O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “Neft va gaz” fakulteti



Yüklə 106,79 Kb.
səhifə1/7
tarix23.12.2023
ölçüsü106,79 Kb.
#154741
  1   2   3   4   5   6   7
aralashtirgich kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
Neft va gaz” fakulteti
Texnologik ma” kafedrasi
Neft gazni qayta ishlash texnologik mashina va jihozlarni mustahkamlikka hisoblash fanidan





Mavzu:___________________________________________
Bajardi : TMJ 134-17


Rahbar : ____________


Hayat a’zolari : ___________


Kafedra mudiri:_________ Nurmatov J.T.
Qarshi -2020
Mundarija:

Kirish

I. Umumiy tushunchalar

1.1. Mexanik usul bilan aralashtirish

1.2. Pnevmatik aralashtirish

1.3. Aralashtirishning boshqa usullari


1.4. Parrakli aralashtirgich hisobi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 21-fevral kuni neft-gaz hamda kimyo sanoatida olib borilayotgan islohotlar natijadorligini tahlil qilish, ushbu tarmoqlarni tizimli rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Mamlakatimizda yoqilgʻi-energetika sohalarini uygʻun rivojlantirish va energiya manbalarini diversifikatsiya qilish boʻyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu iqtisodiyot tarmoqlari va aholining energiya resurslariga tobora oʻsib borayotgan ehtiyojini qondirishda muhim omil boʻlyapti.
Joriy yilgi Investitsiya dasturiga mazkur soha boʻyicha umumiy qiymati 27,8 milliard AQSH dollarilik 26 ta loyiha kiritilgan. Prezidentimiz ushbu loyihalar bilan har kuni shugʻullanib, ularning oʻz muddatida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash zarurligini taʼkidladi.
Energetika va Moliya vazirliklariga “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilgʻi (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi boʻyicha 2,3 milliard dollarlik xorijiy kreditlarning moliyalashtirish shartlarini belgilash, “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” loyihasi boʻyicha “Gazprombank”ning 300 million dollarlik kreditini jalb qilish vazifasi yuklatildi.
Muborak gazni qayta ishlash zavodi, “Shoʻrtanneftgaz” va “Gazlineftgaz” korxonalarida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish, neft va gaz qazib chiqarish, geologik qidiruv uskunalarini sotib olish kabi loyihalarga talab etiladigan mablagʻlarni mamlakatimizning yevroobligatsiyalari hisobidan moliyalashtirish lozimligi taʼkidlandi. 
Geologik qidiruv ishlari murakkab boʻlgan hududlarga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlari talab darajasida emasligi koʻrsatib oʻtildi.
Yigʻilishda tizimda toʻplanib qolgan debitor qarzdorlikni kamaytirish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, 2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olish dasturining ikkinchi bosqichini amalga oshirish va uni moliyalashtirish bo‘yicha joriy yil yakuniga qadar takliflar kiritish topshirildi. 
Magistral gaz quvurlari va gaz taqsimot tizimining asosiy qismi ta'mirtalab holatga kelgan. Kelajakda iste'molchilarni kafolatlangan tabiiy gaz bilan ta'minlash maqsadida magistral gaz transport tizimini modernizatsiya qilish hamda gaz oqimini boshqarish (SCADA) tizimini joriy etish bo‘yicha 1,6 milliard dollarlik loyiha amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, gaz taqsimot tizimini modernizatsiya qilish, gaz iste'molini hisobga olish va nazorat qilish tizimi tizimini joriy etish loyihalariga xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Bugungi kunda tabiiy gazning atigi 2 foizi chuqur qayta ishlanib, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar olinayotgan bo‘lsa, kelgusi 10 yilda bu ko‘rsatkichni 7 barobar oshirish imkoniyati bor. Shuning uchun «O‘zbekneftgaz» jamiyati neft va gaz kimyo yo‘nalishiga ustuvor ahamiyat qaratishi zarurligi ta'kidlandi.
Jumladan, aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilol), metanoldan olefin olish texnologiyasi asosida yangi mahsulotlar – polistirol, polietilentereftalat va sintetik kauchuklar ishlab chiqarish, polietilen va polipropilen ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkoni mavjud. Ushbu loyihalarni amalga oshirishga 9 milliard dollar atrofida mablag‘lar jalb qilinishi lozim.
Shuning uchun Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, AQSh, Birlashgan Arab Amirliklaridagi yirik kompaniyalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish va loyihalarni amalga oshirish strategiyasi ishlab chiqiladi.
Yig‘ilishda «O‘zbekneftgaz» jamiyati boshqaruv tizimi murakkab va ko‘p pog‘onali bo‘lgani sababli sohada islohotlar amalga oshirilishi sust kechayotgani tanqid qilindi.
Boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida «O‘zbekneftgaz» jamiyatining tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish, tarmoqqa oid bo‘lmagan tashkilotlarni tizimdan chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Xususan, takrorlanuvchi funksiyalarni bajaruvchi boshqaruv bo‘g‘inlarini qisqartirish, tarmoqdagi servis korxonalarini hamda yordamchi ishlab chiqarishlarni davlat-xususiy sheriklik asosida investorlarga berish kerakligi ta'kidlandi.
Sohadagi to‘rtta ilmiy-tadqiqot, izlanish va loyihalashtirish institutlari negizida milliy neft-gaz ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etib, uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha innovatsion yechimlar topish va tatbiq etishga alohida e'tibor qaratish vazifasi qo‘yildi.



Yüklə 106,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə