O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/73
tarix17.07.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#56171
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   73
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Muloqot

irodaviy zo`r berishlar  tashqi xalaqit beruvchi qo`zg`atuvchilar  kuchi va 
imkoniyatini kamaytirishga qaratilgan bo`ladi.  
Pedagogik  psixologik nuqtai nazardan ushbu jarayonga yondashilganda 
to`laqonli va ziyatgina optimal deyiladi. 
 
 
 
 
Mavzu yuzasidan savollar 
1.Motiv va motivatsiya. 
2.Insonning motivatsion faoliyati tuzilishi va asosiy o`lchamlari. 
3.O’z-o`zini baholashning motivatsion omillari. 
4. Shaxsning shakllarnishida motivatsiyaning roli. 
 
Tayanch iboralar 
Impulьsiv, affekt, afferentatsiya, interiorizatsiya, eksteriorizatsiya, 
regulyatsiya, ustanovka, motivatsiya, anglanilmagan, faollik, kognitiv. 
 
 
MAVZU 5.  MULOQOT VA SHAXSLARARO MUNOSABATLAR 
 
Reja: 
1. Muloqot va shaxslararo munosabatlar ijtimoiy  
   psixologiyaning mavzuidir. 
2. Shaxslararo muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o`rni. 
3. Muloqot shakllari va bosqichlari. 
4. Muloqotning psixologik tizimi va vazifalari. 
Muloqot    odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi o`rinni 
egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojni — jamiyatda yashash va o`zini shaxs deb 
hisoblash bilan bog`liq ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun ham uning har bir 
inson uchun ahamiyati kattadir. 
Muloqot  - odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib 
chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o`zaro munosabatlarga 
kirishish jarayonidir. Ya’ni, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari 
(mehnat, o`qish, o`yin, ijod qilish va boshqalar) o`zaro munosabat va o`zaro ta’sir 
shakllarini o`z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-birlari bilan til 
topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi 
murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning 
jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirisha 
olish qobiliyati bilan bevosita bog`liqdir. 
Bir qarashda osongina tuyulgan shaxslararo muloqot  aslida juda murakkab 
jarayon bo`lib, unga odam hayoti mobaynida o`rganib boradi. Muloqotning 
psixologik jihatdan murakkab ekanligi haqida B.F. Parigin shunday yozadi: 
«Muloqot shunchalik ko`p  qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar 
 
45


kiradi: 
a) individlarning o`zaro ta’sir jarayoni; 
b) individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; 
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; 
g) bir kishining boshqalarga ta’sir ko`rsatish jarayoni; 
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; 
ye) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni».  
 
Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, 
xattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, 
muloqotda bo`lish imkoniyatidan mahrum bo`lgan odam o`zida individ sifatlarini 
saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo`lolmaydi. Shuning uchun muloqotning 
shaxs taraqqiyotidagi ahamiyatini tasavvur qilish uchun uning funkqiyalarini tahlil 
qilamiz. 
Har qanday muloqotning eng elementar funktsiyasi - suhbatdoshlarning 
o`zaro bir - birini tushunishlarini ta’minlashdir. Bu o`zbeklarda samimiy salom - 
alik, ochiq yuz bilan kutib olishdan boshlanadi. O’zbek xalqining eng nodir va 
buyuk hislatlaridan biri ham shuki, uyiga birov kirib kelsa, albatta ochiq yuz bilan 
kutib oladi, ko`rishadi, so`rashadi, xol - ahvol so`raydi. Shunisi xarakterliki, 
ta’ziyaga borgan chog`da ham ana shunday samimiyatli qabulni his qilamiz.  
Uning  ikkinchi muhim funktsiyasi ijtimoiy tajribaga asos solishdir. Odam 
bolasi faqat odamlar davrasida ijtimoiylashadi, o`ziga zarur insoniy xususiyatlarni 
shakllantiradi. Odam bolasining yirtqich hayvonlar tomonidan o`g`rilanib ketilishi, 
so`ng ma’lum muddatdan keyin yana odamlar orasida paydo bo`lishi faktlari shuni 
ko`rsatganki, «mauglilar» biologik mavjudot sifatida rivojlanaveradi, lekin 
ijtimoiylashuvda ortda qolib ketadi. Bundan tashqari, bunday xolat boladagi bilish 
qobiliyatlarini ham cheklashi ko`plab psixologik eksperimentlarda o`z isbotini 
topdi. 
Muloqotning yana bir muhim vazifasi - u odamni u yoki bu faoliyatga 
hozirlaydi, ruhlantiradi. Odamlar guruhidan uzoqlashgan, ular nazaridan qolgan 
odamning qo`li ishga ham bormaydi, borsa ham jamiyatga emas, balki faqat 
o`zigagina manfaat keltiradigan ishlarni qilishi mumkin. Masalan, ko`plab 
tadqiqotlarda izolyatsiya, ya’ni odamni yolg`izlatib qo`yishning uning ruhiyatiga 
ta’siri o`rganilgan. Masalan, uzoq vaqt termokamerada bo`lgan odamda idrok, 
tafakkur, xotira, hissiy xolatlarning buzilishi qayd etilgan. Lekin ataylab emas, 
taqdir taqozosi bilan yolg`izlikka mahkum etilgan odamlarning maqsadli 
faoliyatlar bilan o`zlarini band etishlari u qadar katta salbiy o`zgarishlarga olib 
kelmasligini ham olimlar o`rganishgan. Lekin baribir har qanday yolg`izlik va 
muloqotning yetishmasligi odamda muvozanatsizlik, hissiyotga beriluvchanlik, 
xadiksirash, xavotirlanish, o`ziga ishonchsizlik, qayg`u, tashvish hislarini keltirib 
chiqaradi. Shunisi qiziqki, yolg`izlikka mahkum bo`lganlar ma’lum vaqt o`tgach 
ovoz chiqarib, gapira boshlasharkan. Bu avval biror ko`rgan yoki his qilayotgan 
narsasi xususidagi gaplar bo`lsa, keyinchalik  nimagadir qarab gapiraverish 
ehtiyoji paydo bo`lar ekan. Shaxsning muloqotga bo`lgan ehtiyojining to`la 
qondirilishi uning ish faoliyatiga ham ta’sir ko`rsatadi. Odamlar, ularning borligi, 
shu muhitda o`zaro gaplashish imkoniyatining mavjudligi fakti ko`pincha odamni 
 
46


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə