O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N


O‘rtacha moyillik ko‘rsatkichlari



Yüklə 6,68 Mb.
səhifə158/165
tarix27.04.2023
ölçüsü6,68 Mb.
#107102
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   165
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi T

13.6.2. O‘rtacha moyillik ko‘rsatkichlari

Bu ko‘rsatkichlar iqtisodiyot subyektlarining u yoki bu iqtisodiy faoliyat yoki hodisalarni amalga oshirish uchun qanchalik moyil ekanligini ta’riflaydi. Ular odatda ayrim hodisa yoki faoliyat turi natijasini barcha hodisalar yoki faoliyat turlarining umumiy yakuni bilan solishtirishdan hosil bo‘ladi va, demak, undagi hissani aniqlaydi. Masalan, mamlakat yalpi ichki mahsulotida sanoat yoki qishloq xo‘jaligining hissasi bunga misol bo‘la oladi. Bu ko‘rsatkichni hisoblayotganda milliy iqtisodiyot yoki tarmoqning xususiyatlarini e’tiborga olish kerak. Agarda unda yakka hokimlik singari salbiy iqtisodiy voqea o‘rin olsa, u o‘rtacha moyillik koeffitsiyenti shakllanishiga ham kuchli ta’sir etadi. Masalan, Saudiya Arabistoni iqtisodiyotida neft qazib olish katta o‘rin egallaydi va uning hajmi yil sayin tebranib turadi. Shuning uchun xalqaro standart mazkur mamlakat yalpi ichki mahsulotida sanoat hissasini aniqlayotganda neft qazib olishni (sanoat qo‘shilgan qiymatida ham, yalpi ichki mahsulot umumiy qiymatida ham) hisobga olmaslikni tavsiya etadi. O‘zbekiston sanoati va milliy iqtisodiyotida paxta tozalash sanoati xuddi shunga o‘xshash mavqe’ga ega. Respublika qishloq xo‘jaligida paxta yakka hokimligini bartaraf qilish maqsadida uning ekin maydoni keyingi yillarda ancha qisqartirildi. Natijada paxta tozalash sanoati rivojlanishi susaydi, bu esa yalpi ichki mahsulot tarkibiy tuzilishiga beso‘z ta’sir qiladi. Shu sababli O‘zbekiston iqtisodiyotini sanoat faoliyatiga yoki qishloq xo‘jaligiga o‘rtacha moyillik koeffitsiyentlarini paxta tozalash sanoatini hisobga olmasdan aniqlash xalqaro standartlarga muvofiq bo‘ladi.


O‘rtacha moyillik koeffitsiyentlari real iqtisodiyot natijalarini, talab va taklif tuzilishini, makro darajada moliyaviy faoliyat va banklar faoliyati natijalarini, davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini, pul muomalalarini tahlil qilishda keng qo‘llanadi. Ular yordamida yalpi ichki mahsulot tarmoqiy tuzilishi, pirovard iste’mol turlari jihatidan talab tuzilishi, ho‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi soliqlar to‘lashga moyilligi, davlat budjetining turli xarajatlarga va taqchillikka moyilligi, tijorat banklari va korxonalarning qarzlarni to‘lovi va likvidlikka moyilligi va boshqa masalalar tadqiq etiladi.
Bu toifadagi ko‘rsatkichlarning eng muhimlari sifatida quyidagi koeffitsiyentlarni ko‘rsatish mumkin:
1. Istemolga o‘rtacha moyillik koeffitsiyenti yalpi ichki mahsulotda pirovard iste’mol hissasini aniqlaydi. Masalan, 2004 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 12189,5 mlrd.so‘m, pirovard iste’mol uchun xarajatlar 8386,4 mlrd.so‘mni tashkil etgan. Demak, iste’molga o‘rtacha moyillik darajasi 68,8% (2886,4*100/12189,5). Taqqoslash uchun eslatib o‘tamiz, bu koeffitsiyent 1995y-72,9%, 1996y-77,3%, 1997y-81,3%, 1998y-83,5%, 1999y-82,7% bo‘lgan. 2000 yil – 80,6%, 2002 – 78,2 %, 2003 – 73,11.
2. Jamg‘arma o‘rtacha moyillik koeffitsiyenti, yalpi ichki mahsulotda kapital (sarmoya) jamg‘arish hissasini ko‘rsatadi. Eksprot va import balanslashgan holatda bu ko‘rsatkich iste’molga o‘rtacha moyillik darajasini birgacha (100 foizgacha) to‘ldirmasi hisoblanadi. Masalan, 2004 yilda O‘zbekistonda yalpi kapital jamg‘armasi 2913,3 mlrd.so‘m, demak, uning yalpi ichki mahsulotda hissasi 23,9% (2913,3*100/12189,5) tashkil etgan. Taqqoslash uchun 2000y-19,5%, 2002y-11,0%, 2003y-20,7%.17 Keltirilgan ma’lumotlarga binoan, O‘zbekiston iqtisodiyotida iste’molga va jamg‘armaga o‘rtacha moyillik koeffitsiyentlari yig‘indisi 100%ga teng emas, chunki ayrim yillarda eksprot importdan ko‘p, boshqa yillarda kam bo‘lgan.
3. Ho‘jalik yurituvchi subyektlar va aholining soliqlar to‘lashga o‘rtacha moyillik koeffitsiyenti, yalpi ichki mahsulotga nisbatan soliq to‘lovlari (yoki budjet daromadlari) necha foizni tashkil etishini ko‘rsatadi. Masalan, 2004 y. O‘zbekiston davlat budjeti daromadlari (soliq va boshqa to‘lov hamda tushumlar) 2741,5 mlrd.so‘m bo‘lgan, demak, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 22,6% (2741,5*100/12189,5) tashkil etgan. Taqqoslash uchun 2000y-28,0%, 2002y-23,8%, 2003y-23,8%, 2005y-22,0%.18
4. Davlat budjetining xarajatlarga o‘rtacha moyillik koeffitsiyenti, budjet xarajatlari yalpi ichki mahsulotga nisbatan qancha foiz tashkil etishini belgilaydi. Masalan, O‘zbekiston davlat budjeti xarajatlari 2004 yil 2791,8 mlrd.so‘m yoki yalpi ichki mahsulotdan 22,9% (2791,8*100/12189,5) iborat bo‘lgan. Taqqoslash uchun 2000y-29,5%, 2002y-25,8%, 2003y-24,6%, 2005y-22,0%.19
5. Davlat budjetining taqchillikka o‘rtacha moyillik koeffitsiyenti, budjet taqchillikka qanchalik moyilligini ta’riflaydi. Budjet umumiy xarajatlari bilan daromadlari orasidagi farqni yalpi ichki mahsulotga bo‘lishdan bu ko‘rsatkich hosil bo‘ladi. Masalan, O‘zbekiston davlat budjeti xarajatlari 2004 yilda daromadlardan 42,3 mlrd.so‘m ko‘p bo‘lgan. Demak, budjetning taqchillikka moyillik darajasi -0,4% (42,3*100/12189,5)ni tashkil etgan, vaholanki 2000y-1%, 2002y-0,8%, 2003y-0,4%, 2005y-0,6%.
6. Mamlakat moliya-kredit tizimining ishchanlikka o‘rtacha moyillik koeffitsiyenti, yil oxiriga bo‘lgan M2-pul agregatining yalpi ichki mahsulotga nisbatidan hosil bo‘ladi.20 M2 pul agregati iqtisodiy muomaladagi naqd pullar nodavlat sektori tomonidan bank tizimiga qo‘yilgan yo‘qlab olinuvchi depozitlar va muddatli hamda jamg‘arma depozitlarni o‘z ichiga oladi. Likvidlikka moyillik koeffitsiyent tez suratlar bilan ortsa, likvidlik haddan tashqari ko‘p barpo etilishi natijasida iqtisodiyotga inflyatsion bosim kuchayishidan darak beradi. Undan moliya-kredit tizimi orqali kapitalni safarbar qilish darajasini ta’riflovchi ko‘rsatkich sifatida ham foydalaniladi.
7. Eksportlashtirishga o‘rtacha moyillik koeffitsiyenti, iqtisodiyotning tovar va xizmatlarni boshqa mamlakatlarga sotishga moyillik darajasini ko‘rsatadi va eksport hajmini yalpi ichki mahsulot bilan solishtirishdan hosil bo‘ladi. Masalan, 2004 yilda O‘zbekiston eksporti (FOB) 4853,0 mln.AQSh dollari, yalpi ichki mahsulot esa ayriboshlash kurslarida 11521,3 mln. AQSh dollarini tashkil etgan edi, demak, eksportga o‘rtacha moyillik darajasi 42,1% (4853,0*100)/11521,3) bo‘lgan. Taqqoslash uchun bu ko‘rsatkich 2000y-23,7%, 2002y-30,9%, 2003y-37,1%.
8. Importlashtirishga o‘rtacha moyillik koeffitsiyenti, iqtisodiyotning tovar va xizmatlarni chet eldan keltirishga moyillik darajasini aniqlaydi, import hajmini yalpi ichki mahsulot bilan taqqoslash natijasidir. Masalan, 2004 yilda O‘zbekiston importi (FOB) 3816,0 mln.AQSh dollaridan iborat bo‘lgan, demak, importga o‘rtacha moyillik darajasi - 33,1% (3816,0*100)/11521,3), 2000y-38,3%, 2002y-47,2%, 2003y-30,8%.
Importlashtirishga moyillik koeffitsiyenti eksportlashtirishga moyillik koeffitsiyenti bilan taqqoslama bo‘lishi uchun, ularni hisoblashda eksport va import hajmi bir xil baholarda, masalan FOBda ifodalanishi kerak.

13.6.3. Chegaraviy moyillik ko‘rsatkichlari


Ikkinchi toifadagi xalqaro standart ko‘rsatkichlar chegaraviy moyillik ko‘rsatkichlari deb ataladi. Bu yerda «chegaraviy» so‘zi qo‘shimcha, ustama degan ma’noga ega. Bu ko‘rsatkichlar qo‘shimcha resurslar yoki omil hisobiga olingan qo‘shimcha natija (samara)lar o‘rtasidagi o‘zaro nisbatga asoslanadi. Demak, ular qo‘shimcha omil yoki resurs birligiga nisbatan o‘rtacha qancha qo‘shimcha natija qo‘lga kiritilganini ko‘rsatadi. Makroiqtisodiy tahlilda keng qo‘llanadigan muhim chegaraviy moyillik ko‘rsatkichlaridan ayrimlarini qarab chiqamiz.


1. Chegaraviy iste’molga moyillik koeffitsiyenti (MRS) pirovard iste’mol uchun qo‘shimcha sarflangan daromad (S) qo‘shimcha yaratilgan yalpi ichki mahsulotdan (GDP) qancha foiz tashkil etishini aniqlaydi, ya’ni MRS=S*100/GDP. Masalan, 2004 yilda O‘zbekistonda yaratilgan yalpi ichki mahsulot 12189,5 mlrd.so‘m, 2003y. esa 9837,8 mlrd.so‘m, pirovard iste’mol uchun 8386,4 mlrd.so‘m va 7191,5 mlrd.so‘mlik sarflangan. Bundan chegaraviy moyillik koeffitsiyenti



2000 yilda esa qo‘shimcha yaratilgan yalpi ichki mahsulotdan 84,8% pirovard iste’mol uchun sarflangan edi.


2. Chegaraviy jamg‘armaga moyillik koeffitsiyenti (MPS) jamg‘arma uchun qo‘shimcha sarflanadigan daromad (S) qo‘shimcha yaratilgan yalpi ichki mahsulotdan (GDP) qancha (foiz) tashkil etishini ko‘rsatadi. Masalan, 2004 yilda O‘zbekiston yalpi kapital jamg‘armasi 2913,4 mlrd.so‘m, 2003 yilda esa 2036,4 mlrd.so‘m edi. Bundan chegaraviy jamg‘armaga moyillik darajasi



Vaholanki, 2000 yilda u atiga 13,3 % tashkil etgan edi.
3. Chegaraviy importga moyillik koeffitsiyenti (MPM) qo‘shimcha olingan yalpi ichki mahsulotdan (GDP) qaysi qismi (foizi) qo‘shimcha import (M) hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi, ya’ni MPI=(I)/ (GDP). Masalan, 2004 yilda O‘zbekiston importi (FOB) 3816,0 mln. AQSh doll., 2003 yil esa 2964,2 mln. AQSh doll. edi.



Demak, import ortirmasiga yalpi ichki mahsulot ortirma sonini 57,7% to‘g‘ri keladi. Chegaraviy moyillik koeffitsiyentlarini yuqorida ko‘rib chiqilgan o‘rtacha moyillik koeffitsiyentlari qo‘llanadigan barcha hollar uchun hisoblash mumkin.





Yüklə 6,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə