O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N



Yüklə 6,68 Mb.
səhifə160/165
tarix27.04.2023
ölçüsü6,68 Mb.
#107102
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   165
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi T

Asosiy tushuncha va atamalar

Balans, mikroiqtisodiy balanslar, makroiqtisodiy balanslar, moddiy balanslar, mehnat balanslari, demografik balanslar, tabiiy resurslar balansi, moliyaviy balanslar, statik balans, dinamik balans, tarmoqlararo balans, hududlararo balans, shaxmat balans, aktiv va passivlar balansi, mehnat resurslari balansi, bandlik va ishsizlik ko‘rsatkichlari, milliy hisoblamalar tizimi (MHT), BMTning birinchi standart MHT-53, BMTning ikkinchi standart MHT-68, BMTning uchinchi standart MHT-93, birinchi Ovropa integrallashtirilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi – OIIKT-69., ikkinchi – OIIKT-95, iqtisodiy operatsiyalar va oqimlar, rezidentlik.




Qisqacha xulosalar

Umumiy holda balans deganda tomonlarni tenglashtirish, bir-biriga muvofiqlashtirish, ixtiloflarni yo‘qotib muvozanat barqaror holga keltirish tushuniladi.


Milliy iqtisodiyotda hodisalar o‘rtasidagi zohiriy o‘zaro bog‘lanishlar ko‘pincha additiv holda kechadi. Ular bir tarafdan, birin-ketin sodir bo‘lib bir-biriga qo‘shilib, ustma-ust qatlanib, kattalashib boradi, ikkinchi tomondan esa, asta-sekin bir-biridanajralib, ishlatilib, qatlamlar ko‘chib, silliqlashib umumiy natija kichiklashib boradi.
Iqtisodiy tizimda kuzatiladigan bunday qarama-qarshi say-harakatlar, o‘zgarishlar ularni doimo o‘zaro muvofiqlashtirib turishni, yagona muvozanat holatga keltirishni talab qiladi. Iqtisodiy balanslar ana shunday maqsad uchun xizmat qiladi.
Shunday qilib, statistikada balans – bu o‘zaro bog‘langan va bir-birini taqozo etuvchi hisoblashlar va ko‘rsatkichlar tizimidir.
Balans usuli mikroiqtisodiy darajada ham, makroiqtisodiy miqyosda ham keng qo‘llanadi. Mikroiqtisodiy balanslar yordamida ho‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining turli tomonlari orasidagi bog‘lanish va mutanosibliklar tahlil qilinadi. Korxona va tashkilotlarning buxgalteriya hisobida qo‘llanadigan barcha hisoblama (schet)lar balans usuliga tayanadi.
Balans usuli makroiqtisodiy statistikada alohida o‘rin egallaydi. Uning yordamida milliy iqtisodiyot taraqqiyotining turli jihatlari, jumladan, tarmoqlar va sektorlar rivojlanishidagi proporsiyalar, ishlab chiqarish, iste’mol va jamg‘arish orasidagi o‘zaro nisbatlar, milliy boylik shakllanishi va undan foydalanish, mehnat va moliyaviy resurslardan foydalanish, mintaqaviy va hududiy iqtisodiy aloqalar, tashqi iqtisodiy aloqalar o‘rganiladi.
Iqtisodiy balanslar turli-tumandir. Ularni tasniflash masalasiga har xil jihatdan yondashish mumkin. Hodisalarni tasniflash holatiga qarab ular dinamik va statik balanslarga, ularni mohiyati va xarakteriga asosan demografik, tabiiy resurslar, moddiy, moliyaviy va mehnat balanslariga, tuzilish miqyosiga binoan makro va mikro balanslarga, tuzilish vaqtiga qarab joriy yillik balanslarga, shakliga qarab esa satrli-jadval balanslar va shaxmat-balanslarga ajraladi.
Makroiqtisodiy balanslar milliy hisoblamalar tizimining tayanch usulidir. Milliy hisobchilik makroiqtisodiyot darajasida kechadigan takror ishlab chiqarish jarayonining turli jihatlarini bir butunlikda va uzviy bog‘lanishda maxsus ko‘rsatkichlar yordamida tasvirlaydi. Unda milliy mahsulot va milliy daromadni yaratish, taqsimlash, qayta taqsimlash, iste’mol va jamg‘arish jarayonlari batafsil o‘z ifodasini topadi. Bu tizim makroiqtisodiy tahlil va istiqbolni belgilash uchun, makroiqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va izchil amalga oshirish uchun muhim qurol bo‘lib xizmat qiladi.
MHT integrallashtirilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimidir. Hisoblamalar bir-biri bilan tegishli ko‘rsatkichlar yordamida bog‘lanibgina qolmasdan, balki sektorlar bo‘yicha ham izchil bog‘lanishga ega. Bu esa iqtisodiy tahlilni pog‘anama-pog‘ana vertikal (tikka) va gorizontal (tekislikda) yo‘nalishida va ularni izchil birikmasida amalga oshirish imkonini beradi.



Yüklə 6,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə