Muloqot psixologiyasi



Yüklə 25,69 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü25,69 Kb.
#182350
  1   2   3
Abdivayitova Sarvinoz Baxtiyor qizi - Muloqot psixologiyasi - Esse


MULOQOT PSIXOLOGIYASI.
(Esse)

Abdivayitova Sarvinoz Baxtiyor qizi
Termiz Davlat Pedagogika Instituti
“JISMONIY MADANIYAT (Xotin-qizlar)” YO‘NALISHI I-KURS
23-05-guruh talabasi

Har qanday faoliyat odamlarning bir-birlari bilan til topishishni,bir-birlariga turli xil ma’lumotlar o`zatishni,fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining muvoffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirish qobilyati bilan bevosita bog`liq. Shaxslararo muloqot jarayoni juda murakkabdir. B.F.Pariginning yozishicha, «muloqot shunchalik ko`p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o`zida quyidagilar kiradi»


I ndividlarning o`zaro ta’sir jarayoni
Individlar o`rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni
B ir shaxsning boshqa bir shaxsga munosabati jarayoni
Bir kishining boshqalarga ta’sir ko`rsatish jarayoni.
B ir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati
S haxslarning bir-birlarini tushinish jarayoni
Muloqotning turli shakllari va bosqichlari mavjud:


Dastlabki bosqich –odamning o`z-o`zi bilan muloqotidir. T. Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» kitobida «Agar odam ozgina bo`lsa ham o`zini anglasa, demak, o`z-o`ziga ko`rsatmalar bera oladi»,-deb yozgan edi.
I kkinchi bosqichi boshqalar bilan muloqot- muloqotnidir. Odamning o`z-o`zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o`z-o`zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o`zini chetga tortib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda jiddiy qiyinchilikni boshidan kechiradi deyish mumkin.
U chinchi bosqich avlodlar o`rtasidagi muloqot. Bu muloqot tufayli har bir jamiyatning o`z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo`ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilgor vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim-tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar.



Yüklə 25,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə