O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti


ARALASHTIRISHNING BOSHQA USULLARI



Yüklə 106,79 Kb.
səhifə5/7
tarix23.12.2023
ölçüsü106,79 Kb.
#154741
1   2   3   4   5   6   7
aralashtirgich kurs ishi

1.3. ARALASHTIRISHNING BOSHQA USULLARI



Sirkulatsion aralashtirish. Suyuq muhitni jadal aralashtirish uchun sirkulatsion nasosdan foydalaniladi (5-rasm). Suyuqlik haydaladigan quvurlar gorizontal yuzaga nisbatan biroz qiya qilib, uskuna devoriga urunma holatida birlashtiriladi. Quvurlarning uchlari maxsus nasadkalar bilan ta’minlangan bo‘ladi. Nasadkalar yordamida suyuqlik uskunaning hajmi bo‘yicha sochib beriladi. Sirkulatsion nasos sifatida markazdan qochma va ingichka oqimli nasoslar ishlatiladi. Nasosning ish unumdorligi ko‘paygan sari sirkulatsiyaning samara-dorligi ortadi.




5-rasm. Sirkulatsion aralashtirgichning sxemalari:
a, b–sirkulatsion nasos bilan; d–sirkulatsion nasos va ejektor bilan;
1–uskuna; 2–sirkulatsion nasos; 3–sochqich; 4–quvur; 5–ejektor.

Turbulizatorlar yordamida aralashtirish. Suyuqlikni oqim bo‘ylab ko‘p marotaba aralashtirish uchun quvurlarga yoki ularga joylashtirilgan aralashtirgichlarga maxsus turbulizatorlar o‘rnatiladi. Turbulizatorlar (boshqacha qilib aytganda statik aralashtirgichlar) qatoriga diafragmalar, oqim kesuvchilar, yarimta to‘siqlar, vintlar kiradi (5.6-rasm). Turbulizatorlarga kirganda oqim o‘zining qiymati va yo‘nalishini o‘zgartiradi. Aralashtirishning ushbu turida oqimning energiyasi sarf bo‘ladi. Turbulizatorlar yordamida olib boriladigan aralashtirish ko‘p energiya talab qiladi. Bu usul suyuqliklar o‘zaro eruvchanlik xossalariga ega bo‘lgan va aralashma komponentlarining qovushoqligi nisbatan kam bo‘lgan sharoitda qo‘llaniladi. Suyuqlik oqimi katta tezlik bilan harakat qilgan sharoitda va quvurning uzunligi nisbatan katta bo‘lganda turbulizatorlar yordamida aralashtirish maqsa-diga muvofiq bo‘ladi.


b

d

e


6-rasm. Oqimda aralashtirish uchun ishlatiladigan uskunalarning sxemalari:
Kiritilgan qo‘shimcha: a–diafragma; b–yarimta to‘siqlar; d–vint;
e–ingichka oqimli aralashtirgichda vint; 1,2–aralashma komponentlarining kirishi; 3 – aralashmaning chiqishi.

Oqimning o‘zida aralashtirishni hisoblash paytida turbulizatorlar mahalliy qarshiliklar sifatida olinadi.


Sanoatning ba’zi bir sohalarida vibratsiyali va pulsatsiyali aralashtirgichlar ham ishlatilmoqda. Vibratsiyali aralashtirgich disk shaklida bajarilgan bo‘lib, qaytarilma-ilgarilma harakat qiluvchi vertikal o‘qqa biriktirilgan bo‘ladi. Pulsatsion aralashtirgich esa gaz oqimiga impuls berib turadigan pulsator bilan biriktirilgan bo‘ladi. Pulsatsion va vibratsion tebranishlardan foydalanish suyuq muhitlarda aralashtirish samaradorligini oshirishga olib keladi.


Yüklə 106,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə