’smir oilada qoladimi yoki reabilitatsion markazga joylashtiriladimi, bundan qat’i nazar oilaning a’zolari parallel tarzda yordam oladilar.

SHu maqsadda ota-onalar bilan quyidagi shakllarda psixologik ish olib boriladi:

- tobe o’smirlar oilasi (ota-onalari)ning mutaxassislar (narkologlar, oilaviy psixologlar, psixoterapevtlar) bilan davriy maslahatlashishi;

- ota-onalar bilan guruhli trening ishini tashkil etish va o’tkazish (masalan, "Ota-onalar muvaffaqiyatining treningi", "Tobe o’smirlar bilan samarali o’zaro ta’sir treningi");

- o’z-o’ziga yordam guruhini tashkil etish (masalan, "Onalar giyohvandlikka qarshi").

Addiktiv axloqning boshlang’ich ko’rinishlari bo’lgan o’smirlar bilan ishlashda guruhli psjoterapiya (kogaitiv-axloqiy orientatsiyalar) va bir vaqtning o’zida profilaktik va korrektsion vazifalarni hal qiluvchi trening ishi o’zini yaxshi tavsiya etdi.

Addiktiv axloqning ba’zi turlari ko’pincha maxsus tibbiy yordam bilan uyg’unlashgan psixoterapevtik aralashuvni talab qiladi. Bu, misol uchun, ozuqa buzilishi yoki jinsiy addiktsiya.

Umuman olganda tobs axloqli shaxsga ijtimoip-psixologik yordam ko’rsatishning muvaffatsiyatlshigi, aynitssa, uning hamkorlikka tayyorlik darajasi bilan belgshshnadi. SHuning uchun birgalikdagi ishning boshlanishida mutaxassis aloqa yoki ishchi itafoqiga erishishda alohida vaqt va e’tibor ajratishi lozim. Bu vazifa birinchi uchrashuvdayoq amalga oshirilishi mumkin, biroq, ayniqsa, aniq ko’rinib turgan shaxsiy o’zgarishlar bilan kimyoviy tobelik holatida ko’proq vaqt talab qilinadi.

Aloqaga erishish uchun turli usullardan foydalaniladi. Dastavval, mijozni empatik tinglash, qabul qilish va qo’llab-quvvatlash, shuningdek, mijozning tuyg’ularini aytib berish; murojaat motavatsiyasini ifodalash; psixologik aralashuv yuzasidan mijozning kutganlari va xavfsirashini aniqlash ham naf ko’rsatadi.

Hamkorlik munosabatlariga erishish maqsadida shining natijalari uchun mas’ulshtni bo’lishshi printsipial tarzda muhimdir. Buning uchun birgalikda maqsad qo’yiladi, har birining ulushi baholanadi, ishning namunaviy rejasi tuziladi, ishning muddati va shartlari aniqlanadi, ya’ni terapevtik shartnoma tuziladi. Ishda shaxsiy imkoniyatlarga suyanish (nafaqat muammolar va nuqsonlarga); mijozning o’zgarishlarga, psixologik ta’sirga qarshiligini muhokama qilshp; addikxiv axloqni saqlashda va u siz mijozning kelajagini modellashtirish lozim.



Suitsidal axloq

Suitsidal axloq profilaktikasi turlicha vazifalarni hal qilishi mumkin: autotajovuzning har xil vositalariga ochiqdan-ochiq cheklov va nazorat, omillar va xatar guruhini nazorat qilish, aniq shaxslarga tibbiy-psixologik yordam ko’rsatish. Suitsidning psixologik preventsiyasi (suitsidal axloqning oldini olish) ko’pincha suitsidal ko’rinishni tan olish va yaqin odamlarga o’z vaqtida yordam ko’rsatishga o’rgatish shaklida amalga oshiriladi.

Suitsidal axloq bilan shakllanib bo’lgan odamga psixologik yordamni krshisli intereentsiya deb atash qabul qilingan. Bu holatda etakchi usul krizisli maslahat berishdir, uning maksadi esa - odamni tirik tutib turish.

Butunittifoq suitsidologik ilmiy-uslubiy markaz [26] tadqiqotlarining natijalariga muvofiq o’z joniga kasd kilish quyidagilar tomonidan sodir etiladi:

— sog’lom odamlar;

— chegarali asabiy-psixik buzilishi bo’lgan shaxslar;

— psixik kasallik bilan azoblanuvchilar.

Dastlabki ikki guruh uchun dastavval tibbiy-psixologik yordamning telefon xizmati - Tezkor psixologik yordam telefoni (Ishonch telefoni) tayinlab qo’yilgan. Krizisli maslahat berish ham ixtisoslashtirilgan markazlar va kabinetlarda amalga oshiriladi. Psixsh< kasalliklar bilan azoblanuvchilar uchun psixonevrologik dispanserlar va psixiatrik shifoxonalarning ixtisoslashtirilgan bo’limlarida suitsidologik kabinetlar mavjud.

Ko’pchiligi deyarli sog’lom odamlar bo’lgan o’tkir suitsidal reaktsiyali insonlarga psixologik yordam, ayniqsa, dolzarb. Suitsidoxavfli reaktsiyalar shaxsiy ishlashning bir necha bosqichlarida namoyon bo’ladi. Affektmv muhitda bu - jadal salbiy hissiyotlar (xavotir, yolg’izlik, umidsizlik, sog’inch, xafalik). Kognitiv sohada hozir va kelajakni pessimistik baholash, vaqtni anglashga noto’g’ri ma’no berish bilan vaziyatning moslashmagan kontseptsiyasi tug’iladi. SHaxsiy barobarlikning buzilishi o’z-o’zini baholashga tegib o’tadi, qaror qabul qilish qobiliyatini pasaytiradi, affektiv zo’riqishga chidamlilikka ishonchni buzadi. Axloq ko’shgacha impulsiv, samarasiz bo’ladi. Hisoblanishicha, o’tkir suitsidal reaktsiya muddati o’rtacha olganda bir oyga yaqin davom etadi.

Kechiktirib bo’lmaydigan yordamning asosiy maqsadi — o’z joniga suiqasdi va reaktsiyaning kelgusida rivojlanishini oldini olishdir. Bu odam uchun vaziyatni o’rganish, shuningdek, krizis holati va suitsidal tendentsiyaning rivojlanishiga sabab bo’luvchi moslashmagan shaxsiy yo’nalishni korrektsiyalashda yordam talab qilinadi. Biz krizis nafaqat sharoit, balki unga salbiy munosabat oqibati ekanligidan kelib chiqishimiz zarur. Ko’pgina hollarda o’z hayotiga qaraganda oilaviy, professional yoki ijtimoiy qadriyatlar kattaroq ahamiyatta ega bo’lgan vaziyatlarga o’rin bor, TTsixojarohatlovchi hodisalarni turg’un qayd qilish kuzatiladi.

Kechiktirib bo’lmaydigan yordam - krizisli interventsiyaning qadamlari.

Birinchi qadam — suhbat (1,5-2 soat) hal qiluvchi ahamiyatga ega. Birinchi muhim vazifa - alotsa o’rnatmsh va iiyunchga erishish. Buning uchun mijozning hissiy qabul qilinishiga ishontirish ("Siz uchun nima qilib berishim mumkin?), rahmdillik bilan qilingan empatiya yordamida fikrlar va tuyg’ularni ochiq ifodalashni rag’batlantirish, "koyish" orqali zo’riqishni kamaytirish zarur.

Ushbu bosqichda suitsid xavfining holati va darajasini baholashni o’tkazish ham zarur.

'T'-Suitsidning taxdidi - murojaat qiluvchida suitsidal fikrlar bo’lgan, biroq u qachon va qay tarzda buni amalga oshirishni bilmaydi ("Men boshqa bunday yashay olmayman..."; "O’lganimda yaxshi edi...").

"2"-Suitsidning taxdidi - murojaat qiluvchida suitsidal fikr va reja bor, biroq u tezda hayotini tugatishga harakat qilmayotganini gapiradi ("Mevda uyqu dori bor, agar hech narsa yaxshi tomonga o’zgarmasa...").

"3"-Suitsidning taxdidi - murojaat qiluvchi yoxud shu erning o’zidayoq (agar u qo’ng’iroq qilayotgan bo’lsa, pichoq yoki tabletka yonida bo’ladi), yoxud suhbat davomida, yoxud undan keyin darhol o’z-o’zini o’ldirmoqchi.

Oxirgi holatda (agar xavf real bo’lsa va qaror qabul qshshngan bo’lsa) suhbat uni bajarishni orqaga surish haqidagi qarorga erishishga yo’naltirilishi mumkin.

Birinchi ikki holatda ikkinchi qadamni amalga oshirshp mumkin va maqsadga muvofiqdir - vaziyatni intellektual boshtsarish. Maxsus savollar va aytilgan fikrlar yordamida vaziyatning istisnoligi tuyg’usini bartaraf etish zarur: "Bunday vaziyatlar ko’p uchraydi". SHuningdek, hayotiy yo’l kontekstida dolzarb vaziyatlarni kiritshp yordamida uning tasodifiyligi va engilmasligi tuyg’usini olib tashlash zarur. Kechinmaning o’tkirligini avvalgi yutuq va muvaffaqiyatlarni yig’ish yoki o’ylab ko’rshpga vakt borligini ta’kidlash yordamida kamaytirish mumkin. Suhbatning ushbu bosqichida aytilganlar mazmunini takrorlash, hissiyotlarni ifodalash va ajratshi, suitsidal kechinmalarni verballash, hissiyotlar manbaini izlash ("Sizni nima aynan shunday bezovta qilyapti?") kabi usullardan foydalaniladi.

Uchinchi qadam - shartnoma tuzish — o’smir uchun birmuncha maqbul va kritik vaziyatni bartaraf etish uchun zaruriy harakatlarni rejalashtirish. Masalan, qaytarib bo’lmaydigan yo’qotishda o’smir yangi ahamiyatli munosabatlarni o’rnata oladigan yaqin atrofdagilardan shaxs izlash mumkin. Bu bosqichda o’smirga krizis mohiyati va ijobiy alternativ izlashdan ketishga to’sqinlik qilish muhim ("vaziyatga diqqatni qaratish" usuli). Asosiy usullar: izoh berish (vaziyatni hal qilishning ehtimolli usullari haqidagi gipotezalar); yaqqol aniq rejani loyihalashtirish va rasmiylashtirshdga rag’bat; patsientning tashabbusini rag’batlantirish va o’rganish uchun zaruriy vaqtni berish maqsadida pauzani ushlab qolish ("ma’qullovchi sukunut").

To’rtinchi qadam - faol psixologik ko’mak va o’z kuchiga ishonchning oshishi. Bu bosqichda etakchi usullar: mantiqiy asoslash, ishontirish, oqilona nasihat, shaxsiy imkoniyatlarni faollashtirish. Krizisli ishning yakunlovchi bosqichida kelgusida hayotiy qiyinchiliklarni engish uchun ushbu psixik jarohatlovchi vaziyatni qay tarzda bartaraf etash foydali bo’lishini muhokama qilish zarur.

SHunday qilib, krizispi interventsiyaning etakchi vazifasi - shaxsping suitsidal yo’l tutishini korrektsiyalashdir. Ishning natijasi mijozning quyvdagi ishonchi bo’lishi mumkin:

- og’ir hissiy holat vaqtinchalik bo’lib, terapiya davomida yaxshilanadi;

- aynan shunga o’xshash holatdagi boshqa odamlar ham o’zlarini shunday og’ir his qilganlar, keyin esa ularning holati to’liq me’yorga kelgan;

- qaytarilgan hayot uning qarindoshlari, yaqinlari, do’stlariga kerak, uning hayotdan ketishi esa ular uchun og’ir jarohatdir.

So’nggi holatda suitsidentni har bir odam o’z hayotini o’zi boshqarishi, biroq qarorni yaxpshlab o’ylab ko’rish uchun bir necha kun yoki bir necha haftaga keyinga qoldirish mumkinligiga ishontirishga urinish mumkin. Umuman olganda, suitsidal axloq bilan ishlashning samarasi suitsidal xatarni yuzaga chitsarish aniqligi va suitsidal matssad motivatsiyasiga boglits,

Krizisli yordam ko’rsatishdan tashqari, hiyla chuqur shaxsiy o’zgarishlarga - postventsiya va ikkilamchi ipterventsiyaga

yo’naltirilgan keyingi ishlar maqsadga muvofiqdir. Ushbu bosqichda turlicha usullar va metodikalarni qo’llash mumkin. Ijobiy va kognitiv psixoterapiya, logoterapiya,

aksiopsixoterapiya, ijodiy o’z-o’zini namoyish etish terapiyasi, ruhiy psixoterapiya o’zini yaxshi tavsiya etdi.

Suitsidal ko’rinishga ega odamlar bilan ishlashda, ayniqsa, xushmuomalalik va shaxsning o’z tanloviga ko’ra huquqlarini hurmatni namoyon qilish muhim. Suitsid vaziyati preventsiyasi (oldini olish) ning paradoksalligi shundan iboratki, har bir katta odam o’z hayotini o’z xohishiga ko’ra qurish huquqiga ega, biroq boshqa odamlar unga o’z qarorini qayta ko’rib chiqishga yordamlashish huquqiga egadirlar.

Psixik buzilishlar fonida (psixik kasalliklar, piyonistalik, giyohvandlik) suitsidal axloq holatida yordam "Psixiatrik yordam va uni ko’rsatishda fuqarolarning huquqlarini himoyalash haqida" Qonuniga (1993) muvofiq amalga oshiriladi.

Xulosada ko’rib chiqilgan og’ishgan xulqning asosiy shakllarini interventsiyalash strategayalari umumlashgan xarakterga ega va aniq shaxs hamda vaziyatga moslashishni talab etishini qushimcha qilish lozim.

Nazorat savollari va topshiriqlar

SHaxs og’ishgan xulqiga ijtimoiy-psixologik ta’sir ko’rsatishda majmuaviylik tamoyilini ochib bering.

Og’ishgan xulq psixoprofilaktikasining maqsadlari, tamoyillari va shakllari qanday?

Psixoprofilaktikaning asosiy kontseshual modelini sanab bering.

SHaxs og’ishgan xulqining psixologik interventsiyasi nima degani? Uning vazifalari, shakl va usullari qavday?

Og’ishgan xulqning alohida turlariga nisbatan ijtimoiy-psixologik yordam ko’rsatishning namunali dasturlarini ifodalang.

5 – mavzu. Xarakter aksentuatsiyasi va uning guruhlari ( 2 coat ma`ruza, 2 soat seminar, 2 soat amaliy)

Ma’ruza mashguloti ta’lim texnologiyasining modeli


O`quv vaqti: 80 minut

Talaba soni

O`quv mashg`ulotining tuzilishi

Ma’ruza rejasi

Xarakter aksentuatsiyasi haqida tushuncha, xarakter aksentuatsiyasining turlari, aksentuatsiya tiplari



O`quv mashg`ulotining maqsadi : Talabalarni xarakter aksentuatsiyasi va uning guruhlari bilan tanishtirish.

Pedagogik vazifalar:

Yangi mavzu bilan tanishtirish, mavzuga oid ilmiy atamalarni ochib berish, asosiy masalalar bo`yicha tushunchalarni shakllantirish.



O`quv faoliyatining natijalari:

Talabalarda xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi fanining predmeti,maqsadi va vazifalari haqida tasavvurga ega bo`ladilar, asosiy ma’lumotlarni kospektlashtiradilar.



Ta’lim usullari:

BBB, “Klaster”, ma’ruza

O`quv faoliyatini tashkil qilish shakli

Ommaviy

Ta’lim vositalari

Slaydlar, marker, flipchart, jadval

Qayta aloqa usullari va vositalari

Savol javob

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə