O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti


Boshqaruv qarorlariga qo„yiladigan talablar



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/85
tarix21.05.2022
ölçüsü2 Mb.
#87623
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   85
mehmonxona xojaligini boshqarish

3.Boshqaruv qarorlariga qo„yiladigan talablar 
Oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilish omillariga quyidagilar kiradi: 

qarorlar qabul qilishda ierarxiyaga rioya qilish; 

funksiyalararo guruhlardan foydalanish; 

to‗g‗ridan-to‗g‗ri gorizontal aloqalardan foydalanish; 

rahbarlikni markazlashtirish. 
Qarorlar qabul qilishda ierarxiya - qarorlar qabul qilish vakolatini boshqaruvning 
zarur axborot ko‗proq bo‗lgan va qabul qilingan qarorni amalga oshirishda bevosita 
ishtirok etadigan darajasiga o‗tkazish. Bu holda turdosh darajalarning xodimlari qabul 
qilingan qarorning ijrochilari hisoblanadi.
Funksiyalararo maqsadli guruhlardan foydalanish. Mazkur guruhlarning a‘zolari 
mehmonxonaning turli bo‗limlari va darajalaridan tanlab olinadi.
To‗g‗ridan-to‗g‗ri (bevosita) gorizontal aloqalardan foydalanish. Bu holda (ayniqsa, 
qaror qabul qilishning dastlabki bosqichida) axborot yig‗ish va unga ishlov berish yuqori 
rahbariyatga murojaat etmasdan amalga oshiriladi. Mazkur yondashuv qarorlarni 
nisbatan qisqa muddatda qabul qilish va ularning bajarilishi uchun javobgarlikni oshirish 
imkonini beradi.
Rahbarlikni markazlashtirish. Qaror qabul qilish jarayoni bir (umumiy) rahbarning 
qo‗lida jamlanadi. Bu holda qarorlar qabul qilishda ierarxiya vujudga keladi, ya‘ni har 
bir quyi rahbar o‗z muammolarini eng yuqori darajadagi rahbar bilan emas, balki 
o‗zining bevosita rahbari bilan birga hal qiladi (qarorlar qabul qiladi).
Qabul qilingan qaror hal qilinayotgan muammo va mehmonxona maqsadlaridan 
kelib chiqadigan talablarga javob berishi, ya‘ni: 

oqilona; 

tejamli; 

asoslangan; 

real; 

o‗z vaqtida qabul qilingan bo‗lishi lozim.
Qarorlarning oqilonaligini ta‘minlashda qabul qilingan qarorlarni ijrochilarga 
etkazish uslublari alohida rol o‗ynaydi. Qarorlarni ijrochilarga etkazish odatda gruppaviy 
va individual topshiriqlarni ajratish va ijrochilarni tanlashdan boshlanadi. Natijada, har 
bir xodim o‗zining bevosita xizmat majburiyatlariga qarab muayyan topshiriq oladi. 
Ijrochilarga topshiriqlar bera olish qabul qilingan qarorning samaradorligini 
ta‘minlashning bosh manbaidir. Shu munosabat bilan qarorlar bajarilmasligining to‗rt 
asosiy sababi farqlanadi: 

qarorni menejer etarli darajada aniq ta‘riflamagan; 



111 

qaror aniq ta‘riflangan, biroq ijrochi uni yaxshi tushunmagan; 

qaror aniq ta‘riflangan va ijrochi uni yaxshi tushungan, biroq u mazkur qarorni 
bajarish uchun zarur shart-sharoit va vositalarga ega bo‗lmagan; 

qaror aniq ta‘riflangan, ijrochi uni yaxshi tushungan va bajarish uchun barcha 
zarur vositalarga ega bo‗lgan, biroq u qarorning menejer taklif qilgan variantiga ichdan 
rozi bo‗lmagan. Ayni holda ijrochi mazkur muammoni hal qilishning o‗z, uning nazarida 
yanada oqilona yechimiga ega bo‗lishi mumkin. 
Ijrochilarga topshiriqlar berish ishining asosiy mazmuni ongda boshqaruv qarorini 
bajarish 
bo‗yicha bo‗lg‗usi faoliyatning muayyan obrazi (texnologiyasi)ni 
gavdalantirishdan iborat. Ijrochi topshiriqni olganidan va uni idrok etganidan keyin unda 
mazkur ish haqida dastlabki tasavvur paydo bo‗ladi. Shundan so‗ng, g‗oya (topshiriq 
modeli) aniqlanadi, ichki va tashqi muhitning amaldagi va obyektiv sharoitlariga 
moslashtirish yo‗li bilan boyitiladi.
Shu asosda qarorni bajarish texnologiyasi (ijrochining menejer topshirig‗ini 
bajarish bo‗yicha faoliyatining ideal modeli) ishlab chiqiladi. Ijrochi faoliyatining 
modeli menejerning dastlabki g‗oyasiga muvofiq bo‗lishi uchun unga (modelga) bir 
qancha talablar qo‗yiladi: 

modelning mukammaligi; 

dastlabki g‗oyaning modelda aks etish darajasi; 

stressga chidamliligi va mustahkamligi; 

modelning moslashuvchanligi; 

muvofiqlashtirilganligi; 

motivlashtirilganligi. 
Qaror modelining mukammalligi uning, bir tomondan, rahbar g‗oyasiga, uning 
qaroriga va qo‗ygan vazifalariga, ikkinchi tomondan esa – ijrochilik faoliyatining 
mazmuni, tuzilishi va shartlariga muvofiqligini tavsiflaydi. Ijrochiga ishga kirishishdan 
oldin bo‗lg‗usi faoliyatning barcha jihatlarini tasavvur qilish imkonini beruvchi model 
mukammal modelning ideal variantidir.
Dastlabki g‗oyaning modelda aks etish darajasi operativ modelni unda bo‗lg‗usi 
faoliyatning butun dinamikasi mujassamlashganligi nuqtai nazaridan tavsiflaydi. 
Modelning stressga chidamliligi va mustahkamligi ijrochining o‗z ongida 
shakllangan harakatlar rejasini har qanday murakkab sharoitda aniq bajarishga 
qodirligini nazarda tutadi.
Modelning moslashuvchanligi - bu mezon bir qarashda yuqorida keltirilgan 
mezonlarga 
zid 
tuyuladi. 
Bu 
modelning 
barqarorligi 
(turg‗unligi) 
va 
moslashuvchanligining oqilona nisbatini tanlashni taqozo etadi.
Qaror modelining muvofiqlashtirilganligi shu bilan bog‗liqki, ijrochi ko‗pincha 
ishning o‗z bosqichini yolg‗iz bajaradi, shu bois uning harakatlari vazifalar, vaqt va 
joyga ko‗ra boshqa ijrochilarning vazifalari bilan muvofiqlashtirilishi lozim.
Qaror modelini motivlashtirish. Ma‘lumki, qarorni tushunish va uning ideal 
modelini o‗zlashtirish ijrochilarning bor imkoniyatlari lozim darajada safarbar etilishini 
doim ham ta‘minlayvermaydi, shu bois ularning faoliyatini motivlashtirish talab etiladi. 
Topshiriqlarni bajarishda ijrochilarni faollik ko‗rsatishga da‘vat etuvchi motivlarga ta‘sir 



112 
ko‗rsatish rahbariyat tomonidan qabul qilingan qarorlarni bajarishga mehnat jamoasini 
safarbar etishning bosh mazmunidir.

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə