I.2. Pulning mohiyati va zaruriyligi
Har bir iqtisodiy kategoriyada amal qiluvchi hamda mamlakat
rivojlanishining asosiy dastaklaridan biri pul bo`lib, xozirgi bozor munosabatlari
toboro chuqurlashib borayotgan sharoitida pulning mavqei va ahamiyati yanada
oshib boradi. Darhaqiqat, pul - "bozor tili" deb bekorga aytishmagan. Har bir
iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to`lovlar, daromadlar va xarajatlar,
moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda
faqat pulda ifoda qilinadi.
Pulning iqtisodiy mohiyati va uning zaruriyatiga xorij iqtisodchilari
alohida e'tibor qaratgan bo‗lmasalarada
1
, iqtisodiy nazariyachilarning asarlarida
unga nisbatan berilgan fikrlarini uchratish mumkin. Masalan, A.Smit pulni
iqtisodiy kategoriya darajasiga ko‗tarib, unga ―pul – bu muomalaning buyuk
g'ildiragi―, ―savdo sotiqning yuksak quroli‖ sifatida ta'rif beradi
2
.D.Yum
A.Smitning pul xususidagi qarashlariga e'tiroz bildirib, ―Pul bu – savdo – sotiqning
g'ildiragi emas, balki u yog'i, shu savdo – sotiq g'ildiragini erkin va yumshoq
yurishiga imkoniyat yaratadigan vositadir‖ degan fikrni bildiradi
3
.
Rossiyalik iqtisodchi olimlar ham pulning iqtisodiy mohiyatiga aloxida
e'tibor qaratishgan. Jumladan, iqtisod fanlari doktori, professor B.I.Sokolov
pulning mohiyatiga ―pul mehnat taqsimoti chuqurlashib borayotgan ushbu
jamiyatda tovarlarni ayirboshlash va to‗lovlarni amalga oshirish ishlarini
yengillashtiradi‖
deya ta'kidlaydi
4
.
O‗zbekistonlik iqtisodchi olima
Sh.Z.Abdullayeva o‗zining pul, kredit va banklar masalasiga bag'ishlangan
iqtisodiy adabiyotlarida pulning mohiyatini ochishda uchta jihatiga e'tibor qaratish
lozimligini ta'kidlaydi. ―Birinchidan, pulning iste'mol qiymatida boshqa
tovarlarning qiymati o‗z aksini topadi. Ikkinchidan, pulda ifodalanadigan aniq
mehnat asosini abstrakt mehnat tashkil etadi. Uchinchidan, pulda ifodalanuvchi
xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida namoyon bo‗ladi. Shunga asoslangan
xolda, pul ham tovar, lekin boshqa tovarlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega
bo‗lgan maxsus tovar degan xulosaga kelish mumkin‖
5
.
1
Abdullayeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar. –T.: ―Iqtisod – moliya‖, 2007, 8 – b.
2
Смит А. Исследовние природе и причинах богатства народов. Том 1. –С.418, 421.
3
Юм Д. Опыты. –М.: Издание К.Т.Солдатенкова, 1986. –С.20.
4
Соколов Б.И. Деньги, кредит и банки. Учебник. –М.: ТК Вебли, Изд – во. Проспект, 2008
5Abdullayeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar. –T.: ―Iqtisod – moliya‖, 2007, 8 – b.
7
Iqtisod fanlari doktori, professor O‗.Yu.Rashidov va boshqalar ishtirokida
nashrdan chiqarilgan darslikda ―Pul – bu umumiy ekvivalent sifatida
qo‗llaniladigan universal tovarning alohida turi bo‗lib, boshqa barcha tovarlarning
qiymati u orqali ifodalanadi. Pul – bu boshqa ne'matlarning qimmatini o‗lchash
vositasi (umumiy ekvivalent) yoki ayirboshlashda hisob – kitoblarni amalga
oshirish vositasi funktsiyalarini bajaruvchi ne'matdir. Pul – bu mutloq likvidlilikka
ega bo‗lgan ne'matdir. Pul – bu iqtisodiy kategoriya bo‗lib, odamlar o‗rtasidagi
munosabatlar unda namoyon bo‗ladi va uning yordamida quriladi. Pulning
maqsadi bozorga oid o‗zaro harakatlarning transaktsion harajatlarini tejashdan
iborat‖
6
.
Pulning iqtisodiy mohiyati xususida fikrlarni eramizdan oldingi davrda
yashagan Aristotel' (er.oldingi 384 – 322 yy.), keyinchalik sarkarda Aleksandr
Makedonskiy kabi buyuk shaxslar tomonidan qoldirgan manbalarda ham ko‗rish
mumkin
7
. Yuqorida bayon etilganlardan ko‗rinib turibdiki, pulning mohiyatiga
xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar, mutaxassislar va nazariyachilar o‗zlarining
yondashuvlarini bildirgan. Biz ularning ushbu fikr va yondashuvlarini tadqiq qilish
maqsadidan yiroqmiz
8
.
Mamlakat rivojlanishining asosiy vositalaridan biri pul bo‗lib, bozor
iqtisodiyotini muhim omilini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti pul bilan tirik,
chunki takror ishlab chiqarish jarayonining barchasida pul vositachilik qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovarlar va xizmatlarning ishlab chiqarishdan
boshlab iste‘molchigacha bo‗lgan jarayon pul vositasida amalga oshadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomilasini uyushtirish, tovarlarni
ayirboshlash, pullarni saqlash va taqsimlash, bo‗sh pulni qarzga berish, korxonalar
o‗rtasidagi iqtisodiy aloqalar yanada kuchayib, murakkablashib boradi. Pul
shaklidagi mablag‘lar bozor orqali resursga aylanadi va ular ishtirokida tovarlar
yaratiladi, tovarlar sotilib yana pulga aylanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida nafaqat pul, balki uning ekvivalentlaridan –
aktsiya, obligatsiya kabi qimmatli qog‘ozlar va boshqalardan ham keng
foydalaniladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ilgari pulga aylantirilmagan ayrim
vositalar ham endi pulda o‗z aksini topadi (yer va boshqalar). Umuman
bozor
iqtisodiyoti sharoitida korxonalar moliyasini tashkil etish, pulni aylanishi, umuman
xo‗jaliklar faoliyatini tashkil etilishi yangi pul munosabatlari asosida tashkil
etiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib bozor iqtisodiyoti sharoitida pul
iqtisodiy quvvat, iqtisodiyotning o‗ziga xos tashrif qog‘ozi bo‗lib xizmat qiladi, u
bozor iqtisodiyotining tani-yu joni hisoblanadi.
Xozirgi bozor munosabatlari sharoitida pulning ahamiyatining oshishi
shundaki, jamiyatimizda mavjud yuridik va jismoniy shaxslar faoliyati hamda
6
Рашидов О.Ю. ва бош. Пул, кредит ва банклар. Дарслик. –Т.: ТДИУ, 2008. 11 – б. (432б).
7
Аристотель. Сочинения: 4 т. –М.: 1983. Т. С.325.
8 A.A.Omonov,T.M.Qoraliyev.Pul,kredit va banklar.darslik. 2012,14-b.
8
8
ularning natijasi daromadi pul bilan bog‘liq. Shuning uchun ham, pul barcha
iqtisodiy rivojlanish pog‘onalarida odamlarni o`ziga jalb qilib kelgan.
Ma‘lumki, pul tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning uzoq vaqt
rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Birinchi yirik mehnat taqsimoti, ya‘ni
chorvachilikdan dehqonchilikni ajralib chiqishi va shu munosabat bilan tovar
xo‗jaligining rivojlanishi tufayli maxsulot qiymatining ifodasi bo‗lmish pulni
keltirib chiqardi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi, tovar turlarining ko‗payishi almashuv
jarayonining yanada rivojlanishini taqozo qildi. Almashuv jarayonida tovar egalari
o‗zaro muloqotda bo‗lib, tovarning egasi o‗z maxsulotini (mulkini) baholagan. Shu
baholash jarayoni biror o‗lchov birligi bo‗lishini taqozo qilgan. Tovar
muomilasining ekvivalent rivojlanish jarayonida umumiy ekvivalent shaklini har
xil tovarlar o‗ynagan. Har bir jamoa o‗z tovarini ekvivalent sifatida o‗rtaga
qo‗ygan. Lekin jamiyat taraqqiyoti shu tovarlar ichidan pulni tovarlarning tovari
deb e‘tirof etgan.
Pul – bu umumiy ekvivalent sifatida qo‗llaniladigan universal tоvarning
alоhida turi bo‗lib, bоshqa barcha tоvarlarning qiymati u оrqali ifоdalanadi. Pul
ayirbоshlash, to‗lоv, qiymatni o‗lchash, bоylikni to‗plash vоsitasi funktsiyalarini
bajaradigan nоyob tоvardir. Hоzirgi iqtisоdiyotda pul muоmalasi amalda
tоvarlarning hamma turlari muоmalasining o‗zgarmas sharti hisоblanadi. Pul
tufayli tоvarlarni qiyoslash, ayirbоshlashda zarur bo‗ladigan qiymatning yagоna
mezоniga ega bo‗lish mumkin. R.Kruzo ta‘kidlaganidek, pul faqat tovar ishlab
chiqarish, tovar-pul munosabatlari mavjud bo‗lgan sharoitdagina ahamiyatga
egadir. Pulni tovar ayirboshlashni o‗zi yaratdi.
Pul– bu bоshqa ne`matlarning qimmatini o‗lchash vоsitasi (umumiy
ekvivalent), yoki ayirbоshlashda hisоb-kitоblarni amalga оshirish vоsitasi
(ayirbоshlash vоsitasi) funktsiyalarini bajaruvchi tovar bo‗lib, u – mutlоq
likvidlilikka egadir. Pul – bu iqtisоdiy kategоriya bo‗lib, оdamlar o‗rtasidagi
munоsabatlar unda namоyon bo‗ladi va uning yordamida quriladi.
Pul –
bu maxsus tovar, umumiy ekvivalent bo‗lib, abstrakt mehnat
xarajatlarini o‗zida aks ettiradi va tovar xo‗jaligidagi ijtimoiy ishlab chiqarish
munosabatlarini ifodalaydi.
Bu ta‘rif pulni quyidagi xususiyatlarini o‗zida ifodalaydi:
1.
Pulning boshqa tovarlardan ajralib turuvchi maxsus tovarligi.
2.
Pul – bu umumiy ekvivalent – yagona tovar bo‗lib qolgan tovarlar
qiymatini o‗zida ifoda qilishi.
3.
Pulning ekvivalent sifatida tovarni yaratishga ketgan mehnat va boshqa
xarajatlarni o‗zida ifoda qilishi.
4.
Pulning
har
bir
iqtisodiy
tizimda,
tovar
ishlab
chiqarishda
kishilar o‗rtasidagi yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ifoda qilishi va
boshqalar (pulda ifodalanuvchi xususiy mehnat ijtimoiy mehnat sifatida
namoyon bo‗lishi).
Pulning muhim xususiyati shundaki, u ham boshqa tovarlar singari
qiymatga va iste‘mol qiymatga ega bo‗lishi bilan birga boshqa barcha tovarlarga
9
qarama-qarshi turadi. Bu bir tomonda pul, ikkinchi tomonda boshqa tovarlar.
Pulning iste‘mol qiymati shuki u o‗z funktsiyasini bajarib iqtisodiyot
mushkulini oson qiladi (vositachi sifatida).
Pulning qiymati (qadr qiymati) deganda pul birligining xarid qilish
qobiliyati, ya‘ni unga qancha tovar va xizmatlar xarid etish mumkinligi
tushuniladi.
Pulni qiymati metal pulni zabt etish yoki qog‘oz pulni bosib chiqarish
xarajatlarini bildirmaydi. Bu xarajatlar pul qiymati emas, balki pulni muomilaga
kiritish sarflaridir. Pulni qiymati narxga bog‘liq, narxlar ko‗tarilib, ketsa, uni
qiymati (qadri) pasayadi va aksincha.
Umuman pul insoniyat kashfiyotlari ichida eng oddiy, eng murakkabi shu
bilan birgalikda eng jozibadori hisoblanadi. Insoniyatning butun yutuqlari ham,
fojialari ham pul bilan bog‘liqdir. Inson faoliyatini eng muhim harakatga
keltiruvchi kuchlardan biri pul bo‗lib kelgan va shunday bo‗lib qoladi.
Taniqli davlat arboblaridan biri ta‘kidlaganidek, «Davlatni o‗rni uni qancha
soldati yoki pushkalarini qudrati bilan emas, balki milliy valyutaning
mustahkamligi bilan belgilanadi. Bunga shuni qo‗shimcha qilish mumkinki,
korxonaning mavqei unda necha kishini ishlashi, ishlab chiqariladigan maxsulot
miqdori bilan emas, balki uning moliyaviy barqarorligi bilan belgilanadi».
Yaxshi ishlayotgan pul tizimi jamiyatning barcha imkoniyatlaridan to‗liq
foydalanish imkoniyatini beradi, aksincha yomon ishlayotgan pul tizimi pul
muomilasini izdan chiqarib ishlab chiqarish darajasidagi keskin pasayishlar,
iqtisoddagi bandlikka va bahoga, pulni sotib olish qobiliyatini pasayishiga salbiy
ta‘sir ko‗rsatadi.
Tarixiy manbalarga ko‗ra birinchi qog‘oz pullar XII – asrda Xitoyda
chiqarilgan. Shuning bilan birga 700 yillarda kumush tangalar chiqarilgunga qadar
Buxoro davlatida qog‘ozdan pul sifatida foydalangan. Umuman tarixda birinchi
tangalar VII – asrda kichik Osiyodagi Lidiya mamlakatida zabt etilgan.
K.Marks, A.Smit va D.Rekrdolarning tadqiqotlariga tayangan hoda pulni
vujudga kelish jaryonini qiymatning quyidagi shakllari bilan bog‘laydi:
Dostları ilə paylaş: |