O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti



Yüklə 106,79 Kb.
səhifə2/7
tarix23.12.2023
ölçüsü106,79 Kb.
#154741
1   2   3   4   5   6   7
aralashtirgich kurs ishi

1. UMUMIY TUSHUNCHALAR

Suyuqlik bilan bog‘liq bo‘lgan sistemalar (suyuqlik-suyuqlik, suyuqlik-qattiq jism, suyuqlik-gaz) dagi aralashtirish eng muhim gidromexanik jarayon bo‘lib, muhitga tashqi kuch ta’sirida qo‘shimcha impuls berishga asoslangan. Suyuqlik yoki gazning ingichka oqimi ta’sirida uskuna hajmidagi oquvchan muhit zarrachalarini bir-biriga nisbatan ko‘p marotaba siljitishga asoslangan jarayon aralashtirish deb ataladi.


Suyuqlik muhitlari, pastasimon va qattiq sochiluvchan materiallarni aralashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlatiladi: a) qattiq zarrachalarni suyuqlik hajmida bir tekis tarqatish (suspenziya hosil qilish); b) suyuqlik zarrachalarini tegishli o‘lchamlargacha maydalash va ularni suyuq muhitda bir tekis tarqatish (emulsiya hosil qilish); d) gaz zarrachalarini suyuqlikda bir tekis tarqatish (aeratsiya); e) suyuqlikni isitish yoki sovitish jarayonlarini jadallashtirish; f) aralashadigan sistemalardagi (masalan, qattiq materiallarni suyuqlik yordamida eritish) modda almashinishini jadallashtirish.
Aralashtirish paytida chegara qatlamning qalinligi kamayadi va o‘zaro ta’sir qiladigan fazalarni ajratuvchi yuza doimo yangilanib turadi. Bunda muhitning turbulentlik darajasi ortib, fazalar o‘rtasidagi issiqlik yoki modda almashinish shart-sharoitlari yaxshilanadi. Oqibat natijada suyuq muhitlarni aralashtirish kimyoviy, issiqlik va modda almashinish jarayonlari tezligining ko‘payishiga olib keladi.
Suyuqliklarni aralashtirish moylar, surkov materiallari, moylash-sovitish vositalari va sintetik yog‘ kislotalarini ishlab chiqarish jarayonlarida, neft xomashyosini tuzsizlantirishda, uglevodorodlarni xlorlashda, lak-bo‘yoqlarni sovitishda va boshqa bir qator jarayonlarda keng qo‘llaniladi.
Neft va gazni qayta ishlash sanoat korxonalarida aralashtirishning quyidagi usullaridan foydalaniladi: 1) mexanik; 2) pnevmatik; 3) sirkulatsion; 4) turbulizator yordamida. Bu usullarni tanlash paytida bir necha shart-sharoitlar hisobga olinadi: aralashtirishning maqsadi; jarayonning asosiy kattaliklari (harorat, bosim); aralashadigan muhitning xossalari; uskunaning ish unumdorligi.
Aralashtiruvchi uskunalarning eng muhim kattaliklari qatoriga samaradorlik va jadallashtirish darajasi kiradi. Har xil jarayonlarda aralashtirish samaradorligi turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, agar qattiq moddaning suyuqlikdagi suspenziyasi tekshirilayotgan bo‘lsa, aralashtirish samaradorligi qattiq modda zarrachalarining suyuqlikda bir xil tarqalish vaqti bilan belgilanadi. Agar aralashtirish issiqlik almashinishini tezlatish uchun ishlatsa, u holda jarayon samaradorligi muhitdagi issiqlik berish koeffitsiyentining qanchaga ko‘payishi bilan ifoda qilinadi. Aralashtirishning jadallashtirish darajasi vaqt birligi ichida aralashayotgan suyuqlik hajmi birligi yoki massasi birligiga sarflanayotgan energiya miqdori bilan o‘lchanadi.


Yüklə 106,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə