O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish, ijrosini ta‟minlash va nazorat qilish



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/85
tarix21.05.2022
ölçüsü2 Mb.
#87623
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85
mehmonxona xojaligini boshqarish

4.Qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish, ijrosini ta‟minlash va nazorat qilish 
Qarorlar qabul qilish jarayonining mazmuni, eng avvalo,, yuzaga kelgan 
muammoning murakkabligiga bog‗liq bo‗ladi. Misol uchun, agar o‗rniga odam topish 
mumkin bo‗lgan xodim qo‗qqisdan tobi qochib qolgan bo‗lsa, bu hech qanday muammo 
tug‗dirmaydi, ammo mehmonxona xizmatlari bozorida marketing vaziyatining o‗zgarishi 
ancha murakkab muammoni vujudga keltiradi.
Har qanday holatda qaror qabul qilish jarayonida menejer quyidagi savollarga javob 
topishi talab etiladi: Nima qilish kerak? Qanday qilish kerak? Ishni kimga topshirgan 
ma‘qul? Qancha vaqtda bajarish mumkin? Bu qanday natija beradi? 
Qarorlar qabul qilish jarayoni bosqichlarining soni masalasi bahsli masala bo‗lib, 
uni turli menejerlar har xil yo‗l bilan hal qiladilar. Bu rahbarning malakasiga, vaziyatga, 
rahbarlik uslubiga va tashkiliy madaniyatga bog‗liq bo‗ladi. Har bir menejer qaror qabul 
qilishning har bir uslubi va taomilining kuchli va kuchsiz tomonlarini tushunishi
vaziyatdan, shuningdek o‗z boshqarish uslubidan kelib chiqib, eng oqilona variantni 
tanlay olishi muhimdir.
Har qanday, hatto eng sodda qarorni qabul qilish ham tegishli (moddiy, ijtimoiy va 
b.) xarajatlarni taqozo etadi. Shu bois, menejer birinchi navbatda qaror qabul qilish 
shartmi yoki maslahat, taklif bilan kifoyalanish mumkinmi degan masalani o‗zi uchun 
hal qilishi lozim.
Boshqaruv qarori qabul qilishga nisbatan klassik yondashuv muayyan taomilga 
rioya qilish va quyidagi majburiy amallarni bajarishni nazarda tutadi: 
1) muammoni aniqlash;
2) cheklashlarni va muqobillarni aniqlash; 
3) qaror qabul qilish; 
4) qarorni amalga oshirish; 
5) qarorning ijro etilishini nazorat qilish. 
Muammoni aniqlash. Har qanday qaror zamirida hal qilishni talab etuvchi 
muammoli holat yotadi. Ushbu bosqichda menejerning vazifasi muammoli holatni tahlil 
qilish, ya‘ni «kasallik» simptomini aniqlash, ish va maqsadlarning holatini o‗rganish, 
qaror mezonlarini dastlabki tarzda ta‘riflashdan iborat. Xullas, muammoni aniqlash 
jarayoni uni topish va unga baho berishni o‗z ichiga oladi.
Muammoni topish – belgilangan rejadan og‗ish holati yuzaga kelganligini 
tushunish. Menejer muammoning mavjudligi haqida o‗z kuzatuvlaridan, axborot 
tahlilidan, jamoatchilik fikridan, boshqa menejerlar va xodimlar fikridan xabar topishi 
mumkin.
Muammoga baho berish – muammo ko‗lami va tabiatini aniqlash. Muammo 
ko‗lamini aniqlash deganda uning sababi va manbaini topish tushunilmaydi. Bu erda 
faqat muammoning og‗irlik darajasi va uni hal qilish yo‗llariga baho berish to‗g‗risida 
so‗z yuritilmoqda.
Cheklashlar va muqobillarni aniqlash. Muammoning yuzaga kelish sabablari 
mehmonxona doirasidan tashqarida (tashqi muhitda) bo‗lishi mumkin. Bunday 
cheklashlar oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyatini cheklaydi, shu bois ularning 



113 
manbai va mohiyatini aniqlash va muammoning sabablarini bartaraf etish imkonini 
beruvchi harakatlarni belgilash lozim. Muqobillarni qidirishdan oldin oqilona qaror 
qabul qilish mezonlarini aniqlab olish kerak, bu qaror qabul qilishda xatoga yo‗l 
qo‗ymaslik imkonini beradi.
Qaror qabul qilish. Ushbu bosqichda qaror variantlari ishlab chiqiladi, ularga baho 
beriladi va eng yaxshi natija beruvchi muqobil tanlab olinadi, ya‘ni har bir variantning 
afzalliklari va kamchiliklari solishtiriladi. Menejer qaror qanday (iqtisodiy va ijtimoiy) 
samara beradi, xodimlar mazkur qarorni bajarishga ichdan rozi bo‗ladimi, u qanday 
oqibatlarga olib keladi, degan savollarga javob berishi lozim.
Qarorni qabul qilish. Jarayon qaror variantini tanlash bilan yakunlanmaydi, zero, 
pirovard maqsadlarga erishish uchun qabul qilingan qaror amalga oshirilishi lozim. 
Amalga oshirish bosqichida qarorni muayyanlashtirish va ijrochilarga etkazish chora-
tadbirlari ko‗riladi. Boshqaruv qarorini amalga oshirish rejasi tuzilishi, unda muammoni 
kim, qachon, qayerda va qaysi vositalar bilan hal qilishi lozimligi nazarda tutilishi kerak.
Qarorning ijro etilishini nazorat qilish. Qaror amalga kiritilganidan keyin ham uni 
qabul qilish jarayoni to‗la tugallangan deb hisoblanishi mumkin emas, chunki qabul 
qilingan qaror rejali tarzda amalga oshirilayotgani haqida axborot olish lozim. Nazorat 
jarayonida rejadan og‗ish holatlari aniqlanadi va qarorni to‗la amalga oshirishga yordam 
beruvchi tuzatishlar kiritiladi. Nazorat yordamida boshqaruvchi va boshqariluvchi 
tizimlar o‗rtasida teskari aloqa o‗rnatiladi.
Qarorlarning bajarilishini tashkil etish juda og‗ir vazifalardan biridir. U odamlarni, 
ularning imkoniyatlari va kuchini, qarorni bajarish uchun zarur vosita va usullarni 
bilishni taqozo etadi. Qarorlarning bajarilishini tashkil etish rahbarning boshqaruv siklini 
yakunlovchi o‗ziga xos faoliyatidir. Agar qarorni tayyorlash va qabul qilish bosqichida 
rahbar narsalar va hodisalarning ideal ifodasi bilan yuzma-yuz kelsa, qarorning 
bajarilishi tashkil etish jarayonida u ko‗pincha ideal holatdan jiddiy farq qiladigan real 
holat bilan to‗qnashadi.
Narsalar va hodisalarni fikran boshqaruvchi tajribasiz rahbar ideal tasavvurlarni 
boshqarishning osonligiga o‗rganib qoladi va buni ongsiz tarzda real holatga ham 
o‗tkazadi. Bunday boshqarish natijasida u qabul qilgan qarorlarni bajarishga 
xodimlarning qurbi etmaydi va qarorlar amalda bajarilmay qoladi. Bu yerda rahbar o‗z 
faoliyatini emas, balki boshqa odamlarning mehnatini tashkil etishini nazarda tutish 
kerak.
Qarorlarni bajarish jarayonini ham tashkil etish lozim. Ijrochilar qabul qilingan 
qarorga muvofiq muayyan ishlarni kim, qaerda, qachon va qanday usulda amalga 
oshirishi kerakligi haqida aniq axborot olishlari lozim. Qarorni amalga oshirish rejasi 
ishlab chiqilishi, unda qaror maqsadlariga mumkin qadar kam xarajatlar bilan erishish 
imkonini beruvchi chora-tadbirlar tizimi nazarda tutilishi kerak.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə