10
10-15 bosh qo‗y
10 qop tuz
20-30 bosh echki
2 bosh buqaga ayirboshlangan.
Bunda o‗z qiymatini boshqa tovarga ayirboshlanayotgan
tuz nisbiy qiymat
shaklida, qolganlari, ya‘ni qo‗y, echki va buqa esa qiymatni o‗zida ifoda etuvchi
material bo‗lib xizmat qiladi va ularning qiymati ekvivalent qiymat shaklida turadi.
Qiymatning umumiy shakli.
Ishlab chiqarishning
rivojlanishi bilan
ayirboshlanadigan maxsulotlar soni ham ortib boradi va ayirboshlashda murakkab
holat vujudga keladi. Biror bir tovar sohibi ushbu tovarni o‗zining iste‘moliga
zarur bo‗lgan boshqa bir tovarga ayirboshlanishi uchun avvalom bor o‗zining
tovariga ehtiyoji bo‗lgan boshqa bir iste‘molchini topmog‘i kerak bo‗ladi,
ayirboshlash murakkablashib uning rivojlanishiga to‗sqinlik qiladi.
Asta-sekin tovarlar orasida hamma tovarlarga ayirboshlanaoladigan va
hamma tovarlar qiymatini o‗zida ifoda eta oladigan maxsus tovar ajralib chiqadi.
Tovarlar dunyosidan chiqqan maxsus tovar qolgan
barcha maxsulotlar uchun
umumiy ekvivalentga aylanadi.
Masalan:
1 qop bug‘doy
10 kg choy
10 kg qaxva
10 bosh qo‗y
0.5 tonna temir
2 unsiya (35.6 gramm) oltin
Bunda umumiy ekvavalent vazifasini 10 bosh qo‗y bajargan.
Dostları ilə paylaş: