O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


O`quv faoliyatini tashkil qilish shakli



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə5/13
tarix05.06.2018
ölçüsü0,66 Mb.
#47458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

O`quv faoliyatini tashkil qilish shakli

Ommaviy

Ta’lim vositalari

Slaydlar, marker, flipchart, jadval

Qayta aloqa usullari va vositalari

Savol javob


O`quv mashg`ulotining texnologik xaritasi


Bosqich vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba




I-Bosqich.

O’quv mashg’uloti
(20 min).


1.1. Mavzuning nomlanishi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni bayon etadi.

1.2. «Insert» metodini to’ldirish.

1.3. +!?


1.1. YOzib oladilar.

1.2. «Insert» metodining jadvalini to’ldiradilar, savol-javob o’tkazish natijasida aniq tasavvurlarga ega bo’ladilar.

1.3. +!?


II-Bosqich.

Asosiy anglash bosqichi.
(50 min).


2.1. «Insert» metodi bilan tanishtirish.

2.2. Ma’ruza matni tarqatiladi, uning asosiy tushunchalari bilan tanishiladi.

2.3. Nazariy bilimlar haqida ma’lumot beriladi.


2.1. «Insert» metodidan foydalanish.

2.2. Har bir savolga javob yozishga harakat qilinadi. Ta’rifni yod oladi, misol keltiradi.

2.3. Tinglaydilar, savol-javoblarda ishtirok etadilar.

2.5. Jadvallarni o’z daftarlariga chizib oladilar.



III-Bosqich.

YAkuniy fikrlash bosqichi
(10 min).


3.1. «Insert» metodi jadvalini to’ldirish.

3.2. «Insert» jadvali orqali talabalar tasavvurlarini aniqlaydi.



3.1. «Insert» metodini jadvalini tugatadilar va o’z tasavvurlarini boshqalar bilan taqqoslashadi.

3.2. Topshiriqlarni yozib oladilar.




Mavzu. Shaxs og`ishgan axloqining preventsiyasi.

1.Og`ishgan xulqining preventsiyasi va interventsiyasi bo`yicha umumiy tushuncha.

2.Shaxs og`ishgan xulqiga ijtimoiy-psixologik ta’sir.

3.Shaxs og`ishgan xulqining psixologik integratsiyasi.

4.Og`ishgan xulqining turli shakllarida ijtimoiy-psixologik aralashuv strategiyalari.
1. Og`ishgan xulqining preventsiyasi va interventsiyasi bo`yicha umumiy tushuncha.

SHaxsning og’ishgan xulqi turlicha ijtimoiy institutlar tomonidan boshqariladi. Jamoatchshik ta’siri hukuqiy qonunlar, tibbiy aralashuv, pedagogik ta’sir, ijtimoiy ko’mak va psixologik yordam xarakterini olishi mumkin. Axloqiy buzilish murakkab xarakteri kuchida ularni ogohlantirish va bartaraf etish yaxshi uyushtirilgan ijtimosh ta’sprlar tizimini talab qiladi.

Psixologik yordam ko’rib chiqilayotgan tizim bosqichlaridan biri sifatida unda boshlovchi rol o’ynaydi va aniq ko’rinib turgan gumanistik yo’nalganligi bilan farqlanadi. Bu fakt psixologik ishning maxfiyliq, ixtiyoriylik va shaxsiy manfaatdorlik, inson tomonidan o’z hayoti uchun mas’uliyatni qabul qilish, o’zaro ishonch, qo’llab-quvvatlash, shaxs va individuallikni hurmatlash kabi tamoyillarida o’z aksini topdi.

Psixologik yordam ikkita etakchi yo’nalishga ega. Bular psixologik preventsiya (ogohlantirish, psixoprofilaktika) va psixologik interventsiya (bartaraf etish, korrektsiya, reabilitatsiya). Psixotashhis, qoidadagiday, ishning mustaqil yo’nalishi hisoblanmaydi va psixologik yordamning maqsadi bo’lmasligi zarur. Faoliyatning bu yordamchi turi muhim, biroq majburiy emas, qoidadagiday, hal qiluvchi oraliq amaliy vazifa.

Psixologik yordamning ikki asosiy turini batafsil ko’rib chiqamiz.

Og’ishgan axloq profilaktikasi ijtimoiy uyushganlikning turli darajalarida umumiy va maxsus tadbirlar tizimini ko’zda tutadi: umumdavlat, huquqiy, jamoatchilik, iqtisodiy, tibbiy-sanitar, pedagogik, ijtimoiy-psixologik. Muvaffaqiyatli profilaktik ishning shartlari uning majmuaviyligi, ketma-ketligi, differentsialligi, o’z vaqtidaligidir. Oxirgi shart faol shakllanayotgan shaxs, masalan, o’smirlar bilan ishlashda, ayniqsa, muhim. SHuning uchun kelgusida og’ishgan axloqning psixologik preventsiyasi ko’pincha aynan o’smir yoshidagilar misolida ko’rib chiqiladi.

BSST (Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti) birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikani ajratishni taklif qiladi. Birlamchi profilaktika muayyan ko’rinishni chaqiruvchi noxush omillarni bartaraf etishga, shuningdek, shaxsning bu omillar ta’siriga chidamliligini ko’tarishga yo’naltirilgan. Birlamchi profilaktika o’smirlar o’rtasida keng olib borilishi mumkin. Ikkilamchi profilaktikaning vazifasi - asabiy-psixik buzilishlarni erta aniqlash va reabilitatsiya qilish hamda "xatar guruhidagi"lar bilan, masalan, hozirgi vaqtda bu namoyish etilmagan bo’lsa-da, og’ishgan axloqqa aniq ko’rinib turgan moyilligi bo’lgan o’smirlar bilan ishlash. Uchlamchi profshaktsha axloq buzilishi bilan birga boradigan asabiy-ttsixik buzilishlarni davolashdek maxsus vazifalarni hal qiladi. Uchlamchi profilaktika shakllangan deviant axloqli shaxslarda retsidivni ogohlantirishga yo’naltirilgan.

Psixoprofilaktik ish barcha uch bosqichning tadbirlar majmuasiga kirishi mumkin. Hisoblanadiki, u muammoning paydo bo’lishidagi ilk bosqichlarda deviant axloqni chaqiruvchi shart va sabablar ta’siri shaklida birmuncha samaralidir.

Psixoprofilaktik shplarning turlicha shakllari mavjud.

Birinchi shakl - ijtimoiy muhitni tashkil etish.

Uning asosida deviatsiyaning shakllanishida atrofdagi muhitning determinatsiyalanuvchi ta’siri haqidagi tasavvurlar yotadi. Ijtimoiy omillarga ta’sir ko’rsatib, shaxsning istalmagan axloqi oldini olish mumkin. Ta’sir butun jamiyatga yo’naltirilgan bo’lishi mumkin, masalan, ogishgan axloqtsa munosabat bo’yicha jamoatchklikning salbiy fikrini yaratish orqali. Ish ob’ekti, shuningdek, oila, ijtimoiy guruh (maktab, sinf) yoki aniq shaxs bo’lishi mumkin.

Ushbu model doirasida tobe axloq profilaktikasi o’smirlarda dastavval sog’lom turmush tarzi va sergaklikka ko’rsatmani shakllantirish bo’yicha ijtshyuiy reklamadsh iborat. Ommaviy axborot vositalari siyosati alohida ahamiyatga ega. Maxsus dasturlar, yoshlarning sevimli odamlari (aktyor, aktrisa, qo’shiqchi, qiziqchilar) ning chiqishlari, maxsus tanlangan kinofilmlar - bularning barchasi hozirgi vaktda kuzatilayotganiga qaraganda boshqa sifatli darajaga ega.

YOshlar submadaniyati bilan ishlash "YOshlar giyohvandlikka qarshi" harakash yoki ommaviy rok-guruxlarning chiqishlari bilan shu nomdagi aktsiya shaklida tashkil etilgan bo’lishi mumkin. YOshlar o’zlarining bo’sh vaqtlarini o’tkazadigan va muloqot qiladigan joylarda ular bilan ishlash muhimdir. Masalan, diskotekalarda niqobdagi sirli odamlar paydo bo’lishi mumkin. Oqshom yakunida yoshlar ulardan giyohvand moddalardan yaqin odamlarini yo’qotish bilan bog’liq kechinmalar va tragik taqdirlar haqida bilib olishlari mumkin.

O’smirlar bilan ishlash, shuningdek, ko’chada tashkil etilishi mumkin. Qator davlatlarda tegishli ishlarni olib borish uchun o’smirlar sardorini tayyorlash mavjud.

SHuningdek, ushbu yondoshuv doirasida istalmagan axloq bilan kelishmaydigan sharoit va ko’maklashuvchi "zona"larni yaratashga urinish qo’llanilmoqda. Modelning asosiy kamchiligi ijtimoiy omillar va og’ishgan axloq o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri bog’liqlikning yo’qligi hisoblanadi. Umuman olganda, ushbu yondoshuv etarlicha samarali bo’lib ko’rinadi.

Psixoprofilaktik ishning ikkilamchi shakli - xabardor qilishdir. Bu biz uchun birmuncha odatiy psixoprofilaktik ishni olib borishning ma’ruza, suhbat, adabiyotlar yoki video- va telefilmlarni tarqatish shaklidagi ko’rinishi. YOndoshuv mohiyati amaliy qarorlar qabul qilishga uning layoqatini ko’tarish maqsadida shaxsning kognitiv jarayonlarida ta’sir ko’rsatishga urinishdir.

Buning uchun, odatda, statistik ma’lumotlar bilan tasdiqlangan, masalan, giyohvand moddalarning salomatlik va shaxsga halokatli ta’siri haqidagi axborotlardan keng foydalaniladi. Ko’pincha axborot qo’rqituvchi xarakterga ega. Bunda giyohvand moddalarni iste’mol qilishning salbiy oqibatlari sanab o’tiladi yoki deviantlarning dramatik taqdiri, ularning shaxsiy degradatsiyasi yoritib beriladi.

Usul haqiqatan bilimni kuchaytiradi, birots axloqni o’zgartirishga yomon ta’sir ko’rsatadi. O’z-o’zidan xabardor qilish deviatsiya darajasini pasaytirmaydi. Ba’zi hollarda, aksincha, deviatsiya bilan erta tanishuv unga qiziqishni kuchaytiradi. CHo’chitish ham axloqning ushbu turini motivatsiyalovchi kogttshv-hissiy dissonansyai uyg’otishi mumkin.

Qator hollarda axborot o’z vaqtida berilmaydi: o’ta kech yoki o’ta erta. Masalan, o’smirlar bilan ishlash tajribasining ko’rsatishicha, giyoxvand moddalarga tobe bo’luvchi axloqni ogohlantirish bo’yicha suhbatlar 14 yoshdan kech bo’lmaganda olib borilishi lozim. Ular giyohvand moddalar va ular keltirib chiqaruvchi kuchli ta’sirni batafsil yoritishdan iborat bo’lmasligi darkor. Bunday suhbatlar deviant axloq va undan saqlanish usullarining oqibatlarini muhokama qilishga, faol shaxsiy nuqtai nazarni ishlab chiqishga yo’naltirilgan.

Ushbu yondoshuvning istiqbolli rivojlanishiga cho’chituvchi axborotlarning ustunlik qilishidan, shuningdek, jins, yosh, ijtimoiy-iqtisodiy tavsifnomasi bo’yicha axborotlarni differentsiatsiyalashdan voz kechish yordamlashishi mumkin.

Psixoprofilaktik ishning uchinchi shakli - ijtimoiy-muhim malakalarga faol ijtimoiy o’rgatishdir. Ushbu model ko’pincha guruhli treninglar shaklida amalga oshiriladi.

Hozirgi vaqtda quyidagi shakllar tarqalgan.

Salbiy ijtimoiy ta’sirga rezistentlik (mstskamlik) treningi. Trening davomida deviant axloqqa ko’rsatmalar o’zgaradi, reklamali strategiyani tanib olish malakasi shakllaiadi, tendoshlari bosim o’tkazganida "yo’q" deya olish layoqati rivojlanadi, ota-onalar va boshqa kattalarning (masalan, ichkilik iste’mol qiluvchi) salbiy ta’sir ehtimoli haqida axborot beriladi va h.k.

Assertivlik yoki affektiv-tsadriyatli ta’lim treningi. Deviant axloq bevosita hissiy buzilish bilan bog’liq degan tasavvurga asoslangan. O’smirlarni ushbu muammolaridan oldindan xabar berish uchun hissiyotlarni tanish, ularni maqbul obrazda ifodalash va stressni mahsuldor udtsalashga o’rgatiladi. Guruhli psixologik ish davomida qaror qabul qilish malakasi shakllanadi, o’z-o’zini baholash ko’tariladi, o’z-o’zini aniqlash va ijobiy qadriyatlarni rivojlantirish jarayoni rag’batlantiriladi.

Hayotiy malakalarni shakllantirish treningi. Hayotiy malakalar tushunchasi ostida shaxsning birmuncha muhim ijtimoiy ko’nikmalari tushuniladi. Dastavval, bu muloqot qilish, do’stona aloqalarni saqlash va shaxslararo munosabatlardagi nizolarni amaliy hal qilish malakasidir. SHuningdek, bu o’z zimmasiga mas’uliyatni ola bilish, maqsad qo’yish, o’z nuqtai nazari va manfaatlarini himoyalash qobiliyati hamdir. Nihoyat, o’z-o’zini nazorat qilish, o’zi va atrofdagi vaziyatni o’zgartirishga ishonchli axloq malakasi hisoblanadi.

O’smirlar bilan ishlashda ushbu model birmuncha istiqbollilardan birini aks ettiradi.

To’rtinchi shakl - al’ternatie deviant axloq faoliyatini tashkil etish. Ishning bu shakli deviant axloqning o’rinbosar samarasi haqidagi tasavvurlari bilan bog’liq. Masalan, addiktsiya shaxsiy dinamika - o’z-o’zini baholashni oshirshp yoki referent muhit integratsiyasida muhim rol o’ynashi mumkin. Taxmin qilinadiki, odamlar kayfiyatni yaxshilovchi psixofaol moddalardan uning o’rniga nimadir yaxshirog’ini olmagunlaricha foydalanadilar. Faollikning alternativ shakllari sifatida quyidagilar tan olindi: bilim (sayohat), o’zini sinash (toqqa sayohat, xatarli sport), ahamiyatli muloqot, sevgi, ijodkorlik, faoliyat (shu jumladan, professional, diniy-ma’naviy, homiylik).

Bu shakl shakllangan og’ishgan axloq holatida yordam ko’rsatishning deyarli barcha dasturlarida amalga oshiriladi. Oilaviy tarbiyada mustahkam tsizshxshlarni erta tarbiyalash, sevish va sevimli bo’lishga qobiliyatni rivojlantirish, o’zini band qilish va mehnat qilish ko’nikmasini shakllantirish etakchi profilaktik vazifa sifatida sanaladi. Ota-onalar bolani faollikttg xtma-xil turlariga - sport, san’at, bshimga jalb etish ortsali shaxs ehtiyojlarini shakllantirishlarini tushunishlari kerak. Agar o’smir yoshida ijobiy ehtiyojlar shakllanmagan bo’lsa, shaxs salbiy ehtiyoj va bilimlarga nisbatan zaif bo’lib qoladi.

Beshinchi shakl - soglom turmush tarzini tashkil etish.

U salomatlik uchun shaxsiy javobgarlik, atrofdagi dunyo va o’z organizmi bilan uyg’unlik haqidagi tasavvurlardan kelib chiqadi. Odamning maqbul xolatga erishish va muhitning noxush omillariga muvaffaqiyatli qarshi tura olish ko’nikmasi, ayniqsa, qimmatli hisoblanadi. Sog’lom turmush usuli sog’lom ovqatlanish, muntazam jismoniy yuklama, mehnat va dam olish tartibiga amal qilish, tabiat bilan muloqot, ortnqcha narsalarni istisno qilishni ko’zda tutadi. Bunda usul ekologik tafakkurga asoslangan va ahamiyatli tarzda jamiyat rivojlanishining darajasiga bog’liq.

Oltinchi shakl - shaxsiy resurslarning faollashuvi.

O’smirlarning sport bilan faol shug’ullanishi, guruhlardagi muloqot va shaxsiy o’sishdagi ishtiroki, artterapiya - bularning barchasi, o’z navbatida, shaxs faolligi, uning sog’ligi va tashqi salbiy ta’sirga mahkamligini ta’minlovchi shaxsiy resurslarni faollashtiradi.

Ettinchi shakl - deviant axloqning salbiy otsibatlarini minimallashtirish. Ishning ushbu shaklidan shakllanib bo’lgan og’ishgan axloq hollarida foydalaniladi. U retsidiv yoki uning salbiy oqibatlarini profilaktika qilnshga yo’naltirilgan. Masalan, giyox,vandlikka tobe bo’lib qolgan o’smirlar o’z vaqtida tibbiy yordam, shuningdek, shunga o’xshash kasalliklar va ularni davolash bo’yicha zaruriy bilimlarni olishlari mumkin.

Psixoprofilaktik ishning xilma-xil ko’rinishlarida o’xshash shakllar va usullardan foydalanish mumkin. Ishni tashkil etish usuli bo’yicha psixoprofilaktikaning quyidagi shakllarini ajratyup mumkin: individual, oilaviy, guruhli ish. Og’ishgan axloqning oldini olish maqsadida turlicha ijtimoiy-psixologik usullardan foydalaniladi. Psixoprofilaktik ishning etakchi usullari orasida: xabardor qilish, guruhli munozaralar, trening mashqlari, rolli o’yinlar, samarador ijtimoiy axloqni modellashtirish, psixoterapevtik uslublar bor.

Foydalanilgan usullarga bog’liq ravishda psixoprofilaktik ish trening, ta’lim dasturlari (masalan, maktabdagi maxsus kurslar), psixologik maslahatlar, krizis yordami (ishonch telefonlari), shuningdek, chegara holati va asabiy-psixik buzilish psixoterapiyasi shaklida amalga oshirilishi mumkin.

Deviant axloqning o’ziga xosligiga muvofiq ravishda ttsixoprofilaktika ishlarining kuyidagi tamoyillarini ajratish mumkin:

- majmuaviylik (oila va shaxs, ijtimoiy borliqning turli darajasiga ta’sirni uyushtirish);

- manzillilik (yosh, jinsiy va ijtamoiy tavsifnomalarni hisobga olish);

- ommaviylik (shpning guruhli shakli birlamchiligi);

- axborotning ijobiyligi;

- salbiy oqibatlarni eng kam darajaga tushirish;

- ishtirokchilarning shaxsiy manfaatdorligi va mas’uliyati;

- shaxshing eng yuqori darajadagi faolligi;

- kelajakka intiluvchanlik (axloq oqibatlarini baholash, ijodiy qadriyatlar va maqsadlarni dolzarblashtirish, deviant axloqsiz kelajakni rejalashirish).



2.Shaxs og`ishgan xulqiga ijtimoiy-psixologik ta’sir.

SHaxs og’ishgan xulqining psixologik interventsiyasi.

SHaxs og’ishgan xulqining interventsiyasi ijtamoiy-psixologik ta’sirning yana bir yo’nalishi hisoblanadi. Psixo-logik interventsiya — bu ijobgsh o’zgarishlarni ragbatlantirish uchun shaxsiy borlitstsa psixologik aralashuv. SHaxs deviant axloqi interventsiyasi bo’shashish yoki uning axloqidagi ijtimoiy moslashuvga to’sqinlik qiluvchi shakllarni bartaraf etishdan iborat.

Psixologik interventsiyaning farqli xususiyatlari, umuman olganda, shaxsning o’zi tomonidan o’zgarishga bo’lgan istak, uning psixolog bilan hamkorlik qilishga tayyorligi hisoblanadi. Voyaga etmaganlarning og’ishgan xulqi holatida tashabbus va rozilik bola manfaatlarining qonuniy vakillaridan chiqishi darkor.

SHaxs og’ishgan xulqi bilan ishlashda asosiy qiyinchilik, qoidadagiday, ijtimoiy-psixologik yordamning birinchi bosqichida odam o’z axloqining aniq ko’rinib turgan salbiy oqibatlariga qaramay o’zgarishlarga karshilik ko’rsatishidan iborat. Bunday hollarda aralashuv uchun asos deviatsiya etkazgan zarar darajasi yoki shaxsning ijtimoiy moslashmaganligi darajasi bo’lishi mumkin. Masalan, giyohvand moddalarga tobe insonning yordam uchun murojaatiga sabab ko’pincha yoxud sog’ligi bilan jiddiy muammo, yoxud uning "ijtimoiy jarlik" vaziyatiga erishishi bo’lishi mumkin. Giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar bilan birga yuradigan kasalliklar yaxshi ma’lum -gepatit, OIV-infektsiya, psixik buzilishlar. Ijtimoiy degradatsiya, o’z navbatida, kriminalizatsiyada, mehnatga layoqatning yo’qolishida, yakkalanishda, turar-joy va oilani yo’qotishda ifodalanadi.

SHunday qilib, deviant axloqda psixologik aralashuvning etakchi vazifalarini quyidagi tarzda ifodalash mumkin:

- ijtimoiy moslashuv yoki sog’ayishga motivatsiyaning shakllanishi;

- shaxsiy o’zgarishlarni rag’batlantirish;

- og’vdpgan xulq aniq shaklining korrektsiyasi;

- shaxsiy o’zgarishlar yoki sog’ayish uchun yoqimli ijtimoiy-psixologik sharoitlarni yaratish.

Ishning samaradorligi istalmagan axloq (masalan, giyohvand moddalarni iste’mol qilish holati) ni kamaytirishning ob’ektiv belgilari bo’yicha bo’lganiday, sub’ektiv o’zgarishlar (masalan, sog’lom turmush tarzini kechirishga istakning kuchayishi) bo’yicha ham baholanadi. Ijobiy o’zgarishlarning birmuncha muhim mezonlaridan biri shaxsning ijtimoiy moslashganlik darajasini ko’tarish bo’lib sanaladi.

Og’ishgan xulqning psixologik interventsiyasi holatida psixologik ta’sirning ko’pincha psixoprofilaktik ishdagi barcha ma’lum usullaridan foydalaniladi. Psixologik interventsiyaning etakchi usullari psixoterapiya, psixologik maslahat berish, psixologak trening, terapevtik yoki sanogenli muhitlar yaratilishi hisoblanadi.

SHaxs bilan psixologik ish olib borishning birmuncha ommaviy shakli psshoterapiya bilan ushunlikda maslaxat berish hisoblanadi. Deviant axloq holatida yordamning ajratilgan ikki shakli o’rtasidagi chegaralarni farqlash amaliy jihatdan juda qiyin. "Maslahat berish" atamasi sog’lom odamlar bilan ishlash uchun anchagina maqbul. Axloqiy deviatsiyaning murakkab xarakteri, uning og’riqli buzilishga o’tishga moyilligini inobatga olib, kelgusida psixoterapiya yoki maslaxat berish haqida gapirganda biz aynan ularning munosib birikmasini nazarda tutamiz.

SHaxsning yagona nazariyasi yo’qligida maslahat berish (psixoterapiya) ning turlicha kontseptsiya va shakllari mavjud. Uchta etakchi yo’nalish birmuncha rivojlanish va tan olishga ega bo’ldi: psshoanalitik, kognitiv-axloqiy, gumanistik. Bu tarixiy modellar hayotga yuzlab modifikatsiyani berdi, buning oqibatida turlicha tasniflar paydo bo’ldi. Interventsiya maqsadiga bog’liq holda psixoterapiyaning uch turi ajratiladi :

- qo’llab-quvvatlovchi psixoteralash - mavjud himoya kuchi va ancha yangi samarali axloq usullarini ishlab chiqishni qo’llab-kuvvatlashni ta’minlash;

- qayta o’rganuvchi psixoterapiya - axloqni o’zgartirishga intilish;

- shaxsiy-rekonstruktiv - intrapsixik nizolarni anglash orqali ichki shaxsiy o’zgarishlarga yo’naltirilgan.

Klinik amaliyotda psixoterapiya usullarini simptom-markazlsshgan, shaxsiy-markazlashgan va ijtimoiy markazlashganta. bo’lish qabul qilingan. Psixoterapiya turlicha shakllarda amalga oshirilishi mumkin, masalan: guruhli, oilaviy yoki individual, uzoq muddatli yoki qisqa muddatli, muammolarni echish yoki shaxsiy o’zgarishlarga mo’ljallangan direktiv yoki nodirektiv. Amaliyotda ko’pincha kombinatsiyalangan usullardan foydalaniladi. Bundan tashqari, asosiy psixoterapevtik usullarning ko’plab modifikatsiyasi mavjud. Masalan, B.D.Karvasarskiy tahriri ostidaga Psixotera-pevtik entsiklopediyada yuzga yaqin psixoterapevtik usullar yoritilgan, ularning real miqdori esa yanada ko’proq. Ko’pgina mualliflar ayni vaqtda mutaxassis shaxsining ahamiyatiga diqqatni tortgan holda psixoterapiyaning taxminan teng ta’sir qiluvchi xilma-xil turlarini ta’kidlaydi.



4. Og’ishgan axloqning turli shakllarida ijtimoiy-psixologik aralashuv strategiyalari Deviant axloqning turli shakllari asosiy psixologik usullardan foydalanishda ba’zi tuzatishlar kiritishni talab qiladi. SHartlilikning ma’lum ulushi bilan og’ishgan xulqning asosiy turlariga nisbatan ijtimoiy-psixologik aralashuvning ba’zi bir umumiy strategiyasini belgalash mumkin.

Delinkvent axloq.

Axloqning qonunbuzarlik va antijamoatchilik holatida ijtimoiy-psixologik ta’sirning asosiy strategiyasi jamoatchijik jazosining sharoitlarini tashksh etish (ayniqsa, jazoni o’tash muassasalarini va tarbiya koloniyalarida) hisoblanadi. Qator davlatlarda qonunbuzarlikni sodir etgan shaxslarga jamoatchilik qoralashi va delinkventning huquqlarini cheklash (jazosiz yoki jazoni o’tab qaytgach), masalan, kasb tanlashda, ishga qabul qilish yoki farzand asrab olishda cheklash qo’llaniladi.

Delinkvent axloq holatida psixologik-ijtimoiy ishning asosiy shakllari maslahat berish, psixoterapiya, sud-psixologak ekspertiza (ayniqsa, voyaga etmaganlarga nisbatan), SPT va sanogenli muhitni tashkil etyup bo’ladi. Psixik buzilishi bo’lgan delinkvent shaxslar uchun psixiatrik shifoxonalarning ixtisoslashtirilgan bo’limlari nisbatan yangi shakl hisoblanadi. Ushbu muassasalarda shaxsning ijtimoiy-psi-xologik reabilitatsiyasiga alohida e’tibor qaratiladi.

Ozodlikdan mahrum etilgan sharoitdagi psixoterapiya — penitentsiar psshoterapiya — interventsiyaning garchi yomon ishlab chiqilgan bo’lsa-da, muhim shakli. Uning maxsusligi shaxs uchun oxirgi stressli vaziyat, asotsial maqsaddagi sardorlar ta’siri, terapevtik ittifoq odatiy munosabatlarining imkonsizligi sifatida ta’riflanadi. Odatiy usullar samarasiz. SHu munosabat bilan penitentsiar muhitga moslashtirilgan maxsus usullardan foydalaniladi.

YOpiq turdagi muassasalardagi psixoterapiya qator vazifalarni hal qilishga mo’ljallangan. Dastavval individning psixoterapevtik yordamga ehtiyojini belgilash zarur. Keyin penitentsiar muhitga moslashtirilgan metodika yoki maxsus ishlab chiqilgan shkala (muhitning buzilgan ta’sirini hisobga olishni ta’minlovchi) yordamida shaxsiy xususiyatlarni aniqlash muhim. Muhim vazifa - destruktiv harakatdagi ta’sirdan pasaytirilgan munosabatlar yoki guruhlarning "psixoterapevtik oazis"in yaratishdir. Keyingi dolzarb masala psixik zo’riqishni (dastavval relaksatsiya usuli bilan) olib tashlash va kriminal, stressli ta’sirga ta’sirchanlikni pasaytirish hisoblanadi. Nihoyat, mahkumning ushbu muhit muammolarini hal qilish, undan chiqish yuzasidan layoqatini ko’tarish va ijtimoiy ta’lim zarurdir. Qator hollarda psixologik ish ruhiy psixoterapiya bilan uyg’unlashadi. Ta’kvdlash zarurki, penitentsiar psixoterapiyasi jiddiy, ko’pincha engib bo’lmas qiyinchiliklar bilan to’qnash keladi. SHuning uchun psixologlarning faoliyati qator hollarda jazoni o’tayotgan inson shaxsiga psixologik-ijtimoiy ta’sirning yagona shakli hisoblanadi.

Delinkvent axloq holatida psixologik ta’sirning samaradorligi majmuaviy tadbirlar samarasiga bog’liq: tashkiliy (masalan, muassasada tartib va insonparvarlik atmosferasini yaratish), iqtisodiy, pedagogik, tibbiy, ijtimoiy choralar (masalan, ozod bo’lgandan keyin ijtimoiy reabilitatsiya).

Sanogenli muhit yoki terapevtik "oazis "ni yaratish qiyin amalga oshuvchi, biroq mexanik tarzda samarali namoyon bo’ladi. Ushbu yondoshuvning asosiy maqsadi odamni o’rgangan, qo’zg’atuvchi muhitdan olib chiqish hisoblanadi. Bu esa, o’z navbatida, insonni turmush tarzi va shaxsan o’zgartirishga chaqiruvchi bo’lmog’i zarur. Muhitni yaratishning shunga o’xshash shakliga og’ishgan axloqli o’smirlar uchun mehnat jamolarini kiritish mumkin. Bunday "ijtimoiy orollarda"gi hayot qator qoidalarga bo’ysunadi. Asosiy qoidalar - hayotini mustaqil ta’minlash, o’zaro yordam, rahbar va tanlangan organga qat’iy bo’ysunish, ichki hayot me’yorlari hamda intizomga qatiy rioya qilish, an’analarga amal qilish.

Delinkvent axloq uchun ijtimoiy ta’sirning birmuncha teng usullari jamoatchilik jazosi va uning turli modifikatsiyalarida axloqiy terapiya hisoblanishini tan olish kerak.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə